DIFFERENSIASIYA VA DETERMINASIYA

DIFFERENSIASIYA VA DETERMINASIYA

Differensiasiya deyilganda taraqqiy etayotgan embrionning bir xil hujayralarining turli funksiyalarni bajaradigan organlar hosil qilishi tushuniladi. Differensiasiya lotincha differentia – har xil, farq degan ma’noni bildiradi. Determinasiya embrion ma’lum qismining keyingi taraqqiyot yo’li (taqdiri) hisoblanadi. Determinasiya lotincha determinatio – chegaralash, aniqlash degan ma’noni bildiradi.

Embrion taraqqiyoti davrida blastomeriardan har xil to’qimalar, o’rganlar paydo bo’ladi. Embriologiyaning muhim vazifasi o’rganlar sistemasining hosil bo’lishida ketma-ketlikni aniqlashdan iborat.

Embrional regulyasiya deyilganda embrionning yoki uning ma’lum qismining tabiiy yoki sun’iy o’zgarishdan keyin normal rivojlanishinl tiklanishi tushuniladi. Bu ta’limotni nemis embriologi G. Drish fanga kiritgan. Embriotial regulyasiya o’zgarish holatidan determinasiyaga qanday o’tishini isbotlaydi. Deteiminasiya butun embriondan boshlanadi va alohida qismlarda sodir bo’ladi.

Har xil tuxumlarda maydalanishgacha ko’plab tajribalar o’tkazilgan. Jumladan, sentrofugayoidamidatuxumningma’lumqismiajiatilgan, pipetka yoidamida ooplazma olib tashlangan, bir necha tuxumlar birga qo’shilgan.

Tuxumning ma’lum qismi olib tashlansa, normal rivojlanish sodir bo’ladi, ammo kichikroq organizm paydo bo’ladi. Bunday ma’lumotlar xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar, ninatanlilarda olingan. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, Ru hamma hayvonlarning tuxum hujayrani 2 guruhga: regulyasion va mozaik hujayralarga ajratdi. Regulyasion hujayra regulyasiya xususiyatiga ega bo’lgan, mozaik hujayraga determinasiya rivojlanish yo’nalishini o’zgartirmaydigan tuxum hujayrani kiritdi. Keyingi tajribalar ko’rsatishicha, bu hujayralar o’rtasida sifat jihatdan farq yo’q, ammo regulyasiya xususiyatiga ega bo’lgan son jihatidan farqlar bor.

Agar hujayrada animal va vegetativ qutblar nisbati normal bo’lsa, giromeduzaning 32 blastomerlik davrida har bir blastomeridan hoimal organizm rivojlanishi mumkin. Bunday holatni dengiz tipratikanida ham kuzatish mumkin.

Differensiasiya va determinasiya muammolarini o’iganishda nemis olimi G. Shpeman va uning shogirtlarining xizmatlari katta bo’ldi. Ular embrionda “tashkiliy markaz” borligini aniqladi. Yangi mikroxirurgiya usuli bilan embrionning birqismini boshqa embrionga transplantasiya qildilar. Bunda bir tur doirasida gomotransplantasiya, bir avlod turlari o’rtasida geterotransplantasiya, uzoq formalar o’rtasida ksenoplastika amalga oshirildi. Bu usul ko’pIab yangiliklaiga sabab bo’ldi.

XX asr boshlarida bir oiiganning boshqa organ ta’sirida kelib chiqishi isbotlandi va bu jarayon induksiya deb ataladi. Tajribalarda aniqlanishicha, ko’z to’qimalari ta’sirida boshqa to’qimalardan ko’z gavhari hosil bo’lganligi aniqlangan. Ma’lum bir to’qima qaysi organni hosil qilishi va ma’lum organni har qanday to’qimadan hosil qilish nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Induksiyaga ega bo’lgan organlar to’qimasining asosini oqsil tashkil etadi. Induksiyaga olib keluvchi omillar induktorlar deyiladi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda