EVOLYUTSION TA’LIMOT

EVOLYUTSION TA'LIMOT

Evolyutsion ta’limotning mazmuni. Inson qadim
zam ondan beri organik olam ning ikki xossasiga ajablanib
qaragan. Bu xossalardan biri uning nihoyatda xilmaxilligidir. Hozirgi vaqtda o’simliklarning 500000 dan, hayvonlarning 2500000 dan, zam burug’larning 100000 dan ortiq
turi mavjud. Agar shular qatoriga qadimgi geologik era va
davrlarda yashab, so‘ngra qirilib ketgan 7 000 000 hayvon,
300 000 o ‘simlik turini qo’shsak, haqiqatan ham organik
olam ning xilma-xilligiga hech qanday shubha qolmaydi. Har
bir organizm turi tuzilishi, hayot faoliyati, yashash muhiti bilan bir-biridan keskin farq qiladi.
Organik olam ning ikkinchi ajoyib xossasi organizm larning tuzilishi va hayot faoliyatiga ko‘ra tevarak-atrof muhitiga
moslashganligidir. Masalan, shimoliy o ‘lkalarda yashaydigan
hayvonlar oq rangda, cho‘1 zonasidagi hayvonlar shu yer rangida ekanligi, baliq tuzilishiga ko‘ra suv muhitiga, qushlar esa
havo muhitiga moslashganligi bunga yaqqol misoldir.
Organik olam qotib qolmaganligi, o’zgarishi to‘g‘risida
bir qancha nazariyalar vujudga kelib, bu nazariyalarga ko‘ra,
oiganik olam ning evolyutsiyasi biror omilning ta’siri natijasidir. Organik olamning evolyutsiyasi organizmlarning takomillashishga intilishi (J.B. Lamark), alohidalanishi
(Vegener), m utatsion o’zgaruvchanlik (D e Friz), muhitga
nisbatan adekvat moslashuvchi o’zgaruvchanlik (T.D. Lisenko) asosida amalga oshadi, degan g’oyalar shular jum –
lasidandir.
Organik olam ning evolyutsiyasi faqat yagona omil
ta’siri natijasidan iborat, deb tushuntirish o iik va tirik tabiatning o’ziga xos xossalarini chuqur anglamaslik, materiyaning mexanik, fizik-kimyoviy harakat formalari bilan
biologik harakat formalari o‘rtasidagi farqqa tushunib yet4
maslik oqibatidir. Organik olam ning rivojianishi ba’zi
olimlar tom onidan e’tirof etilgan va uni bir tom onlam a tushunishga urinish bo’lgan bo’Isa ham , lekin har bir hayvon
va o ‘simlikning o ‘zi yashayotgan m uhit sharoitiga moslashganligi to‘g‘risidagi masala XIX asrning yarmigacha
nom a’lum bo’lib qoldi.
Angliyalik buyuk tabiatshunos olim Charlz Darvin 1859-
yili o’zining «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlam ing kelib
chiqishi yoki yashash uchun moslashgan zotlarning saqlanib
qolishi» dcgan m ashhur asarini nashr ettirdi. Bu asarda u
hozir mavjud bo’lgan barcha o ‘simliklar, hayvonlar, odam
to’satdan paydo bo’lm ay, balki million yillar davom etgan
tarixiy rivojlanish mahsuli ekanligini isbotlab berdi. Shu bilan
bir qatorda, organizmlaming xilma-xil moslanish sabablarini
ilmiy nuqtayi nazardan yoritdi.
Darvin organik olam ning evolyutsiyasi to ‘g‘risidagi
ta’limotni yaratishda tabiyotshunoslikning turli sohalari (sistem atika, qiyosiy anatom iya, embriologiya, biogeografiya,
pnlcontologiya va boshqa fanlar) da to‘plangan
ma’lumotlarga, yangi zot va navlar chiqarish sohasidagi ko‘p
asrlik seleksiya yutuqlariga ham da o ‘zi tabiatda olib borgan
kuzatish, tajriba natijalariga, ilmiy xulosalarga tayandi. U
juda ko‘p dalillarga asoslanib, organik olamning evolyutsiyasi
o’zgaruvchanlik, irsiyat, yashash uchun kurash va tabiiy
tanlanish tufayli ro‘y berishini isbotlab berdi. Darvinning
evolyutsion ta ’Iimotini o ‘sha davrning m ashhur biolog olimlari F. Myuller, E. Gekkel, K. Gegenbaur (Germaniya),
A. O. Kovalevskiy, IX M echnikov, V.O. Kovalevskiy, K.A.
Timiryazev, I.M. Sechenov, A. N. Seversov (Rossiya) va
boshqalar himoya qildilar va uni biologiya fanining turli sohalariga tatbiq etib. mazmunini yangi dalillar bilan boyitdilar.
Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida biologiya fanining
yangi sohasi evolyutsion ta’limot vujudga keldi.
Evolyutsion ta’limot keyinchalik genetika, ekologiya, molekular biologiya, biokimyo va boshqa biologik fanlar yutug’i
zaminida mazmunan yanada boyidi va oqibatda XX asrning ikkinchi yarmida evolyutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.

Evolyutsiya tabiatdagi turli narsa, hodisalarga mansub.
Masalan, astronomiyada sayyoralar va yulduzlar evolyutsiyasi, geologiyada yer evolyutsiyasi, biologiyada esa organik
olam evolyutsiyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi. M a’lumki, yerda
hayot azaldan bo’lm ay, bundan 3—4 milliard yil muqaddam,
jonsiz materiyadan vujudga kelgan. Biologik evolyutsiyaning
sodir bo‘lish jarayoni va natijasi xilma-xildir. Biologik
evolyutsiya natijasida populyatsiyalaming genetik tarkibi,
moslanishlar, turlarning vujudga kelishi va nobud bo’Iishi,
biogeotsenoz ham da biosferaning bir butun holda o ‘zgarishi
ro‘y beradi. Binobarin, hozirgi paytda evolyutsiya fani turli
darajadagi biologik sistemalarning evolyutsiyasi jarayonini
o ‘rganadi.
Evolyutsion ta’limot organik olam ning tarixiy rivojlanishini va uni idora etishning um um iy qonuniyatlarini
o ‘rgatuvchi fandir.
Evolyutsiya nazariyasining asosiy prinsiplari
Evolyutsion nazariyani tadqiq qilish ikkita prinsipga
asoslanadi. Ulardan bin tarixiy prinsip. Bu prinsipga ko‘ra,
o’tgan davrlarda organik olamda sodir bo‘lgan voqeahodisalami o ‘rganish asosida hozirgi davrda yashayotgan
tirik organizmlarning tuzilishi, kelib chiqishi aniqlanadi. Ikkinchi prinsip aktualizm hisoblanadi, m azkur prinsipga muvofiq, hozirgi tirik organizmlarning turli darajadagi tuzilishini
va funksiyasini o ‘rganish asosida qadimgi davrlarda organik
olam ning rivojlanishida ro‘y bergan hodisalar haqida mulohaza yuritiladi.
Evolyutsiya jarayonini o ‘rganish usullari
Evolyutsiyani tarixiy prinsipga asoslanib tadqiq qilish
taqqoslash usulidan keng foydalanishni taqozo etadi. Odatda,
biologiyaning ko‘p sohalarida taqqoslash usuli keng
qo’llaniladi. Chunonchi, anatomiya yordam ida organizmlar
tuzilishidagi o’xshashlik va farqqa qarab, ular o’rtasidagi qon6
qarindoshlik aniqlanadi. Xuddi shunga o‘xshash, taqqoslash
usulidan cmbriologiyada ham foydalaniladi va turli organizmlar guruhlarida ontogenetik rivojlanishning dastlabki
davrlaridagi o’xshashlik va farqqa asoslanib, tekshirilayotgan
organizmlar dastlab bir yoki har xil tarmoqdan tarqalganligi
to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Taqqoslash usuli molekular
biologiyadn ham keng qoMlanilmoqda. Xususan, bir qancha
organizmiar turlarini, oqsil va nuklein kislotalar molekulalarini laqqoslab, ular filogenetik jihatdan bir-biriga qanchalik
yaqinligi aniqlanmoqda.
Makrocvolyutsiyani tadqiq qilishda paleontologiya, m orIblogiya, anatomiya biogeografiya usullaridan keng foydalaniladi. Lekin shuni qayd etish kerakki, taqqoslash usuli
organik olam evolyutsiyasini bilishda katta ahamiyatga ega
bo* Isa ham, biroq uning yordamida u yoki bu xil organizmlarning kelib chiqish sabablarini aniqlab bo‘lmaydi.
