CHORVA MOLLARI ORGANIZMINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARINI O’SISHINI O’RGANISH USULLARI HAYVONLAR RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

CHORVA MOLLARI ORGANIZMINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARINI O'SISHINI O'RGANISH USULLARI HAYVONLAR RIVOJLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Yosh hayvonlarni o‘sishi va uni hisoblash. Qishloq xo‘jalik
hayvonlarining o‘sishi deganda hayvonlarning miqdor ko‘rsatkichlarining o‘sishi
ya’ni tirik vaznining oshishi tushuniladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining
rivojlanish deyilganda hayvonlarning sifat ko‘rsatkichlarining oshishi ya’ni muskul
organ va to‘qimalarning rivojlanishi tushuniladi. Chorva mollarining o‘sishini
nazorat qilish uchun ular tug‘ilganidan keyin birinchi kuni, undan keyin esa
quyidagi muddatlarda; qoramollar va otlar-1,2,3,4,5,6,7,8,9, 12,18,24 oyligida,
cho‘chqalar-1,2,3,4,6,9,12,18,24 oyligida, qo‘ylar-1,4,12,24 oyligida tarozida
tortiladi.
24 oydan oshgan ya’ni ikki yoshdan oshgan chorva mollari yiliga 2 marta
(ko‘klamda, yozgi-lager sharoitiga o‘tkazish paytida va kuzda, molxonada
boqishga o‘tkazish oldidan) tortiladi.
Katta hayvonlarni sigir, buqa, otlarni tarozida tortish qiyinchilik tug‘diradi.
Shuning uchun hayvonlarning gavda o‘lchamlarini o‘lchab, tirik vaznini aniqlash
mumkin.
Hayvonlarning tirik vaznini gavda o‘lchamlarini o‘lchash yo‘li bilan
aniqlashni ikki usuli bor. Truxanov va Klyuver-Shtrauh usullari.
Truxanov usuli: katta yoshdagi hayvonning tirik vazni quyidagi formulaga
muvofiq aniqlanadi:
Bu yerda: k – to‘g‘rilash koeffitsienti bo‘lib, 2 – sut yo‘nalishidagi zotlar uchun.
2,5 – sut-go‘sht va go‘sht yo‘nalishidagi zotlar uchun ishlatiladi.
Klyuver-Shtrauh usuli: Bu usulda tananing qiya uzunligi va ko‘krak orti
ko‘krak aylanasi lenta bilan o‘lchanib, tirik vazni jadval yordamida aniqlanadi.
` `
100
Gavdaning to g ri uzunligi kukrak aylanasi T k 
 
Bu usullarda hayvonlarni tirik vazni aniqlanganda ozg‘in mollar uchun 5-
10% kamaytiriladi. O‘rta semizlikdan yuqori mollar uchun 5-10% ko‘paytiriladi.
Urg‘ochi mollarni tortishda va o‘lchab ko‘rishda ularning bo‘g‘ozlik
muddatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sog‘in sugirlar tuqqandan
keyingi ikkinchi va to‘rtinchi oylarida, ertalabki sog‘ishdan keyin boshqa mollar
ertalab ozuqa berishdan oldin tortilishi kerak.
Organizm tirik vaznining muayyan vaqt (o‘n kun, oy, yil ) davomida o‘sishi
mutloq o‘sish deb ataladi.
Mutloq o‘sish mollarni vaznini hisobga olish davrining oxiri va
tug‘ilgandagi tirik vazni o‘rtasidagi farqni topish yo‘li bilan quyidagi formulaga
muvofiq aniqlanadi:
; M W W  
t o
(kg)
Wt – o‘lchanadigan paytdagi tirik vazni;
Wo – tug‘ilgan vaqtidagi tirik vazni.
6.1-rasm. Qoramollarning o`sishi va rivojlanishiga bago beruvchi tasvir.
O‘rtacha kunlik o‘sish quyidagi formula orqali aniqlanadi:
;
W W t o K
t


(gram)
t – tortish orasidagi o‘tgan vaqt.
Nisbiy o‘sish organizmning tirik vaznini yoki tana o‘lchamlarini
tug‘ilgandagiga nisbatan qanchalik ortganligini ko‘rsatadi va quyidagi formula
orqali topiladi.
100 t o
o
W W N
W

 
(%).
100 – koeffitsent.
Nisbiy o‘sishning hayvonlarning yoshi o‘tishi bilan pasayishi hayvonlarning
o‘sishi me’yorda ekanligidan dalolat beradi. Nisbiy o‘sishni tezlashishi ma’lum
davrlarda o‘sish muvozanatining to‘xtab qolganligidan dalolat beradi.
6.1-Topshiriq. Buzoqlarni tug‘ilgan vaqtidagi tirik vazni to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan foydalanib 1-jadvaldagi variantlar bo‘yicha ularning 3,6,9,12,15
va 18 oylikdagi mutloq, o‘rtacha, kunlik va nisbiy o‘sishni aniqlab 6.2-jadvalni
to‘ldiring.
6.1 – jadval
Variantlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Tug‘ilgan
vaqtidagi tirik
vazni
28,0 28,2 28,4 28,6 28,8 30,0 30,2 30,4 30,6 30,8
Variantlar 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
Tug‘ilgan
vaqtidagi tirik
vazni
31,0 31,2 31,4 31,6 31,8 32,0 32,2 32,4 32,6 32,8
Variantlar 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30
Tug‘ilgan
vaqtidagi tirik
vazni
33,0 33,2 33,4 33,6 33,8 40,0 40,2 40,4 40,6 40,8
E s l a t m a: Tug‘ilgan vaqtdagi vazniga nisbatan 3 oylikdagi vazni 247 %;
6 oylikdagi vazni 417%; 9 oylikdagi vazni 550 %; 12 oylikdagi vazni 683 %; 15
oylikdagi vazni 803 %; 18 oylikdagi vazni 923 %.
6.2 – jadval
Yoshi
Tirik vazni,
kg
Tug‘lgan
vaqtidagiga
nisbatan o‘sishi,
%
Mutloq
o‘sishi (kg)
O‘rtacha
kunlik o‘sish
(g)
Nisbiy o‘sish
(%)
Tug‘ilganda 100
3 oylikda 247
6 oylikda 417
9 oylikda 550
12 oylikda 683
15 oylikda 803
18 oylikda 923
6.2-Topshiriq. Olingan ma’lumotlardan foydalanib, mutloq o‘sish, o‘rtacha
kunlik va nisbiy o‘sish grafiklarini 1, 2, 3-rasmlarga qarab chizing.
6.2-rasm. Hayvonlarning mutloq o‘sishini aniqlash grafigi
6.3-rasm. Hayvonlarning o‘rtacha kunlik o‘sishini aniqlash grafigi
6.4-rasm. Hayvonlarning nisbiy o‘sishini aniqlash grafigi
Umuman buzoqlar 6 oyligigacha kuniga 700-800 g dan semirsa yaxshi,
1100-1200 g dan semirsa a’lo hisoblanadi. 4-6 oylik cho‘chqa bolalari sutkasiga
450-500 g dan semirishi mumkin. Hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishi ko‘p
jihatdan ularning konstitusiyasiga, ekster’eriga va individual xususiyatlariga
bog‘liq.
CHORVA MOLLARI ORGANIZMINING RIVOJLANISHI

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda