POPULYASIYA SONI DINAMIKASINING QONUNIYATLARI

POPULYASIYA SONI DINAMIKASINING QONUNIYATLARIЭтот файл можно использовать бесплатно

Biologiyada populyasiya (lotincha: populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi. Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. „Populatsiya“ terminini daniyalik genetik Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903).

Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi); panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda hisobga olinadi. Masalan, zogʻora baliq yirik koʻllarda 2 ta populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirgʻoq yaqinida yashab, mayda hayvonlar bilan oziqlanadi va sekin oʻsadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliklar bilan oziqlanadi va tez oʻsadi; gʻoʻzaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari populyatsiyasi harorat, yorugʻlik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan turlicha reaksiyalar bilan harakterlanadigan juda koʻp guruxlardan tashkil topgan.

Tabiatda populyatsiyalarning aralashib ketishiga geografik (suv havzasi, togʻ, oʻrmon, choʻl), biologik (jinsiy apparatning tuzilishida kuyikish va uya qurish, oʻsimliklarda gullash muddatida farq boʻlishi), ekologik (yashash muhiti — namlik, tuproq tarkibida farq boʻlishi) alohidalanish toʻsqinlik qiladi. Populyatsiya evolyusiyaning eng kichik va asosiy birligi hisoblanadi. Chunki evolyusion jarayon populyatsiya ichida boshlanadi. Populyatsiya individlari orasida doimo irsiy oʻzgaruvchanlik paydo boʻlib turadi. Jinsiy koʻpayish tufayli bu oʻzgaroʻvchanlik populyatsiya individlari orasida tarqalib, uni geterogen qilib qoʻyadi. Populyatsiyada boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foydali oʻzgarishlarga ega boʻlgan individlar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolyutsion jarayonlarda populyatsiya kenja turni hosil qiladi.

Populyatsiyalar dinamikasi 

Populyatsiyalar  ekologiyasi  zararkunandalarning  ko’payishini  oldindan  aniqlaydi
va  unga  qarshi  kurash  yo’llarini  ishlab  chiqadi.  U  turlarning  kritik  soni  va
yashovchanligini  o’rganadi.  Populyatsiyadagi  organizmlar  sonining  dinamikasi
uzoq, vaqt muddat davomida kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga
bog’liqligi aniqlanadi.

Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning tuzilishi, dinamikasini,
yoshi  va  jinsini  o’rganishdan  iborat.  Chunki  ular  hosildorlik  va  ko’payish
xarakterini  ko’rsatadi,  bu  esa  yashash  sharoitiga  moslashish  kriteriyasi  bo’lib,
o’lish bilan ko’payish o’rtasidagi nisbatan belgilaydi.
Populyatsiyaning  muhim  xususiyatlaridan  biri,  o’zini  son  jihatidan  idora  etishdir.

Ayni  sharoitda  individlar  optimal  sonning  individlar  saqlanib  turilishi
populyatsiyaning  gomeostazi  deyiladi.  Ta’rifdan  ko’rinib  turibdiki  populyatsiya
guruhiy  birlashma  hisoblanadi.  Individlar  o’rtasida  aloqalar  bo’lishi  bilan  birga,
ularning  yashab  turgan  joylari  bilan  ham  aloqalari  mavjud.  Guruhli  hayot  tarzi,
populyatsiya  uchun  o’ziga  xos  xususiyatlarni  keltirib  chiqaradi.  Bunday
xususiyatlar  quyidagilardan  iborat:  populyatsiyaning  soni,  zichligi,  tug’ilishi,
o’lishi, populyatsiyaning o’sishi, o’sish sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar.

Individlarning  ma’lum  xududda  tarqalishi,  jinsi  va  yosh  bo’yicha  nisbatlari,
morfologik,  fiziologik  xulqi  va  genetik  xususiyatlar  populyatsiyaning  tuzilmasini
ifodalaydi.

Populyatsiyadagi  individlar  bir—biridan  yoshi,  jinsi,  o’zaro  chatishadigan
avlodlariga  hayot  tsiklining  turli  fazalar  va  guruhchalarga  (poda,  koloniya  va
boshqalar)  mansubligi  bilan  farq  qiladi.  Har  qanday  tur  populyatsiyalar  tizimidan
tarkib  topadi.  Uning  tuzilmasi  esa  individlarning  harakatlanishi  yoki  ma’lum
xududga  bog’liklik  darajasi,  tabiiy  to’siqlarni  yengib  o’ta  olish  kabi  biologik
xususiyatlari  bilan  belgilanadi.  U  doimiy  emas.  Populyatsiyalar  ichida
organizmning  o’sishi,  turilishi  va  boshqa  ko’pgina  sabablarga  ko’ra,  ya’ni  tashqi
muhitning o’zgarishi, dushmanlar sonining o’zgarishi kabi qator omillarga bog’liq
holda o’zgarish vujudga keldi.

Populyatsiyaning  jins  tuzilmasi,  turli  yosh  va  guruhlardagi  erkak  va  urg’ochi
individlarning  soni  orqali  ifodalanadigan  nisbatidir.  Populyatsiyadagi  jinslar
nisbati,  birinchidan,  jinsiy  xromosomalarning  qo’shilishiga,  ya’ni  genetik
qonuniyatlarga bog’liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit xam ta’sir
etishi  mumkin.  Populyatsiyaning  evolyutsiyasi  uchun  urg’ochi  organizmlarning
soni  muhim  ahamiyatga  ega,  Masalan,  odamlar  populyatsiyasining  potentsial
o’sishi,  o’smir  va  qariyalar  emas,  15  yoshdan  35  yoshgacha  bo’lgan  ayollar
hisobiga to’g’ri keladi.

Populyatsiyadagi  individlarning  nobud  bo’lishi  va  jinslar  nisbati  amaliy
ahamiyatga ega.
Populyatsiyaning  yosh  tuzilmasi  qayta  tiklanish  jadalligi,  nobud  bo’lishi  darajasi
va  nasllar  gallanishining  tezligi  kabi  muhim  jarayonlarni  ifodalaydi.  U  aniq
sharoitga  qarab,  har  bir  populyatsiya  uchun  turning  genetik  hususiyatiga  bog’liq
bo’ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi.

Populyatsiyani  boshqarish,  foydalanish,  monitoring  va  muhofaza  vositasi  bo’lib
xizmat  qiladi.  Chunki  populyatsiya  sonining  boshqarilishi  tabiatda  kuzatiladi,
uning  bir  qismi  olinganda  u  yana  tiklanadi.  Shuning  uchun  populyatsiyani
boshqarish  muhofaza  vositasi  bo’lib  xizmat  qiladi.  U  monitoring  vositasi  ham,
chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak. Muhofaza qilganda esa
populyatsiyalarni muhofaza qilish orqali o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolish
mumkin.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda