O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari.

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari..

O’simlik dunyosi ob'ektlaridan foydalanish turlari.

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. O’simlik dunyosidan foydalanish maqsadi avvalo o’simlik dunyosi ob’ektlarining xususiyatidan kelib chiqadi.

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari O’zbekiston Respublikasining “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonunida ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 7-moddasiga ko‘ra, o’simlik dunyosidan birinchi navbatda chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini tayyorlash maqsadida foydalaniladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotini tayyorlash va chorva mollarini o‘tlatib boqish maxsus berib qog‘yilgan tabiiy yem- xashak yetishtiriladigan maydonlarda o’rmon fondi hududida o’rmon biletlari bo‘yicha; qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari, tashkilotlari egaligidagi yerlar hududida ularning ruxsatnomalari bo‘yicha; zaxiradagi yerlarda – mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi (12-modda).

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlaridan navbatdagisi chorva mollarini o‘tlatib boqish hisoblanadi. Chorva mollarini o‘tlatish o’rmon fondi yerlaridagi o‘tloqzorlarda, tog’lar va tog’ yon bag‘irlaridagi yaylovlarda, qishloq xo‘jalik korxonalariga berib qo‘yilgan yaylovlarda amalga oshiriladi. O’simlik dunyosidan ushbu maqsadda foydalanishga qonunda belgilangan tartibda davlat, o’rmon va qishloq xo‘jalik korxonalarining ruxsatnomalari orqali yo‘l qo‘yiladi.

Ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish o’simlik dunyosi obektlaridan foydalanishning navbatdagi turi hisoblanadi. “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonunning 13-moddasida belgilanishicha, o’simlik dunyosi obektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o’zlariga berib qo‘yilgan ovchilik yer- suvlarida amalga oshiriladi. O’simlik dunyosidan ovchilik maqsadida foydalanish tegishli ruxsat asosida o’rmonlarda, butazorlarda, tog’larda, suv bo‘yi

changalzorlarida olib boriladi. O’simlik dunyosi obektlaridan ovchilik ehtiyojlari uchun foydalanish tegishli tartibda, belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu me’yoriy hujjatlarda ov qilish qoidalari belgilangan bo‘ladi.

Navbatdagi o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlaridan biri bu yovvoyi o’simliklar texnik xom ashyosini tayyorlash, dorivor xom ashyosini yig‘ish, oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish hisoblanadi. Bu turdagi foydalanishda yog‘och shirasi olish; spirt tayyorlash, dorivorlarni, ziravorlarni, mevalarni, qo’ziqorinlarni yig‘ish maqsad qilib qo‘yiladi. O’simlik dunyosidan bu xilda foydalanish umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi.

Daraxt va butazorlarni kesish – o’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishning navbatdagi turidir. Daraxt va butazorlarni kesish o’rmon fondi yerlarida tegishli tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. O’rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga faqat sanitariya hamda binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog‘liq kesishlar tartibida mahalliy davlat hokimiyati organlarining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan kelishilgan asosan yo‘l qo‘yiladi.

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlaridan biri undan ilmiy- tadqiqot maqsadlarida foydalanishdir. Bu xildagi maqsadda foydalanish ilmiy muassasalar tomonidan amalga oshirilib, unda yovvoyi o’simliklarning kelib chiqishi, turlari, nomi, ko‘payishi, jamiyat uchun foydalanish maqsadlari o‘rganiladi. Qonunda belgilanishicha, o’simlik dunyosi ob’ektlaridan ilmiy- tadqiqot maqsadlarida yovvoyi o’simliklarni, ularning qismlarini va mahsullarini o‘sish muhitidan olmasdan va olgan holda foydalanishga faqat qonunda belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. Tabiiy o’simliklar jamoalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun tegishli yuridik shaxslarga maxsus uchatkalar ajratilishi lozim. Agar bu o’simlik jamoalarida ilmiy-tadqiqot olib borish lozim bo‘lsa, boshqa tashkilotlarning bu ob’ektdan foydalanishi cheklanishi mumkin.

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishi ulardan foydalanishning mustaqil turi hisoblanadi. Shifobaxsh xossalarga ega bo‘lgan va aholining dam olishi uchun qulay shart sharoit yaratadigan o’simlik dunyosi ob’ektlaridan sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladi. Bunday joylarda sanatoriyalar, shifoxonalar, dam olish uylari, lagerlar bunyod etilib, ulardan aholini dam olishi, sog‘ligini tiklashi maqsadlarida foydalaniladi.

O’simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turidan ohirgisi ulardan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanishdir. Ma’lumki, o’simlik dunyosi tog’larda suvlarni to‘planishi, tog’larda jarliklarni paydo bo‘lishni oldini olish, sug‘oriladigan yerlar, ekin maydonlarini suv va shamol eroziyasidan asrash, suv bo‘yi tegralarini saqlash, atmosfera havosini mo‘tadil ravishda saqlab turishda

asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababdan suv bo’yi tegralarida, ekin maydonlari atrofida yer va suv resurslarini muhofaza qilish maqsadida daraxtlar ekilib, ulardan tabiatni muhofaza qilish maqsadi ko’zlanadi.

O’xshashlari

manba.

Boshqalar o'qimoqda