EKOLOGIYANING IJTIMOIY IQTISODIY SOHALARI

EKOLOGIYANING IJTIMOIY IQTISODIY SOHALARI

Ekologiya fani biologiyadan ajralgan holda mustaqil ravishda
juda keng miqyosda rivojlanib borayotgan makroekologik fanga
aylandi. Uning tarkibida bir necha mustaqil bo‘limlar yoki ilmiy
yo‘nalishlar mavjud. Bularning barchasi ekologiyaning boshqa
fanlar bilan yaqindan aloqada bo‘lishi, o‘z navbatida, ularni
ekologiyaning tadqiqot usullaridan foydalanib, mavjud masalalarni
muvaffaqiyatli hal qilayotgani bilan bog‘liq.

Makroekologiyaning tuzilishida quyidagi asosiy bo‘limlarni
ajratish mumkin: umumiy ekologiya, bioekologiya, geoekologiya,
inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, tabiatdan foydalanishning
ekologik iqtisodiyoti, amaliy ekologiya va hokazo. Har bir bo‘lim
o‘z navbatida kichik bo‘limlardan tashkil topgan, ular yo‘nalishlari
bo‘yicha boshqa fanlar va ekologiyaning boshqa bo‘limlari bilan
aloqada bo‘ladi.
Umumiy ekologiya yagona fundamental ilm asosida barcha
ekologik yo‘nalishlar va uslublarni o‘z ichiga olgan ekologiya
hisoblanadi. Uning negizi nazariy ekologiya bo‘lib, ekologik
tizimlar mavjud bo‘lishining umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi.
Ekologik jarayonlarni tajriba yo‘li bilan o‘rganish ekologiyada
ko‘p qo‘llaniladi. Eksperimental ekologiya yutuqlaridan fanning
boshqa bo‘limlarida keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek,
ba’zi jarayonlar modellashtirish usulida o‘rganiladi, masalan,
sun’iy laboratoriya ekologik tizim modeli, matematik model va
hokazo. Bu jihatdan matematik modellashtirish keyingi vaqtda
amalda keng qo‘llanilmoqda va u nazariy ekologiyaning asosini
tashkil qiladi.
Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo‘nalishlar
ayrim fanlarning bo‘limi sifatida rivojlanmoqda. Jumladan,
fiziologik ekologiya, palekologiya, evolyutsion ekologiya,
morfologik ekologiya, dengiz va chuchuk suv ekologiyasigidroekologiya, odam ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va hokazo.
Biologik ekologiya – ekologiyaning asosi. Uning asosiy qismi
tizimli ekologiya bo‘lib, turlar (autekologiya), populyatsiya
(populyatsion ekologiya yoki demoekologiya), ko‘p turli
turkumlar, biotsenozlar (sinekologiya), ekologik tizimlar
(biogeostenologiya, ekotizimlar to‘g‘risida ta’limot) kabi
qismlarni birlashtiradi. Evolyutsion ekologiya ekologik
omillarning evolyutsiyadagi ahamiyati to‘g‘risidagi ta’limotdir.
Geoekologiya – tirik organizmlarning atrof-muhit bilan bo‘lgan
munosabatlarini geografik nuqtayi nazardan o‘rganadi. Bu
munosabat tabiiy jihatdan chegaralangan geografik majmualarda

