HASHAROTLARGA HARORATNING TASIRI

HASHAROTLARGA HARORATNING TASIRIЭтот файл можно использовать бесплатно

HASHAROTLARGA HARORATNING TASIRI.

Еrning tirik оrganizmlar tarqalgan va uning hayot faоliyati ro`y bеradigan jоy yoki qоbiq – biоsfеra dеb ataladi. “Biоsfеra” yunоncha so`z bo`lib, “biоs” – hayot, “sfеra” – shar dеgan ma’nо  bildiradi.  Biоsfеra tеrminini 1 – bo`lib, Avstraliyalik gеоlоg оlim E. Zyuss fanga kiritgan. Biоsfеra ta’limоtining asоschisi akadеmik V. I. Vеrnadskiy hisоblanadi. U Еrning tirik оrganizmlar va biоgеn cho`kindi tоg` jinslari tarqalgan qismini  biоsfеra dеb atagan.   V. I. Vеrnadskiy  biоsfеrada 3 ta kоmpоnеnt bоrligini aytib o`tadi.

1) Tirik оrganizmlar

2) Minеral mоddalar – biоgеn mоddalarning aylanma harakatida ishtirоk etuvchilar

3) Tirik оrganizmlarning hayot faоliyati mоddalari  ular vaqtincha  biоgеn aylanmada ishtirоk qilmaydi.

V.Vеrnadskiy  ta’limоtiga ko`ra –  biоsfеrada tirik  mоdda va yashash muhiti bir – biriga bоg`lik bo`lib,  bir – biriga ta’sir kilib, bir butun dinamik tizimni hоsil qiladi.  Еrning taraqqiyot tariхida va hоzirgi paytda  biоsfеraning rоli katta,  chunki Еr – gеоgrafik qоbig`i taraqqiyotida biоqimyoviy – gеоqimyoviy jarayonlarning ro`y bеrishida  “tirik оrganizmlar”ning ishtirоki juda muhimdir. Milliard yillar davоmida оrganizmlar  evolutsiyasi  tufayli tоg` jinslari nurashi, tuprоq hоsil bo`lishi, rеl’еfi  shakllari  o`zgarishi, qazilma  bоyliklarining hоsil bo`lishi  kabi jarayonlar bo`lib o`tgan.  Atmоsfеraning hоzirgi gaz tarkibi  o`simlik va Hasharоtlar faоliyati tufayli paydо bo`lgan.   V. I. Vеrnadskiy  fikricha asоsan, biоsfеra tarkibiga faqat Еrning qоbig`ida  tarqalgan tirik оrganizmlar kirib qоlmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda оrganizmlar ishtirоkida hоsil bo`lgan litоsfеra qismi  ham kiradi.

Еr sharida quyidagi qоbiqlar bоr:

Litоsfеra .Gidrоsfеra. Atmоsfеra

Еr sharining qattiq qоbig`i litоsfеra dеyiladi. (“litоs”- grеkcha tоsh dеgan ma’nо bildiradi).

Gidrоsfеra еrning suvli, suyuq qоbig`i  оkеan, dеngiz, ko`l va daryolar, muz va bоtqоqliklar hamda 5 kmgacha chuqurlikdagi suvlar kiradi. Litоsfеra va gidrоsfеra uchida 100 km balandlikkacha atmоsfеra davоm etadi.

Atmоsfеra – Еr sharini o`rab оlgan havо qоplamidir. Agar atmоsfеra bo`lmasa, unda Еr yuzasi kеchqurun – 1000 C0 ga sоvib kеtib, kunduzi 1000C0 ga qizib kеtadi. Atmоsfеraning o`rta hisоbda 15 km balandlikkacha bo`lgan pastki qatlami – trоpоsfеra dеyiladi. Trоpоsfеra – grеkcha “trоpе” – o`zgarish dеganidir.

Trоpоsfеrada havоda muallaq hоldagi suv  bug`lari bo`ladi va еr yuzasining nоtеkis isishidan ular ko`chib yuradi.  Trоpоsfеra uchida  balandligi 100 kmga еtadigan tsratоsfеra bоr. Stratоfеrada 20 – 22 km  balandlikda erkin kislоrоd  О  kuyosh nuri ta’sirida azоnga  aylanadi.

О2 → О3

Azоn kuyoshning tirik оrganizmlar uchun halоkatli bo`lgan ul’trabinafsha  nurlarini qaytaradigan  – yupqa azоn qatlami, azоn ekranini hоsil kiladi. Biоsfеraning pastki chеgarasi litоsfеra bo`lib, unda tiriklik 2 – 3 km chuqurlikkacha tarqalgan. Nеft qatlamlaridagi shunday chukurlikda mikrооrganizmlar  aniqlangan.  Litоsfеra ustidagi  оrganizmlarning asоsiy massasi  tuprоqning 1 m qalinligida jоylashgan.