Bu m uam mo faqat genetik usul bilan aniqlanadi. Genetik va
populyatsion-statistik ttsullar mikroevolyutsiya jarayonlarini
aniqlashda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega ekanligi keyingi
vaqtda tobora ayon boMmoqda.
Evolyutsion ta’limotning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi
Evolyutsion ta’lim ot metodologik asos sifatida biologiyaning xilma-xil dalillari majmuasi emas, balki har xil darajadagi, ya’ni molekula darajasidan to biosfera darajasida
bo’lgan biologik sistemalarda sodir boMadigan voqeahodisalar o’rtasidagi sababiy bogManishlami o ‘rganadigan
fandir. U mazmuniga ko‘ra sintetik xarakterga ega. Shunga
binoan, u barcha biologiya fanlari — botanika, zoologiya,
anatom iya, embriologiya, fiziologiya, biogeografiya, biokimyo, sitologiya, gistologiya, genetika, paleontologiya, molekular biologiya ekologiya, seleksiya, chorvachilik,
o’simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va shu kabi
boshqa fanlar bilan uzviy bogMiqdir. Evolyutsion ta ’limotning
muayyan fan sohalari bilan bog liqligi ikki tom onlam adir. Bir
tom ondan, u xususiy biologiya fanlarida to’plangan dalillami

xulosalab, umumbiologik qonunlarini yaratadi. Ikkinchi tomondan, bu qonunlar biologiyaning turli sohalari uchun
nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Yirik evolyutsionist
K.A. Timiryazev o’sim liklar bilan hayvonlarning hayoti
to‘g‘risidagi fanlar faqat evolyutsion ta’limot asosida ijobiy
rivojlanishi mumkin, deb ta’kidlagan edi. I. I. M echnikov
qayd etishicha shamollash jarayoni va im m unitet tabiatini tushunish faqat organizmning hayotiy reaksiyalariga evolyutsion
nuqtayi nazardan yondashilganda to‘g‘ri hal etilishi mumkin.
T o‘g‘ri, boshqa biologiya fanlari, chunonchi, qiyosiy va
eksperimental morfologiya, fiziologiya, ekologiya, genetikadagi kabi, evolyutsion ta’lim otda ham tasviriy, analitik, sintetik, tajriba usullari keng qo’llaniladi. Evolyutsiya jarayonini
o’rganishda yuqoridagilardan tashqari. tabiiy sharoitda populyatsiyalarni har tom onlam a tahlil qilish, ularning tarkibini,
mavsumiy va mahalliy sharoitga qarab o ‘zgarishini aniqlash,
uni tadqiq qilish usullaridan keng foydalaniladi. Bu evolyutsion ta’lim otning xususiy usuli sanaladi. Evolyusion ta’limot
barcha biologik fanlari yutug‘ini o’zida mujassamlashtirgani
uchun ana shu fanlar zam inida rivojlanadi. Biroq xususiy
fanlarda to’plangan dalillar, nazariyalar evolyutsion
ta ’limotning kelgusi rivojlanishini to’liq ta ’minlay olmaydi.
Chunki bu fanlarda yaratilgan nazariyalar tarqoq, xususiy
xarakterda boMib, materiallami bir tom onlam a qamragan
fanning u yoki bu shoxobchasiga xosdir. Evolyutsion
ta ’limotda esa turli biologiya bilimlarining sintezi namoyon
bo’ladi.
Evolyusion ta’limot faqat boshqa biologiya fanlarida
to ‘plangan dalillami umumlashtirish, xulosalash bilan cheklanmay, balki o ‘zi ham , shu fanlardan mustasno, turli
m uam m olam i hal etadi.
Evolyutsion ta’limotning o’rganadigan muammolari
Tirik tabiat tarixiy rivojlanishining umumiy qonunlari
evolyutsion ta’limotning tekshirish mavzusi hisoblanadi.
Hayot materiya harakatining sifat jihatdan farq qiladigan
tanasi mayda, bo‘linmas atom zarrachalaridan iborat. Ularning qo‘shiIishi va ajralishi tufayli olam vujudga keladi va
yo’qoladi. Jon ham atom lardan tashkil topgan.Tabiatdagi
ham m a narsa tabiiy sabablarga ko‘ra ro‘y beradi, degan fikr
bilan maydonga chiqadi. Epikurning tabiat haqidagi falsafiy
qarashlarida rivojlanish g‘oyasining elementlari uchraydi.
