NAMLIK VA YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI
Этот файл можно использовать бесплатно
Harorat va namlikning birgalikdagi ta’siri
Harorat va namlik tutash birlikda harakat qilib, muayyan
hududda iqlimning o‘ziga xos «sifatini» keltirib chiqaradi: quyosh
nuri va havoning quruqligi harorat o‘zgarishiga — materik iqlimi
shakllanishiga imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston kengliklaridagi
iqlim o‘zgarishlari turli xil ekologik sharoitlarni vujudga keltir-
ganki, mamlakatimiz florasi va faunasi o‘ziga xos biologik xilma-
xillik bilan ajralib turadi.
Organizmlarda hayot davomiyligi, ya’ni uzoq yoki qisqa
hayot kechirishi asosan harorat va namlik omilining o‘zaro
ta’sirida shakllanadi. Shu sababli, chivin, pilla qurti g‘umbagi
kabi hasharotlarning ekogramma modelida uch ko‘rsatkich:
harorat, nisbiy namlik va o‘lim miqdori o‘z aksini topadi, ya’ni
1°C dan 50°C gacha bo‘lgan harorat va 1 % dan 100 % gacha
bo‘lgan nisbiy namlikning o‘zaro gorizontal va vertikal tutash
nuqtalarida hosil bo‘ladigan egri chiziqlar organizmning hayot
kechirish davomiyligi chegaralarini foizlarda topish va ifodalashga
imkon beradi. Bunday ekogrammalar tuzish orqali organizmlar
faolligini aniqlash va hasharotlarga qarshi kurashish mumkin.
Suv muhiti
Suv muhitining asosiy ekologik omillari — daryolar,
dengizlar va okeanlardagi doimiy harakatdagi oqimlar va
to‘lqinlar hisoblanadi. Ular suvning mineral moddalarga to‘yi-
nishi va ion tarkibini o‘zgartirib, organizmlarga bilvosita ta’sir
ko‘rsatishi, shuningdek, o‘simlik va hayvonlarning oqimga
moslashishini ta’minlovchi bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Masalan, tinch oqar daryo baliqlarining tanasi asosan yalpoq,
tez oqar daryoniki esa yumaloq bo‘ladi; suvo‘tlari ham oqimga
morfologik moslashib, muhitdagi asosga mustahkam yopishib
oladi.
Suvning to‘lqinlanishi, ya’ni kuch bilan qirg‘oqqa urilishi
qirg‘oqbo‘yida yopishib hayot kechiradigan organizmlarga
(mo‘ylovoyoqli qisqichbaqa, qorinoyoqli molluska) ta’sir
ko‘rsatadi.
Suv — hayvonlarining erkin harakatlanishiga qarshilik
ko‘rsatuvchi yetarlicha quyuq muhit. Shu sababli suv hayvon-
lari, asosan, suyri shaklida bo‘ladi. Suvli muhitga eng mukammal
morfologik moslashish delfinlarda shakllangan.
Atmosfera gazlari ekologik omil sifatida
Havo muhiti kichik zichlik va ko‘tarish kuchiga, shuning-
dek, ko‘zga tashlanmaydigan tutib (ko‘tarib) turuvchi xusu-
siyatga ega. Shu sababli havo muhitida doimiy yashaydigan
organizmlar yo‘q va uning barcha jonzotlari yer yuzasi bilan
bog‘langan. Biroq havo muhiti organizmlarga nafaqat fizik, balki
nafas olish va fotosintezni ta’minlab, kimyoviy ta’sir ko‘rsatadi.
Havo muhitining fizik omillari
Bu omilga havo massalari harakati va atmosfera bosimi
mansub.
Havo massalarining harakati sust ko‘chish, ya’ni atmosfe-
rada yuqorigi va pastki havo qatlamlarining almashinib turishi
yoki shamol, ya’ni atmosferada siklonlar faoliyati tufayli paydo
bo‘ladigan havo oqimlari ko‘rinishida ro‘y beradi.
Havoning sust ko‘chish jarayonida sporalar, gul changlari,
urug‘lar, mikroorganizmlar va mayda hasharotlar anemoxo-
ralar, ya’ni juda kichik o‘lchamli, qanotchali, zontiksimon va
parashutsimon maxsus moslamalari bilan shamol yordamida
turli joylarga tarqalib o‘rnashadilar (qamish, ilono‘t, oqbosh,
bo‘ztikan, qushqo‘nmas urug‘lari). Organizmlarning mazkur
majmuyiga aeroplankton deyiladi.
