GASTRULYASIYA

GASTRULYASIYA

Morula yoki blastuladan keyin, ya’ni embrionning bir qavatlilik davridan keyin embrionning ikki qavatlik davri boslilanadi. Embrionning ikki qavatlik davri gastrula deb, bu jarayonning o’zi esa gastrulyasiya deb ataladi. Gastrulyasiya grekcha gaster – qorincha degan ma’noni bildiradi. Bu qavatlar embrion varaqlari yoki qavatlari deb ataladi. Bu qavatlarning tashqisi ektoderma (ectos – tashqi, derma”- teri), ichkisini esa entoderma (entos – ichki) qavatlar deb nomlanadi. Ikki qavatli embrion bosqichini deyarli hamma ko’p hujayrali hayvonlar bosib o’tadi.

Gastrulyasiya jarayoni embrionning blastula yoki morula davrining davomi hisoblanadi.Blastulaning ma’lum tipigagastrulyasiyaning ham ma’lum tipi mos keladi.Gastrulyasiyaning quyidagi tiplari mavjud:

1. Icnga botib kirish – invaginasiya. Bu seloblastuladan keyin sodir bo’ladi. Bunda blastulaning vegetativ qutbi blastosel bo’shlig’iga botib kiradi. Asta-sekinlik bilan u animal qutbga yetadi va embrion ikki qavatli bo’lib qoladi. Vegetativ qutbdagi blastomerlar blastosel bo’shlig’iga botib kirishi tufayli bu bo’shliq yo’qoladi va uning o’rnida boshqa bo’sMq-birlamchi ichak bo’shlig’i yoki gastrosel bo’shlig’i hosil bo’ladi (56-rasm).

2. Immigrasiya. Bunda ayrim blastomerlar blastula devoridan blastosel bo’shUg’iga ko’chib (qaynab) chiqadi va bu blastomerlardan entoderma hosil bo’ladiAgar blastomerlar bir qutbdan ko’chsa, buni unipolyarli, blastulaning hammajoyidan ko’chsa multipolyarli, ikki qutbdan ko’chsa bipolyarli immigrasiya deb ataladi. Birinchi holat gidromeduzalarda, ikkinchisi sarkomeduzalarda va ba’zi bulutlarda sodir bo’ladi. Gastrulyasyaning bu turini 1884 yilda I.I.Mechnikov aniqlagan.

3. Qatlamlanish – delyaminasiya. Bunda astomerlami o’sib qoplaydi. Dastlabki blastomerlar ektodermani, keyingilari esa entodermani hosil qiladi.

3.Gastrulyasiyaning aralash tipi.Ba’zi hayvonlar embrion taraqqiyotida gastrulyasiyaning invaginasiya, epiboliya va boshqa tiplanning ayrim xususiyatlari uchraydi. Bu hodisa amfibiyalar embrion taraqqiyoti davrida kuzatiladi vagastrulyasiyaning aralash tipi deyiladi (57-rasm).

Gastrulyasiyaning yuqoridabayon etilgan tiplari alohida-alohidaholatda kamdan-kam uchraydLBu tiplar bir vaqtning o’zidabittaembriondakuzatilishi mumkin. Demak, ular bir-birini to’ldirib turadi.

Gastrulyasiyaning oxiriga borib blastosel bo’shlig’i o’rnida gastrosel bo’shUg’i hosil bo’ladi. Blastopor esa kichkina teshikka aylanadi. U og’izga, anal teshigiga (birlamchi yoki ikkilamchi og’izlilarda) yoki har ikkalasiga (bulutlar va kovakichlilarda) aylanishi mumkin

Embrion hujayralarida yadro va sitoplazmaning o’zaro munosabatlari

Yangi organizmlar qanday vujudga keladi? Asrlar osha olimlar irsiy belgilarning nasldan-naslga o’tishining sabablarini bilishga qiziqib kelganlar. Bu kabi savollar embrion varaqlari aniqlangandan keyin olimlarni yanada ko’proq qiziqtira boshladi.

Ba’zi olimlarning fikricha, irsiy belgilarning nasldan-naslga o’tishida qon oqimi ishtirok etadi va asosiy vazifani qon plazmasi bajaradi. Ikkinchi gurah olimlar o’simlik va hayvon hujayralarining sitoplazmasini to’rsimon, tolasimion va ko’piksimon tuzilgan deb tasawur qiladfiaf. Ular protoplazma granulalar va donachalardan tuzilganligini ko’rganlar. XIX asrda protoplazmaning bu elementlarini mikrosomalar deb ataganlar. Spenser irsiy belgHarning nasldan-naslga o’tishining paydo bo’lishini molekulalarning fizik-kimyoviy xossalariga bog’lagan.

R. Altaian oqsil granulalariga bioblastlar deb nom bergan va ulami hayot belgilari deb atagan. Uning fikricha, organizm bioblastlarning koloniyasi bo’lmay, balki hujayralar ham bioblastlarning koloniyasi hisoblanadi. Hozirgi zamon nazariyalari asosida esa ikkita prinsipial vaziyat yotadi: birinchidan, genlar molelculalarning o’ziga xos tabiati, turi, tuzilishi va shaklini belgilaydi. Ikkinchidan, tuxnm hujayra sitoplazmasining har xil qismlari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’Ub, har bir blastomer aniq bir genetik va morfologik xususiyatlarga ega bo’ladi.

&vojlanishning boshlang’ich bosqichlarida hamma hujayralarning yadrolari teng xususiyatlarga ega bo’ladi. Bunday tenglik rivojlanishning gastrulyasiya davrining boshlanishigacha davom etadi.

Hujayraning bo’linishida yadroning bo’lishi shartligini Shpeman urug’langan triton tuxumida o’tkazgan tajribalarida isbotladi. U zigotani soch bilan ikkiga bo’lganda blastomerlarning biri yadroli, ikkinchisi esa yadrosiz.

Har qanday orgaruzmiiing rivojlanishi biotik omillar ta’sirida bo’ladi. Ko’pchilik organizmlar rivojlanishi sterillanmagan (tuproq, suv, quruqlik) sharoitda, ya’ni hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar ta’sirida o’tadi. Ular embrionga bevosita ta’sir etadi va embrion yashayotgan muhitning haroratini, tuz va gazlar tarkibini o’zgartirishi mumkin. Embrion uchun tabiiy muhit hosil bo’ladi va ko’plab organik moddalar shu muhitda yashayotgan organizmlar maxsuloti hisoblanadi va embrion rivojlanishiga malum darajada ta’sir etadi.

Ko’pchilik mollyuskalar, chuvalchanglar, baliqlar, amfibiyalar va boshqa hayvonlar tuxumini suvga qo’yadi. Bunday suvda ko’plab bakteriyalar, zamburug’lar yashaydi. Ba’zi hasharotlar infeksion muhitda, hatto o’lgan o’simlik va hayvonlarning gavdasida rivojlanadi. Hayvonlar embrioni va o’simliklar o’rtasidagi munosabat quyidagicha bo’ladi. Bu yo’nalish fitonsidlar aniqlanislii bilan yo’lga qo’yildi (B. P. Tokin 1928-1930). O’simliklar ishlab chiqargan fitonsidlar (atmosferaga, tuproqqa, suvga) mikro-va makroorganizmlarni o’ldirishi yoki ko’payishini sekinlashtirishi mumkin. Fitonsid grekcha fito – o’simlik, sid – o’ldiraman degan ma’noni bildiradi.

Fitonsidlar o’simliklar immunitetining asosiy omili hisoblanadi. Fitonsidlar uchuvchi organik modda bo’lib, tuxum po’stidan kira oladi. Jumladan, piyozning fitonsidlari uzoq masofadan mollyuskalar embrionini o’ldira oladi. Physa fontinales degan mollyuska embrionining rivojlamshim” suv yoki suv bo’yida o’sadigan o’simliklar fitonsidi sekinlashtiradi yoki o’ldiradi. Rana temporaria degan baqa tuxumlarining bir qismini petri kosachasida akvarium suviga, ikkinchi qismhu shunday suvga ossilyariya suv o’ti solib qo’yiladi. 5 kundan keyin akvarium suvidagi tuxumdan lichinka chiqa boshlaydi, suv o’ti solingan suvdagi embrion hali gastrulyasiya va neyrula bosqichida bo’ladi, o’ninchi kunga keUb ular oladi. Ba’zi o’simliklar fitonsidi mollyuskalar rivojlanishini tezlashtiradi. F. A. Gurevich (1949) fikricha, ba’zi mollyuskalar ayrim o’simliklar bargi yoki poyasida tuxum

qo’yadi. Ba’zi mollyuskalar o’simliklarda ayrim holatlarda kam miqdorda tuxum qo’yadi. Ba’zi hasharotiarning hayoti bevosita o’simliklar bilan bog’liq. O’simliWarning har xil organlarida turli xil tirik organizmlar bo’rtmalar hosil qiladi. Dub ojinihgining bargidan ajraladigan fitonsid ko’plab hayvonlar hujayrasining protoplazmasinr~zararraydi. Kanalar va ba’zi pashshalar embrioni ayrim yuksak o’simliklar fitonsidiga sezgir bo’lib, tuban o’simliklar, bakteriyalar va zamburug’lar antibiotiklariga chidamli bo’ladi. Evolyusiya jarayonida bu hayvonlar embrioni va tuban o’simlMarning toksin moddalari aloqada bo’Ub, ularda moslanish paydo bo’lgan.

XX asrning 60-70-yillarida olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ba’zi hayvonlarning embrional rivojlanishi mikroorganizmlar bilan simbioz holda o’tadi. K. D. Spindler va V. A. Myuller (1972) aniqlashicha, Hidractinia echinata ning planula Uchinkasining metamorfozi uchun bakteriyalar ishtiroki shart ekan. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ba’zi kovakichlilar, paypaslagichlilar, ninatanlilar lichinkasining metamorfozi, substratga yopishishi mikroorganizmlar ishtirokida sodir bo’ladi. Ssifistomalar jinssiz ko’payishida simbiotik mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. Cassiopea andromeda meduzasi simbiotik mikroorganizmdan ajralsa, strobilyasiya jarayoni to’xtaydi. Agar meduza yana mikroorganizm bilan simbioz holda yashay boshlasa, strobilyasiya jarayoni qaytadan tiklanadi. Kurtaklanish yo’li bilan ko’payishda simbiont ishtiroki shart emas^Shunday kilib, kelajakda hayvonlar embrional rivojlanishi va mitoorganizmTar o’rtasidagi munosabat yanada kengroq o’rganilishi va bu munosabatni ifodalaydigan nazariyalar yaratilishi lozim

+
Manba.

 

Boshqalar o'qimoqda