HFX NING NAZARIY ASOSLARI

HFX NING NAZARIY ASOSLARI

Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta‘minlash har bir jamiyatning ustivor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan qabo’l qilingan “Inson xuquqlari Umumjaxon deklaratsiyasida” hayot, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan.

Hayotiy faoliyat xavfsizligi – mehnat xavfsizligi va qonunchiligini chuqur o’rganish, bilish tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiyalashdir.

Buning ilmiy zamini esa ishlab chiqarishda shikastlanish, kasbiy kasalliklar, yong’in va xalokatlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish, mehnat jarayonida qo’llaniladigan asbob anjomlarning xavfsizlik va zararlilik darajasini o’rganishdan iborat.

Mehnatni ilmiy tashkil etish ishlab chiqarishga muntazam ravishda joriy etiladigan fan yutuqlariga hamda ilg’or tajribaga asoslanadi, mehnat va moddiy boyliklardan keng va samarali tarzda foydalanishni ta‘minlaydi, inson sog’lig’ini saqlashga yordam beradi hamda mehnatni hayotiy extiyojga aylantiradi.

Xavf-xatar deganda, odam sog’lig’iga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko’ngilsiz hodisalar tushuniladi.

Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o’z ichiga oladi, chunki hayotiy faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda to’tadi. Hayotiy faoliyatga tug’ri kelmaydigan elementlar tizimi, kimyoviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.

Xavflar taksonomiyasi – bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash tug’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega.

Xavflar ro’yxati- bu aniq bir tartiblar bo’yicha qo’yilgan nomlar, atamalardir (o’zgaruvchan harorat, havo tezligi, bosim, yorug’lik, havoni ionizatsiyalash, portlash, gerbittsed, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoki va xakozo). Har bir tekshiriladigan ob‘ektda o’tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob‘ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro’yxati tuziladi.

Xavflar kvantifikatsiyasi hayotiy faoliyat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan tadbirlar uchun yetarli darajada kerak bo’lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilishda xavflar ro’yxati, zarar va boshqa omillar aniqlanadi.

Sabab va oqibatlar. Yashirin xavflarning amalga oshishiga olib keladigan sharoit – sabab deb ataladi.

Sabablar jarohatlar, yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Xavf, sabab, oqibat uchligi – bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: zahar (xavf)- dori tayyorlovchining xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).

Mo’tloq xavfsiz bo’lgan ish (faoliyat) bo’lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo’lmasin, unda yashirin xavf bo’ladi. Bu aksioma hayotiy faoliyat xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.

Tavakkal nazariyasi. 1950 yil sentyabr oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo’lib o’tgan birinchi jaxon kongressida hayotiy faoliyat xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o’z ma‘ruzalarida “tavakkal” tushunchasini qulladilar va bu tushunchani har bir olim o’zicha talqin qildi. Masalan, V. Marshal “tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir” deydi. Miqdoriy baho kungilsiz hodisalarning aniq bir davr ichida bo’lib o’tgan sonining bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. “Tavakkal” ni aniqlashda nimani “tavakkali” deyish mumkin savoliga javob berish kerak.

Tavakkalning turlari. Tavakkal ikki xil bo’ladi; shaxsiy “tavakkal” – ayrim shaxs uchun aniq xavf turi; ijtimoiy yoki ko’pchilik “tavakkali” takroriy hodisalar natijasida jaroxatlangan insonlar orasidagi bog’liqlik.

Xavflarni baholashda tavakkal (“T”) usulini qo’llash boshqa usullarga qaraganda ko’prok tug’ri keladi, deb hisoblanadi.

Tavakkalni tasniflash. “T”ni baholashdan uni “Foyda” bilan solishtirish, ya‘ni odam hayotini saqlab qolish uchun pul birligi kirgizilish taklif qilindi. Ko’p olimlar bunga norozilik bildirishdi, chunki odam hayotining bahosi yo’k. Lekin odam hayotini saqlab qolish uchun qancha mablag’ sarf qilish kerak deganda bunday baho kerakdir. Xorijda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra odam hayoti AQSH da 650 mingdan 7 mln dollargacha baholanar ekan.

+
Manba.

 

 

Boshqalar o'qimoqda