Shamol, sust ko‘chish jarayonidan farq qilgan holda,
aeroplanktonni birmuncha uzoq masofaga eltadi, bunda ifloslan-
tiruvchi moddalar ham ko‘chishi mumkin. Shamol o‘simlik-
larning o‘sishiga (masalan, bayroq shaklida o‘sishiga) ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Havoda qarshilikning kamligi tufayli ko‘pchilik (taxminan
75 %) quruqlik hayvonlari evolutsiya davomida turli xil usullar
bilan uchishga moslashganlar. Qushlar, ko‘rshapalak kabi
hayvonlar uchun uchish — o‘lja izlash deganidir.
Atmosfera bosimi, ayniqsa, umurtqali hayvonlarga jiddiy
ekologik ta’sir ko‘rsatadi, shu tufayli ular dengiz sathidan 6000 m
balandlikda yashay olmaydilar.
Havo muhitining kimyoviy omillari
jinsli: azot — 78,8 %, kislorod — 21 %, argon — 0,9 %,
karbonat angidrid — 0,03 %. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, yerusti
sharoitida kislorod va karbonat angidrid miqdori muayyan
darajada cheklovchi omil hisoblanadi: o‘simliklar havodagi
karbonat angidrid miqdoriga eng past, kislorod miqdoriga eng
yuqori chidamlilik chegarasida bo‘ladi.
Òuproqlarda karbonat angidrid yerosti suvlari sathiga qadar
10 % ni tashkil qilgani holda kislorod aerob-redutsent orga-
nizmlar uchun cheklovchi omilga aylanganki, bu nobud bo‘lgan
organik moddalarning parchalanishini sekinlashtiradi.
Suvda kislorod miqdori atmosferaga nisbatan 20 marta kam
bo‘lib, u muhim cheklovchi omilga aylanadi. Kislorod suvda
atmosfera havosidan shimilish va suvo‘tlari fotosintezi hisobiga
mavjud bo‘ladi, shamol va to‘lqinlar esa uni suvga qorishtiradi.
Suvda karbonat angidrid hisobiga kuchsiz ko‘mir kislotasi
tuzlari — karbonat va bikarbonatlar hosil bo‘ladi. Ular suv
muhiti vodorod ko‘rsatkichini (pH) neytral darajada saqlashga
xizmat qiladi.
Yong‘inlar
ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillardan biri yong‘inlar hisob-
lanadi. Ular azaldan iqlimning ajralmas tarkibiy qismi hisob-
tuproq kabi eng muhim ekologik omillar sirasiga kiritish lozim.
Ekologik ta’siriga ko‘ra yuqori va quyi yong‘inlar farqlanadi.
Yuqori yong‘inlar tegishli hududdagi deyarli barcha o‘sim-
liklar va aksariyat hayvonlarni nobud qiladi. Bu yong‘in sodir
bo‘lgan hududda biotaning qayta tiklanishi uchun bir necha o‘n
yillar kerak bo‘ladi.
Quyi yong‘inlar organizmlarda olovga nisbatan moslashishni
rivojlantiradi, bakteriyalar faoliyatini (chirish jarayonini) rag‘-
batlantirib, o‘simliklar oziqlanishi mumkin bo‘lgan mineral
moddalar hosil qiladi. Odam o‘rmon va to‘qayzorlarni sun’iy
kuydirib, yerlar ochadi. Bu mo‘tadil mintaqada o‘rmon va
to‘qaylarni yangilash va sog‘lomlashtirishda o‘ziga xos ahamiyat
kasb etadi. NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI
Biogen moddalar ekologik omil sifatida
tiy faoliyati mahsulotlari, shuningdek, nobud bo‘lgan orga-
nizmlar qoldiqlaridan paydo bo‘lgan organik cho‘kindi modda-
lar (ohaktosh, chig‘anoqli jinslar, yonuvchi slanes, ko‘mir,
neft, torf).
Biogen elementlar — tirik organizmdagi hayotiy jarayonlarda
bevosita ishtirok etuvchi yoki shu moddalar tarkibiga kiruvchi
biologik faol elementlar bo‘lib, ular organizmlar uchun muhit-
ning cheklovchi omillari va resurslari hisoblanadi. Organizmlarga
ko‘p talab etiladigan elementlar makroelementlar, kam talab
etiladiganlari mikroelementlar deyiladi. Ularni o‘simliklar tuproq
va suvdan, hayvonlar va odam oziq-ovqatdan oladi.
Biogen makroelementlar ichida fosfor va azot muhim
ahamiyatga ega. Fosfor — hujayra protoplazmasiga eng zarur
element, azot esa oqsil molekulalari tarkibiga kiradi. Azotning
asosiy manbayi — atmosfera havosi, fosforniki qisman tog‘
jinslari va nobud bo‘lgan organizmlar qoldiqlari hisoblanadi.
Azot aksariyat o‘simlik va geterotrof organizmlar tomonidan
to‘planadi va moddalarning biologik aylanma harakatiga qo‘shiladi.
Fosfor organizmlarda salmog‘i bo‘yicha ko‘proq to‘planadi.
oltingugurt va magniy turadi. Kaliy hujayra tarkibiga kirib, osmos
jarayonida, hayvonlar va odamning asab tizimi ishida muhim
o‘rin tutadi hamda o‘simliklarning o‘sishiga yordam beradi.
Kalsiy hayvonlar suyagi va chig‘anog‘ining tarkibiy qismi
bo‘lib, o‘simliklarga zarur hisoblanadi. Oltingugurt ayrim
aminokislotalar, kofermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi va
xemosintezni ta’minlaydi. Magniy xlorofill molekulasining
zaruriy qismi bo‘lib, o‘simliklar va hayvonlar ribosomalari tar-
kibiga kiradi.
ko‘pincha cheklovchi omil bo‘ladi. O‘simliklar uchun, birin-
chi navbatda, temir, marganes, mis, qalay, bor, kremniy,
molibden, xlor, vanadiy va kobalt zarur bo‘ladi. Agar temir,
marganes, xlor, vanadiy yetishmasa, fotosintez jarayoni to‘liq
amalga oshmaydi, agar temir, bor, molibden, kobalt yetish-
masa, azot almashinuvi buziladi. Usbu elementlar hayvonlar
va odamga ham zarur, ularning yetishmasligi yoki ifloslanish
tufayli ortiqcha to‘planishi turli kasalliklarni keltirib chi-
qaradi.
Edafik omillar (yunon. edaphos —
tuproq) — o‘simliklar o‘sishining tup-
roq sharoitlari. Ularning bir necha
turi ajratib ko‘rsatiladi:
edafik kimyoviy omil — tuproq
reaksiyasi, tuproqning tuz rejimi, tuproqning kimyoviy tarkibi,
kationlar almashinish qobiliyati va almashuvchi kationlar tar-
kibi va h.k.;
edafik fizik omil — tuproqning suv, havo va issiqlik rejimi,
zichligi, donadorligi, tuzilishi va h.k.;
edafik biologik omil — tuproqda yashaydigan o‘simlik va
hayvon organizmlari.
Òuproq muhitining namligi, harorati, tuzilishi va g‘ovakligi,
reaksiyasi, sho‘rlanishi kabilar eng muhim edafik ekologik
omillar hisoblanadi.
O‘simliklar va tuproq
biotasi hayotida
edafik omillar
NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI
Tuproqning tarkibi va tuzilishi
ta’sirida litosferaning ustki qismi o‘zgarishi natijasida paydo
bo‘lgan o‘ziga xos tabiiy-tarixiy hosila. Òuproq hosil bo‘lgan jins
(tog‘ jinsi) ona jins deyiladi. Ona jinslar turli xil ta’sirlar
majmuyida muttasil qayta o‘zgarishlarga uchrab, yangi
tuzilmalar va minerallar vujudga keladi. Natijada botqoqlik yoki
qumli joylardan farq qiladigan, unumdorlik xususiyatiga ega
bo‘lgan, o‘simliklarga hayot bag‘ishlaydigan, hayvonlar va
odamga oziq beradigan geologik jins — tuproq shakllanadi.
Òuproq unumdorligi — o‘simliklarning oziq moddalarga,
havoga, issiqlik rejimini o‘z ichiga olgan fizikaviy-kimyoviy
omillar va biotik muhitga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish xusu-
siyati bo‘lib, shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosili,
shuningdek, yovvoyi o‘simliklarning biogen mahsuldorligi
ta’minlanadi.
Òuproqning sun’iy va tabiiy unumdorligi farqlanadi. Sun’iy
unumdorlik — tuproqqa agronomik ta’sir ko‘rsatish natijasi
bo‘lsa, tabiiy unumdorlik (yoki oddiy tuproq unumdorligi)
tuproqning tabiiy-ekologik omillari bilan shartlangan bo‘ladi.
Òuproq qattiq, suyuq va gazsimon tarkibiy qismlardan
iborat bo‘lib, makro va mikroorganizmlar (o‘simlik va hay-
vonlar)ni o‘z ichiga oladi.
organik bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Ona jinsdan qolgan birlamchi
minerallar ko‘p bo‘lib, ularning parchalanishidan hosil bo‘lgan
ikkilamchi minerallar (gilli minerallar, karbonatlar, sulfatlar,
galoidlar va h.k.) kam bo‘ladi. Suvda oson eriydigan mineral
tuzlarning tuproqdagi salmog‘i (foizi) uning sho‘rlanish dara-
jasini tavsiflaydi. Nobud bo‘lgan organik qoldiqlarning fizik-
kimyoviy parchalanishi natijasida tuproqda murakkab organik
moddalar — gumus (chirindi) hosil bo‘ladi.
Chirindi — tuproq unumdorligini ta’minlashda eng asosiy
o‘rin tutadi. Òuproqda chirindi miqdori ko‘pi bilan 20—22 %
gacha bo‘lishi mumkin. Chirindiga eng boy tuproq — qora
lakatlar hududlarida) bo‘lib, ular eng unumdor hisoblanadi.
O‘zbekiston tuproqlarida chirindi miqdori nisbatan kam bo‘lib,
sug‘oriladigan o‘tloqi-soz tuproqlarda 6 % gacha bo‘ladi.
Òuproqning suyuq tarkibiy qismi, suv — erkin, bog‘lan-
gan, kapillar va bug‘simon holatda bo‘lishi mumkin. Erkin suv
og‘irlik kuchi ta’sirida fursati bilan o‘z joyini egallaydi; bog‘lan-
gan suv zarrachalar yuzasida yupqa qatlam hosil qilib, shimi-
ladi; kapillar suv ayirish kuchi ta’sirida nozik, ingichka kovak-
chalarda ushlab qolinadi; bug‘simon suv kovakchalarning
suvdan xoli bo‘lgan orqa tomonida joylashadi. O‘simliklarning
ildiz tizimi asosan erkin va kapillar shakldagi suvdan foydalanadi.
Bog‘langan va bug‘simon suvlarning ahamiyati katta emas.
Òuproqdagi barcha shakldagi suv miqdorining qattiq tarkibiy
qismlar miqdoriga nisbati foizlarda ifodalanib, tuproq namligi
deyiladi.
Òuproqning suyuq tarkibiy qismi tuproq eritmasi deb
ataladi. U nitratlar, bikarbonatlar, fosfatlar, sulfatlar va boshqa
tuzlardan, shuningdek, suvda eruvchi organik kislotalar, ular-
ning tuzlari va shakardan iborat bo‘lishi mumkin.
Òuproq eritmasining tarkibi va miqdori (pH) ko‘rsatkichli
muhit reaksiyasi bilan aniqlanadi. Òuproqlarda kislotali, neytral
(betaraf) va ishqorli muhit farqlanadi. O‘simliklar va hayvonlar
uchun neytral muhit (pH=7) eng maqbul hisoblanadi.
Òuproqning tuzilishi va g‘ovakligi o‘simlik va hayvonlarga oziq
moddalarning yetib borishini ta’minlaydi. Òabiatning molekular
kuchlari ta’sirida bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan tuproq zarra-
chalari tuproq tuzilishini hosil qiladi. Òuproq zarrachalari orasida
kovakcha deb ataladigan bo‘shliqlar bo‘ladi. G‘ovaklik — tuproq
hajmida kovakchalar hajmining ulushi bo‘lib, u 50 % va undan
yuqori bo‘lishi mumkin.
kamaygan, so‘ngan holda kechadi. Mo‘tadil mintaqada 1,5—2 m
chuqurlikda tuproq hosil bo‘lish jarayoni so‘nadi. Bu ko‘rsat-
kich orqali tuproq qalinligi aniqlanadi. Òuproq qalinligi uning
bo‘ylama kesimida namoyon bo‘ladi.
Òuproqning bo‘ylama kesimida to‘rtta shartli sathlar farq-
lanadi.
chirindili sath — tuproqning unumdor qatlami bo‘lib,
unda o‘simliklar ildiz tizimi va tuproq biotasi uchun oziq
bo‘ladigan chirigan organik moddalar to‘planadi; qalinligi bir
necha o‘n santimetr bo‘lishi mumkin;
yuvilish-nurash sathi — tuproqning yuqori qismida
joylashgan bo‘lib, tez eruvchi tuzlar, giðs, karbonatlar, organik
kolloidlar (serbalchiq zarralar), metall oksidlari va shu kabilar
yuvilib, chuqur sathga ko‘chiriladi;
to‘planish-cho‘kish sathi — tuproqning yuqori sathlari-
dan yuvib keltirilgan moddalar yig‘iladi; bu yerda organik
moddalar redutsentlar tomonidan qayta ishlanib, mineral mod-
dalarga aylantiriladi va giðs, karbonatlar, gilli minerallar to‘pla-
nishi ro‘y beradi;
ona jins — tuproq tagi, zaminidagi turli xil tog‘ jinslari.
Tuproqning eng muhim ekologik omillari
Fizik omillarga tuproqning namligi, harorati, tuzilishi va
g‘ovakligi tegishlidir.
tizimining suvni so‘rish kuchiga bog‘liq. Yupqa parda hosil qilib,
tuproq zarrachalari yuzasi bilan mustahkam bog‘langan suvning
bir qismidan o‘simlik ildizi, amalda foydalanmaydi. O‘simliklar
ildizi asosan erkin suvni o‘zlashtiradi, biroq ular g‘ovaklar
orqali chuqur sathlarga tezda o‘tib ketadi. Namning foydaliligi
tuproqning suvni tutib qolish xususiyatiga bog‘liqdir. Òuproq-
ning suvni tutib qolish kuchi, sathlarining tuzilishi va g‘ovak-
ligiga bog‘liq holda loyli va quruq tuproqlar farqlanadi. Òuproqda
namlik juda kam bo‘lsa, o‘simliklar nobud bo‘ladi, gigrofil
organizmlar (yomg‘ir chuvalchangi) esa namli chuqur sath-
larga ko‘chib o‘tadi.
Òuproq harorati tashqi haroratga bog‘liq, biroq tuproqning
issiqlik o‘tkazuvchanligi pastligi tufayli harorat rejimi yetarli
darajada barqaror bo‘ladi va 33—35 santimetr chuqurlikda 2°C
dan kam bo‘lmagan harorat saqlanadi. Bu esa tuproq hayvonlari
uchun juda muhim.
Òuproqning tuzilishi va g‘ovakligi uning havoga to‘yinishini
ta’minlaydi. Bunda turli chuvalchanglar faol harakat qilib, bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chib, uning g‘ovakligini oshiradi.
Zichlashgan tuproqlar havoga yetarlicha to‘yina olmaydi va bunda
kislorod cheklovchi omilga aylanishi mumkin.
Kimyoviy omillarga tuproqdagi muhit reaksiyasi va sho‘rla-
nish mansubdir.
muhim omildir. Quruq iqlim sharoitida neytral va ishqorli tup-
roqlar, sernam mintaqalarda kislotali tuproqlar ko‘p uchraydi.
Aksariyat boshoqli o‘simliklar neytral (pH=7) va kuchsiz
ishqorli (pH>7) tuproqlarda yaxshi hosil beradi (bug‘doy, arpa).
