BO’G’IMOYOQLILAR AZTUHROPODA TIPI

BO'G'IMOYOQLILAR AZTUHROPODA TIPI

BO’G’IMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo’g’imoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to’g’risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qadшьпш bo’g’imoyoйlilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida Bo’g’imoyoqlilar quruqlikka chiqishgan. Bo’g’imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan (Bo’g’imoyoqlilar nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali.

Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog’ich tashqi skelet funktsiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi. Tana bo’g’imlari geteronom, ya’ni ularning shakli va kattaligi har xil bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilar tanasi, odatda, bosh, ko’krak va qorin bo’limlaridan iborat. Lekin ba’zan tananing turli bo’limlari o’zaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin. Bo’g’imoyoqlilarning bosh bo’limi bosh bo’lagi — akrondan va 4 tana bo’g’imlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi.

Ko’krak va qorin bo’limlaridagi bo’g’imlar har xil sistematik guruhlarda bir xil bo’lmaydi. Bo’g’imoyoqlilar tanasidagi har bir bo’g’im dastlab bir juftdan nayga o’xshash o’simtaga ega bo’lgan, keyinchalik bu o’simtalar jag’lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so’rg’ichlar, o’rgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yo’qolib ketgan. Bo’g’imoyoqlilar jabra, traxeya yoki o’pka orqali nafas oladi. Birlamchi ovqat hazm qilish sistemasi ektodermadan hosil bo’lgan oldingi va keyingi ichakdan, endodermadan hosil bo’lgan o’rta ichakdan hamda ular bilan bog’langan so’lak va hazm bezlaridan iborat. Ayirish organlari kelib chiqishi va funktsiyasiga ko’ra, halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o’xshash bo’lgan antennal, koksal va maksillar bezlar — tselomoduklardan yoki ichak o’simtalari — malpigi naychalaridan iborat.

Qon aylanish sistemasi ochiq, qon aylanish organlari har xil darajada rivojlangan. Nerv sistemasi gangliylarning qo’shilishidan hosil bo’ladigan bosh miya va qorin nerv zanjiridan iborat. Qorin nerv zanjiridagi nerv gangliylari tana bo’g’imlarining o’zgarishiga mos holda turli darajada kontsentrasiyalashgan bo’ladi. Ko’pchilik Bo’g’imoyoqlilarning yaxshi rivojlangan sezgi organlari, jumladan murakkab fasetkali ko’zlari, har xil mexano va xemoreseptorlari, eshitish, muvozanat saqlash, ovoz chiqarish organlari bo’ladi. Deyarli barcha Bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy yo’l bilan (ba’zan partenogenez) ko’payadi. Ko’pchilik turlari metamorfoz orqali rivojlanadi.

Qattiq tana qoplog’ichi Bo’g’imoyoqlilarning o’sishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun Bo’g’imoyoqlilar faqat eski xitin qoplog’ichni tashlash (tullash), yangi xitin pust hosil qilish orqali o’sadi. Tana bo’shlig’i aralash tipda (miksosel). Muskullari to’pto’p bo’lib joylashgan. Ko’pchilik Bo’g’imoyoqlilarning yuragi naysimon, ko’p kamerali, qoni tana suyuqligiga o’xshash bo’lib, gemolimfa deyiladi. Bo’g’imoyoqlilar tipi 4 ta kenja tip: trilobitasimonlar (qazilma holda uchraydigan yagona trilobitlar sinfi), jabra bilan nafas oluvchilar (yagona qisqichbaqasimonlar sinfi), xeliseralilar (qilichdumlilar, o’rgimchaksimonlar sinflari), traxeyalilar (ko’poyoqlilar, hasharotlar sinflari) ga bo’linadi. 2 millionga yaqin turi bor. Yerda mavjud bo’lgan hamma yashash muhitlarini egallagan.

Bo’g’imoyoqlilarning quruqlikda yashashga va havoda uchishga moslanishi hayvonot dunyosida sodir bo’lgan eng muhim o’zgarishlardan biri hisoblanadi. Bo’g’imoyoqlilar biosferada beqiyos katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik ekosistemalardagi tirik organizmlarning asosiy qismini tashkil etishi, xilmaxil oziqlanishi tufayli Bo’g’imoyoqlilar tabiatda moddalar aylanishi jarayonini amalga oshiradi. Bo’g’imoyoqlilar oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun xom ashyo manbai sifatida ham katta ahamiyatga ega.

Bo’g’imoyoqlilar orasida organik qrldiqlarini o’zlashtirib, tuproq hosil bo’lishi jarayonida faol ishtirok etadigan; odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan va kasallik tarqatadigan; gullarni changlatib, o’simliklarning hosildorligini oshirishga imkon beradigan; qishloq xo’jalik ekinlarini yeb, zararkunandalik qiladigan turlari ham ko’p.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda