BIOZARARLANISH ASOSLARI

BIOZARARLANISH ASOSLARI

Biozararlanish – atrof-muhitni inson tomonidan unga kiritilgan
yangiliklarga javob reaksiyasidir. Inson yaratgan materiallar va
mahsulotlar biosferada sodir bo‘layotgan tabiiy jarayonlarga kirishib
ketib, tabiiy biotsenozlar tarkibiga qo‘shiladi. Biozararlanish bilan
bogMiq bo‘lgan barcha holatlarda bir tarafdan, organizm va atrof-muhit,
boshqa tarafdan, inson qo‘li bilan yaratilgan bunyodkorlik mahsuli birbiriga ta’sir qiladi. Bu komponentlaming o ‘zaro ta’sirini awalambor,
ularning xo‘jalik faoliyati va inson turmushi nuqtai nazaridan
o ‘rganishda biozararlanish muammosi kompleks ekologik-texnologik
yondoshishlarga asoslanadi.
Kompleks yondoshuvlar biozararlantiruvchi agentlami – tirik
organizmlarning o’zaro ta’sirini, ayniqsa, shunday holatlarda, qachonki
ular turli sistematik guruhlar, turlar va populyatsiyalarga yoki bir-biridan
ekologik uzoq bo’lganlarida hisobga oladi. Biozararlovchi organizmlarning landshaft-geografik va mintaqaviy faktorlar bilan munosabatlari
alohida ahamiyatga ega. Biozararlovchi ta’sir xarakteri va qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi, jarayon qaysi muhitda
o ‘tishiga bog‘liqdir.
Ekologik-texnologik yondoshuvlarda biozararlovchi ta’sirdan
samarali himoyalanishga imkon beruvchi bashorat qilish nazarda
tutiladi. Eritilayotgan polimerlar strukturasiga biotsid xususiyatga ega
elementlarni kiritish yoki yog‘och va boshqa mahsulotlarga ularni
singdirish buning misoli boiishi mumkin.
Biozararlanishlar tushunchasi va predmeti
«Biozararlanishlar» tushunchasi inglizcha «biodeterioration»
so’ziga to‘g‘ri keladi. Bu tushuncha xalqaro muvofiqlashtiruvchi
tashkilotlami belgilash uchun yuzaga keldi, masalan, The Biodeterioration Society – Biozararlanishlar bo‘yicha Xalqaro Jamiyat.
Dastlab bu termin organizmlarni materiallar, buyumlar yoki texnik
xomashyolarning funksional’ va strukturaviy xususiyatlariga salbiy
tN’nirini belgilash uchun foydalanilgan. Keyinchalik bu ifoda bir necha

bor o‘zgargan, ya’ni turli soha va fan mutaxassislari istaklariga mos
ravishda toraygan, kengaygan.
Hususan, ma’lum bir davrda bu tushunchaga organizmlarni foydali
faoliyatlari ham kiritilgan, ya’ni eskirgan material va buyumlarni
biozararlovchilar tomonidan emirilishi va utilizatsiyalanishi. Bu tendensiya ayniqsa, 1975-yil Kingstonda (AQSh) biozararlanishlar bo‘yicha
o‘tqazilagan III Xalqaro simpoziumda o‘z yorqin ifodasini topdi.
Mashhur olim Van der Kerk biozararlanishga quyidagicha ta’rif
beradi: biozararlanish – organizmlar hayot faoliyati tufayli yuzaga
kelgan materiallar xususiyatlaridagi o ‘rinsiz o‘zgarishlardir. Rus olimi
G.I.Karavayko bu tushunchani kengaytirib biozararlanish deganda
organizmlar faoliyati tufayli materiallar xususiyatlarida sodir boiadigan
kerakli va keraksiz o‘zgarishlami atashni taklif etgan. Ikkala tushuncha
ham organizmlar zararlaydigan obyektlarni xilma-xilligini to iiq qamrab
ololmaydi.
Shuni hisobga olib, biozararlanish tushunchasini biz tirik
organizmlar faoliyati va ishtiroki bilan, kelib chiqishi antropogen yoki
xomashyo sifatida foydalaniladigan tabiiy obyektlarni strukturaviy va
funksional xarakteristikasi o ‘zgarishini vujudga keltiradigan holatlarga
tadbiq qilamiz.
Bu munosabatlar organizmlarni obyektlarga ta’sirini kuchaytirishi
yoki kuchsizlantirishi va hatto batamom yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Bunday holatni biozararlanishlar bo‘yicha mutaxassis hisobga olmasligini iloji yo‘q.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekologik-antropogen-texnologik omillaming o’zaro ta ’siri asosida biosferani inson
faoliyati natijasida kelib chiqqan mahsulot bilan to ‘Idirishi (ifloslanishi)
bilan bog’liq biotsenotik, landshaft-zonal va keng m a ’noda biosferik
hodisa-biozararlanishdir.
Turli ekologik va antropogen-texnik omillar natijasidan kelib
chiqib biozararlantiruvchi ta’sirning dinamikasi yuqori. Ular makon va
zamonda turli bosqichlarni, tezlanuvchi va sekinlanuvchi vaqt
kesmalarni, orqaga ketishlai’ singari o‘z ichiga murakkab jarayonlarni
oladi. Bu murakkab jarayon biozararlanuvchi deb nomlanadi. Uning
oxirgi natijasi obyekt strukturaviy va funksional xossalaming o ‘zgarishi
b o isa ham, obyektda bu o‘zgarishlar oraliq bosqichlarda, bir xil
holatlarda katta, boshqalarida esa kichik darajada o‘tishi mumkin, bunda
teskari aloqalami-obyektning organizmga ta’sirlarini ham inobatga olish
kerak.

Shunday qilib, biozararlanish jarayon bir tomonlama yo‘naltirilgan
jarayon emas. U obyekt va organizmlarning faol o‘zaro ta’siri bilan
xarakterlanadi. Biozararlantiruvchi jarayon ikkiyoqlama va bunda
ma’lum davrlarda, ma’lum bosqichlarda u yoki bu jarayon ustunlik
qiladi.
Biozararlanuvchi vaziyat, barcha zarur bo‘lgan komponentlar va
omillar mavjudligida kelib chiqib, biozararlanish mumkinligini
ko’rsatadi. U biozararlanishning eng muhim tushunchalaridan biridir.
Bu tushuncha biozararlanishlarning vujudga kelish potensial imkoniyati
boiishini ko‘rsatadi va biozararalanishlar bashorati bilan bog‘liq
terminologik sxemalar ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Biozararlanish vaziyatini vujudga keltiruvchi eng muhim
komponentlar tirik organizmlardir, ular obyektga biozararlanish ta’sir
etish manbai bo‘lib. maxsus vositalar bilan himoyalangan yoki
himoyalanmagan boiadilar.
Biozararlanishlarning manbai deb material, buyum, inshoot, tabiiy
homashyolarga hujum qiluvchi va ularning xossalarini inson uchun
nomaqbul qiluvchi organizmlarga ataladi. Bunday organizmlar
biozararlanish agentlari yoki zararlantiruvchi organizmlar deb ham
yuritiladi.
Inshootlar, buyumlar, materiallar, mahsulotlar organizmlar bilan
zararlanganda foydali xususiyatlarini yo‘qotadilar. Ularni biozararlanish
obyektlari yoki biozararlanadigan obyektlar deyiladi.
Biozararlanish obyektlari tushunchasiga, dastlab inson tomonidan
ulaming tarkibiga biotsidlar tariqasida himoya vositalarining kiritilishi
yoki keyinchalik obyektga biozararlanish ta’siri real xavf tug‘dirganda,
nafaqat proflaktik balki faol choralar ko‘rishni tushiniladi.
Shunday qilib, manba (agent) tushunchasi ekologik toifasiga kiradi,
biozararlanuvchi obyekt va himoya vositalari esa antropogen –
texnologik toifalarga oiddir. Ularning barchasi ekologo-texnologik
sabab sifatida biozararlanishning kelib chiqishi bilan bevosita bog‘liq.
Biozararlanishning ikkiyoqiamali xususiyati, kelib chiqish
sabablari va ekologo-texnologik konsepsiyasi
Biozararlanishning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida yagona fikr
yo‘q. Mavjud dunyoqarashlarga ko‘ra asosiy va etakchi sifatida ekologik
muhitga ustunlik beriladi. Boshqa mutaxassislarning fikricha, butunlay
inson faoliyati bilan bogiiq boigan hal qiluvchi atropogen-texnologik

muhit hisoblanadi. Ikkala fikrning asoslanganligiga ko‘ra
biozararlanishni goh ekologik, goh esa antropogen-texnologik hodisa
sifatida qarash mumkin. Biozararlanishni ekolog nuqtai nazaridan
qaraydigan bo‘lsak, uning ixtiyorida quyidagi asoslar mavjud.
Biozararlanish hamisha, qanday bo ‘Imasin, to ‘g ‘ridan-to ‘g ‘ri yoki bir
tomondan, atrof-muhit bilan bog ‘langan, ayrim hollarda inson
daxlsizligi, boshqalarda keskin o‘zgartiri!gan va nihoyat uchinchidan,
inson tomonidan yaratilgan deb qaraladi. Atrof-muhit fon hisoblanib,
unda biozararlanish jarayonlari kechadi, o ‘z o‘rnida shuni aytmoq
kerakki u doimo atrof-muhitning doimiy girdobiga chalingan boMadi.
Muhitsiz hech qanday biozararlanish vujudga kelmaydi va bo‘lmaydi.
Biozararlanishning atrof-muhitda о ‘z analoglari-ekologik prototiplari
bo’lib, tabiatda shunga o‘xshash hodisalar inson paydo bo‘lishidan oldin
ham, ayniqsa, hozirgi davrda inson muntazam ravishda muhitni buyum
va materiallar bilan to‘ldirib turishi biozararlanishni vujudga kelishiga
sharoit yaratadi.
Shunday bo‘lganda, biozararlanishlardan biri – kemalarda suv
o‘tlari, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalar bioqoplamasining o‘sishitabiatda ularning suzivchi buyumlarga tabiiy o‘sivchi bioqoplama ularni
ekotiplari mavjudligidan darak beradi. Masalan: suvga qulagan
daraxtlarda va h. Bunda organizmlarning muhitga tushgan yangi
predmetga nisbatan ta’sirchanligi, jumladan, inson faoliyati tufayli,
ba’zida ularga ekologik yaxshi tanish bo‘lgan singari kuzatiladi.
Biozararlanishlar jarayoni nafaqat atrof-muhit ta ’sirini sezadi, о ‘z
navbatida o’rab olgan barcha yaqin muhitni o’zgartirib, unga ham
ta ’sir ko’rsatadi. 0 ‘zini olganda, inson tomonidan yaratilib va atrofmuhitga kiritilgan obyekt kuchli ekologik muhit hisoblanib, bir xil
hollarda organizmlar tomonidan faol foydalanilsa, boshqalarda – ularga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uchinchilarida esa bilvosita yashash joyi va
tarqalishga nisbatan ularga yangi imkoniyatlar tug‘diradi.
Bunday barcha hollarda, hujumkor obyekt organizm xususiyatini
o‘zgartiradi va muhim ekologik nuqtai nazardan yangi qo’shimcha
sifatlar hosil qilib, bir vaqtning o‘zida ushbu obyektni biotsenotik
zanjirga kirituvchi tabiatda majud yoki inson faoliyati tomonidan yangi
vujudga kelgan o‘ziga xos gid vazifasini bajaradi.
Biozararlanish jarayonlarining atrof-muhit bilan chambarchas
aloqa faolligi, qachonki inson tomonidan tabiatga kiritiladigan
obyektlar ko‘p hollarda ularni hujum qiluvchi organizmlar yordamida
tabiiy biotsenozlarga kiritilganda ular boshqa biotsenozlar a ’zolari bilan

aloqada boigan va shu tufayli ulaming ixtiyoridagi yuzaga kelgan
kontaktlarni qaytadan jalb qilgan, ular tomonidan «keltirilgan»,
a’zolarga taqdim qilishdir. Boshqa hollarda obyekt va unga hujum qiluvi
organizm atrofida yangi biotsenotik bog‘lanishlar va o‘zaro bogianishlar bo‘lib yangi, sun’iy biotsenoz yuzaga keladi. Bu holda obyektning ekologik «foydaliligi» va ekologik maqsadda organizmlar tomonidan uni foydalanish imkoniyatini hal qiluvchi faktor bo‘lib qoladi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda