FUQORO MUXOFAZASI FANINING XOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYATI VA VAZIFALARI

FUQORO MUXOFAZASI FANINING XOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYATI VA VAZIFALARI

Fuqaro muxofazasi boy an’analarga ega, chunki Fuqaro muxofazasi tashkilotining boshlanishi MPVO (mestnaya protivovozdushnaya oborona – maxaliy xavo xujumiga qarshi mudofaa – MXXKM) tuzilmasining tashkil etilishidan boshlangan. Fuqaro muxofazasining debochasi MXXKM nemis-fashizmining ustidan g’alaba qozonishda katta xissa qo’shgan. 1941 yilning oktyabrida MXXKM dastlab Buxoro, Samarqand, Farg’ona va boshqa viloyatlarda tashkil etilgan. So’ngra 1942 yilning may oyida Qoraqolpog’istonda shaxar shtablari tuzilib, maktab va to’garaklarda 4,5 mln. Fuqoro 6572 guruxlarida o’zini ximoya qilish bo’yicha tayyorgarlikdan o’tkazilgan. MXXKM – ning shaxsiy tarkibi yordamida tank kolonnalari va aviaeskadril’yalarini tashkil etilishiga zarur bo’lgan mablag’lar to’plangan, bundan tashqari dushman ishg’ol qilgan xududlardan evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish va joylashtirish ishlarini amalga oshirishgan. Shuni ta’kidlash joizki, O’zbekistonda 900 mingdan Ko’proq bolalar, nogironlar, yaradorlar, frontdagi jangchilarning oilalari xam iliq kutib olindi.

 

O’zbek xalqi II – jaxon urushining g’alaba bilan yakunlanishi uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Front uchun zarur bo’lgan o’q – dori, xarbiy texnika, va boshqa anjomlar etkazib berishda tinimsiz mexnat qildi. Natijada O’zbekiston 1941 – 1945 yillardagi nemis – fashizmiga qarshi olib borilgan urush davomida frontga 2100 ta samolet, 17342 ta aviamotor, 2138 ming dona aviabomba, 17100 ta minomet, 4500 birlikdan iborat bo’lgan minalarni yuk qiluvchi qurollar yetkazib berilgan. Bundan tashqari front uchun 60 mingga yaqin xarbiy – kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, dala radiostantsiyalari uchun 3 mln. dona radiolampalar, qariyb 300 mingta parashyut, 5 ta bronepoezd, 18 ta xarbiy – sanitariya va xammom – kir yuvish poezdi, 2200 ta ko’chma oshxona va boshqa ko’p miqdorda xarbiy anjomlarni etkazib berdi.

Prezidentimiz I.Karimov 1999 yil 2 martda e’lon qilgan Farmoyishiga ko’ra, 9 May – Xotira va Kadrlash kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bu kunda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga xissa qo’shgan xamda Vatanimiz mustaqilligi uchun xayotini tikkkan xar bir inson umumxalq tomonidan yodga olinadi. Xozirgi kunda safimizda bo’lgan nuroniy otaxonu – onalarimiz esa doimo e’zozlanib qadrlanadi.

Aholini ximoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan muxim ishlardan biri – bu 1961 yil iyul’ oyida MPVO ni Mudofaa vazirligi qoshida Fuqoro mudofaasi tashkilotiga aylantirilganligi xisoblanadi. Buning ob’ektiv sabablari – tabiiy ofatlarning ko’payishi, ishlab chiqarilishlardagi falokatlar, respublika xududidagi tinchlik davrida sodir bo’layotgan xalokatlar, qurollanish poygasi, sovuq urush va 2 – jaxon urushi xavfining yuzaga kelganligi.

1996 4 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan «Favqulodda vaziyatlar vazirligi» ning tashkil topilishi munosabati bilan «Fuqoro mudofaasi» Fuqoro muxofazasi (FM) deb yuritiladigan bo’ldi. Xozirgi kunda FM sining axamiyati kundan – kunga ortib bormoqda. Shu vaqtgacha axolini ommaviy kirgin qurollaridan ximoyalash vazifalari asosiy deb qaralgan bo’lsa, endi nafaqat ommaviy kirgin qurollaridan muxofazalash ishlarini, balki axoli va xududlarni tabiiy ofatlar va texnogen xususiyatli xalokatlardan muxofazalash zarurligi katta axamiyat kasb etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan axoli va xududlarni turli ko’rinishdagi favqulodda vaziyatlardan muxofazalashga qaratilgan qkator qonunlar chiqarilgan. Bularga quyidagi qonunlarni kiritish mumkin:

 

      1. O’z.R.ning qonuni: «Axoli va xududlarni tabiiy ofatlar va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofazalash» (20 avgust 1998 yil.)
      2. O’z.R.ning konuni: «Fuqaro muxofazasi to’g’risida» (26 may 2000 yil).
      3. O’z.R.ning konuni: «Mudofaa to’g’risida» (yangi taxriri, 11 may 2000 yil).
      4. O’z.R.ning konuni: «Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligi to’g’risida» (30 avgust 1999 yil) va boshqa qonunlar.

 

  1. Favqulodda vaziyatlar bo’yicha tuziladigan doimiy komissiyalarning tuzilishi, maqsadi, vazifasi va ishlash tartibi.

Tinchlik davrida yuzaga keladigan tabiiy ofatlar, falokat (xalokat) lar, ularning oqibatlarini bartaraf qilish va shu jarayonni amalga oshirish uchun boshqaruv ketma-ketligini doimiyligini ta’minlash, xamda FV larni oldini olish bo’yicha ogoxlantirish va nazorat ishlarini ro’yobga chiqarish maqsadida O’z. Rning Vazirlar Maxkamasi qoshida FV lar bo’yicha Davlat komissiyasi (FVK), xuddi shuningdek joylarda viloyat, shaxar va tuman xokimliklari qoshida FVK lar tashkil etiladi.

FVK lari yuqori tashkilotlar raxbarligida ish olib borishadi va FV lar biyicha tuziladigan Davlat komissiyasi ita xavfli falokat (xalokat) larning sabablarini aniqlash va oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha, shuningdek yirik masshtabdagi tabiiy ofatlar biyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda faol qatnashadi.

Barcha tuziladigan FVKlarning tuzilish tartibi quyidagi tamoyillarga asosan amalga oshiriladi:

 

  1. Xududiy asosda.
  2. Ishlab chiqarish tamoyiliga binoan.

Xududiy FVK lar O’z.R VM ning qaroriga binoan u yoki bu mintaqada sodir etilgan FV lar tufayli tuziladi.

FVK iz faoliyatini FVV, IIV, MXX, maxalliy tibbiyot markazlari, o’t o’chirish muassasi, xarbiy qo’mondonlik raxbariyati va Davlat nazorati tashkilotlari bilan xamkorlikda ish yuritadi. Xududiy tamoyil asosida tuzilgan FVKsi tomonidan chiqarilgan barcha farmoyish va buyruqlar xamma uchun majburiy xisoblanadi. Masalan, komendant soati va boshqa farmoyishlarga xamma bo’ysunishi shart. FVlarning sabablari aniqlanib, qurilgan talofat va zararlar miqdori o’rganilgandan so’ng , FVlar oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan zarur chora – tadbirlar ishlab chiqiladi. FVK tomonidan FV oqibatlari to’liq bartaraf etilmaguncha barcha tiklash ishlari olib boriladi.

Ishlab chiqarish tamoyiliga binoan tuzilgan FVK tomonidan joriy qilingan farmoyish va buyruqlar faqat o’sha ishlab chiqarish xududi uchun ta’luqli bo’ladi. FVK tomonidan FVlarning sabablari aniqlanib, FVlarning oqibatlari bartaraf qilingandan so’ng barcha joriy qilingan farmoyish va buyruqlar bekor qilinadi.

  1. FM ning tashkilotlari, tuzilmalari va jixozlari.

 

FM-si xalq xijaligining xamma ob’ektlarida tashkil etiladi: sanoat, qishloq xijaligi, o’quv yurtlari, tashkilotlar va turli bilinmalar qoshida.

FM-sining raisi vazifasini tashkilotning raxbari bajaradi. Raxbar FM-sining tashkil etilishiga, ta’minoti va tayyorgarligiga va qidiruv – qutqaruv ishlarini olib borish ishlariga javobgar shaxs xisoblanadi.

FM-sining raisi tarmoq yo’nalishidagi raxbarga va sa’yi xarakat bo’yicha FVV ning maxalliy bo’limining raisiga bo’ysinadi.

Yirik korxonalarda FM sining raisi uchun aloxida o’rindoshli lavozimi ko’zda tutilgan bo’ladi. FM sining raisi tinchlik davridagi barcha tashkiliy va tayyorgarlik tadbirlarini ishlab chiqish bo’yicha ma’sul hisoblanadi.

Barcha tashkilotlar qoshida FM sining faoliyatini amalga oshirish maqsadida FM ning shtabi tashkil etiladi. O’rindoshlikdagi muovindan tashqari FM-si raisining buyrug’iga binoan tashkilot qoshida FM shtabining qo’yidagi muovinlari tayinlanadi:

 

        1. Ishchi xodimlarini xavfsiz joylarga ko’chirish, joylashtirish va ish bilan ta’minlash bo’yicha;
        2. Moddiy – texnik ta’minot (MTT) bo’yicha muovini;
        3. Shtab boshligining umumiy masalalar bo’yicha muovini

FM-si shtabining axolini ko’chirish va joylashtirish bo’yicha muovinining vazifasiga ishchi – xodimlar va ularning oilalarini xavfsiz joylarga ko’chirish, ish bilan ta’minlash bo’yicha reja tuzadi. Shu maksadda shaxardan tashqarida joy tayyorlaydi, ishchi-xodimlarning ishga kelishi va qaytishni xamda jamoat tartibini qo’riqlash xizmatini boshqaradi.

FM-si shtabining MTT bo’yicha muovini etib korxona bosh muxandisi tayinlanadi. Uning raxbarligida qo’yidagi tashkiliy ishlarni amalga oshiradi: tibbiy xizmat, texnik-falokat, yong’inga qarshi burchak, erto’la va saqlagichlar va boshqa xizmatlarni tashkil etadi. Bundan tashqari MTT bo’yicha muovin tomonidan avariya sodir etilgan xududlarda qidiruv – qutqaruv ishlarini olib borish uchun zarur texnik xizmatiga raxbarlik qiladi.

FM-si shtabining umumiy masalalar bo’yicha muovini tomonidan qo’yidagi ishlar xajmi amalga oshirilishi ko’zda tutiladi: barcha bo’limlar tarkibidagi shaxsiy tarkibning ishga layoqatli bo’lgan qismini aniqlaydi va ish rejasi ishlab chiqiladi. Shu bilan birgalikda shaxsiy tarkibning qanchasi qay darajada davolanishga muxtojligi, ular uchun zarur bo’lgan suv va oziq – ovqat maxsulotlariga bo’lgan extiyoj xamda ularni ta’minlashga oid ishlar xajmini amalga oshirish va nazorat qilish ishlari yuklatiladi.

Yirik korxonalardagi FM shtabining tarkibiga: shtab boshlig’i va uning muovinlari faoliyat yuritishadi. FM shtab boshlig’iining birinchi muovini buyruq va farmoyishlar (rais nomidan) chiqarish xuquqiga ega.

FM siga yuklatiladigan vazifalarni ijro etish uchun quyidagi xizmatlar tashkil etiladi: radioaktiv va ximiyaviy nazorat posti (RXNP), aloqa va ogoxlantirish, jamoat tartibini qo’riqlash, yong’inga qarshi, meditsina, texnik-falokat, erto’la va saqlagichlar, energetika va yorug’likdan yashirish, radiatsiya va ximiyaga qarshi ximoyalanish, MTT, transport suv va oziq – ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash va boshqalar.

Ogoxlantirish va aloqa xizmati, aloqa uzeli (bilimi) va uning boshlig’i asosida tashkil etiladi. Uning vazifasiga: FVning yuzaga kelishi to’g’risida ma’lumotni o’z vaqtida FVVning maxalliy bo’limlariga, FMning shaxsiy tarkibiga etkazish va zrur ogoxlantirish ishlarini olib borish ishlari yuklatiladi. FM ning signal va ma’lumotlarini etkazish, aloqaning doimo tayyorgarlik xolatiga javob berish, aloqa qurilmalaridagi nosozliklarni bartaraf qilish va boshqa vazifalar yuklatiladi.

Jamoat tartibini saqlash xizmatiga-IIb xodimlari bilan birgalikda shaxsiy va jamoa mulkining talon-taroj qilinishiga yo’l qo’ymaslik, barcha Fuqarolar tomonidan belgilangan tartib – qoidalarga to’liq rioya qilishlarini nazorat qilish vazifalari yuklatiladi. Shu bilan birgalikda ro’yxatga olingan ob’ektlarning qo’riqlanishiga javob berishadi.

Radioaktiv va ximiyaviy zaxarlanish posti (RXNP) xizmati ximiya laboratoriyalari qoshida tashkil qilinadi. Vazifasi: Ishchi-xizmatchilar va FMning shaxsiy tarkibini, suv bilan ta’minlash manbalari, oziq-ovqat omborlari va boshqa ob’ektlarning radioaktiv va zaxarlovchi moddalar bilan zararlanganlik darajasini aniqlaydi va muxofazalash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi. Shaxsiy va jamoani muxofazalash xamda joylardagi maxsus texnikaning xolatini nazorat qiladi. RXNP FMning shaxsiy tarkibini dozimetro’k asboblar yordamida radioaktiv va ximiyaviy zararlanish darajalarini aniqlashdan tashqari axoli va FMning shaxsiy tarkibini sanitar ko’rikdan o’tkazish ishlarini amalga oshiradi.

Yong’inga qarshi xizmat-yong’inga qarshi tadbirlar ishlab chiqadi va nazorat qiladi, yong’inlarni o’chirish va RXNP xizmatiga yordam beradi.

Texnik-falokat xizmati. Vazifasi: asosiy inshootlarning barqaror ishlash faoliyatini ta’minlash, muxandislik qurilmalarining uzluksiz ishlashini, falokat oqibatlarini bartaraf qilish, vayronalardan tozalash va odamlarni qutqarish jarayonida qatnashadi.

Meditsina xizmati-poliklinika, medpunktlar bazalarida tashkil etiladi. Vazifasi: tibbiyot bo’linmalarining doimo tayyorligini ta’minlaydi, sangigienik va profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish, jaroxatlanganlarga 1-chi tibbiy yordam ko’rsatish, davolash maskanlariga jo’natish, joylashtirish va boshqa xizmatlarni bajaradi.

Transport xizmati-korxonalardagi transport bo’linmalari va garajlar bazasida tashkil etiladi. Axolini ko’chirish, ish joyiga etkazish, xalokat sodir etilgan joylarga texnikani etkazish, talofat ko’rganlarni olib chiqish va boshqa ishlarga jalb qilinadi.

MTT xizmati korxonalarning MTT bilimlari bazasida tashkil etiladi. Vazifasi: MTT ning rejasini tuzadi, o’z vaqtida kerakli jixozlar bilan ta’minlash, texnikani ta’mirlash, kerakli erga etkazib berish, saqlash va xisobot berib borish, axoliga oziq-ovqat va zarur jixozlar bilan ta’minlash masalalarini xal etadi.

Energota’minoti va yorug’likdan yashirish xizmati bosh-energetik qoshida tashkil etiladi. Vazifasi: uzluksiz ravishda gaz, yonilg’i, elektroenergiya bilan ta’minlash, yorug’likdan yashirish va qutqaruv ishlarida ishtirok etadi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda