bog’langan. Yomg’ir chuvalchangining refleksi gidra va oq planariyaga ancha murakkab va
xilma xil bo’ladi. Gidra yoki planariya tanasining qaysi qismiga ta’sir etsak ham tanasini bir xil qisqartirish bilan javob beradi. Bunda aksicha, yomg’ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga ta’sir qilsak o’sha tomoni ta’sirlanadi va u har xil harakat qiladi. Masalan, oldingi tomoniga biror narsani tekkizganimizda bosh qismini tortib oladi va boshqa tomonga burilib, harakat qiladi.
Reflekslar yordamida chuvalchang o’z ozig’ini qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug’lik va issiqlikdan yashirinadi.
Ko’payishi – yomg’ir chuvalchangi germafrodit (ikki jinsli) hayvon. Juda kichik ikki juft tuxumdoni 13- segmentda joylashib, 14 segmentdagi 1 juft voronkasimon tuxum yo’li –yetishgan (otalanmagan) tuxumlarini tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Ikki juft urug’doni –
urug’ qopchiqlarining ichida joylashgan. 9-13 segmentlardagi kattagina pufaksimon qopchiqlar
uch juft katta o’simta hosil qiladi. Mazkur qopchiqlarga ajralib chiqqan urug’ (spermatozoidlar)
shu yerda yetiladi va ma’lum vaqt saqlanib, urug’ yo’li naychalari orqali tashqariga chiqadi. Ikki
juft urug’ yo’li “voronka” lari urug’ qopchiqlarini ichida joylashgan bo’lib ularning birlashtirgan
bir juft naychalari 15 segmentning qorin tomonida tashqariga ochilgan. 9-10- segmentlarda
joylashgan 2 juft “urug’ qabul qiluvchi qopchiqlar” joylashgan. Bu qopchiqlar qo’shilish vaqtida
boshqa chuvalchangdan spermatozoid olish va uni saqlashga xizmat qiladi.
Bahorda yomg’ir chuvalchanglari bosh tomoni bilan qo’shilib spermalarini almashtiriboladi (ularda tuxumlardan ancha vaqt ilgari spermalar yetiladi). Bir necha kun o’tgach, kamar segmentlarining atrofida, (belbog’chasidan) ulardan ajraluvchi shilimshiq moddadan bug’doy donasidek maxsus pilla hosil bo’ladi. “Kamar” dagi bezlar pillaning ichiga oziqli suyuqlik ajratib o’tkazadi. Har qaysi pillaga 2-3 dona, ba’zan 6-20 donagacha tuxum qo’yadi. Ular pillalarini
yaxshi havo o’tkazadigan zaxroq yerga qo’yadi. Chuvalchang pilla ichiga bir qancha tuxum va ilgari boshqa chuvalchangdan olgan spermalarini ajratib chiqaradi. Pila chuvalchang tanasidansirg’alib tuproqqa tushadi. Tuxumlar pillaning ichida otalanib rivojlangach, dastlab shu yerda ya’ni troxoforasimon kiprikli lichinka davrini o’tadi va bir oydan keyin yosh chuvalchangga aylanadi. (odatda 1 ta pillada faqat 1-2 ta chuvalchang yetishadi.) Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regeneratsiyasi – yomg’ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasiningjarohatlangan qismini tiklash xususiyatiga ega. Chuvalchang tanasi ikki bo’lakka ajratilganida uning bar bir bo’lagidan yangi chuvalchanglar hosil bo’lishi aniqlangan. Yer yo’zida yomg’ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi tarqalgan. Halqali chuvalchanglarning juda ko’p turlari chuchuk suvlarda ham hayot kechiradi. Yomg’ir chuvalchanglari va chuchuk suvlarda hayot kechiradigan halqali chuvalchanglarning tana halqalarida ko’zga ko’rinmaydigan siyrak va kalta tukchalari bo’ladi. Shuning uchun ularni kam tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi.
Yomgir chuvalchanglari tuproqni yumshatib, unga suv va havo o’tishini yaxshilaydi.O’simlik ildizlari chuvalchanglar qazigan inlar orqali yaxshi o’sadi. Bundan tashqari, chuvalchanglar tuproqni ichagidan o’tkazib uni chirindiga boyitadi. Chuvalchanglar ko’p bo’lgan tuproq donador bo’lib, namlik va oziq moddalarni o’zida yaxshi saqlaydi. Bir gektar maydonda yomg’ir chuvalchanglari bir yil davomida 250-600 t tuproqni qayta ishlab berishi aniqlangan.
Yomg’ir chuvalchanglarining ayrim turlaridan chorvachilik va uy-ro’zg’or chiqindilarini qayta ishlab, sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o’g’it hisoblanadigan biogumus olishda foydalaniladi. Yomg’ir chuvalchanglari ko’p bo’ladigan tuproqlarda o’simliklar yaxshi o’sadi va mo’l hosil beradi. Chuvalchanglar qirilib ketmasligi uchun tuproqni kimyoviy zaharli moddalar bilan ifloslantirmaslik, tuproqqa go’ng solib turish kerak. Yomg’ir chuvalchanglari juda foydali va noyob hayvonlar sifatida himoya qilinadi. Xalqaro ,,Qizil kitob”ga yomg’ir chuvalchanglarining 11 turi kiritilgan.
Chuchuk suv havzalarida yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar tubefeks suvni harxil ifloslikdan tozalab, sanitarlik vazifasini bajaradi. Ular turli suv hayvonlari, shu jumladan baliqlar uchun asosiy oziq bo’lib hisoblanadi. Chuchuk suv chuvalchanglari aarium baliqlari uchun yem sifatida ko’paytiriladi. Dalalarda, ekinzorlar va yaylov yerlarda ko’p tarqalgan oqish chuvalchang – alloboforalar o’rtacha 15-16 sm uzunlikda bo’lib, nihoyatda ko’p tarqalgan. 1 m
tuproqda 400-500 ta va undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Qurg’oqchilikka chidamli bu chuvalchang, ayniqsa, tuproq hayotida katta ahamiyatga ega. Mazkur oilaga mansub va ko’p tarqalgan gigant allobofora (40 50 sm gacha bo’ladi) va go’ng solingan yerlarda ko’plab ko’payadigan go’ng chuvalchanglar ham foydali hisoblanadi.
Avstraliyada uchraydigan gigant Avstraliya megoskolisidasi 2,5-3 m gacha uzunlikda bo’lib, o`zoqdan ilonga o’xshab ko’rinadi. Bu chuvalchanglar ham yer ostida yashab, tashqarida tuproq uyumlari hosil etadi. Megoskolitsida chuvalchanglari orasida tropik o’rmon daraxtlariga chiqib yashaydigan turlari ham uchraydi.
Yomg’ir chuvalchanglarining tuproq hosil bo’lishida va tuproq hosildorligini ortirishdagi ahamiyatini 1bo’lib, mashhur olim Ch. Darvin ko’p yillar mobaynida tekshirdi. Darvinning ko’rsatishicha chuvalchanglar tuproqning ustki qavati bilan ostki qavatlarini almashtira borib, undagi chirindi va boshqa organik birikmalarning minerallanishi (o’simlik o’zlashtiradigan holga kelishi) ni mo`ttasil ravishda muvofiqlashtiradi va tuproqdagi “yo’llari” orqali undagi foydali mikroblarni ko’payishi va tuproqqa havo kirib turishini ta’minlaydi. Kamtuklilar xam xuddi ko`ptuklilar singari yuqori daraja rеduktsiyalanish xususiyatiga ega, asosan chuchuk suvlarda va tuproqda, bazida esa dеngizlarda hayot kеchiradilar.
Amaliy axamiyatiga kеladigan bo`lsak bir kvadrat mеtrdagi chuvalchanglar bir yil davomida 4 kgtuproqni, xuddi shu muddatda 1 ga yеrdagi chuvalchanglar esa 10 t dan 30 t gacha tuproqni yеr yo`zasiga chiqarishi mumkin. Yomg`ir chuvalchanglar tuproqni ichagidan o`tkazib, koprolitlar xosil qiladi, yеmirilishini saqlaydi va nam shimilishini yaxshilaydi.
Chuchuk suv kamtuklilari o`z ichagidan ko`p miqdorda loyqan o`tkazib, suvxavzalariniorganik qoldiqlarda tozalaydi. Kamtuklilar baliqlarning asosiy ozig`i xisoblanadi, Qizil chuvalchang akvarium baliqlari uchun maxsus ozuqa. Eyzеniya biogumus olishda ishda ishtiroki katta.
Klassifikatsiyasi kamtuklilar ikki turkumni birlashtiradi.
Naydomorflar turkumii – turlari asosan chuchuk suv xavzalarida hayot kеchiradilar
YomG`ir chuvalchangi turkumi chuchuk suv xavzalari va ayniqsa tuproqda hayot kеchiradilar. Tana uzunligi bir nеcha sm dan 2,5 mеtrgacha yеtishi mumkin.