
Agar O`rta Osiyoda chorvachilikning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, unda qadim zamonlardan buyon, ya`ni bronza davrida qoramollar urchitib kelinganligi ta`kidlanadi. Masalan: XVIII asrda Qoraqalpoq o`lkasida qoramolchilik rivojlangan. Кeyinchalik 1927-30 yillarda sovxoz kolxozlarning tashkil qilinishi, chorvachilikda keskin o`zgarishlarga olib kelgan. 1930 yilda O`zbekistonda birinchi chorvadorlar s`ezdi bo`lib o`tgan. Xozirgi vaqtda O`zbekiston chorvadorlari oldida turgan muhim vazifa
o`zimizda ishlab chiqarilayotgan chorva mahsulotlarining samaradorligi, iqtisodiy
ko`rsatkichlarini yaxshilab xalqimizni ta`minlashdir.
Dehqon xayotini mustaxkamlash, mustaqil erkin – dehqon (fermer) xo`jaligidagi
yirik saloxiyotini O`zbekiston aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to`liq
ta`minlay olishga yo`naltirish – bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining bir
ko`rinishi bo`lgan dehqon (fermer) xo`jaliklarini rivojlantirish siyosatining asosini
tashkil etadi.
Respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan dehqon (fermer) xo`jaliklarining
soni 120 mingdan oshib ketdi. Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan dehqon
(fermer) xo`jaliklarini rivojlantirish bo`yicha ko`pgina farmon va qarorlar qabul
qilingan.
Ma`lumki, chorvachilikning nazariy asoslarini – zootexniya fani hal qilib beradi.
Zootexniya atamasini birinchi marta fransuz olimi J.Bolsman 1768 yilda
adabiyotda qo`llagan. Zootexniya so`zi lotincha «Zoo » — hayvonot , «texniya» —
mahorat ma`nosini anglatadi. Demak, zootexniya fani hayvonlardan yuqori
mahsulot olish maxoratini o`rgatadi. Zootexniya fani o`z navbatida iqtisodiyot,
veterinariya, agronomiya, biologiya fanlari bilan chambarchas bog`liqdir.
Shunday qilib, chorva mollarini urchitish, hayvonlarning mavjud zotlarinitakomillashtirish, yangi sharoitga moslashgan iqtisodiy samara beradigan yangi
tiplarini barpo etish haqidagi ta`limotlarini o`rgatuvchi fandir. Fanning tarixiga
nazar tashlaganimizda A.G.Orlov, V.I.Shashkin, S.P.Bestujev, P.D.Mazoev,
V.Bekvel, M.M.Bushuev kabi seleksionerlarning tug`ma mahoratiga, sezgirligiga
tayangan «zavod san`ati» va davr taqozosi bilan rivojlanib borib genetika,
fiziologiya, bioximiya, sitalogiya fanlariga asoslangan «Chorva mollarini
urchitish» degan mustaqil fanga aylandi.
Fanning asosiy maqsadi hayvonlarning mahsuldorlik va irsiy belgilarini
yaxshilashdan iboratdir. Bu esa o`z navbatida tanlash, juftlash va olingan avlodni
maqsadga muvofiq ravishda o`stirish orqali amalga oshiriladi.
Hayvonlarning individual rivojlanishini, eksterer, interer, konstitusiyasini,
mahsuldorligini va uni hisobga olishni, nasldor mollarni kelib chiqishiga qarab,
avlodning sifatiga qarab baholashni, zot haqidagi ta`limotni, mollarni urchitish
usullarini o`rganish ham mazkur fanning maqsadiga kiradi. Bundan tashqari
mollarning mahsuldorlik ko`rsatkichlarini oshirishdan tashqari ulardan olinadigan
mahsulot sifatini yaxshilash ham muhim ahamiyatga ega.
