IPSIMON CHUVALCHANGLAR YOKI YUMALOQ CHUVALCHANGLAR TIPI 1

IPSIMON CHUVALCHANGLAR YOKI YUMALOQ CHUVALCHANGLAR TIPI 1

 Halqali chuvalchanglar yoki annelidlar chuvalchanglar guruhining eng
yuqori darajada taraqqiy etgan tipi bo’lib hisoblanadi. Ularda yassi va
birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglarga nisbatan barcha organlar
sistemalari murakkablashgan va yangi organlar rivojlangan. Ularning
ko‘pchiligi dengiz va chuchuk suv havzalarida, qolganlari nam tuproqda
erkin yashaydi. Parazit turlari juda kam. Boshqa hayvonlar bilan simbioz
holda yashovchi turlari ham uchraydi.

Ikkilamchi tana bocshliqli chuvalchanglarning kelib chiqishi haqida
landa aniq m a’lum otlar yo‘q, am m o ularning ajdodlari o’zlarining
luzilishlari jih atid a n birlam chi tan a b o ‘shliqli chuvalchanglardan
qolishmagan va yanada aktiv, yirtqichlik yo‘li bilan hayot kechiradigan
chuvalchanglar bo‘lganini tasavvur qilish mumkin.
Ko’pchilik turlarida tana uzunchoq shaklda bulib! uzuniigi 0,5 mm
dan 3 m gacha yetishi mumkin, lekin kocpchiligida u 10 — 150 mm ni
tashkil qiladi. Mikroskopik shakllari ancha kam uchraydi.

Tanasida odatda bosh bo‘limi — prostomium mavjud, undan keyin
juda ko‘p bir xil tuzilgan segmentlar yoki halqalar boshlanadi. Anal teshigiga
ega bo‘lgan orqa qismi pigidium deb yuritiladi. Bosh bo‘limi dengizlarda
yashovchi ko‘p qillilarda yaxshi ifodalangan va unda har xil tuzilishga,
shaklga ega boig an paypaslagichlar joylashgan. Chuchuk suvlarda va
tuproqda yashovchi halqalilarda bu bo‘lim juda kam ifodalangan. Tana
segm entlari bir-biriga o cxshash, bunday segm entlanish gomonom
segmentlanish deb yuritiladi. T ana segm entatsiyasi nafaqat tashqi
tomondan, balki ichki tomondan ham ifodalangan. Har bir segment (halqa)
bir-biridan maxsus dissepiment parda bilan to lsilgan, barcha ichki organlar
shu pardani teshib o4adi

Teri muskul xaltasi yupqa kutikuladan, uni hosil qiluvchi bir qavatli
teri epiteliyasidan va uning ostida joylashgan halqali hamda bo‘ylama
muskul qatlamlaridan tuzilgan. Terida har xil bezlar mavjud. Bo‘ylama
muskul qatlamining ichki tomoni ikkilamchi tana — selomning maxsus
pardasi bilan bocshliqdan ajratilgan. Hazm nayi ham ustki tomondan xuddi
shunday tana bo^shligining pardasi bilan qoplangan.

Nerv sistemasi ancha murakkablashgan. Uning markazi tomoq yaqinida
joylashgan va bir-biri bilan tutashgan ikkita bosh nerv tugunidan tashkil
topgan. Ichak ostida ularning har biridan yirik nerv tomirlar chiqib, tananing

har bir segmentida tugun hosil qiladi. Bu tugunlar esa bir-biri bilan tutashib
qorin-nerv zanjirini tashkil qiladi. Tuban shakllarida markazdan chiquvchi
ikkala yirik nerv tomirlari bir-biridan ajralib turadi, ammo har segmentda
yon nerv tolasi bilan tutashib narvon shaklini oladi. Bunday nerv sistema
esa uncha kuchli markazlashmagan bo’Iib, u odatda yassi va birlamchi
tana bo‘shliqli chuvalchanglarning nerv sistemasini eslatadi.

 

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda