Do’stlar haqida eng sara she’rlar to’plami

E’tiboringizga Do’stlar haqida she’rlar ni taqdim etmoqdamiz. Ulardan foydalaning va o’z fikringizni bildiring.

Do'stlar haqida she'rlar

Chin do’st

Og’ir kunda tirgak do’st,
Havotirda sergak do’st,
100 ta dushman oldida,
Qochmas aslo erkak do’st!

Dushmanlari ortganda,
Sohta do’stlar qochganda,
Barcha qo’lin tortganda,
Qo’lin cho’zar Chindan do’st!

Do’stga do’st bo’l

Do'stga do'st bo'l

Soxtalikni yigʼishtir doʼstim,
Nafs quliga aylanib qolma.
Omad kelib koʼpaysa puling,
Doʼstga doʼst boʼl oʼzgarib qolma.

Molu dunyo oʼtkinchi bilgin,
Soʼzlarimga qovogʼing solma.
Senga bersa xudo uch toʼrt soʼm,
Doʼstga doʼst boʼl oʼzgarib qolma.

Tashvish boʼlsa birga yengamiz,
Doʼstim qoʼrqma havotir olma.
Yaxshilligim unutmasang bas,
Doʼstga doʼst boʼl oʼzgarib qolma.

Ne qaygʼurmay, doʼstimga

Ne qaygʼurmay, doʼstimga

Dushmanlari koʼp boʼlsa,
Meva daraxti soʼlsa,
Ichi qaygʼuga toʼlsa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Zaxrin sochganda ilon,
Qamrasa shubxa gumon,
Аxvoli tushkun yomon,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Ketsa gar sevgan yori,
Xayot bersa ozori,
Oʼshal yorining zori,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Imkon aslo qolmasa,
Soʼzin birov olmasa,
Darddan toʼyib yigʼlasa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Yoʼqlamas xech bir odam,
Xuddi azadir motam,
Bermasa bir bor yordam,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Yuzaki salom bersa,
Ortidan aybin tersa,
Izi xavf-xatar yursa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Tuxmatlarga koʼmishsa,
Аyblar toʼnkab qoʼyishsa,
Risqin tortib toʼyishsa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Maydondan chetga sursa,
Boshin devorga ursa,
Gulday orzu qurisa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Xayot yoʼlin yoʼqotsa,
Yurakka kamon otsa,
Xatto jigari sotsa,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Gʼamin anglamas birov,
Eʼtiborsiz yoʼq qarov,
Gʼaflatda yonsa olov,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Qadami qopqon tikon,
Dunyo beraqol imkon,
Аybdor emas-ku zamon,
Ne qaygʼurmay, doʼstimga…

Ayrim Do’stlarimga

Ayrim Do'stlarimga

Siz ishoning burda noningiz,
Menga aslo –aslo kerakmas.
Siz yurgan yoʼl butunlay boshqa,
Sizning yoʼlak bizning yoʼlakmas.

Dunyonngizga hech ham sigʼmayman,
Laychilikni qilmayman havas.
Doʼstni sotish nedur bilmayman,
Gʼiybatchini mijozim suymas.

Siz ishoning sizning obroʼyingiz,
Oʼzingizdan ortmasin doim.
Beminnat non menga azizroq,
Halqumimdan oʼtar muloyim.

Mayda-chuyda yutuqlarimdan,
Choʼchimangiz yashang bemalol.
Siz suqlagan qoldiq suyakdon,
Menga qotgan qora non holol.

Menga kerak musaffo osmon,
Sizga esa tillarang qafas .
Ijod qilish menga bir armon,
Bagʼrim toʼlib nafas olsam bas.

Siz kasb qilgan maʼlunliknimen,
Sizday faxr qilib kiymasman.
Sarqitlardan hazar qilaman,
Taxt bersa ham, doʼstni sotmasman.

Uyg’ondingmi do’stim?!

Uyg'ondingmi do'stim?!

Uyg’ondingmi do’stim?!
Ooo, tabriklarim!
Ming shukur salomat ekan jonu~tan…
Bugun bir qiziqdim,
Har tong ertalab,
O’n sakkiz ming inson uyg’onmas ekan!

Yomon tush ko’rdingmi,
Bu emas qayg’u!
«Nimalar kirmaydi tushga…», – deganlar,
Tasavvur qilgina,
Millionlab bemor,
Tunlari bir chimdim uxlamaskanlar!

Dasturxon yozildi xonadoningda,
Qosh uyma, salgina suvi qochgan NON,
Qaydadir o’qidim,
Bir burda nonga,
Zor ekan bir million sakkiz yuz inson.

Bolalar shovqini yoqmas quloqqa,
Shukur qil,
Ulg’ayib qoldilar ancha,
Eh do’stim, NOLIMA, yorug’ olamda,
Tirnoqqa zor bo’lib yurganlar qancha…

Ming shukur,
Yurting tinch,
Ro’zg’oring butun,
Tomoqdan suv o’tar, ko’zlaring ravshan…
Bilmasang bilib qo’y,
Minglab MUSOFIR,
Sen tepgan tuproqni topmay…
Yig’larkan!!!

Ey do’st

Ey do'st 

Tugʼilmoq, yashamoq har bir boshda bor,
Kimlarga omad yor, kimlar baxtga zor,
Kimningdir gul umri soʼlganda bekor,
Oʼyla, bu umrning savdosin ey doʼst,
Tingla bu koʼngilning sadosin ey doʼst.
Ey doʼst, yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,
Yolgʼonchilik nedur, oxiri chohdur,
Olgin ota-onang duosin ey doʼst,
Xato yozma koʼngil inshosin ey doʼst.
Baxtning ildizi bu sabr degani,
Ey doʼst besabrlik jabr degani,
Yaxshilik oxiri qadr degani,
Tushun, zarhikmatlar maʼnosin ey doʼst,
Koʼtarma nodonlar gʼavgʼosin ey doʼst.
Sevgini rad etmoq gunohdir azal,
Oʼzga yurt vatandan boʼlolmas avzal,
Eng avval dilxonang bezatgin goʼzal,
Topgaysan har dardning davosin ey doʼst,
Qilmagin buyuklik daʼvosin ey doʼst.
Аtrofga boq, sendan pastroqlaram koʼp,
Dushmanlar ichida doʼstroqlaram koʼp,
Gulzorlar ichinda tuzoqlaram koʼp,
Olarsan rohatlar jazosin ey doʼst,
Orttirma joningni jafosin ey doʼst.
Sen uchun Аhaddan sharhi nasihat,
Bir yaxshi, bir kuni yomon vaziyat,
Bir kuni chekmayin desang aziyat,
Tanigin olamlar podshosin ey doʼst,
Qilmagin gumrohlar xatosin ey doʼst.
Ey doʼst, yaxshilikni umri uzoqdur,
Yomonning har bosgan izi tuzoqdur,
Yolgʼonchilik nedur, oxiri chohdur,
Olgin ota-onang duosin ey doʼst,
Xato yozma koʼngil inshosin ey doʼst....

Do’st

Do'st

Men qandayin do’st bo’ldim chin do’stim uchun,
og’ir paytda do’stimni tashlab ketdim-a,
o’ylamadim ahvoli ne kecharkan deb,
shunchalar nomard do’st ekanman bildim.

Uzoqdan o’zimga do’stlar izladim,
nomard-u past insonni do’st deb sizladim.
chin do’stim yonimda bo’lgan ekan-ku,
qalb ko’zi ojiz do’st ekanman bildim.

Soxta mexrlarga ishonibmana,
do’st dushman kimligin bilmabman attang.
makkor ilonlarga ishonibmana,
shunchalar bevafo do’st ekanman bildim.

Tilayman ey doʼstim, har qanday damda.

Tilayman ey doʼstim, har qanday damda.

Tilayman ey doʼstim, har qanday damda,
Nomardu-nokasga ishing tushmasin.
Gʼanimlar oldida qolsang alamda,
Koʼzingdan bir tomchi yoshing tushmasin.

Mexridan siylasin mehribon Xudo,
Otayu-onangdan etmasin judo,
Chin dildan rizq soʼrab aylasang nido,
Ogʼzingdan yeb turgan oshing tushmasin.

Boshingni egmasin alam, tashvish, gʼam,
Pok qalbing koʼrmasin zarracha sitam,
Xar qanday xolatda qoʼllasin Egam,
Yozing kelmay turib qishing tushmasin.

Yashamoq baxtiga boʼldik muyassar.
Gohida yoʼqotdik, goh o tutdik zar,
Аjal qachon kelar bizlar bexabar,
Yuzga kir, yuzda xam tishing tushmasin.

Mol davlat oʼtkinchi, kelib ketadi,
Omading kulsa doʼst toʼlib ketadi,
Qoqilsang ustingdan kulib ketadi,
Yashashga nisbatan shashting tushmasin...

Kerakmas senday dostlar

Kerakmas senday dostlar

Kerakmas sendayin yuz burgan
Kerakmas wundayin koz korgan
Kerakmas boyligu mansabin
Kerakmas kechirim sozlarin
Kerakmas sendayn doslar
Kerakmas boyligu bozlar
Kerakmas ortan kora kozlar
Unuttim barchani doslarim
Unuttim eslagan sozlarim
Unuttim kilgan iwlarin
Kerakmas bevafo doslarim!

Unutma do’st

Unutma do'st

n’om bil har damingni.
O‘lchab bos qadamingni,
Guvohingni unutma!
Ey, do‘st, qo‘rqma yomondan,
Yo hiylagar shaytondan,
Shart shuki, har zamonda
Panohingni unutma!
Ey, do‘st, unday ko‘kdan tush,
Kelmagay Tangrimga xush.
Savobingni qilmay pesh
Gunohingni unutma!
Ey, do‘st ber bir qultum may,
Ko‘ngling yig‘laydi tinmay.
Kimsan yo‘q deb xo‘rsinmay
Hamrohingni unutma!
Ey, do‘st, xushlaring qayda?
Izg‘ivermay har joyda,
Otangdan qolgan uyda
Chirog‘ingni unutma!…
Ey, do‘st, sezmaysan, esiz!
Ortingda yo‘q bitta iz…
Kim bo‘pti …………..iz,
Ollohingni unutma!…

Do’stlar haqida she’rlar. Do’st

Do'stlar haqida she'rlar. Do'stDunyoda ne go’zal surar
bo’lsangiz,deymanki do’stimni
bir tabasumi .Dunyoda nedur
baxt surar bulsangiz ,baxt
do’stlar safda ko’rsam o’zimni.

Do’stimga.

Do'stimga

Armonli dunyoda xazil qilaman!
Netay iloji yo’q sabr qilaman.
Siz menga imkoniyat bersangiz agar
Sizga do’st bo’lishga vada beraman! Do’st
Do’stlar haqida she’rlar

Boshqa turdagi she’rlar >>

Boshqalar o'qimoqda