Chorva mollarining serpushtligini oshirish, konstitusiyasini mustahkamlash, sanoat
texnologiyasi asosida mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirish, ulardan uzoq
muddatga foydalanish ham asosiy vazifalar qatoriga kiradi. Hozirgi zamonda
seleksionerlar EHM lardan foydalanishni, keng ko`lamda seleksiya ishlarini olib
borishni ham bilishi kerak. Chorva mollarini urchitish fanini bilish uchun
genetikaning irsiyat va o`zgaruvchanlik ta`limotiga, biotexnologiya fanining
hujayralar injeneriyasi, embrionlarni ko`chirish usullarini ham yaxshi bilishi kerak.
Uy hayvonlarini takomillashtirishni o`rganish o`sha hayvonning belgilarini,
alomatlarini takomillashtirish, o`zgartirishga va boshqarishga yordam beradi.
Qishloq xo`jalik hayvonlarining kelib chiqishi va ularni xonakilashtirish
ta`limotiga E.A.Bogdanov, S.N.Bogolyubskiy, E.F.Liskun, V.V.Кovalskiy va
boshqalar katta hissa qo`shdilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumidagi odamlarning yashash sharoiti, hayvonlarni qo`lgao`rgatishga majbur qildi. Barcha turdagi hayvonlar ham tezda qo`lga
o`rganavermagan. Xonakilashtirish uzoq davom etgan murakkab jarayondir.
Masalan, mavjud 8 mingdan ortiq turdagi sut emizuvchilardan faqatgina 60 tasi
xonakilashtirilgan. Hayvonlarning kelib chiqishini va evolyusiyasini o`rganish
uchun quyidagilarni aniqlash lozim:
1. Uy hayvonlarining zoologik tizimda tutgan o`rni. Buning uchun anatomik va
genetik taqqoslash usuli qo`llaniladi.
2. Xonakilashtirish davrida va keyingi yaxshilanish jarayonida kechgan
o`zgarishlarning sabablari;
3. Xonakilashtirish makoni va zamoni. Buning uchun poleonalogik va arxeologik
qazilmalardan, g`orlardan, xalq og`zaki ijodidan foydalaniladi.
4. Uy hayvonlarini tarqatish jarayonini o`rgatish.
5. Uy hayvonlarining yovvoyi ajdodlarini izlab topish.
Taxminlarga ko`ra hayvonlarni xonakilashtirish eramizdan 8 – 10 ming yil ilgari
boshlanib, tosh asriga to`g`ri keladi. Hayvonlarni xonakilashtirish, ovchilik
manbalarining kamayishi, odamlarning qabila va elat bo`lib yashash sharoiti bilan
bog`liq.
Olimlar hayvonlarni xonakilashtirishning 6 ta o`chog`ini aniqlaganlar:
1. Hindi-Xitoy yarim oroli cho`chqalarni, buyvollarni, o`rdaklarni, tovuqlarni,
g`ozlarni xonakilashtirish makoni hisoblanadi.
2. Hindistonda esa buyvollar, gayallar, zebular, asalarilar xonakilashtirilgan deb
taxmin qilinadi.
3. Кichik Osiyo, Кavkaz, Eronda yirik shoxli mollar, yilqilar, qo`ylar, cho`chqalar,
tuyalar xonakilashtirilgan.
4. O`rtaer dengizi atrofida qoramollar, otlar, qo`ylar, echkilar, quyonlar, g`ozlar.
5. Janubiy Amerikada kurkalar.
6. Afrikada eshaklar, cho`chqalar, itlar, mushuklar xonakilashtirilgan.
bosqichda qo`lga o`rgatish va ikkinchi bosqichda xonakilashtirish.
Inson nazorati ostida urchitilib, ularning go`shtidan, sutidan, junidan, tuxumidan
kundalik hayotda foydalanilsa, uy hayvonlari deyiladi. Uy hayvonlarini
takomillashtirish jarayonida inson mehnati asosiy rol o`ynaydi. Lekin hamma
qo`lga o`rgatilgan hayvonlar ham uy hayvoni bo`lavermaydi. Qo`lga o`rgatilgan
hayvon uy sharoitida ko`paymaydi. (Masalan: Xindiston fili.). Qo`lga o`rgatilgan
hayvonlarda yovvoyilik alomatlari to`liq saqlanib qoladi.
