Loyihani joylashtirish o’rni

Loyihani joylashtirish o'rni Loyihani joylashtirish o’rni.

Loyihaning joylashish o‗rnini belgilovchi omillar tur-li-tuman bo‗lib, bu omillarni ham tahlil  qilish mumkin. Loy-iha uchun SKQni maksimallashtiradigan joy eng yaxshi hisob-lanadi. Ko‗p  hollarda joylashish o‗rnini tanlash ham loyiha ko‗lamini belgilashdagi kabi bir qator jihatlarni  hisobga olishni talab etadi. Masalan, sanoat korxonasi xom ashyo ba-zasi yaqiniga yoki boshlang‗ich  energiya manbai yaqiniga yoxud mah-sulot bozori yoniga yo bo‗lmasa tegishli infratuzilmaga yaqin  joyda qurilishi mumkin. Har bir variant o‗z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Maksimal SKQni  ta‘minlaydigan joylashish o‗rni tanlanishi uchun bu afzalliklar va kamchilik-lar baholanishi hamda  taqqoslanishi mumkin. 

Loyihaga kapital qo‗yilmalar muddatlari masalasi ham loyihani tayyorlash boskichida alohida ko‗rib  chiqilishi lozim. Kapital qo‗yilmalar muddatlari bilan oog‗liq muammolarning ahamiyati loyiha  ko‗lami, joylashish o‗rni bilan bog‗liq mu-ammolarga nisbatan kam bo‗lib ko‗rinishi mumkin.  Loyihalar ba‘zida investitsiyalash muddatlarining maqbul (optimal) ekan-ligi to‗liq asoslanmasdan  qabul qilinadi. Loyiha iqtisodiy va moliyaviy jixatdan samarali bo‗lishini ta‘minlash uchun,uning  mahsulotiga bo‗lgan talab, tsxnologiyalar holati, qo‗shim-cha kapital kiritish imkoniyatlari etarlicha  rivojlanmagan-ligi tutfayli vaqtidan erta bo‗lishi mumkin. 

Boshka tomondan loyihaning iqtisodiyotga hissasi va un-dan kelgan manfaat ancha yukrri bo‗lishi,  muddatidan kechiki-shi ham Mumkin. Ekspluatatsiyaning birinchi yilidagi daromad darajasi,  loyihaning alohida komponentlaridan olinadigan cheklangan daromad singari, loyihalarni amalga  oshirishning makbul muddatlarini baholash mezoni hisoblanadi. Agar shu yilgi daromad stavkasi  diskont stavkasidan past bo‗lsa, u hol-da loyiha muddatini kechiktirish sof keltirilgan qiymatning  (SKQ) ko‗payishiga olib keladi. Optimal (maksimal SKQni ta‘minlovchi) muddatda  ekspluatatsiyaning birinchi yili uchun daromad stavkasi diskont stavkasiga teng bo‗ladi. 

Ekspluatatsiyaning birinchi yilida olingan daromad mezoni 

Ekspluatatsiyaning birinchi yilida olingan daromad me-zoni birinchi yilda olingan manfaat etarli  daromadlilik darajasini ta‘minlay olish-olmasligini aniqlash orqali loy-iha muddatlari to‗g‗ri  tanlanganligini tekshirish imkonini beradi. Bunda ekspluatatsiyaning birinchi yilida olingan sof  daromad loyihaga qilingan (kurilish davrida io‗qotilgan % daromadini qo‗shgan xrlda) kapital  xarajatlar bilan solish-tiriladi. 

Agar daromadlarning xarajatlarga nisbati kapital qo‗y-ilmalarning muqobil kiymatidan yukrri bo‗lsa,  loyiha mudda-tidan kechikkan hisoblanadi. Bu mezonni qo‗llash SKQni mak-simallashtirish loyiha  rejasi bilan ta‘minlanganligini aniqlash uchun keng ko‗lamli tekshiruv boshlashda birinchi qadam  hisoblanadi. Sof daromad (manfaat) birinchi bor kapital qo‗yilmalar rentabelliligi ta‘minlangan yil  SKQ ko‗rsatish birinchi bor musbat bo‗lgan yilga mos keladi. 

O’xshashlari

manba.

Boshqalar o'qimoqda