Еr kоvlоvchi hasharоtlardan tеrmitlar uyasi 6 m  chuqurlikkacha еtadi.

  Muhit – оrganizmlarni o`rab turgan  jamiki tabiiy ekоlоgik оmillardir.

Tirik оrganizmlar 4 ta  asоsiy muhitlarda  tarkalgan. Ulardan 2 tasi, ya’ni suv va havо muhitlari o`lik, tuprоq muhiti оralik va оrganizm (muhit sifatida) tirik хususiyatlarga ega.

          SHu muhitda tarqalgan оrganizmlarga turli хil ekоlоgik оmillar ta’sir ko`rsatadi. Оmil tirik оrganizmlarga to`g`ridan – to`g`ri ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir.

Ekоlоgik оmillar tirik оrganizmlar qatоrida Hasharоtlarning ham gеоgrafik tarqalishiga, bоshka biоtоplarga migratsiya qilishiga, pоpulyatsiyasining strukturasi o`zgarishiga sabab bo`ladi. SHu tufayli Hasharоtlarda o`ziga хоs  adaptatsiyalar – uyqu, diapauza, fоtоpеriоdik rеaksiya yoki hоkazоlar paydо bo`lgan.

      Ekоlоgik оmillar 3 guruhga ajratiladi:

1) Abiоtik оmillar – iqlim: harоrat,  yorug`lik, havо,  namlik, radiatsiya, gravitatsiya; Edafik: tuprоq;  rеl’еfi.

2) Biоtik оmillar: tirik mikrооrganizmlar, o`simliklar, Hasharоtlar.

3) Antrоpоgеn оmillar

Organizm dastavval uch muhit havo, suv va tuproq ta’sirida hayot kechiradi. Bu tashqi muhit organism bilan ajralmas bo’lib, yashash uchun qulay sharoit hosil qiladi va ualr alohida ekologik faktorlarni vujudga keltiradi. Bu ekologik faktorlarni asosan 4 ta kategoriyaga bo’lish mumkin

Abiotik yoki anorganik faktorlar; organizmga iqlim sharoitlarini (issiqlik namlik yorug’lik va boshqalar) hamda tortish kuchi, atmosferaning tarkibi va xususiyati, radioaktivlik, relefva boshqa faktorlarning ta’sir etishi.

Gidra-edafik yoki suv tuproq faktorlari, y’ani suv tuproqning organizmga muhim yashash sharoiti sifatida ta’siri. Bunda Hasharotlar ekologiyasida tuproq faktori muhim rol o’ynaydi.

Biotik yoki organik faktorlar, organizmga tirik tabiatning ta’siri, ovqatlanish asosida organizmlararo bir-biriga munosabati va boshqalar.

Antropogen faktorlar. Tabiatga va organizmga odam faoliyatining ta’siri, qo’riq erlarning o’zlashtirilishi irrigatsiya sistemalarini qurish, zararkunandalarga qarshi kurash boshqa hayvon va o’simliklarni tarqatish va hakozo.

Oldingi uchta faktorlar birlamchi faktorlar bo’lib tabiatda doima bo’lib kelgan. Antropik factor esa ikkilamchi, planetamiz hayotida yangi sifat- xodisa sifatida vujudga kelgan.

Lekin bu klassifikatsiya ekologik faktorlarni organizm bilan muhit o’rtasidagi bog’lanishningfaqat birinchi pog’onasini tashkil etib, o’zaro munosabat mohiyatini ochmaydi, chunki turning o’zgaruvchanligini nazarga olmagan. Bundan tashqari ekologik faktor organizmga turlicha ta’sir etadi-ayrim faktorlar arganizm yashashi uchun qulay sharoit bo’lib hisoblansa boshqalar noqulay bo’lib hisoblanadi.Shuning uchun ekologik faktorlarni analiz qilishda ularning zaruriyati, o’zgauvchanligi va organizmga ta’siri hamda moslashish reaksiyasini nazarda tutish lozim.

Turlarning muhitga talabchanligi har xilva bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari issiqlikka talabchan, y’ani issiqlik sevuvchi yoki – termofil boshqalari sovuq sevuvchi – kriofil, namlik sevuvci – gigrofil va quruqlik sevuvchi – kserofil, o’simliklar qoplamida yashovchi- fitofil, tuproqda yashovchi geofillar va boshqalar  Hasharot turlarining bu qobiliyati irsiy bo’lib evolyutsiya natijasida vujudga kelgan. Bu turlarning ekologik faktorlarga talabchanligi deb ataladi.

Hasharotlar ekologiyasining asosiy birinchi etap vazifasi ekologik faktorlarni Hasharot turiga va to’dasiga, tur va uning tarkibini son dinamikasi qonuniyatlariga ta’sirini o’rganishdir. Ikkinchisi zararlio va foydali turlar uchun (foydalisi uchun qulay va zararlisi uchun noqulay) ekologik yashash sharotlarini o’zgartirish yo’llarini ishlab chiqishdir.

Abiotik  faktorlar 

Muhit  harorati  . abiotik faktoirlar    ichida hayotiy  muhit  sharoitni  yaratishda   iqllim   faktorlarii –issiqlik  ,  yorug’lik  , namlik   va   havo  harakati   muhim  ro’l  o’ynaydi .ayniqsa ,  Hasharotlar  uchun   isssiqlik  termik  factor   katta  ro’l  o’ynaydi .  Chunkinn  hashoratlar  sovuqqonli  -poykliloterm   organizmidir   , yani  doimiy   haroratga  ega  emas .   Shuning  uchun Hasharotlarning   hayot    funksiyasi , ularning  hulqi   o’sish  tezligi , populyatsiya   dinamikasi   tashqi  muhit harorati  bilan aniqlanadi.

Hasharotlar odatta 10-40C o’rtasidagi   issiqlikda   harakatchan  bo’ladi .   harorat  pasayganda   Hasharotlar  ovqatlanishdan , so’ngra  harakatlanishdan to’xtaydi,  nobud  bo’ladi.  Xaroratning   normadan  ortiq   ko’tarilishi  xam  Hasharotlarga   salbiy  tasir  ko’rsatadi.

   Xarorat Hasharotlar jinsiy  maxsulotoining   yetilishiga  ham tasir  ko’rsatadi . suli  shved pashshasi   g’umbakdan chiqqandan  keyin 22C issiqlikda 10 kundan  so’ng , 17C-14, 14C-36  va 4C da esa50 kundan so’ng tu xum qo’yadi . lekin  harorar  normadan  ortganda   haroratning  nasldorligi   pasayadi yoki  to’xtaydi.  Masalan  g’o’za  bitining  tirik  tug’ilishi  issiklik 30C dan ortganda pasayadi.

   Hasharotlarning embrional  va  postembrional   taroqqiyoti   yuqori haroratda  tezlashadi. Natijada    taraqqiyot  sikli  qisqaradi  va  hasharot  tezroq    ko’payadi.   Beda  mo’ri  qurti 17C  atrofida 56  , 21C da   34  kunda, 22C da 31 kunda  rivojlanadi.

   Har  xil  turfa  mansub   hasharotlarning yuqori  tempraraturada  tez  rivojlanishining  malum   chegarasi bor. Masalan o’tloq parvonasi g’umbagining  rivojlanishi   faqat 26 C issiqlikda  tezlashib boradi , tempratura  bundan ortsa  rivojlanish   sekinlashib ,  so’ngra  to’xtaydi   va nihoyat  chegaradan  oshganda  xashorat  o’ladi. Malum harorat   nuqtasidan  pastga  yoki   yuqorida  rivojlanish   to’xtasa ,  o’sha  harorat rivjlanishining pastki   yoki yuqorigi  chegarasi deb aytiladi .

   Hasharotlarning  sovuqqa chidamliligi  ularning  soni  va  tarqalishi da muhim  o’ynaydi . ko’p  tur hasharotlar   sovuqqa chidamlidir. Massalan , ko’kqurt -11C gacha , o’tlaoq parvonasi   qurti 30C gacha   bardosh  beradi.L.K.Lozina  -Loziniskiy  o’tkazgan  tajribalarida   poya  parvonasi   qurti   xatto -80C va -90C gacha chidagan . sovuqqa  chidamlilik   organizmning  holatiga   va  sovitishning  sekin   tezligiga , umuman bioximyoviy  xususiyatlariga  bog’liq .

  Yog’  tanachalari  ko’ , erkin  suv miqdori  ko’p  bo’lsa , hashorat  suvga  ko’proq  chidaydi . Masalan , ko’k  qurtda   yog’  tanachasi  ko’p va  suvi  kam  bo’lsa u 8-11 C o’rtasida   halok bo’ladi , yog’  tanacahalari   yaxshi  taraqqiy  etmagan   va erkin  suv   ko’p  miqdor da uchrasa qurt-5-6Cda nobud  bo’ladi. Sovuq  va  iliq  xaroratlarnig  notekis  almashinishi   hasharotlar  uchun  halokarlidir.

    Hasharotlarning   haroratga  qarab   rivojlanish tezligini  haqiqatga  yaida  va yuqorqinroq  aniqlash   va yil mobaynidagi  bo’g;in  berish   miqdorini   belgilash  uchun   rivojlanish  samarali   haroratini  aniqlash   muhim ro’l  o’ynaydi. Rivojlanish   nuqtasidan    yuqor  nuqtadan  chiqmagan  oraliqda  joylashgan issiqlik   samarali  harorat  deb ataladi.   Bu arorat     xasharotlarning  normal  rivojlanishini  taminlaydi .  samarali haroratning   aniqlash  uchun  pastki   nuqta  rivojlaninsh  haroratini   bilish  shart . agar pastgi  nuqta  rivojlanish   harorati –t,  aniq bo’lsa , hasharot  rivojlangan   xaroratdan -t olish   yo’li bilan  yani  t-t,  samarali   harorat  aniqlanadi .   hasharotlarning   bir  necha  xil ( kamida  ikki  xil   hasharotda  rivojlanishi  uchun   kerak kunlar  miqdori) termostat  yordamida    eksprerimental usulda aniqlanadi.

   Har bir xasharot  turlarining rivojlanishini   to’liq  o’tishi  uchun ma’lum   miqdorda   issiqlik  energiyasi , yani   samarali    yig’indisi   zarur . Bu  quyidagicha  aniqlanadi.

         C=(t-t,)*n

Ko’p olimlarning olib borgan  kuzatishlari  ko’rsatishicha  har bir  individ  va  turning  rivojlanishi  uchun zarur   bo’lgan   samarali  harorat   yig’indisi   issiqlik  konstanti  deb  belgilanadi.  Issiqlik  konstanti   turning  harakterli   belgisi  bo’lib   uning kattaligi  turini  issiqlikga – ekologik   faktorga   talabchanlik darajasini aniqlaydi.

Ba’zi bir Hasharot turlanrining rivojlanish bo’sag’isi va samarali harorat yig’indisi quyidagi jadvalda berilgan (I.V.kojanchikov va b.)

Turlarning nomi

Pastki taraqqiyot bo’sag’asi

Haroratning samarali yig’indisi (co)

Olma shirasi

Uy pashshasi

Ombor uzunburun qo’ng‘izi

Karam kuyasi

Shved pashshasi

Kuzgi tunlam

Sariq suvarak

7.0

12.0

11.0

9.8

8.0

10.0

6.5

114

230

360

380

400

1000

1900

1-jadval

Jadval ma’lumotlariga ko’ra taxminan rivojlanish dovamatini doimiy u yoki bu haroratda aniqlash mumkin. Masalan 210c da ombor uzunburun qo’ng’izi taxminan 36 kun rivojlanadi.Rivojlanayotgan haroratda (210c) pastki taraqqiyot bo’sag’a haroratini -110c (1-jadval) olib tashlab chiqqan sonni rivojlanish kunlar miqdori (36) ko’paytirib rivojlanish doimiy harorat yig;indisi yoki issiqlik kanstanti aniqlanadi (21-11) *36=360, uy pashshasi esa 25.5kun (21-12)*25.5=230

Rivojlanish bo’sag’isi va issiqlik konstanti orqali u yoki bu turning turli xil geografik nuqtada necha marta bo’ g’in berishini hisoblash mumkin. Buning uchun shu geografik zonani ko’p yillik o’rtacha hamma oylar bo’yicha vegetatsiya davrining harorat yig’indisini olib o’rganiladigan tur uchun samarali haroratni shu geografik zona bo’yicha hisoblab chiqish kerak. Samarali harorat yig’indisi Hasharot turining issiqlik konstantasiga bo’linadi. Misol: Toshkentda samarali harorat yig’indisi 28000,  karam kuyasining issiqlik konstantasi 3800 (1-jadval). Bunday holda nazariy jihatdan qaraganda Hasharot 7,4 bo’gin berishi kerak vaholangki 8-10 marta bo’g’in beradi. Haqiqatda esa Hasharot doimiy haroratda emas, balki o’zgaruvchan haroratda rivojlanadi. Metearologik stansiyalarning ko’rsatishicha o’rtacha harorat hasharotlar yashagan joydagi o’rtacha haroratdan birmuncha farq qiladi. Bundan tashqari hasharotlarning rivojlanishi yana boshqa sharoitga ham bog’liq. Shuning uchun bu usulda bo’g’in sonlarini hisoblashda va fenologik calendar tuzishda shu ehtimollarni nazarda tutish kerak.

   Muhitning namligi – turlicha  bo’lib , hasharotlar  ekologiyasida   havoning  nisbiy namligi  , yani  suv  bug’i  bilan  to’yining  protsenti  muhim ahamiyatga ega .   namlikni tasiri  turlicha  bo’lib , hasharot  tanasidagi  suv  miqdoriga  bo’g’liq . muhit namligi  hasharotning  xayotchanligi  va serpushtligiga  tasir etadi .

   Ayrim tur hasharotlarning   rivojlanishiga  namlik  haroratga  qaraganda  turlicha tasir etadi .  Masalan bir  tur hasharot namlik  tasirida  tez  rivojlansa boshqa turlari sekin rivojlanadi. Karam kuyasi va chigirtga simonlar qurg’oqchilik davrida tez ko’payadi o’simlik bitlari esa ayniqsa namlik mavsumda tezroq ko’payadi. Hashoratlar tanasining katta kichikligi ya’ni bug’lanish yuzasining kattaligi muhit namligidan ekologik faqtor sifatida Hasharot juda ham tobedir. Ayniqsa ochiq havoda yashaydigan Hasharotlar chunki tashqi muhit namligi turli davrlarda turlicha bo’ladi. Hasharotlar tanasidagi namlikni bir meorda saqlash maxsus mehanizm talab etadi bu mehanizm Hasharotlarda morfologik, fiziologik va ekologik adabtatsiya dir.

Morfologik adabtatsiya – suv o’tkazmaydigan teri qoplag’ichi epiqutikulasi mumli qatlamlari, qutiqulaning qalinlashganligi nafas teshiklarining tuzilishi, g’umbakning tuzilishi pilla hosil qilishi va b.

Fizologik adabtatsiya – hashrot orqa ichagining hazim bo’lmagan ovqat qoldiqlaridagi suvlarni so’rish, terining namlikni qabul qilish qobilyati , organizmga ovqat bilan namlikni tushish xususiyati.

           Ekologik adabtatsiya – yashash joyini o’zgartirish tuproqda yashaydigan hashoratlar tuproqning tashqi qatlami quriganda, pastki namlik yuqori bo’lgan joyga ko’chadi. Yoki hashoratlar g’umbakka aylanishdan oldin qulay joyga  ko’chadi.

Har xil Hasharot turlarining normal rivojlanishi uchun optimal miqdorda, turli xil miqdorda namlik kerak. Masalan ombor uzunburun qo’ng’izining normal rivojlanishi uchun 14-16% namlik talab etilad, 11% namlikda esa u halok bo’ladi. Shunga  asosan   bu  hasharotga    qarshi  kurashish choralaridan  donlarni  quruq  saqlashdir.  Tabiatda namlikni   yetishmasligi ,  qurg’oqchilik  vaqtlarida  o’simlikxor hasharotlar  bo’lishi  kuzatilgan .  bundan tashqari namlik  hasharotga, yani  ular yeydigan o’simlik holati va  zamburug’    hamda   bakterial  kasalliklarning avj  olib  ketishi  orqali bilvosita    katta  tasir etadi.

          Lekin bu  ko’rsatkichlarning hammasi   ma’lum   darajada   shartlidir ,  chunki  haqiqatdan    tabiatda namlikning   sharitga  tasiri    doimo boshqa  ekologik  faqtorlar , birinchi  navbatda ,  harorat  va ovqat   bilan chambarchas bog’liqdir .

          Muhit   xarorati  xasharotga   namlikning tasir   etish  darjasini   o’zgartiradi. Shuning uchun ko’pchilik avtorlar harorat bilan namlikni hashoratning o’sish tezligiga, serpushtligiga ta’sirini birgalikda o’rganishni tavshiya etadilar.

          Hashoratlarning hamma hayotiy ko’rsatkichlari-rivojlanish davomida, serpushtligi, o’limi bevosita muhitga bog’liq. Masalan,kuzgi kunlamni serpushtligi (I.V. Kojanchiqov ma’lummoti  bo’yicha) harorat 20* C da namlik 55%-1081; 85%-1891; 91%-1863. Harorat 30 C ko’tarilganda shu namlikda serpushtlik 294,747,185 ta bo’lgan, yani harorat 20 C namlik 85%, serpushtlik ortgan (1891), harorat 30 C ko’tarilganda shu namlikda sertpushlik 747 ga kamaygan.

            Tabiiy sharoitda hashoratlarga harorat bilan namlikning birgalikda ta’sirni baholashda klimogramma usulidan foydalaniladi.

             Klimogramma harorat va yillik o’rtacha yog’inning oylik ko’rsatkichlari asosida tuziladi: ordinat o’qiga harorat, abstsissa o’qiga yog’in miqdori (nm) joylashtiriladi. Kesishgan nuqtalar navbatma-navbat, oyma-oy qo’shib boriladi, bu ko’pburchak hosil bo’ladi, bu ko’pburchak klimogrammani ifodalaydi. 34 rasm

Klimogrammaning yuqoriga cho’zilganligi yozning issiq va quruq kelganligini, pastga cho’zilganligi qishning juda sovuq kelganligini, o’ngga cho’zilganligi shu oylarda namlik yuqori bo’lganini ko’rsatadi.

               Hasharot turi juda ham ko’payib ketgan yilda tuzilgan klimogramma bilan kamayim ketgan yildagi tuzilgan yildagi tuzilgan klimagrammani  solishtirish orqali konkret harorat va yog’in miqdorining ahamiyatini aniqlashda, shu tur uchun qulay hamda noqulay yashash sharoit yaratishda ahamiyatga ega.

Harorat va yo’g’inning hasharotlarga ta’sirini aniqlashda B. Uvarov tonidan taklif etilgan bioklimogramma vositasi bilan grafik usulda ifodalash qulay

           Bioklimogramma huddi klimogramma tuzgandek, kordinata o’qiga o’rtacha oylik harorat ko’rsatkichlari va abstsissa o’qiga oylik yog’in ko’rsatkichlari qo’yiladi. Harorat va namlikning har qaysisi uchun(rim raqami bilan belgilangan) ko’rsatkichlarni kesishgan nuqtasi hashorat tuxum davrida bo’lganda punktirlar (—) orqali, lichinkalik davrida esa qisqa chiziqlar (—), gumbaklik davrida to’garakchalar(000) va imoga davrida yaxlit chiziqlar (-) orqali qo’shiladi.(35-rasm)

        35-rasmda marokash chigirtkasi tuxuming Kichik Osiyodagi baland platada rivojlanish davri ko’tsatilgan, bu joyda yoz va kuz boshi ko’proq bo’lgani uchun marokash chigirtkasi birdaniga ko’payib ketadi. Keyinroq, ya’ni yomg’ir yetarlimiqdorda bo’lganda harorat pasayadi va tuxum tinch holatda qoladi. Vodiylarda boshqaracharoq, baxorgi issiq erta boshlanishi tufayli lichinkalar ham tuxumdan erta chiqadi va rivojlanishning keyingi fazolari ham erta boshlanadi. Bioklimogrammalar taqqoslab ko’rilganda vodiy bilan plato iqlimi o’rtasidagi tafovut aniqlanadi, bu ayniqsa qish oylarida yaqqol ko’rinadi.

         Bioklimogrammani taqqoslash uchun to’g’ri to’rtburchak usulidan foydalaniladi. Ikki tomoni oylik o’rtacha maksimum va minimum haroratni, qolgan ikki tomoni esa oylik o’rtacha maksimum va minimum yog’ingarchilikni ko’rsatadigan to’g’ri to’rtburchak hashoratning bizga kerakli davrdagi iqlim sharoitini harakterlab beradi. Plato, ya’ni marokash chigirtkasining doimiy rezervatsiyasi, uning ko’payishi uchun sharoit qulay bo’lgan joy bioklimogrammasi-o’sha mashtabda chizilgan vodiy iqlimi hashoratning rivojlanishi uchun yilning qaysi davrida noqulay ekanligi ekanligi aniq ko’rinadi. Masalan, tuxumlik davrining bioklimogrammasidagi to’rtburchakdagi iyul va avgustni qoplamaydi va bioklimogrammaningegri chizigi qish oylarida ayniqsa keskin chetlanadi. Bundan ma’lum bo’ladiki, vodiy iqlimi tuxum rivojlanishiniqisman yoz oylarida, asosan qish oylarida bo’gib qo’yar ekan.

          Hashoratlarning hayoti uchun yorug’lik ekologik faktor sifatida muhim rol o’ynaydi. Ushbu kitobning biologiya qismida yorug’lik faktorihashorat turning yillik hayoti sikliga tasir ko’rib o’tilgan edi. Yorug’ kunnung uzunligi (fotoperiodik reraksiya) ko’pgina turga oid hashoratlarning qishga tayyorlanishiga,diapauza holatga kirishiga, bo’g’inining uzun-qisqa bo’lishiga ta’sir etadigan juda muxim factor hisoblanadi. Fotoperiodik reaksiya hashoratning rivojlanish fazosi va yoshiga bog’liq ekanligini A.S.Danilevskiy (1961 y) aniqlagan.

