14-yanvar vatan himoyachilari kuni bayrami uchun sherlar
14-yanvar vatan himoyachilari kuni bayrami uchun sherlar to’plami. Ushbu sherlar to’plami turli xil internet saytlari hamda telegramdagi mavjud sherlar kanallaridan saralanib olindi.
14-Yanvar Vatan Himoyachilari uchun sherlar
Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at.
Erkakning omadin ayama falak
Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.
Erkakdan omadni ayama hayot,
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.
Ishiga unum ber, hamyoniga pul,
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!
Mayliga har zamon ichib “sher” bo‘lsin,
Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin.
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,
Er bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!
Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘,
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘.
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!
Nomardga zor qilma, dushmaniga xor,
Shaʼnini bukmasin, hech qaysi dildor.
Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur,
Tokim yiqilmasin yuragida or.
Hiyonat etmasin yori berib pand,
Oyog‘idan chalmasin hech qaysi nomard.
Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i-
Allohim, asragin bo‘lib panohi.
..Erkakning boshini egma, ey falak?
Tavsiya etamiz : Vatan himoyachilari ssenariylar to’plami
O’zbekiston askari
Qadamingdan o’t chaqnar,
liboslaring yarashar,
Ko’rganlar xavas qilar,
O’zbekiston Askari!
Sen o’z o’rning sardori,
Ximoyangda yosh-qari,
Sergak turgin, charchama,
O’zbekiston Askari!
Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning,
O’zbekiston Askari!
Ardoqlagin Vatanni,
Bag’ishlab jonu tanni,
Yo’latmagin dushmanni,
O’zbekiston Askari!
Ozod yurtim bor, deb ayt,
Yuzing yorug‘ bo’lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt,
O’zbekiston Askari!
O’zbekiston yurtimiz
Mart o’g’lonlar turar to’p,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig’dek asrar xo’p,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Har bir o’g’lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
O’z uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo o’zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Ozbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yutimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimi.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O’zbekiston yurtimiz.
Tavsiya etamiz : Vatan himoyachilari ssenariylar to’plami
Har biringiz bir butun lashkar
Jahon bilar alplarning kuchin,
Dunyo guvoh, odamlar shohid.
Vatan – xalqni qo‘riqlash uchun,
Chegaralab olingan hudud.
Avlodlarning doim ko‘ngli to‘q,
Ajdodlarning makoni – Vatan.
Bu hududning yomon yeri yo‘q,
Xasi – Vatan, tikoni – Vatan.
Yov lashkarin yengish san’atin,
Shiroq bobom hikoya qilgan.
Qarang, To‘marisning jur’atin,
Yurtni qanday himoya qilgan.
Jangda ba’zan bitta bahodir,
Zabt etilmas istehkom bo‘lgan.
Bir qo‘shinni yengishga qodir,
Metin bo‘lgan, mustahkam bo‘lgan.
Siz Vatanning sergak posboni,
Ofitsersiz, serjantsiz, askar.
Siz xalqimning harbiy imkoni,
Har biringiz bir butun lashkar.
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar
Ahd-vafoni ajdodlardan o‘rgangay –
El-u yurtim degan, ko‘ksi qalqonlar,
Mudom sharaf-u shonga burkangay –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Yuragida nomus bo‘lar, or bo‘lar,
Mag‘rurlikda lochin bo‘lar, sor bo‘lar,
Orzulari tog‘dek ulug‘vor bo‘lar,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Bo‘stoniga quzg‘un-zog‘ni yo‘latmas,
Qo‘rg‘onining bir toshin ham qulatmas,
Ichgan qasam, aytgan so‘zidan qaytmas,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Suvlar kechsa hamki, etik yechmagay,
Yovuzlarning hiylasiga uchmagay,
Jondan kechsa hamki, yurtdan kechmagay,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Toki bordir, mard, jasur posbonlari,
Musaffodir hur Vatan osmonlari.
Omon bo‘lsin, el fidoyi jonlari –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Manba : Savol-javob.com