8 mart ssenariysi tadbirlar uchun ssenariylar

8-mart ssenariylar

8-mart ssenariylar. Xalqaro xotin-qizlar kuni (dastlab Xalqaro ishchi xotin qizlar kuni deb atalgan) har yili 8-martda nishonlanadi.

Turli mintaqalarda nishonlash asosi umumiy ayollarga hurmat-ehtirom, tushunish va muhabbatdan boshlab, ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy yutuqlarini nishonlashgacha turli xildadir.

Ushbu 8-mart bayrami uchun bir nechta ssenariylarni taqdim etamiz. Ushbu ssenariylar to’plamini yuklab oling va undan foydalaning.

8-mart ssenariylar

Agar ushbu ssenariylar sizlarga manzur kelgan bo’lsa biz bundan juda xursandmiz. Saytimizda bundan tashqari turli xildagi ssenariylarni ham yuklab boramiz. Yuklab oling va o’z tadbirlaringizga foydalaning.

Boshqa ssenariylar to’plami

Ushbu bayram haqida faktlar

8 mart kuni dunyoning qator davlatlarida bayram sifatida nishonlanadi. Jumladan, O‘zbekiston hududida ham. bu kunning tarixi haqida turli-tuman taxminlar, mishmishlar va afsonalar yuradi. o‘tmishga nazar solsak, 8 mart haqida hali biz eshitmagan ma’lumotlar talaygina ekanligiga guvoh bo‘lamiz.

1) 1914 yil boshida Xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta rasmiy bayram sifatida kiritildi.

2) 1909 yilning 28 fevral kuni AQSH ilk bor Ayollar kunini nishonladi.

3) 1911 yilda Daniya, Avstriya, Shveysariya va Germaniya Ayollar kunini nishonlashdi boshladi.

4) 1913 yildan e’tiboran Xalqaro ayollar kuni 8 martga ko‘chirildi.

5) Avval bu bayram 23 fevralda nishonlangan.

6) 2000 yildan boshlab dunyoning aksari davlatlarida Xalqaro ayollar kuni rasmiy bayram sifatida qabul qilindi.

7) Avstraliyada ilk bor bu bayram 1911 yilning 19 martida nishonlangan.

8) Aynan shu kuni jahonda ilk bor ayollarning norozilik namoyishlari va mitingi boshlandi.

9) 1956 yildan e’tiboran ushbu sana dam olish kuni deya tasdiqlandi.

10) Qadimgi Rimda ham bu bayram nishonlangani haqida ma’lumotlar mavjud.

Manba

Boshqalar o'qimoqda