Loyihani amalga oshirish grafigi.

Loyihani amalga oshirish grafigi. Loyihani amalga oshirish grafigi. .

Loyihaning texnik jihatlarini ishlab chiqish hech bo‗lmaganda loyihani amalga oshirishning  kim, nimani va kachon baja-rilishi ko‗rsatib o‗tilgan dastlabki rejasini tuzishni o‗z ichiga olishi  kerak. Bunday faoliyat ba‘zida tarmokli tahlil yoki kritik yo‗l uslubida tahlil deb yuritiladi. Oxirgi  atama dastur-larni baholash va izohlash uslubi kabi murakkab tizimlarni o‗z ichiga oladi. Bu tizimlar  bir tadbir boshlanishidan oldin tu-gallanishi kerak bo‗lgan yoki belgilangan muddatda tugallanmay  qolishi butun loyiha bo‗yicha ishlarning kechikishiga olib keli-shi mumkin bo‗lgan tadbirlarni  aniqlashga mo‗jkallangan. Bu tizimlar yirik fuqaro inshootlarini o‗z ichiga olgan loyiha-larni  rejalashtirishning samarali vositasi bo‗lsa-da, boshka loyihalar uchun tadbirlar ketma-ketligini  belgilovchi va izoh-lar bilan to‗ldirilgan oddiy kalendar rejalari ham etarli xdsoblanadi. Har ikkala  holda ham o‗z vaqtida bajarilishi loy-ihani amalga oshirishga ta‘sir ko‗rsatuvchi tadbirlarni aniq-lash  va ularni tugallashga etarli vaqtni ta‘minlashi kerak. Bu tadbirlarni etarli darajada rejalashtirmaslik  oqibatida loy-ihani rejalashtirish muddatlari cho‗zilib ketishi mumkin. 

Loyihani amalga oshirish bo‗yicha ishlar grafigi real, ya‘ni tashkilot va shaxslarning imkoniyatlari  darajasiga asos-langan bo‗lishi shart. Haddan ortiq optimistik grafiklardan foydalanish salbiy  natijalarga, operativ rejalashtirishning izdan chiqishi, ishlar rejadan orqada qolganda turli tashki lotlar o‗rtasida kelishmovchiliklarga olib keladi. Bundan tashqari ishlar grafigi noreal tuzilganda  iqtisodiy va moli-yaviy tahlilda noto‗g‗ri xulosalarga kelishga sabab bo‗ladi.

Ma‘lumki har qanday loyihani muvaffakiyati va barbod bo‗lishi ist‘emolchi va  foydalanuvchilarga bevosita bog‗liqdir. SHu boisdan tijorat tahlili loyiha tahlilida hal qiluvchi  rol o‗ynaydi. CHunki, tijorat tahlilining asosiy maqsadi loyiha taklif etadigan mahsulot va  xizmatning bozorini kelajak nuqtai-nazaridan baholashdir. SHuningdek, loyihani mahsulot ishlab  chiqarish masalasi, uning mahsuloti uchun ko‗zda tutilgan bozorni har tomonlama tahlil qiladiki,  ko‗rsatilgan mahsulot uchun samarali talabni va foydasi katta narxni ta‘minlashdan iboratdir. Bir  so‗z bilan aytganda tijorat tahlili loyihani ishlab chiqarish va mahsulotini sotish bo‗yicha barcha  tadbirlarni baholashdir. 

O’xshashlari

manba.

Boshqalar o'qimoqda