O’QUV PREDMETINING NOMLANISHI VA VAZIFASI

O'QUV PREDMETINING NOMLANISHI VA VAZIFASI

Til – kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan
noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebaho
mulki bo‘lib, o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasiga
xizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta’minlagan o‘zbek tili
keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma’lum me’yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo
bo‘lgan. Til hodisalaridan ma’lum me’yor asosida foydalanish adabiy o‘zbek
tilining shakllanishiga olib kelgan.
So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab
kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bosqichlari nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbek
tili deb ajratiladi. Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma’lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi.
Ushbu o‘quv predmetida o‘zbek tili bus-butun holda emas, balki uning
hozirgi adabiy o‘zbek tili deb ataladigan holati bayon qilinadi.
“Hozirgi adabiy o‘zbek tili” predmetining asosiy vazifasi – talabalarni
shu tilning qurilishiga mansub hodisalar bilan ilmiy asosda tanishtirish, yuqori
malakali filolog bo‘lishi uchun poydevo r hosil qilish.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda