HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI FANINING NAZARIY ASOSLARI

Hozirgi fan-texnika, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalar
rivojlangan davrda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarish jarayonlari misli
ko’rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi,
insonlaming tabiiy zaxiralarga va atrof muhitga pala-partishlik
munosabatlari, davlatlar o ‘rtasida insoniyat hayotiga xavf- xatar soluvchi
qurollarning qoilanilishi, insoniyat tomonidan qoilanilayotgan turlituman zararli hamda zaharli moddalar va vositalar turli xildagi xavflarni
yuzaga keltirib, ular insonlaming hayotiy faoliyatiga, so g iig ig a , atrof
muhit tozaligiga, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid soladi.
Jumladan, qishloq xo‘jaligida hozirgi kunda qoilanilayotan 70 dan ortiq
zaharli kimyoviy vositalami, kimyo, neftni, gazni qayta ishlash va boshqa
qator ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlatilayotgan hamda olinayotgan
mahsulotlami aytish mumkin.
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib
boim aydigan vazifalari qatoridan aholining xavfsizligini ta’minlash
masalalari o‘rin olgan.
Miloddan avval oldin yashagan faylasuf olim Pratagor: «Inson
hamma narsaning mezonidir» degan shiomi o ‘rtaga tashlagan edi. Bu
shior asosida insonning faqat ishchi kuchi sifatigagina qaralmasdan, balki
faoliyati jarayonida himoya qilinishi zarur b o ig an qiymatga ham ega
degan fikr yotadi.
Insonning faol harakatlari yigindisi – faoliyat tushunchasini bildiradi.
Aynan m ana shu faoliyat insonlami boshqa tirik mavjudotlardan
(hayvonlardan) farqlantiradi. Demak, faoliyat – insonning bor b o iib turishi
uchun zaruriy ko’rsatkich hisoblanadi. Mehnat esa inson faoliyatining
eng oliy shaklidir. Shuning uchun faoliyat ham, mehnat ham boim asa,
kishilik jamiyati ham boim aydi.
Inson faoliyati va mehnatining shakllari turli xilda boiadi. Ular
turmushda, jamiyatda, ishlab chiqarishda, ilmda, sportda, san’atda va inson

hayotiy faoliyatining boshqa sohalarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan:
aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi inson bilan jismoniy mehnat qiladigan
ishchining vazifalari tubdan farqlanadi.
Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan: inson va muhitdan
tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat insonlar
shug‘ullanadi va ular o‘zlarini o‘rab turgan atrof muhit bilan yaqin
munosabatda bo‘ladilar.
Shuningdek, «Inson – muhit» tizimini ham ikki maqsadli deb qarash
mumkin: «birinchi maqsadi – inson o‘zining mehnat faoliyati jarayonida
muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat qilsa, ikkinchi
maqsadi – mehnati jarayonida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz oqibatlarni
bartaraf qilishdan iborat bo‘ladi.
K o‘ngilsiz oqibatlarga quyidagilar kiradi:
– Inson hayotiga va sogiigiga zarar yetkazishi.
– Yong‘inlar chiqishi.
– Buzilishi ar bo’lishi.
– Suv toshqinlarining yuzaga kelishi.
– A trof muhitga zararli moddalaming tarqalishi.
– Xomashyolar, tayyor mahsulotlarining buzilishi va hokazolar.
Mana shunday ko‘ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, jarayon,
ta’sir etuvchi omillar, kuchlar xavflar deb ataladi. Masalan, chaqmoq
chaqishdan yong‘inlar, portlashlar, ishlab chiqarish jarayonining buzilishidan
zaharli yoki zararli moddalaming atrof muhitga tarqalishi, ishlab chiqarish
muhitining buzilishidan ishchi] am ing kasb kasalligiga yoiiqishi va boshqa
ko‘plab vujudga keladigan xavflami misol keltirish mumkin.
Xavflar ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra: real va potensial (yashirin)
bo‘ladi.
Real xavflar deganda salbiy oqibati aniq bo‘lgan xavflar tushiniladi,
jumladan, kimyoviy bin km alar – zaharli xavflar, radiatsiya nuri –
insonning nurlanish kasalligiga olib keluvchi xavf, elektr-payvandlashda
chiqadigan nur – ko‘z faoliyatini izdan chiqaruvchi xavflar hisoblanadi.
Potensial (yashirin) xavflar – m uayyan sabablar natijasidagina
yuzaga kelishi mumkin. M asalan, benzin – yonuvchanligi real xavf
bo‘lsa, zarb ta ’sirida portlashi potensial xavf, yoki quyoshdan keladigan
nurlarning qizdirishi real xavf b o is a , inson tanasiga surunkali ta ’siri
natijasida organizmning kasallanishiga olib kelishi – potensial xavf
hisoblanadi.

Har qanday xavflar muayyan salbiy oqibatlarga olib keladi, jumladan,
ishlab chiqarish avariyasi natijasida uskuna va jihozlarning buzilishi,
yong‘inlar chiqishi, atrof muhitga zararli moddalarning tarqalishi, ish
sharoitining izdan chiqishi, xomashyo va tayyor mahsulotlarning buzilishi
yoki yaroqsiz holga kelishi va boshqa holatlar kuzatilishi mumkin.
M a’lumotlarga qaraganda yer yuzida tabiiy, texnogen xavflar soni
yildan yilga ko‘payib bormoqda, jumladan, 2009-yifda 1970-yilga nisbatan
ularning soni 3,5 barobarga oshgan. Asab kasalligiga uchraganlar soni
ham 30 martadan ziyod ko‘paygan.
MDH davlat lari da har yili 20 mln. nafar inson turli xil ta’sirlardan
jarohatlanadi, shulardan 0,5 mln. ga yaqin odam halok bo’ladi, shuningdek,
30 mingdan ortiq ishchi-xizmatchilar mehnat nogironi bo4 lib qolmoqda.
Shu nuqtayi nazardan har qanday ishlab chiqarish joylarida
mehnatni m uhofaza qilishning norm a va qoidalarining a’lo darajada
tashkil etilishi zarur hisoblanadi. Ammo dunyo b o ‘yicha insonlar turli
xavflar (tabiiy, texnogen, antropogenik, ekologik va hokazo) ostida
yashaydi. Bularning hammasi insonlar hayot faoliyatining buzilishiga
olib keladi. Bularning isboti sifatida: Armaniston, Turkiya, Eron, Xitoy,
Gaiti, Chili, Toshkent va boshqa hududlardagi yer qim irlashalari,
Turkiya, Yevropa davlatlari va Rossiyadagi suv toshqinlari,
«Admiral Naxim ov», «Titanik» «Kursk» suvosti kem alarining, havo
transportlarining halokati, Chernobl AESning avariyasi va boshqa
halokatlarni misol keltirish mumkin.
Shu sababdan hozirgi davrda ishlab chiqarish xavflaridan, tabiiy
ofatlardan, falokat va halokatlardan insonlaming hayot faoliyatini saqlash
eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini
saqlash «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadlaridan biridir.
Aynan mana shu muammolar yechimini «Hayot faoliyati xavfsizligi»
fani oTganadi. Hayot faoliyati xavfsizligi fani – ilmiy metodologik fanlar
qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga
keladigan xavflaming kelib chiqish sabablarini, oqibatiarini va ulami
yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen
va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolami muhofaza qilish, ulami
ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda
jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o’rgatishdan
iborat. «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani 3 ta mustaqil fanlar: «Mehnatni

muhofaza qiiish», «A trof muhitni muhofaza qiiish» va «Fuqaro
muhofazasi» fanlari asosida yuzaga kelgan. Bu fanlar aw allari mustaqil
fanlar sifatida o ‘qitilib kelingan.
Jumladan, «Mehnatni muhofaza qiiish» – insonlarga mehnat faoliyati
jarayonida yuzaga keladigan zararli va xavfli omillardan saqlanish
qoidalarini, qoilaniladigan vositalarni hamda isblovchilar uchun qulay
sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratishdan iborat.
«Atrof muhitni muhofaza qiiish» fani esa, insonni o‘rab turgan atrof
muhitni: atmosfera havosi, suv va tuproqni zararlovchi omillami, ularning
xususiyatini, ifloslanturuvchi ta’sirlar miqdorini kamaytirish yoki umuman
y o ‘qotish usullarini o ‘rganadi.
«Fuqaro muhofazasi» esa tabiiy, texnogen, ekologik va ijtimoiy
xarakterdagi favqulodda vaziyatlami, ularga sabab bo’Juvchi omillarni,
xususiyatlarmi, keltiradigan talafotlarini va ulardan himoyatanish
qoidalarini o‘rganadi.
Bu fanlami bir-biridan ajratgan holda o ‘rganish mumkin emas.
Chunki ushbu fanlarda o‘rganiladigan qator mavzular bir-biri bilan o‘zaro
uyg‘unlikda bog‘!angan. Jumadan, «Mehnatni muhofaza qiiish» fanining
sanoat sanitariyasi boiim ida, «Atrof muhitni muhofaza qiiish» fanidagi
sanoat chiqindilarining tashqariga chiqarib yuborilishidagi holatlar, fuqaro
muhofazasidagi texnogen turdagi favqulodda vaziyatlar mavzulari birbiri bilan chambarchas bogiiq. Bunda sanoat tarmoqlaridan tashqariga
chiqadigan zararli va zaharli moddalaming ta’sirlarini va ularning oldini
olish tadbirlarini har uchchala fan o ‘rganadi. Bunga o ‘xshash masalalarini
ko‘plab keltirish mumkin.
Bu fanlaming tekshirish obyektlari turlicha bo‘lsa-da, oldiga qo‘ygan
maqsadi va vazifalari bitta, u ham b o isa, insonlaming hayot faoliyati
xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Man shu maqsad va vazifalarni yanada
mukammal o ‘rganish va insonlaming xavfsizligini to ‘liq ta’minlash
maqsadida «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani kiritilgan.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e ’tiborida inson—
tabiat-jam iyat rivojlanishining maqsadlari yotadi.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
1. Xavflaming identifikatsiyasini o‘rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga keladigan xavflaming kelib chiqish sabablarini, uning
xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o ‘rganish.

2. Ishlab chiqarish jarayoniarida va xizmat ko‘rsatish sohaiarida xavfsiz
mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlami o‘rganish.
3. Ishlab chiqarish jarayoniarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan
uslubiyatlami ishlab chiqish.
4. Fuqarolami turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan
himoyalanish usullariga o ‘rgatish.
5. Mehnat jarayoniarida baxtsiz hodisalarning oldini olish choratadbirlarini o ‘rganish.
6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o’choqlaridagi fuqarolami
qutqarish va tiklash ishlarini o’tkazish.
7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni
o‘rgatish.
1.2. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari
va ularning mazmuni
Xavf – hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo‘lib,
u hodisa, jarayon, obyekt, kuchli ta’sir etuvchi va boshqa omillarning
inson sogiigiga, umriga qay darajada zarar keJtirishini anglatadi.
Masalan, yong‘in, ishlab chiqarish avariyasi, epidemiologik holat,
zaharli moddalarning tashqi muhitga tarqalishi, ishlab chiqarishda
sanitar-gigiyenik ko’rsatkichlaming o‘zgarishi, tabiiy, texnogen ekologik
favqulodda vaziyatlar va h.k.
X avflam ing xususiyatlarini xarakterlovchi belgilar soni turli
xilda b o iis h i m um kin. B a’zi bir xavflarda bu k o ‘rsatkichlar k o ‘p
sonda, ba’zi birlarida kichik sonda b o ia d i. Ya’ni har qanday
xavflarni standart aniq ko‘rsatkichlar bilan va ularning aniq soni
bilan xarakterlab b o ‘lmaydi.
B a’zi bir xavflarni xarakterlovchi belgilar 5-6 ta sonda boisa,
boshqalarida undan kam yoki ko‘p boiishi mumkin. Masalan: yer
silkinishi xavfida 9 ta xarakterlovchi belgilarni keltiramiz:
– tuproq zarrachalari tebranma harakatining ortishi;
– hayvonot dunyosining bezovtalanishi ;
– yer ostki suvlarining yerga yaqinlashishi;
– yer ostki suvlari tarkibida radon moddasining ortishi;
– yerda yoriqlaming paydo boiishi;
– buloqlarning paydo boiishi;

– atrof muhitga begona gazlarning tarqalishi;
– tuproq zarrachalarining deformatsiyalanishi;
~ tuproq zarrachalari elektr qarshiligining o‘zgarishi va hokazo.
Yer ko‘chki xavfi umuman boshqa xarakterlovchi belgilar orqali
aniqlanadi. Jumladan:
– tuproq zarrachalari namlik darajasining ortishi;
– tuproq zarrachalari mustahkamlik darajasining pasayishi;
– qiya sathli joylarda yoriqlarning hosil bo‘ lishi;
– yo‘llarda uzilishlaming kuzatilishi;
– daraxtlaming to ‘g ‘ri o‘smasligi;
– uylar konstruksiyasining buziiishi;
– uylaming devorlarida yoriqlarning yuzaga kelishi va boshqa
ko‘rsatkichlar;
Har qanaqa xavf o‘zida inson hayot faloiyatini izdan chiqaruvchi
energiyaga ega bo‘lib, kimyoviy yoki biologik faol komponentlami
o ‘zida saqlaydi. Masalan: atir-upa sanoatida qcrllaniladigan erituvchilar:
efir, spirt, xloroform va boshqalaming surunkali ta’sir etishi insonlarda
allergik kasalliklar yuzaga kelishiga sabab boiadi.
Xavflaming turlari quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Kelib chiqish tabiatiga koVra: tabiiy, texnogen, antropogenik va
ekologik.
2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va
psixofiziologik.
3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish,
halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy.
5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushga, sportga, y o i transportiga,
ishlab chiqarishga, urushga, tabiiy ofatga oid xavflar.
6. Insonga ta’sir qiiish darajasi ga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).
7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.
8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatii, m o‘tadil va ravon.
Bulardan shunday xulosa chiqadiki, inson faoliyatining bironta turi
yo’qki, u absolut xavfsiz amalga oshsa. Shuning uchun, har qanday xavf
potensial xavfli hisoblanadi.
Xavflam ing taksonomiyasi.Taksonomiya – murakkab hodisalami,
jarayonlami, tushunchalami yoki obyektlami bir sistemaga solish haqidagi
fandir.
Xavflar taksonomiyasi – xavflarni tartib bo‘yicha joylashtirish degan
m a’noni anglatadi. Masalan, tabiiy ofat xavfining taksonomiyasini tuzish:
a) geologik o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar: yer
silkinishi, yer ko‘chkisi, vulqon otilishi, togMaming yemirilishi va
boshqalar;
b) gidrometerologik o :zgarish oqibatida yuzaga keladigan xavflar:
shamollar, yog‘ingarchiliklar, tabiiy yong‘in, qurg‘oqchilik, momaqaldiroq,
chaqmoq chaqishi, do‘l yog’ishi va hokazolar;
d) epidemiologik, epizootik va epifttotik xavflar: (insonlar kasallanishi,
zaharlanishi, ommaviy o‘lim, parranda, cho‘chqa gripplari, qutirish, oqsil
kasalligi, chigirtkalaming yog‘ilishi, fotosintez jarayonining buzilishi va
boshqalar);
Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini
ta’minlashda muhim ro‘l o ‘ynaydi. Xavflaming taksomaniyasini tuzishni,
albatta, xavflaming tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish
mumkin.
Afsuski, hozirga qadar xavflaming yetarlicha to‘liq taksanomiyasi
yaratilmagan. Bu esa har qanaqa xavfning oldini olishni ta’minlashni
chegaralab qo4yadi. Shuning uchun olimlar, soha mutaxassislari oldiga
xavflaming taksonomiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy va metodologik
izlanishlar olib borish maqsad qilib qo‘yilgan.
Xavflam ing nomenklaturasi. Nomenklatura – muayyan belgi,
xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so’zlar ro‘yxatidir. Masalan,
tibbiyotda qoilaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq
tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin,
biotsilin, trimol, sefozolin, sefamizin va boshqalar kiradi.
Xavflar nomenklaturasini tuzishda ham aynan xavfning biror belgisi,
xususiyati, keltiradigan oqibati yoki boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra
tuzilishi lozim. Hozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit
bo‘yicha tuzilgan. Masalan, ajal, alanga, alkagol, aziyat, vakuum, vulqon,
vahima, gaz, gerbitsid, dinamik zo‘riqish, yemirilish, yom g‘ir, yong‘in,
zo‘riqish, zahar, zilzila, ifloslanish, ichimlik, iztirob, kasallik, kuyish,
lat yeyish, loyqalanish, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar,
mikroorganizmlar, radiatsiya, reanimatsiya, rezonans, tebranish, tok urish,
toyib ketish, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xatar, shamol, shovqin,
elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yaxlash, yadro zaryadi, yashur
kasalligi va boshqalar.

Umuman, xavflaming nomenklaturasi har bir obyekt, ishlab chiqarish
jarayoni, sexlar, ish oi’inlari, texnologik jarayonlar, kasblar va boshqa
faoliyat o‘rm)ari uchun tuzilsa maqsadga muvofiq boiardi.
Xavflar kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya – murakkab tushuncha,
(ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)laming sifatini,
oqibatini aniqlashda sonli tavsiflaming joriy qilinishidir.
Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/
soat) va boshqa usullari qoilaniladi. Jumladan, yer silkinishining kvantifikatsiyasi – ballda yoki magnitudada, shamollar – m/s, yer ko‘chkilari –
m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar – darajali usullari
qoilaniladi. Xavflami baholashda esa «tavakkal» qoilaniladi. Tavakkal – xavflarni son jihatidan baholashdir. Xavflami sonli baholashda u
yoki bu ko‘ngilsiz oqibatlar sonining m a’lum davr (chegara, vaqt, hudud)
da b o iish i mumkin b o ig a n songa nisbatidir.
Masalan, 1-misol: biror ishlab chiqarishda, agar har yili 15 000 odam
o isa, o‘rtacha ishlaydiganlar soni 15 mln. b o isa, u holda inson o iim
tavakkali quyidagicha topiladi:
l-S-s1C*
O iim tavakkali = 1* to ■*
2-misol: biror mamlakat aholisi 200 mln. b o isa, turli xavf-xatarlar
oqibatida 500 ming odam o isa , u holda tnamlakatdagi aholining o iim
tavakkali quyidagicha boiadi.
Q.S
O iim tavakkali = = ZS * “ boiadi.
Xavflar identifikatsiyasi. Identifikatsiya ~ o‘rganish, isbotlash,
tasdiqlash ma’nolarim anglatadi. Masalan, dorishunoslikda birorta doridarmonni to iiq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib
boim aydi. Jumladan, ampitsilin dorisi – uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi
va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflar identfikatsiyasi biroz mushkulroq. Bunda har bir xavfning
kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatiari o‘rganiladi. Chunki har
bir xavfning yuzaga kelishiga sabab boiuvchi omillar, salbiy oqibatiari,
xavfiilik va zarar keltirish darajaiari boiadi. Mana shu ko‘rsatkichlar
aniqlangandan keyingina xavfning nomini ayta olamiz. Masalan: termik
yoki radiatsiya xavflari, yoki oqsil va yashur kasalligi, yoki gerbitsid,
/ahar xavflari va hokazolar.

Xavflarni identifikatsiya qilishda, albatta, xavflaming nomenklaturasi
aniq o‘rganilgan boiishi lozim. Chunki xavfning aniq turini, nomini
bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o ‘rganib
boim aydi. Demak, xavflarni o‘rganishdan xulosa qilsak, xavf-sababoqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bogiiqlikda boiadi. Uchala
tushuncha ham ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
K o‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli koVinishda boiishi mumkin.
Masalan: havo transporti – transport – yerga qulashi
(xavf) elementining (oqibat)
ishlamay qolishi
(sabab)
M isolda oqibat – havo transportining yaroqsiz holga kelishi,
odamlaming turli darajada jarohat olishi, o ‘!im boiishi, y o ngin chiqishi,
portlash yuz berishi, buzilishlar, atrof muhit zararlanishi va boshqa
holatlar kuzatilishi mumkin.
Zahar – ichib qo‘yish – zaharlanish;
(xavf) (sabab) (oqibat)
yoki elektr toki – simlaming qisqa tutashuvi – tok urishi, kuyish.
(xavf) (sabab) (oqibat)

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda