O’simliklarning atrof-muhit bilan o’zaro munosabati

O’simliklarning atrof-muhit bilan o’zaro munosabati

O’simliklarning atrof-muhit bilan o’zaro munosabati.

O’simliklarga ta’sir etuvchi abiotik omillar

Convention on Biological Diversity, CBD

The Convention on Biological Diversity was signed in 1992 in Rio de Janeiro, and was implemented in 1993; 160 of the 189 countries of the UN are signatories. This is an interdisciplinary convention (see Fig. 5.4.3; WBGU 1999) the goal of which was not only to maintain biological diversity, but also to sustain development and the equity of uses and advantages (Fig. 5.5.4). From this diverse focus and from the all-encompassing starting position stem the conflicts of the dual goals of protection and use, especially at the margins of agriculture and forestry. The convention also clarified the legal principles related to the use of genetic resources; these are no

longer a collective property that all have access to but are property of nations. Thus the interests of industries, the rights of local and indigenous peoples with their traditional knowledge, and the sovereignty of the nations have been brought together. The use of biotechnology (Biosafety) was added as an appendix in 1999. After terrestrial genetic resources belong to sovereign nations, only the sea remains as a collective resource. It is still unclear whether the transfer of the ownership of genetic resources also carries with it the responsibility of nations to maintain them for humanity.

Biologik xilma-xillik to’g’risidagi Konventsiya

1992-yilda Rio De Janero shahrida biologik xilma-xillik mavzusida shartnoma imzolandi va bu shatrnoma 1993-yilda kuchga kirdi.BMTdagi 189 ta davlatdan 160 ta davlat bu shartomani imzoladilar. Bu shartnomadan kuzda tutilgan asosiy maqsad nafaqat Biologik xilma-xillikni, balki uning foydali va ustunlik tomonlarini saqlab qolishdir. Bu shartnomada asosan qishloq xo’jaligi yerlarini va o’rmon hududlarini himoyalash va ulardan unumli foydalanish haqidagi muammoli masalalar ko’rilgan. Bu shartnomada shuningdek, genetik manbalardan to’g’ri foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalar ham yoritib berilgan, jumladan, yerlar ma’lum bir shaxsning mulki hisoblanmasdan butun bir xalqning mulki hisoblanishi,va bu yerdan barcha millatlar foydalanish huquqiga egadir. SHu sababli, sanoatning diqqat e’tibori mahalliy va yerli aholining huquqlari, an’anaviy bilimlari hamda millatlar mustaqilligi bilan birgalikda yuzaga chiqariladi. Biotexnologiyadan foydalanish 1999-yilda ilova sifatida qo’shilgan. Quruqlikdagi genetik boyliklar mustaqil davlatlarga tegishli ekanligi aniqlangandan so’ng, faqatgina dengiz umumiy boylik sifatida qoldi. Bu haligacha noma’lum. Genetik boylik egalarining bu manbalarni keyingi avlodga yetkazib berish yoki bermasligi haligacha noma’lumdir.

Ernst-Detlef Scho’lze, Erwin Bech, Klaus Muller Hohenstein. Plant ecology. Springer Berlin-Heidelberg, Germany, 2005. P.663.

Atrof-muhit deganda, odatda, tirik organizmlarga ta’sir ko’rsatadigan va ular bilai birga bo’ladigan tashqi muhit sharoiti majmuasi tushuniladi. Tirik

organizmlar bilan ularni o’rab turgan muhit o’rtasidagi o’zaro ta’sir, moddalar va energiya almashinuvi hamda organizmlarning doimiy ravishda o’zgarib turadigan hyoet sharoitiga moslashuvi ularning yer yuzida hayot kechirishiga imkon beradi.O’simliklarning tashqi muhit sharoiti bilan o’zaro munosabati ekologiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi. SHunga ko’ra, ekologiyaning asosiy vazifasi organizmlar bilan uni qurshab olgan tashqi muhit omillarining o’zaro munosabatini o’rganish, aniqlash, targ’ib etish va ko’rsatishdan iborat.

O’simliklarni qurshab olgan muhit ko’p sonli elementlardan tarkib topgan bo’lib, ularning hammasi, ham o’simliklarga bir xilda ta’sir ko’rsatmaydi va o’simliklar ham ularga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. Odatda, o’simliklarga ta’sir ko’rsatadigan tashqi muhit omillari shartli ravishda uch grupgtaga bo’linadi:

1. O’simliklar uchun juda zarur bo’lgan ekologik omillar; ularsiz o’simliklar hayot kechira olmaydi, ya’ni o’smaydi va rivojlanmaydi.Bu xildagi omillarga yorug’lik, issiqlik, suv, mineral tuzlar, karbonat angidrid va kislorod kiradi.

O’simliklar uchun juda zarur bo’lmagan ekologik omillar; ular zarur bo’lmagan omil hisoblansada, lekin o’simliklar hayotiga, o’sish va rivojlaiishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu xildagi omillarga tutun holatidagi gazlar, shamol, siyraklashgan havo, radioaktivlik va boshqalar kiradi.

O’simliklar doim yoki vaqt-vaqti bilan farqsiz ravishda munosabatda bo’ladigan omillar, masalan, atmosferadagi inert gazlar (ularga gazsimon azot ham kiradi); yashil o’simliklar yashaydigan muhitda doimiy ravishda azot mavjud bo’ladi, u o’simliklarga ta’sir ko’rsatmaydi, ta’sir ko’rsatganda ham u sezilmaydigan darajada bo’ladi. Lekin muhitning ayrim elementlari ba’zi o’simlkklar uchun deyarlts xech qanday ahamiyatga ega bo’lmagani holda boshqa tur o’simliklar uchun juda zarur bo’lishi mumkin. Masalan atmosferadagi erkin azot ba’zi bakteriyalar uchun juda zarur. Bu xildagi bakternyalar faqat dukkakli o’simliklar ildizida emas, balki dukkaksiz o’simliklar ildizida ham tugunaklar hosil qilishi mumkin. Vulardan tashqari,atmosferadagi gazsimon azot ko’k-yashil suvo’tlar, akti-nomitsetlar va boshqa organizmlar tomonidan o’zlashtiriladi. Ularning hammasi uchun atmosferadagi erkin azot birdan-bir hayot sharoiti, hisoblanadi. Ba’zan muhitning u yokn bu elementi deyarli ahamiyatsiz deb hisoblanadi lekin ularning o’simliklarga ta’siri hali yetarli darajada o’rganilmagan. Masalan, yaqin-yaqingacha molibden, bor va boshqa turdagi mikroelementlar ko’pchilik o’simliklar uchun kerak va ayrimlari uchun nihoyatda zarurligi aniqlanmagan edi.

SHuni alohida qayd qilish kerakki, jami ekologik omillarning organizmlarga bir vaqtda, birgalikda ta’sir ko’rsatish juda murakqab protsess bo’lib, ularning oqibati ham nihoyatda Xilma-xildir. Bulardan tashqari, har xil o’simliklar uni

qurshab olgan muhitdagi sharoitga bir xilda munosabatda bo’lmaydi. SHunga ko’ra, yer yuzida yashab to’rgan muhit sharoitining hammasiga birday bardosh bera oladigan bironta organizm yo’q. Ana shunga ko’ra har bir tur organizm nisbatan tor doiradagi temperatura yorug’lik, yong’in miqdori, tuproq sharoiti va. boshqa omillarning mavjudligida yashay oladi.

O’xshashlari

manba.

Boshqalar o'qimoqda