sodir bo‘lib, barcha ekologik qonuniyat va qonunlar mazkur
hududlarda o‘rganiladi.
Palekologiya tabiatdan yo‘qolib ketgan organizmlar, turlar,
guruhlarning ekologiyasini o‘rganadi.
Evolyutsion ekologiya tabiatdan populyatsiyaning o‘zgarib,
rivojlanib turishini, ekologik mexanizmlarni o‘rganadi.
Amaliy ekologiya amaliy biologiya faniga mansub bo‘lib,
tabiiy ekosistemalar, ularning turli guruhlari, a’zolarini amaliy
holda o‘rganadi.
Odam ekologiyasi fanlar majmuasi bo‘lib, odamning individ
(biologik tur sifatida) va shaxs (ijtimoiy subyekt) sifatida uni o‘rab
turgan atrof-muhit va ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan o‘zaro
munosabatini tadqiq qiladi. Odam ekologiyasininig muhim
xususiyati ijtimoiy-biologik yondashuv – biologik va ijtimoiy
aspektlarning to‘g‘ri muvozanatda bo‘lishidir.
Ijtimoiy ekologiya odam ekologiyasining bir qismi sifatida
ijtimoiy tuzilmalar (oila va boshqa ijtimoiy guruhlar)ning ularni
o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit orasidagi aloqalarini
o‘rganadi. Bu to‘plamga odam populyatsiya ekologiyasi,
aholishunoslik ekologiyasi – ekologik demografiya, etnoslar
ekologiyasi va etnogenez ekologiyasi – irq va millatlar kiradi.
Ijtimoiy ekologiyaga taraqqiyot (sivilizatsiya) va evolyutsion
(tarixiy) ekologiya ham kiradi.
Inson ekologiyasi – insonning tashqi muhitga munosabati
boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Inson ekologiyasi
yangi fan sifatida 1921-yil amerikalik olimlar Borjes va Park
tomonidan kiritilgan.
Dastlabki inson ekologiyasi tibbiy soha bo‘limi sifatida qaralib,
keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, ma’muriy, iqtisodiy va huquqiy
tomonlari ham o‘rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga
va aksincha, muhitning insonga ta’sirini o‘rganadi.
Ijtimoiy ekologiya inson ekologiyasini o‘rganish natijasida
vujudga keldi. Unga birinchi bo‘lib, Raderik Mak Kenzil ta’rif
bergan. Bu fan ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti
inson bilan uning atrof-muhit o‘rtasidagi xususiy bog‘lanishlarini

o‘rganishdan iborat. Ya’ni jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi turli
ekologik munosabatlarni o‘rganadi.
Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi – gidroekologiya turli suv
havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o‘sish, rivojlanish,
ko‘payish, tarqalish qonunlarini o‘rganadi.
O‘simliklar ekologiyasi o‘simliklarning qayerga moslashishi,
muhit omillariga morfologik moslashishlari, ularning ko‘rinishi,
turlari va hokazo o‘rganiladi.
O‘simliklar olami vakillarining turli sharoitga moslashishlari
natijasida turli formalar vujudga kelgan. Aristotel davridan
o‘simliklar tashqi qiyofalariga qarab, “daraxtlar”, “butalar”,
“yarimbutalar”, “o‘t-o‘simliklar”, va “suvda o‘suvchi o‘simliklar”
nomi bilan atalib kelgan.
O‘simliklar ekologik shakllarini farqlashda gidrofit, mezofit,
boshoqli, kserofit, galofit, o‘sish shakli, epimorfa kabi atamalar
ham ishlatilib, ular, asosan, o‘simliklar tashqi qiyofasi haqida
ma’lumot beradi.
Hayvonlar ekologiyasi hayvonlarning yashash muhit omillariga
morfologik moslashishlari va ularning tashqi muhitlarini
o‘rganadi. Ularning tashqi qiyofasi hayotiy shakllari orqali bo‘lib,
turli tashqi ko‘rinishlar evolyutsion jarayonlarda hosil bo‘lgan.
Koinot ekologiyasida koinotdagi muhit o‘rganiladi. Abu
Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot
qonunlari hamda narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan
tushuntirishga urinadi.
Xususiy ekologiya umumiy ekologik qonunlarni ayrim
taksonomik birliklar (organizmlar olamidan turlargacha), har xil
yashash joylar, turli biologik iqlimdagi biogeotsenozlarga nisbatan
qo‘llashni o‘rganadi.
O‘zbekistonda tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi qonunlar,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
qo‘yilgan vazifalar va talablarga muvofiq jamiyatning ekologik
madaniyatini, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish
maqsadlarida uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiyaning ommaviy va
kompleks tizimi izchil amalga oshirilmoqda.

Minimum ekologik bilim olish mamlakatning har bir
fuqarosining burchiga aylandi. Shuning uchun “Ekologiya” kursini
o‘rganish jarayonida olinadigan bilimlar iqtisodiyot yo‘nalishidagi
mutaxassislarni fundamental tayyorlashning zaruriy shartidir.
Ekologiya bo‘yicha savodsizlik omillikning eng dahshatli
shakli hisoblanadi. Bu narsa atrof-muhit bilan zaruriy
munosabatlarni bilmaslikda aks etadi. Shuning uchun ham
ekologiyaning vazifalaridan biri insonlarga ekologik tarbiya
berishdan iboratdir. Shu yerda “ekologik bumerang” iborasi ustida
to‘xtashga to‘g‘ri keladi. Bu inson bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi
munosabatlarni bilmaslik oqibatida paydo bo‘ladigan jarayondir.
Inson tabiatning tabiiy qonuniyatlarini hisobga olmasdan, unga
o‘tkazgan ta’siri qaytib kelib o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishini va
buning evaziga murakkab vaziyatni yuzaga keltirishini aks
ettiruvchi iboradir.
Ekologiyaning vazifalaridan biri bo‘lgan ekologik ta’limtarbiyaning ahamiyati shundaki, noxushliklarga aql-zakovat bilan
chek qo‘yish mumkin. Demak, hozirgi ekologik inqirozning kelib
chiqishidagi tartibsizliklarga chek qo‘yish zarur.
Ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash lozim. Ya’ni kelajak
avlodlarga zarar keltirmagan holatda insoniyat o‘z ehtiyojlarini
me’yorda taraqqiy ettirishi kerak. Ekologik barqaror rivojlanish
konsepsiyasi insoniyatning uzoq muddatli taraqqiyoti zaminidir.
Uning kapital mablag‘larini ham me’yordan oshirishiga, ekologik
sharoitning yaxshilanishiga turtki bo‘lishi zarur.
Bunday holatni yaratish uchun ekologik ta’lim-tarbiyani oila,
bog‘cha, maktab, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida uzluksiz
olib borish zarur bo‘ladi. Ekologik nuqtayi nazardan ta’lim olgan
inson yuqorida zikr qilingan fikrlarni hayotda amalga oshirish
uchun harakat qilmog‘i zarur.
Aks holda, tabiatni, tabiiy muhitni yo‘q qilish asorati insonning
tirik qolishiga imkoniyat bermasligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Inson
tabiat ustidan hukmdor bo‘lishi kerak, degan fikrdan qaytish
lozim. Aks holda ekologik bumerang jarayoni insonning o‘ziga
xavf tug‘diradi. Hozirgi kunda katta va kichik mamlakatlar

imkoniyatlari darajasida ekologiya sohasida insonlarga ta’lim
berishni rivojlantirmoqda.
Xususan, respublikamizda ekologik ta’limni rivojlantirish va
ekolog kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini
yanada takomillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 21-aprelda imzolangan “Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-son farmonida “Ekologik
tarbiya, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va
atrof-muhit muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirishni tashkil etish” bo‘yicha tegishli choratadbirlar belgilandi4
.
Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda turli aholi
guruhlarini atrof-muhit muammolarini hal qilish uchun qayta
o‘qitish kurslari, “Ekologik ta’lim asoslari”, “Atrof-muhit”,
“Tabiat va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish”,
“Ekologiya va yoshlar tarbiyasi”, “Qishloq xo‘jalik ekologiyasi”
kabi qisqa kursli darsliklarda ekologik muammolarning oldini
olish, tabiatni asrash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish
kabilar yozilgan bo‘lib, inson ularni o‘qib kerakli ma’lumotlar
oladi.
Ushbu fanni o‘rganishda B.Kommoner tavsiya etgan quyidagi
tabiat iqtisodiyoti qonunini (prinsipi) har tomonlama hisobga olish
kerak: hammasi bilan bog‘langan; hammasi qayoqqadir g‘oyib
bo‘ladi; hech narsa bekorga in’om qilinmaydi; tabiat yaxshiroq
biladi.
Shuning uchun ekologik ta’limsiz va mustahkam ekologik
bilimga ega bo‘lmasdan, atrof-muhit muhofazasi muammolarini
hal qilib bo‘lmaydi.
Masalan, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini joriy etish. Bunga
oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim;

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida
ekologik ta’lim; oliy ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda malakasini
oshirib borish; oliy ta’limdan keyingi ekologik ta’lim kabilar
kiradi.
Ekologik holatning oldini olish maqsadida inson ekologik
madaniyat to‘g‘risidagi bilimlarni chuqur egallashi kerak bo‘ladi.
Ya’ni ekologiya bo‘yicha madaniyatli inson, avvalo, tabiatning
rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetishi zarur, o‘z faoliyati
ta’sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olishi
darkor. Shu ma’noda ekologik madaniyat umuminsoniy
ma’naviyatning moddiy hamda axloqiy faoliyat mahsuli sifatida
aks etgan tarkibiy qismi ekanini anglab yetishi lozim.
Ekologik madaniyat tarqqiyoti, o‘z navbatida, ekologik ta’limtarbiya hamda ma’lumotlarni aholi o‘rtasida ma’rifatning hamma
usullaridan foydalanib, ommaga yetkazish bilan chambarchas
bog‘liqdir.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda