8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan chiroyli sherlar

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan chiroyli sherlar. Ushbu sherlar yurtimiz konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan taqdim etilmoqda.

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan chiroyli sherlar

Konstitutsiya – Bizning konstitutsiya

Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!

Hur zamon

Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.

Bolalar bor: oq, sariq, qora,
Lekin qalbi  toza beg‘ubor.
Ular dili orzuga to‘la,
Gard qo‘nmasin, qo‘nmasin zinhor!

Jajji qalblar intilar tinmay
Poyoni yo‘q koinot tomon.
Yuragiga o‘kinch tushmasin,
Kelajagi bo‘lsin hur zamon.

Tavsiya etamiz : Konstitutsiya ssenariylar

Konstitutsiya kitobi

– Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o‘qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo‘l ko‘rsatib charog‘on,
Sizni qilay farovon.
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo‘lim nurafshon bo‘ldi,
Ko‘nglim zavqlarga to‘ldi.
Sahifangni o‘qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
-O‘qib olsang kundan – kun,
Fikring bo‘ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo‘lsang har ishda,
Dono bo‘lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o‘tadi, sen kutma!
O‘qi, bedor bo‘lsang ham,
Hayotda bo‘lmaysan kam.
– Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo‘limdan hech qo‘ymayman,
O‘qiyverib to‘ymayman!
Hamrohimsan, baxtimsan,
Ko‘nglimdagi ahdimsan!
-Iqbolimiz ko‘zlagan,
Adolatdan so‘zlagan.
Bu bizning “Baxtnomamiz”,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo‘l ochgan,
Iqbol urug‘in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug‘i bo‘lsan doston!
– Mo‘tabar ona – Vatan,
Sadqa bo‘lsin jonu – tan.

Tavsiya etamiz : Konstitutsiya insholar

O’zbekiston Qomusi

O‘zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog‘dusi –
O‘zbekiston qomusi.
Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati –
O‘zbekiston qomusi.
Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo‘rg‘on,
Safarga chiqqan karvon –
O‘zbekiston qomusi.
Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.
Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.
Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –

Tavsiya etamiz : Konstitutsiya ssenariylar

Boshqalar o'qimoqda