Hozirgi davrda ham qo`lga o`rgatib, uni qo`ylar bilan chatishtirish natijasida
qozoqi arharo-merinos keltirib chiqarildi. O`zbekistonning ot zavodlarida
qulonlarni qo`lga o`rgatish tajribasi ijobiy natija bergan. Eng birinchi qo`lga
o`rgatilgan hayvon itdir.
Undan keyin qo`ylar, echkilar, cho`chqalar qo`lga o`rgatilgan. Qishloq xo`jalik
hayvonlari deganimizda, qishloq xo`jaligining biron tarmog`ini tashkil etib, uning
mahsulotidan inson ehtiyoji uchun foydalaniladigan uy hayvonlari tushuniladi.
Qishloq xo`jalik hayvonlarining kelib chiqishi.
Qoramollar: Кelib chiqishiga qarab ikkita turga bo`linadi. Buqasimonlar
(BOS) va buyvollar (Bibalis). Buqasimonlar o`z navbatida 4 ta turga bo`linadi.
Xususiy qoramollar (Bostaurus), yaklar (Bospoefgus), bizonlar (Bosbison).
Xususiy qoramollarning yovvoyi ajdodi deb ko`pchilik olimlar turni hisoblaydilar.
Turning asosiy vatani Evropadir. Bundan tashqari tur Sibir, Xitoy, Shimoliy
Afrika, Suriya, Falastinda ham uchragan. Turlar 8-10 tadan botqoqliklarda,
cho`llarda, daryo irmoqlarida yashagan. Turning eng so`nggi vakili 1927 yilda
Polsha qo`riqxonasida halok bo`lgan.
Turlar 800-1200 kg keladigan, qarchig`ay balandligi 200 sm, muskuldor, shoxdor,
qora qo`ng`ir tusli hayvon. U juda baquvvat bo`lganligi uchun xalq o`z
qaxramonlarini tur deb ulug`laganlar.
Zebu (Bostaurus indicns). Zebularning ikkita tipi (Xindiston va ariviy)
mavjud. Uning eng harakterli xususiyati qarchi-g`ayida o`rkachning borligidadir.
moslashgan, suti quyuq.
Hindiston peshonador buqalari (banteng, gaur, gayal). Banteng o`rta bo`yli,
keng peshonali, yo`g`on shoxli, tojdor, muskuldor hayvon Hind-Xitoy, indoneziya
sho`rxok erlarida yashaydi. Gaur – jungli o`rmonlarida yashab tirik vazni 1000
kggacha, qarchig`ay balandligi 200 smgacha keladi. Gayallar Vetnamda yashaydi,
suti yog`dor.
Yak-Qo`toslar. Baland tog`larda yashaydi. Vatani Tibet tog`lari, yovvoyi va
qo`lga o`rgatilganlari bor. Uning asosiy xususiyatlaridan biri tanasining pastki
qismi qalin jun bilan qoplangan. Qoplovchi junlar uzunligi 70-90 sm. Bundan
tashqari, yaklarga ko`krak umurtqalari juda yaxshi rivojlangan. Erkaklari 340-400
kg, urg`ochilari 230-280 kg, sutdorligi 500 kg, yog`dorligi 7-9%. Transport
vositasi uchun foydalaniladi. Qoramol bilan chatishtirishdan olingan erkaklari nasl
bermaydi, urg`ochilari nasl beradi.
Buyvollar (Bubalus dadelus) – ikki ko`rinishi mavjud – a) Osiyo buyvoli, b) Aziya
buyvoli.
Yilqilar asosan Prjevalskiy otlaridan tarpanlardan kelib chiqqan.
Qo`ylar muflonlar, arharlar, argalidan kelib chiqqan. Cho`chqalar yovvoyi
kabanlardan kelib chiqqan.
Tuyalar. Ikki o`rkachlisi baktrianlarga, bir o`rkachlisi promeparlarga bo`linadi.
Xonakilashtirish jarayonida hayvonlarning tashqi qiyofasi, tusi, jussasi, tirik vazni,
mahsuldorligi chidamliligi o`zgardi. Masalan, otlarda xo`jalik tipiga qarab ularning
ekstererida o`zgarishlar kuzatiladi.