Òuproq sho‘rlanishi — suvda eriydigan tuzlar (xloridlar,
sulfatlar, karbonatlar) salmog‘ining ortiqchaligi bilan tavsifla-
nadi. Sho‘rlanish yerosti suvlarining bug‘lanishi, shamol va
sun’iy sug‘orish natijasida paydo bo‘ladi. Sho‘rlangan tuproqlar
ishqorli (pH=8—9) bo‘lib, tarkibida tez eruvchi tuzlar, karbo-
natlar va giðs miqdori me’yoridan ortiq bo‘ladi.
Òuproqdagi tuzlarning tarkibiga qarab, sho‘rlanish turlari
ham har xil bo‘ladi. Sho‘rlanish turlari xlor ionining sulfat
ioniga nisbati orqali ajratiladi. Agar bu nisbat 2 dan katta bo‘lsa,
xlorli sho‘rlanish; 1—2 bo‘lsa, sulfatli-xlorli sho‘rlanish; 0,2—1
bo‘lsa, xlorli-sulfatli sho‘rlanish; 0,2 dan kichik bo‘lsa — sulfatli
sho‘rlanish deyiladi. Sho‘rlanish turlariga muvofiq sho‘rlanish
darajalari (sho‘rlanmagan, kam sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlan-
gan, kuchli sho‘rlangan) aniqlanadi.
Sho‘rlangan tuproqlar florasi va faunasi g‘oyat o‘ziga xos
bo‘lib, o‘simliklari tuproqdagi tuzlar tarkibi va miqdoriga chi-
damli bo‘ladi. Biroq turli o‘simliklar tuzlarga turlicha moslashgan.
Òuzga chidamli o‘simliklar galofitlar deb ataladi. Galofitlarning
ayrim turlari 20 % dan ortiq tuzga to‘yinganlik darajasiga
kam darajasiga ham chiday olmaydi. Òuproq sho‘rlanishi qishloq
xo‘jaligi ekinlari (g‘o‘za, kartoshka, pomidor) hosildorligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ekologik indikatorlar
orqali aniqlash mumkin bo‘lgan organizmlar muhit indika-
torlari deb ataladi. Indikator organizmlar — muayyan hududdagi
ekologik sharoit bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘simliklar yoki
hayvonlar (ularning guruhi) bo‘lib, ularning o‘sishi, belgi va
xususiyatlariga qarab o‘sha joyga tavsif berish mumkin. Indikator
o‘simliklar va hayvonlar farqlanadi.
Masalan, galofitlar sho‘rlanishga moslasha borib, o‘zida aniq
morfologik belgilarni hosil qiladi, shu asosda tuproq sho‘rlan-
ganligini aniqlash mumkin.
suvlar borligidan darak beradi. Iflos-
langan tuproqlarda yomg‘ir chuval-
changi butunlay yo‘qolib ketadi.
Daraxtlar tanasidan lishayniklarning
g‘oyib bo‘lishi havoda oltingugurtli gaz miqdorining ko‘payishini
bildiradi. Shuningdek, o‘zida ayrim kimyoviy elementlarni
to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan indikator-o‘simliklar orqali
foydali qazilma konlarini ham aniqlash mumkin.
Òirik mavjudotlarni oziqa resursi sifatida shartli ravishda uch
qismga ajratish mumkin: organizm tanasidagi moddalar;
organizmlar hayotiy faoliyati jarayoniga jalb etilgan energiya;
organizmlar hayoti kechayotgan joy.
Organizmlar o‘rtasida moddalar va energiyaning qayta
taqsimoti oziqa resurslari uchun o‘zaro raqobat kurashida ro‘y
beradi. Shuningdek, organizmlar ko‘payadigan, o‘sib-rivojlana-
digan hududlar ham ayrim organizmlar, populatsiyalar va
biosenozlar uchun muhit resurslari hisoblanadi.
O‘simliklar — o‘txo‘r hayvonlarga, o‘txo‘r hayvonlar —
yirtqichlarga, o‘txo‘r hayvonlar va yirtqichlar — parazitlarga,
resurslari — ekologik
omil sifatida
nobud bo‘lganidan keyin — destrukturlarga oziqa resursi
hisoblanadi.
Òirik mavjudotlar resurslarini almashtirib bo‘lmaydigan va
o‘zaro almashiniladigan turlarga ajratish mumkin.
Almashtirib bo‘lmaydigan resurslar deyilganda bir resursni
boshqasiga almashtirish imkoniyatiga ega emaslik tushuniladi va
bu holatda ular qattiq cheklovchi omilga aylanadi.
Almashtirib bo‘lmaydigan resurslarning ekologik ahamiyati
juda katta. Masalan, yashil o‘simliklar uchun almashtirib bo‘l-
maydigan yagona energiya resursi — quyosh radiatsiyasi hisobla-
nadi. Shu tufayli landshaftlarda oftobsevar va soyasevar o‘simlik-
larni o‘z ichiga olgan bir necha pog‘onalar paydo bo‘ladi.
Shuningdek, karbonat angidrid — fotosintez jarayonida almashtirib
bo‘lmaydigan resurs hisoblanadi, biroq uning yetishmasligi
bo‘yicha muammo tug‘ilgan emas. Suv — nafaqat fotosintez-
ning, balki hujayra protoplazmasining almashtirib bo‘lmaydigan
tarkibiy qismi, agar tuproqda o‘simliklar uchun yetarli miq-
dorda bo‘lmasa, u cheklovchi omilga aylanadi. Kislorod — suv
muhitida cheklovchi omil, anaeroblardan boshqa barcha
jonzotlar uchun almashtirib bo‘lmaydigan resurs.
O‘zaro almashiniladigan resurslar deyilganda ikki resursdan
birining boshqasiga almashtirish imkoniyatiga egalik tushuniladi.
Bunday resurslar bir-birini to‘ldiradi. Masalan, yirtqich hay-
vonlar oziqasi (o‘ljasi)ni shu hajmdagi istalgan o‘xshash ozi-
qaga, ya’ni: bitta kiyikni — bir necha quyonga; bitta quyonni —
bir necha kichik kemiruvchiga almashtirish mumkin.
Organizmlarning o‘zi oziq resurslari bo‘lib, ular oziq
zanjirida ishtirok etadi va avtotrof organizmlar geterotrof
organizmlar uchun oziqa resursi hisoblanadi. Iste’molchi
(yirtqich) o‘z o‘ljasini izlab topadi, ushlaydi, o‘ldiradi va yeb
qo‘yadi. Biroq bu ish oson emas, chunki oziq resurslari,
ko‘pincha, iste’molchidan himoyalangan bo‘ladi.
Òirik organizmlar o‘zlarini o‘z iste’molchilaridan saqlashga
intiladi. Bu «himoya vositasi» o‘simliklarga ham, hayvonlarga ham
xosdir. Ularni shartli ravishda mexanik, kimyoviy, morfologik va
xulqiy himoya vositalariga bo‘lish mumkin.
nizmning ikkinchi organizmga ekologik bosimi vujudga keladi va
har bir organizm evolutsiyasi ikkinchi organizm evolutsiyasi
bilan qisman bog‘liq bo‘ladi. Bu hodisa koevolutsiya deb ataladi.
O‘simliklar o‘rtasida koevolutsiya bo‘lmaydi. Shu sababli
ularda mexanik himoya (tikan, tikanak, po‘choq, po‘st, changal
va h.k.) vositalari yaxshi rivojlangan. Ona o‘simlikda joylashgan
urug‘lar ko‘pincha yaxshi himoyalanmagan bo‘ladi, agar ular
uvalanib sochilib ketsa, saqlanishi yaxshi ta’minlanadi. Yovvoyi
tabiatda urug‘lar saqlanishining bu usuli keng tarqalgan. Orga-
nizmlarda kimyoviy himoya ham shakllangan. Biror organizmda
ishlab chiqilgan zaharli modda ikkinchi organizmni zararlashi
(bo‘g‘ishi, o‘ldirishi), qo‘rqitishi yoki ovqatning hazm qilini-
shiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Hayvonlarga «aldamchi» xatti-harakatlar, muhitdan ajratib
bo‘lmaydigan shakl va tusga kirishi kabi morfologik himoya ham
xosdir. Hayvonlarda xulqiy himoya usuli ham yetarlicha shakl-
langan: uyasiga yashirinish, o‘lik holatga o‘xshash, joyidan
qo‘zg‘alish, o‘zini «qo‘rqinchli» ko‘rsatish va h.k. Hayvon-
larning eng oddiy xulqiy himoyasiga yirtqichdan qochish misol
bo‘ladi.