Atrof-muhitni ximoya qilishning iqtisodiy tahlili.

Atrof-muhitni ximoya qilishning iqtisodiy tahlili.

Atrof-muhitni ximoya qilishning iqtisodiy tahlili.

Umuman olganda, loyihalarni ekologik tahlil qilish uchun sarf etilgan xarajatlar unchalik  katta emas, lekin ularni o‗tkazmaslik, ya‘ni loyihada ekologik xavfni e‘tiborga olmas-lik  keyinchalik juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ekologik xavfni standart tahlil qilish  uslubiyati mavjud emas. Ekologik loyiha va ekologik tadbirlarni o‗z ichiga olgan loyihalar  natijasi kapitalni boshqa muqobil loyihalarga jalb etishdan olinadigan natijalardan yuqoriroq bo‗- lishi kerak. Darhaqiqat, ekologik loyihalarni iqtisodiy tahlil qilish umuman loyihani iqtisodiy  tahlil qilishdan farq qilmaydi. Muammo shundan iboratki, ekologik loyihalarning natijasi juda  kech namoyon bo‗ladi, shuning ularni oldindan bashorat qilish va o‗lchash juda murakkab. 

Tabiiy muhit faqatgina tabiiy resurslarning manbai bo‗lib qolmasdan, shu bilan birga u  har xil ekologik xizmat-lar ham ko‗rsatadi (tuproqni tiklash, chiqindilarni chiritish va h.k.).  Tabiatning bu vazifalariga ko‗pincha etarli e‘tibor berilmaydi, chunki ularning bozor bahosi  mavjud emas. Suv va havoning ifloslanishi natijasida odam organizmidagi o‗zgarishlarning  salbiy oqibatlarini statistik ma‘lumotlar yor-damida taxminiy aniklash mumkin bo‗lsada, bu ham  ancha kiyni •kechadi. SHuning uchun ko‗p hollarda bu zararlarni aniqlyash uslubi bo‗lmaganligi  sababli bunday holatdan zarar ko‗rgan odam-lar tovon puli ololmay qoladilar. 

Ayrim hollarda xarajatlarni hisoblash vaqtida bilvo-sita uslublardan foydalanish mumkin.  Masalan, Braziliyada kanalizatsiya tarmog‗ini vujudga keltirish atrofdagi er va binolar bahosini  oshiradi, ya‘ni boshqa mahsulotlar bahosi bilan ekologik tadbirlarga ketgan xarajatlar aniqlanadi.  Loyihalarni amalga oshirish natijasida um)TU1an tiklab bo‗l-maydigan tabiat va uning  elementlarini baholash deyarli amalga oshirib bo‗lmaydigan eng qiyin hodisadir. 

O’xshashlari

manba.

Boshqalar o'qimoqda