Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
2023-yil 3-dekabr kuni barcha hududlarda fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda jami 4,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida hisoblanib, e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat beriladi.