Eramizdan oldin tabiiyot fani Rimda ham birm uncha
rivojlangan. Epikurning izdoshi Lukretsiy Kar (eramizgacha
boMgan 99—55-yillar) tabiatga antiteleologik jihatdan yondashgan. U falsafadagi afsonaviy qarashlarga qarshi chiqib,
tabiat doim o rivojlanishini, unda sifat o ‘zgarishlari ro‘y berishini birinchi mualliflar qatori e’tirof etgan. Agar Qadimgi
Yunon falsafasi harakat bir xil formalarning m a’lum doira
ichidagi o’rin almashinishidan iborat deb tushungan bo*Isa,
Lukretsiy harakat m a’lum davrda ro‘y beradigan tarixiy
o ‘zgarishIardan iborat, deb qayd qilgan. U bir tu r boshqa
turga aylanishini tan olm asa-da, lekin tabiatda moslashmagan
organizmlar nobud bo’iishini, o ‘zi v a . naslini oziq bilan
ta’minlaydigan, dushm anlardan himoya qila oladigan organizm lar yashab qolishini ta’kidlagan edi.
Lukretsiyning «M oddalar tabiati to‘g‘risida» degan
asarida grek falsafasining barcha ijodiy tomonlari o‘z
ifodasini topgan. Unda keyinchalik rivojlangan barcha dunyoqarash tiplari murtak holida bayon etilgan. Lukretsiy Aristotel teleologiyasiga qaram a-qarshi pozitsiyada tuigan.
Rim imperiyasining boshqa mamlakatlar bilan keng aloqasi tabiatshunoslikda yangi-yangi m a’lumotlar to ‘planishiga
sabab bo‘ladi. Biroq rimliklaming o ‘simliklar bilan hayvonlarni tekshirish sohasidagi izlanishlarida morfologik
yo’nalish o ‘miga organizmlarning hayot sharoiti, o ‘zaro munosabati, o’simliklar bilan hayvonlardan inson manfaatlari
yo‘lida foydalanish kabi yo’nalishlar keng tus oladi. Shu jihatdan Kay Pliniy ijodi diqqatga sazovordir. U eramizning
23—79 yillarida yashagan. Kay Pliniy 37 b olim dan iborat
«Tabiiy tarix» nomli asar yozgan. Bu asami yozishda o ‘z kuzatishlariga va 2000 ga yaqin adabiy manbalarga asoslangan.
Asarning zoologiya bo‘limida A ristotelgajiom a’lum boMgan
155 hayvon turi tasvirlangan. U hayvonlami guruhlarga
ajratishda ularning tuzilishiga emas, balki ekologiyasiga
asoslangan. Barcha hayvonlar suvda yashaydigan, havoda
uchadigan va yerda yashaydigan guruhlarga boiingan. U tasvirlagan har bir formadan inson qanday foydalanishi kerakligi
haqida batafsil to ‘xtalgan va bu masala asarning asosiy
maqsadi ekanligini qayd qilgan. Asarning botanika bo’limida
rim agronomiyasi va sistematikasi, chunonchi, o ‘simliklami
parvarish qilish, tuvak yasash, payvandlashga doir
ma’lumotlar keltirilgan.
Shunday qilib, qadimgi tabiatshunos faylasuflar kelajak
fanlaming rivoji uchun zarur bo’lgan bir qator xulosalarni ilgari surganlar. Ular dunyo qanday bo‘Isa, uni xuddi shunday
anglashni, dunyoning birligi va umumiyligi haqidagi g’oyani
targ’ib etganlar.
Evolyutsion qarashlarning rivoji uchun quyidagi
g’oyalarning:
1) o ‘lik ham da tirik m oddalam ing birligi va shu asosda
tabiiy ravishda tirik mavjudotlar paydo boMishi;
2) tirik mavjudotlarning birligi va xilma-xilligi;
3) o’zgaruvchanlikning umumiyligi va tirik mavjudotlar bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishi mumkinligi;
tirik mavjudotlarning yashash uchun kurashi va eng garmonik
ham da moslashgan form alam ing yashab qolishi haqidagi
g’oyalarning paydo boMishi, ayniqsa, muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi zam on mutafakkirlarining
ta’lim otida evolyutsion tushunchalam ing asosiy qoidalari eng
boshlangMch shaklda o’z ifodasini topgan.

 

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda