Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolari

Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolari Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolari .

Turli loyihalarda uchraydigan texnik muammolar o‗ziga xos bo‗ladi. Ammo ayrim  muammolar (barcha loyihalarga bo‗l-masada) ko‗pchilik loyihalarga xos va ularni identifikatsiya  qilish mumkin. Bu muammolar kuyidagi kategoriyalarga bo‗linadilar: mulk shakli; loyiha ko‗lami;  amalga oshirish mud-rdtlari hamda texnlogiyalarni tanlash va to‗plash. 

Loyihaning texnik rejasi, ekspluatatsiyasi va menejmenti loyihani kim amalga oshirishiga bog‗liq.  Qaysi loyihalarni davlat sektori, qaysisini esa xususiy sektor amalga oshirishi kerakliligini aniqlash  hozirda ancha muammo. CHunki xususiy investorlar infratuzilmalar va kommunal xizmat singari  an‘anaviy davlat sektorlariga ham kirib borishayapti. Loyiha qaysi sohaga (tarmoqqa) tegishli  ekanligi ham mulk shakli-ni tanlashda muhim rol o‗ynaydi. Mulk shakli masalasi shu bilan birga  loyihaning qanday texnik rejasi tanlanishini belgilab beradi. 

Masalan, bir hududni elektr energiyasi bilan ta‘minlash loyihasi davlat sektorida bajarilishi tanlansa,  u holda yi-rikroq elektrostansiya qurilishi tanlanadi. Xususiy sektorda esa bir necha kichik, o‗zaro  raqobat qiluvchi elektrostansiyalar qurilishi tanlanishi mumkin. Yirik elektrostansiya qurish karori  bunday investitsiyalarda tavakkalchilik darajasi yuqori bo‗lgani uchun xususiy investorlar ishtirokini  inkor etadi. SHu sababli xususiy investorlarni loyiha ustida ishlashga jalb qilish qarori qanday  texnologiyalar tanlanishini belgilab beradi hamda texnologiyalarni oldindan tanlash loyiha dav-lat  sektoridagina bajarilishi mumkin, degan xulosaga olib kelishi mumkin. 

Loyiha ko‗lami va masshtabi deyarli har doim loyihani ishlab chiqish jarayonida aniqlanadigan  o‗zgaruvchan mikdor-lar bo‗lib kelgan. Qishloq xo‗jaligi yoki sanoat ishlab chiqa-rish loyihalari  ko‗lami loyiha mahsulotiga bo‗lgan talabga ko‗ra belgilanadi. Boshqa hollarda loyiha ko‗lami,  avvalo, uni amal-ga oshiruvchi muassasalarning yoki ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlariga  bog‗liq. Ayrim loyihalar ko‗lami foydalanish mo‗ljallanayotgan hududiy va tabiiy resurslarning  cheklangan-ligi bilan belgilanadi. Lekin har qanday sharoitda ham re-jalashtiruvchi idoralarning  mavjud sharoitni hisobga olmas-dan katta ko‗lamlarni afzal ko‗rishlarini cheklash kerak. Taj-ribadan  o‗tgan texnologik echimlar yo‗q bo‗lsa, bosqichma-bosqich yondashushsh tanlashga majbur  bo‗lipadi. Buiday yondashuv tadqi-qotlar va adaptatsiya ishlaridan boshlanadi. SHundan so‗ng  loyihaning tajriba varianti yaratiladi va u to‗plangan tajriba bilan to‗ldira borilib, to‗liq loyihaga  keltiriladi. Moliya-[viy jihatlar, masalan, loyiha amalga oshirilgandan so‗ng uni ekspluatatsiya  qilishga xarajatlar qilish zarurati ham loyiha ko‗lamini belgilashi mumkin. 

Loyiha k5’lami masalasiga tahliliy yondashish ham mum-kin. Oddiy qilib aytganda loyiha uchun sof  keltirilgan qiy-mat (SKQ) maksimal bo‗lishini ta‘minlaydigan ko‗lam opti-mal bo‗ladi. Bunday tahlil  o‗tkazilishi uchun loyiha bir nechta alohida komponentlarga bo‗lib tashlanadi, so‗ngra bu kompo nentlar (o‗z xarajatlari va daromadlari bilan birga) texno-logik jixatdan eng kichik bo‗lgan bazis  loyihaga birlashtiri-ladi. Bundan keyin bazis loyiha hamda komponentlarning har bir kombinatsiyasi  uchun SKQ hisoblanadi. Oxirgi qo‗shilgan komponent uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi  diskont stavkasiga teng bo‗lmagunga qadar loyihaning izlanayotgan ko‗-lami kattalashtirib  borilaveradi. Ayni shu lahzada SKQ bu-tun loyiha uchun musbat bo‗ladi va maksimal darajaga etadi.  Loyiha bundan keyin ham kengaytirilganda qo‗shilgan kompo-nentlar uchun daromadning  cheklangan ichki stavkasi diskont stavkasidan past, SKQ esa manfiy bo‗ladi.Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolari 

Iqtisodiyotni qayta qurish sharoitida ko‗lamga nisbatan bunday yondashuv yirik korxona  tarkibida alohida bo‗linma-larni ajratish qanchalik maksadga muvofiqligini aniqlash uchun  qo‗llanilishi mumkin. Ko‗pgina rivojlantirish loyiha-lari turli sektorlarga yoki faoliyat turlariga  tegishli kom-ponentlardan tashkil topadi. Masalan, qishloq xo‗jaligini rivojlantirish loyihasi sugorish  tizimi va drenajlar, qishloq xo‗jaligida qo‗llaniladigan turli ishlab chiqarish vositalari ishlab  chiqarish, qishloq yo‗llari va ijtimoiy infratuzilma-ning klublar, suv ta‘minoti tizimi, maktab va  tibbiyot muas-sasalari kabi elementlarini o‗z ichiga olishi mumkin. 

SHu tufayli loyihaning turli elementlari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni aniqlash birinchi  navbatdagi vazifa hisoblanadi. Maktablar, klublar va tibbiyot muassasalari bir vaziyatda qishlok  xo‗jaligi ishlab chiqarishi oilan chambarchas bog‗langan bo‗lsa, boshqa vaziyatda hech qanday  aloqaga ega bo‗l-masligi mumkin. Agar loyiha komponentlari o‗zaro chambarchas bog‗langan  bo‗lsa, u holda iqtisodiy tahlilda daromadlar va xarajatlarni komponentlar bo‗yicha taqsimlash hech  qanday mazmunga ega bo‗lmaydi. SHu tufayli turli komnonentlar bo‗yicha daromad stavkasini  aniklash kerak emas. Bunday holda da-stlab butun loyiha uchun SKQ va daromadning ichki  stavkasini aniklash, so‗ngra loyihaning bir yoki bir necha komponentini o‗zgartirib, aytilgan  ko‗rsatkichlarni oshirish mumkin yoki mum-kin emasligini aniklash kerak. 

Agar loyihaning alohida komponentlari bir-biri bilan deyarli borlanmagan bo‗lsa, ular alohida alohida tahlil qili-nishi kerak. 

Loyiha alohida komponentlarining iqtisodiy tahlili. 

Loyihaning turli komponentlari o‗zaro bir-birining o‗rnini bosadigan, bir-birini to‗ldiradigan yoki  mustaqil kom-ponentlar bo‗lishi mumkin. 

Agar loyiha komponentlarini birgalikda amalga oshi-rishdan olinadigan manfaat ularning har biri  aloxida amal-ga oshirilganda olinadigan manfaatlar yig‗indisidan kam bo‗lsa, bunday komponentlar  o‗zaro bir-birining o‗rnini bosadigan komponentlar hisoblanadi. 

Agar loyihaning alohida komponentlaridan manfaat ko‗rilsa, ular o‗zaro bir-birini to‗ldiruvchi  komponentlar dey-iladi. Agar butun loyihadan ko‗rilgan manfaat alohida kom-ponentlardan ko‗rilgan  manfaatlar yig‗indisiga teng bo‗lsa, bu komponentlar mustaqil komponentlar deyiladi. Loyiha komponentlari, shuningdek, xarajatlarga ko‗ra ham o‗zaro bir-birining o‗rnini bosadigan,  o‗rnini to‗ldiradigan va mustaqil komponentlar bo‗lishi mumkin. Bir-birining o‗rnini bosuvchi  komponentlar uchun umumiy xarajatlar ularni alohida-alohida amalga oshirish xarajatlari  yigindisidan katta bo‗la-di. Bir-birini to‗ldiruvchi komponentlar uchun esa umumiy xara-jatlar ularni  alohida-alohida amalga oshirish xarajatlari yirindisidan kichik bo‗ladi. Mustadil komponentlar uchun  xara-jatlar miqdori boshqa komponentlar bor-yo‗kligiga bog‗liq bo‗l-maydi. Ko‗pgana ko‗p maqsadli  loyihalar xarajatlarga ko‗ra, bir-birini to‗ldiruvchi, daromadlarga ko‗ra esa, bir-birining o‗rnini  bosuvchi xdsoblanadi. Masalan, sug‗orish va gidroelektrostansiya uch^t! umumiy turon qurish  alohida-aloxdda tugon qurishga nis-batan kam xarajat talab etadi. Lekin elektr energiyasi olish uchun  kishda oqizilgan suv sug‗orish uch^^n foydasiz bo‗lsa, yozda surorish uchun elektr energiyasi olish  ehtiyojlaridan ko‗proq suv oqiziladi. Suv oqizish mikdori GES talablari uchun ham, qishloq xo‗jaligi  talabi uchun ham zarur bo‗lgan optimal miqdordan ko‗p bo‗ladi. Oqibatda alohida loyihadagiga  nisbatan kamroq qishloq xo‗jaligi mahsuloti hamda elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin.  Bunday holatda iqtisodiy tahlil chog‗ida «loyihasiz» 

vaziyat sifatida tegishli inshootlarni alohida qurish varian-ti ko‗rib chikilishi kerak. Alohida loyihalarni iqtisodiy baholash asosi sifatida qo‗llanilishi loyihaning alohida  komponentlariing turli kombinatsiyalari uchun quyidagi natijalarga olib keladi. Loyihalarning komponentlari bo‗yicha turlanishi

Loyiha komponentlarn  Xarajatlarga nura  

mustaqpl

Xa ra jatla rga 1;o‗ra  bir-bprpmn to‗ldirunchi Xarg^jatlarga ko‗ra bir birshshng o‗rippi  

bosukchi

Daromadlarga ko‗ra  mustatsil Umumnm OKK  

mustaqml SK1<^1ar  yirssdisiga tomg

Umumii SKK  

muggakpl SKKlar  

yirsndisidan katta

Umumii SKK mustaqpl  SKKlar yirspdpspdam  kichpk
Daromadlarga ko‗ra  bir-birshsh to‗ldpruvchn Umumpi SKQ muetakil  (!KKpar nirindisndan  kitta Umumnb SKQ aloxida  SKKlar yirindisidan  katta Aniqlanmagai natija.  Birma-bir solishtirib  kurish 

talab etnladi

 

Daromadlarga kura  bir:birnshshg o‗rnshsh  bosuvchi Umumii SKK alohpdn  SKKlar yngindigndan  1M1CHIK Lniqlanmagan natnja.  Birma-bnr solishtirib  ko‗rish talab etnladi Umumiy OKK aloxnda  SKQlar yirssdisidai  kichik

 

O’xshashlari

manba.

Boshqalar o'qimoqda