QUSHLAR SINFI

gavdasining xarorati doimiy va uchishga layoqatlangan. Qushlarning gavdasi xam xuddi sudralib
yuruvchilarniki kabi bosh, bo’yin, tana va oyoqlarga bo’linadi. Qushlar tarixiy taraqqiyot natijasida sudralib
yuruvchilarga nisbatan ancha rivojlangan va ularda progressiv belgilar paydo bo’lgan. Bu belgilar
quyidagilardir: 1) ko’ruv va eshituv organlarining progressiv ravishda taraqqiy etganligi, 2) gavda
haroratining doimo bir xil bo’lib turishi, 3) qushlarning havoda uchishga nisbatan murakkab kompleks
moslamalarining mavjudligi.
Qushlar boshqa tip hayvonlardan farqi xam shundaki, ular uchishga moslashgan. Qushlarning
havoda uchishga yordam beradigan eng asosiy moslanishlari bor. Ular quyidagicha: 1) gavdasining suyri
shaklda va oyoqlarining yengil bo’lishi; 2) oldingi oyoqlarining qanotga aylanishi, ikki oyoqda yurish layoqati
bilan murakkab dumg’aza paydo bo’lishi; 3) havoda oson harakatlanishini tamin etadigan va
differensiyalangan murakkab pat qoplag’ichining yuzaga kelishi; 4) suyaklari yengil bo’lib, ichi havoga to’lib
turishi; 5) tishlarining shox tumshuq bilan almashinganligi va boshqalar. Hozirgi paytda qushlarning 8600 gaa
yaqin turi bor. Ular umurtqalilar ichida baliqlardan keyin eng ko’p sinfi tashkil etadi. Qushlar ko’p bo’lsa-da,
lekin ularning umumiy belgilari bir biriga o’xshab ketadi. Bu sinf uchta katta turkumga: 1) ko’krak tojsizlar, 2)
ko’krak tojlilar va 3) pingvinlarga bo’linadi.
Ko’krak tojsizlarga tuyaqushlar kiradi. Ular uchish layoqatini yo’qotgan va tamomila yugurib
yurishga o’tib olgan primitiv guruhdir. Bu guruhga amerika va avstraliya tuyaqushlari kiradi. Pingvinlar
turkumiga pingvinlar misol bo’ladi. U uchmaydi, lekin juda yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Pingvinlar
antarktidada yashaydigan va qutb sovuqlariga moslashgan qushlardir. Lekin sovuq oqimi bilan birga ular
ancha janubga, bazi joylarda esa ekvatorgacha boradi.