FUQORO MUXOFAZASI FANINI O’QITISHNI UYUSHTIRISH

FUQORO MUXOFAZASI FANINI O'QITISHNI UYUSHTIRISH

Ma’lumki, har bir mustaqil davlat o’zining mudofaa qudratiga ega
Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o’sha davlatning qudratini belgilaydl. ChunkI har bir davlat moddiy boyliklarini,
texnikalarini, harbiy aharniyatga molik bo’lgan inshootlarini, xalqini
himoya qilishda, saqlashda yangi turdagi omi II ami yaratadi va ishlab
chiqaradi. Shu tariqa davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki,
bular nafaqat insoniyatga., balki butun jonli tabiatga., atrof-muhitga juda
katta ziyon yetkazadi. 1990-yilgacha biz dunyoni ikki tizimga (kapitalistik va sotsialistil.) bo’lib l.elgan edik va har ikkalasida ham umurniy
qirg’in qurollari yaratilganligini yaxshi bilamiz. Bunday qurollarni ba’zi
birlari ayrim davladar tomonidan sinab ko’rildi ham va hozirgi kungacha ulaming as oratlari to’g’risida eshitib kelyapmiz. Mas alan. 1945-
yilda Yaponiyaning Nagasaki va Xerosima shaharlariga AQSHning
yadro quroli tashlandi. Keyinchalik Koreyaga, Vyetnamga turli xildagi
napalmlar (dirildoq holdagi yondiruvchi modda), oskolkali (parchali),
yondiruvchan bombalar tashlandi.
Yuqoridagi qurollar yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat
bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi Shuning uchun har bir davlatning mudofaa qudrati asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi – umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri
bo’lib, u har qal1day favqulodda holatlarda fuqarolami, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilishda., ulaming muttasil ishlashini ta’rninlashda
hamda qutqarish va tikI ash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb
etadi. Albatta, fuqarolar mudofaasi oldiga qo’yilgan yuqoridagi ishlar
1945-yildan to 1990-yillargacha yetib keldi, lekin shu davrgacha yuqoridagi ishlami bajarish uchun ehtiyojlar bo’lmadi. Afsuski, bu davrlarda
(tinchlik davrlarida) tabiiy ofatIar, ishlab chiqarish avariyalari, turli xiI
halokatlar yuz beradiki, xalqirniz, iqtisodiyotimiz bundan jiddiy zararlanadi. Bunday holatlarda biz bir-birirnizga yordam berishga tayyor emas
edik. Mustaqillik davridagina favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasi tomonidan yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. JumIadan, mustaqilligirnizning dastlabki davrlarida fuqarolami va hududlarni tabiiy ofatlar
dan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolaming mo’tadil
hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalaml hal etish uchun
O’zbekiston hukumati tomonidan 1991-yilda fuqaro mudofaasi tizimi
fuqaro muhofazasi tizimiga ay lantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu
tizim O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi
fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik
davrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqansh falokatlari va halokatlaming
oldini olish va ulaming oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi. Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantinshning asosiy konsepsiyasi
0′ zbekiston Respublikasi Prezldenti Islom Karimovning 1994-yil 9-aprelda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Respublika faollarining Kengashida so’zlagan nutqida bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot
tarmoqlaring, inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi
va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.
FVV ning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi asosan: favqulodda vaziyatlami bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza
qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ulaming oqibatlarini tugatish
hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldim olish va bunday hollarda harakatlami boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va
uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib
borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
FVV ning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda
vaziyatlar masalasida Q’zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli Javqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish to’g’risida» (1999-y.), «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» (2000-y.),
«Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi to’ g’ risida» (1999-y.), «Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida» (2000-y.), «Terrorizmga qarshi kurash
to’g’risida»gi (2000-y.) Qonunlari, Respublika Prezidentining ikkita
Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini
aytish mumkin. Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSH,
Germaniya. Fransiya, Ukraina, Buyuk Bntaniya, Shveytsariya,ltaliya va
boshqa yetakchi davlatlarning fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish
borasidagi tajribalari inobatga olillgan
O’zbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson
hayoti va sog’lig’ining ustuvorligi, axborotning o’z vaqtida berilishi va
ishonchliligL favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish
choralarining ko’ rilishidir.
Respublika FVDT 0′ zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-
yil II-dekabrdagi Farmoniga asosan Bosh vazir tomonidan boshqariladi.
Hozirgi kunda FVDT ning Respublika, mahalliy va obyekt bosqichidan
iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funksional quyi tizimdan iborat
bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi o’z faoliyatini ko’rsatmoqda. Bu tizirnning yagona konsepsiyani belgilash, bashoratlash, tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va
ularni amalga oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy
tayyorgarligini ta’minlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf
qilish hamda xalqaro harnkorlik borasida olib borilayotgan ishlar
o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu tizirnni yanada rivojlantirish va mustahkarnlashda hukumatimiz
tomonidan fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga
tayyorlashni tashkil etish, FV larni tasniflash, avariya-qutqaruv tizimlarini kengaytirish, vazifalarini takomillashtirish va ularni zamonaviy
jihozlar bilan ta’minlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar
borasida katta yordam ko’rsatmoqda.
Hozirgi kunga kelib FVDT tarkibida «Najotkof» Respublika qidiruv-qutqaruv markazi, «Xaloskof» maxsus harbiylashtirilgan qidiruvqutqaruv qismi, «Qutqaruvchi», «Qamchiq», «Olmazof» qismlari tashkil
etilib, ular tomonidan 10 mingdan ortiq marotaba turli favqulodda vaziyatlarda aholiga yordam berildi. Jurnladan, Tojikiston Respublikasining
Qayroqqum bekatida sodir bo’lgan temir yo’l halokati, 1998-yilda Shohimardonda sodir bo’lgan sel ofati, 1999-yilda Turkiyada r’oy bergan
Izmir zilzilasi, 1999-yilda Qamchiq dovonida yuzaga kelgan qor ko’chishi, 2001-yilda yuz bergan Toshkent viloyati Qodiriya bekatidagi temir
yo’l halokati, 2003-yilda Qirg’izistondagi yer surilishi va boshqalarni
rnisol tariqasida keltirish mumkin. Bu YO’nalishdagi ishlar saviyasini
yanada oshirish maqsadida respublikaning ko’pgina shaharlarida,
jumladan: Toshkent, Samarqand, Andijon, Jizza..x, Chirchiq, Angren va

boshqa joylarda maxsus «Qutqaruv xizmatm tizimlari tuzilgan va ularning zimmasiga har qanday ekstremal vaziyatlarda aholining hayotiga,
salomatligiga xavf soluvchi holatlarda yordam berish vazifasl yuklatilgan. Qutqaruv xizmati tizimlarining o’z telefon raqarnlari mavjud
(masalan, Toshkent shahrida 050; Samarqand shahrida 911 va hokazo),
ular tunu-kun 0′ z vazifalarini baj aradilar
Shunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday xatti-harakat qilishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan yordam
berishi, shikastlangan hududlarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarim bajaradi. Zero, yer yuzida urnurniy qirg’in qurollari, hujumkor
qurollaming zamonaVlY turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlami bo’lishligi muqarrar bo’lganligidan har bir davlatda va uning har bir hududida va bo’g’inida
fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladl va uning vazifalari aniq
belgilanadi.
1.2 Favqulodda vaziyatlar. Sababchi omillari. xususiyatlari
Insoniyat o’zining hayotiy faoliyatida turli ko’rinishdagi: tabiiy,
texnogen, ekologik va antropogenik xavf-xatarlarga duch keladi. BirIashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ma’Jurnotiga ko’ra, o’tgan asrning 60-yillarida dunyo aholisining l.6 foizi, 80-yillarda esa 3.5 foizi
favqulodda vaziyatlardan aziyat chekkan. Bunday noxushlik biming
asrmizda ham, undan keyin ham kuzatilishi muqarrardir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-
oktabrdagi 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekoJogik tusdagi favqulodda
vaziyatlarning tasnifi to’g’risida»gi Qarorida mamlakatirmz hududida
sodir bo’lishi mumkin bo’lgan barcha turdagi favqulodda vaziyatlar
tasniflab berilgan.
Favqulodda vaziyat (FV) – ma’lum hududda yuz bergan falokat,
halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o’lirniga, salomatligiga, tevarak- atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan
holatdir.
Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligiga ko’ra quyidagi
guruhlarga bo’linadi:
a) tasodifiy FV – yer silkinishi, portlash, transport vositalaridagi avariyalar va boshqalar;
b) shiddatli FV – yong’inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
v) mo’tadil (o’rtacha) FV – suv toshqinlari, vulqonlami otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
g) rayon FV – sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg’oqchilik, epidemiyalaming tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar
soniga hamda moddiy YO’qotishlar miqdonga qarab) ko’ra 4 guruhga
bo’linadi:
1 Lokal (obyekt miqyosidagi) FV,
2 Mahalliy FV;
3. Respublika (milliy) FV:
4 Transchegaraviy (global) FV :
Lokal favqulodda vaziyat – biror obyektga taalluqli bo’qlib, uning
miqyosi o’sha obyekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 nafardan ortiq bo’lmagan odamjabrlangan yoki 100 nafardan
ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud
moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik
ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdomi tashkil etgan hisoblanadl. Bunday FV oqibatlari shu obyekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat – aholi yashaydigan hudud
(aholl punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday
vaziyat natijasida 10 nafardan ortiq, biroq 500 nafardan kam bo’lmagan
odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 min. baravaridan kam bo’lmagan miqdomi tashkil etgan hisoblanadi.
Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda –
favqulodda vaziyat natijasida 500 nafardan ortiq odamning hayot faoliyati sharOltlari buzilgan, yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan ktmda
eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 min. baravaridan ortig’ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mwnkin bo’lgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud FV chet
elda yuz bergan va O’zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.

Bunday falokat oqibatlari har bIr mamlakatning ichki kuchlari va
mablag’i bilan hrunda halqaro harnjallliyat tashkllotlari mablag’Iari hisobiga tugattladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O’zbekiston davlati
uchun falokat keltiruvchi, balki unga chegaradosh bO’lgan Turkmaniston, Qozog’iston va boshqa davlatlar uchun ham falokath vaziyatdir.
Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosmi hal qilishga O’zbekiston
daviatini kuch va mablag’idal1 tashqari butun jahon tashkilotlari (Ekosan, YUNEP va boshq.) mablag’lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar tasnifiga ko’ra (sababi va kelib chiqish manbaYlga ko’ra):
1. Tabiiy tusdagi FV;
2. Texnogen tusdagi FV:
3. EkoIogik tusdagl FV larga bo’linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xiI turdagi xavf1i hodisalar kiradi:
1) geologik xavfli vaziyatlar: ziIziialar, yer kO’chishlarl, tog’ o’pirilishlar va boshqa xavfli geoIogik hodisalar:
2) gidrometeorologik xavfli vaziyatlar: suv toshqinlari, sellar, qor
ko’chkilan, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometetologik hodisalar;
3) Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
alohida xavf1i infeksiyalar (o’lat vabo, sarg’ayma, isitma), yuqumli
kasalliklar, rikketsiyalarepidemik toshmali terlama, Bril kasalligL zoonoz infeksiyalar – Slbir yarasi, quturish, virusli infeksiyalar – SPID;
Epidemiya – odamlarning guruh bo’lib yuqumli kasallanishi. ularning zaharlanishi (zaharli modda bilan hamda oziq-ovqatdan ommaviy
zaharlanish); epizootiya hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki
nobud bo’hshl; Epifitotiya esa -o’simliklarning ommaviy nobud bo’lishidir.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda