Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan apellatsiya natijalari

📣 2023-yil 24-dekabr kuni matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 2024-yil 16-yanvar kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” (https://my.uzbmb.uz/national-cert) bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

Boshqalar o'qimoqda