          Hashoratlarning ko’payishi tezligiga ba’zan quyosh nuri ham ta’sir etadi. Masalan, ba’zi o’simlik bitlarining jinsiy maxsuloti yorug’lik yetarli bo’lgan tezroq rivojlanadi: tungi kapalaklarning ko’pi faqat yetarli darajada qorong’ilik bo’lgandagina tuxum qo’yadi. Hasharotlar rivojlanishiga kun va tunning almashishi ham ta’sir etadi.Agar karam kapalagi qurtining rivojlanishi kunning uzunligiga 15 soatdan bo’lgandan o’tsa, bunday qurtlardanpaydo bo’lgan g’umbaklar diapauza holatiga o’tadi, yani ularning rivojlanishi to’xtaydi va yetuk hashoratga aylanishi kechikadi.

          Yorug’lik spektral tarkibining eng aktiv qismi qisqa to’lqinli soha hisoblanadi.

          Hashoratlarning tarqalishiga va ko’payishiga shamol tezligi katta ta’sir etadi, ayniqsa qanotli mayday hashoratlarning (o’simlik bitlari, mayday kapalaklar va boshqalar) tarqalishiga, hid chiqaruvchi hashoratlarning erkak urg’ochilarini topishiga yordam beradi.

           Meteorologik faktorlar hashoratlarning ko’payish tezligiga ta’sir etish bilan birga ular hayot faoliyatining boshqaq tamonlariga: harakatchanligiga, hayotiy chidamligiga va hatto tashqi ko’rinishiga ham ta’sir etadi.Tropik mamlakatlardagi hashoratlarning rangdor va yirik bo’lishi yuqori haroratli va yorug’lik ta’siri natijasidir.

          

GIDRO-EDAFIK FAKTORLAR.

Ko’pgina qanotli hasharotlarningtuxumlik va g’umbaklik hamda ko’pincha lichinkalik davri suvda va tuproqda o’tadi. Bulardan tashqari ko’pchilik lichinkalik birlamchi qanotsiz hashoratlar va qisman qanotlilarning hamma rivojlanish fazalari tuproqda o’tadi. Umuman,90% dan ortiq hashorat turlarining yashashi suv yoki tuproq bilan bog’liq. Suv havzalari va tuproq biosfera, yani yer qobig’ining asosiy tarkibi bo’lib, unda hamma organic hayot to’planadi. Bu ikki hayot muxiti tirik moddalar bilan to’yingan va ularning hosil bo’lishida hashoratlar muhim rol o’ynaydi. Tirik jonlar suvda va tuproqda yashabgina qolmay, o’lganidan keyin, ularning o’lik organic materyasini tashkil qiladi. Demak, bu muhit doimo biogenic mahsulotlar bilan boyib turadi.

        Hashoratlar hayotida chuchuk suv havzalari, daryo, ko’l va boshqalar muhim rol o’ynaydi.Dengiz havzalarining ahamiyati katta emas.

Ko’pchilik hashorat turlari hayotining ma’lum davr rivojlanishi. Masalan,kunlilar, ninachilar, bahorikorlar, buloqchilar, chivinlar va boshqa turkumlar lichinkalarining hayoti suv bilan bog’liq. Ba’zi bir hashorat turlari hayoti doimo suv bilan. Masalan, qo’ng’izlarda suzgichlar oilasi va ba’zi bir qandalalar oilasi.

Suv muhitida hayot sharoiti asosan uning harorati, ximizmi, oksigen va oziqa miqdori bilan aniqlanadi. Hashoratlar tez oqadigan – reofillar va sekin oqadigan-limnofillar bo’ladi. Lekin bir tur vakillari ham sekin  oqadigan ham tez oqadigan suv muhitida yashashi, asosan lichinkalarning uya tuzilishiga bog’liq. Buloqchi turkimining vakillari bunga misol bo’la oladi. Suv muhiti, odam hamda uy hayvonlarining dushmanlari: bezgak chivini, mayda chivinlar, eshakqurtlar va boshqalar yashaydigan muhit bo’lib hisoblanadi.

Suv muhiti hashoratlar hayotida va biosferada modda aylanishida muhim ro’l o’ynashi bilan birga hashoratlar orqali biologik hunarmandchilik produksiyasini hosil qiladi va qon so’ruvchi hamda kasallik tarqatuvchi zararkunanda hashoratlarning man’bai bo’lishi mumkin.

Ko’p tur hashoratlar hayotning normal kechishi tuproq sharoitiga ham bog’liq. Tuproq yashash muhiti har xil bo’lib suv bilan havo oralig’ini egallaydi. Akademik M.S. Gliyarov fikricha tarixiy evolyutsion taraqqiyotda suvda yashaydigan hayvonlarning havoda yashovchi formalariga o’tishida tuproq “ko’prik” vazifasini bajaradi. Hayvonlar bilan birgalikda Hasharotlar uchun tuproqning ahamiyati katta, tuproq ularning yurushi uchun substrat vazifasini bajaradi.   Tuproq faunasida tirik jonivorlar va Hasharotlarning joylashish miqdori va shakli turlicha; geobiontlar – tuproqda doim yashovchilar ularga ko’pchilk birlamchi qanotsilarlar kenja sinfining vakillari kiradi : geofillar – tuproqda faqat biror bir rivojlanish fazasida yashovchilar bularga chigirtkasimonlar, tripslar, ko’pchilik qo’ng’izlar (qoratanlilar, qirsildoq qo’ng’izlar), tunlam kapalaklari va boshqalar kiradi, geoksenlar – vaqtinchalik tuproqda yashovchilar,  bularga suvaraksimonlar, qandalalar va qattiqqanotlilar turkumining ko’pgina vakillari kiradi.

Bulardan tashqari tuproqda yashovchi hasharotlar aktiv va passiv guruhlarga bo’linadi. Aktiv guruhga kiruvchilar tuproqda aktiv harakatlanadi va oziqlanadi. Ya’ni tuproqda modda almashinuvini tezlashtiradi: bularga lichiunka yoki oziqlanuvchi imago fazasida tuproqda yashovchi qirsildoq qo’ng’izlar, qoratanli, yaproqcha mo’ylovli qo’ng’izlar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar tuproqda harakatlanmaydi va oziqlanmaydi, tuxumlik, g’umbaklik hamda diapauza davridagi imago fazalari tuproqda bo’ladi. Masalan, chigirtkasimonlar va boshqa ko’pgina to’g’ri qanotlilar tuxumini tuproqqa qo’yadi. Ko’pchilik hasharotlar tuproqda g’umbakka aylanadi va qishlaydi.

Tuproqda yashovchi hasharotlar hayoti uchun tuproqning fizik va kimyoviy xususiyati muhim rol o’ynaydi. Fizikaviy xususiyatlaridan ayniqsa tuproqning mexanik tarkibi. Strukturasi zichligi, namligi, harorati va aeratsiya katta ahamiyatga ega.

Ba’zi hasharotlar, masalan marmar may qo’ng’izi, chumolisherlar lichinkalari va boshqalar qumloq joyni yoqtiradi. Ba’zilari masalan tok fillokserasi, aksincha yoqtirmaydi. Turli tuproq strukturasi va zichligiga ham hasharotlar turlicha moslashgan bo’ladi. Misol , iyun tilla qo’ng’izi go’ng ko’ngizlar, dala uzunmo’ylovlisi qo’ng’izlari, ba’zi chigirtkalar taqir,zich tuproqni, qora tanli qo’ng’izlarning lichinkalari esa haydalgan yumshoq tuproqni xush ko’radi.

Shunga o’xshash tuproq namligi harorati, aeratsiayasi tuproqdagi foydali va zararli Hasharotlar miqdoriga va ularning tarkibiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Demak tuproqqa ta’sir etish orqali, ya’ni agrotexnikani to’g’ri qo’yish orqalituproqdagi foydali va zararli hasharotlar miqdoriga, tuproq tarkibiga umuman tuproq hasharotlar faunasiga katta ta’sir etishi mumkin.

Tuproqning kimyoviy tarkibi ham muhim rol o’ynaydi, ba’zi hasharotlar neytral tuproqni, bazi hasharotlar sho’rhoq tuproqni yoqtiradi. Bundan tashqari, tuproqdagi organik moddalr miqdori hasharotlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunki organik moddalar ko’pchilik hasharotlarning oziq ratsionini tashkil etadi.

Tuproqda yashovchi hasharotlar boshqa tuproqda yashovchi umurtqasiz hayvontlar bilan birgalikda tuproq hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Chumoli va termitlar erda uya qazib, chuqurlikdagi unumsiz tuproqn er betiga chiqaradi va er yuzidagi ko’p organik moddalarni inlariga olib kiradi. O’tkazilgan maxsus kuzatuvlarga ko’ra chumolilar bir gektar erda yil davomida 72.2 tonna tuproqni o’rnidan qo’zg’atar ekan. Hasharotlar tuproqdagi o’simlik va hayvon qoldiqlarini chiritishda ham katta ahamiyatga ega. Hasharotlar har yili tuproqda to’planadigan o’simlik qoldiqlari (barg poya barg)ni chiritib ularni oddiy oziq moddalarga aylantiradi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda