BIR HUJAYRALI PARAZITLARNING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI

BIR HUJAYRALI PARAZITLARNING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI

Parazitizm (yunoncha parasites-tekinxo‘r, hamtovoq) har xil turga
mansub organizmlar o’rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir ko’rinishidir. Bunda organizmlardan biri (parazit) ikkinchisi (xo‘jayin) dan yashash muhiti va ozuqa manbai sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi.
Parazitlik bilan hayot kechirish parazit turning o‘ziga xos filogenetik belgisi bo’lib, shu turga kiruvchi barcha individlar uchun xosdir.
Parazitlar biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi, kelib chiqishi, qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini o’rganadigan fan –
Parazitologiyadir.
Fan rivojlanishiga qarab XVII asrdangina parazitlami erkin yashaydigan organizmlar bilan umumiy o‘rganila boshlangan. Ungacha
parazitlarga alohida guruh sifatida qaralib, ba’zida ularning kelib
chiqishi ham sirli boMib, tirik organizmlarda o‘z-o‘zidan paydo bo’ladi
degan fikr ilgari surilgan. Parazitlar hayvonot olami sistemasiga kiritilgandan keyingina parazitizm tushunchasini qayta ko‘rib chiqish,
yanayam aniqroq tushuncha berish kerakligi talab qilindi.
Shunday harakatlardan dastlabkisi R. Leykartga (Leuckart, 1879)
tcgishli. Uni fikricha, parazitlar keng va haqiqiy ma’noda shunday organizmlarki, ularga boshqa bir organizmdan o‘ziga oziqa va yashash
makoni topgan barcha mavjudotlami kiritish mumkin. Parazitlarga ichki
gijjalar, ularga o’xshash fo’rmalar, boshqa erkin yashaydiganlarga
o‘xshash turlar ham kiradi deydi. Shunga ko‘ra parazitni asosiy belgisi
uni oziqlanish turida, barcha boshqa tirik organizmlar hisobiga yashovchi mavjudotlami parazit organizmlar deb tushunadi.
Minchin (1912) har qanday organizm boshqa bir organizmning
tana bo‘shlig‘i va tana yuzasida yashashi bilan parazit bo’lib qolavermaydi, parazit xo‘jayin bilan yashashi, uni hisobiga oziqlanishi bilan
birga unga zarar keltiradi deydi.
N.A. Xolodkovskiy (1914) parazitizmda bir organizm (parazit)
ikkinchi bir organizm (xo’jayin) tanasidan oziqa manbai, yashash uchun
makon sifatida foydalanib qolmasdan, xo‘yin tanasi, yoki tana shirasi
hisobiga oziqlanishi bilan birga, unga bevosita zarar keltiradi deydi.
Ta’rif bir tomonlama, tibbiy, veterinar xarakterga ega.

Parazitizmga yirik parazitolog olimlar qanday ta’rif berishgan
ekan: akademik Ye.N. Pavlovskiyning (1935) fikricha, parazitizm davrida
parazit o‘z xo‘jayinini to‘qimalari, tana shirasi yoki uning hazm bo‘layotgan oziqasi hisobiga oziqlanib, ulardan vaqtinchaiik yoki doimiy
yashash uchun makon sifatida ham foydalanadilar. Lekin bu ta’rifga
ko‘ra ham ba’zi bir qon so‘ruvchi ikki qanotlilar parazit bo’lmay qoladi.
Chunki ular xo‘jayinlaridan yashash uchun makon sifatida foydalanmaydilar.
K.I. Skiyabin ta’rifieha, parazitizm bu organizmlar orasidagi shunday biologik o‘zaro munosabatki, ulardan biri – parazit vaqtinchaiik
yoki doimiy, ikkinchisini tana ustida yoki to‘qimalari orasida yashab,
uni hisobiga oziqlanadi, lekin o‘z navbatida unga hech qanday xizmat
qilmaydi. Bunda faqat oziqlanish va xo‘jayindan faqat bir tomonlama
foydalanish ko‘zda tutiladi.
V.A. Dogel fikriga ko‘ra, hamma yuqorida qayd qilingan parazitolog olimlaming fikrlarini umumlashtirib, parazitizm to‘g‘risida shunday fikr bildiradi. Parazitlar shunday organizmlarki, qaysiki ular boshqa
tirik organizmlardan oziqa manbai, yashash muhiti sifatida foydalanib
qolmasdan, balki ularga qisman yoki to‘liq o‘zini tashqi muhit bilan
bo’ladigan o‘zaro munosabatlarini boshqarish vazifasini ham o ‘z
xo‘jayinlariga yuklab qo‘yadi!ar; Bundan parazitni yashash muhitini ikki
taraflama xo‘jayin organizmi parazit uchun birlamchi, atrof-muhit
ikkilamchi muhit boMib hisoblanadi. Shunday qilib, xo’jayin organizmi
parazit va atrof-muhit o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Parazitizm birga yashashning shunday shakliki, bunday birga
yashashdan – bir tomon, parazit manfaatdor, xo‘jayin esa zarar ko‘radi.
Bu ta’rif parazitizmga juda keng ekologik ma’no beradi. Bunda asosan
parazitizmgina emas balki u bilan bogMiq bo‘lgan boshqa masalalar ham
qamrab olinadi. Parazitizm bu ekologik masala bo‘lib, parazitologiyani
o’rganishda faqat parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi munosabatlar emas
balki parazitik hayot kechirish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar ham
o‘rganiladi.
Parazitizm aslida parazit bo‘lib yashagan organizmni birinchidan,
o’zini himoya qilishi va boshqa organizm hisobiga oziqlanish uchun
doimo intilishi natijasida yuzaga kelgan (Chendler,1956).
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, tabiatda erkin hayot kechiradigan organizmlar soniga nisbatan parazitlar ko‘proqdir. Ko‘pchilik organizmlar
o‘ziga xos parazitlardan tashqari boshqa hayvonlardan yuqtirib olgan
parazitlar uchun ham xo‘jayin bo‘lib qoladilar. Shuning uchun ham

para/.itologiyani 0‘rganish organizmlar orasidagi munosabatlami
o’rgnnish va ulami evolyutsiani asosiy masalalarini hal qilishda muhim
ahamiyatga ega. Parazitologiya va u bilan bog’liq boMgan turli xil
hodisalami o‘rganish tibbiyot, veterinariya, ekologiya sohalarini
rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Parazitizmni turli xil ko‘rinishlari. Parazitizm hayvonat olamida
uchraydigan ba’zi bir holatlardan butunlay ajralib qolgan mustaqil bir
holat emas. U bir necha ko‘rinishda uchraydi. Parazitizm bilan bog‘liq
boMgan asosiy masalalar simbioz va sinoykiyadir. Bu hodisalar jarayonida biz ikkita har xil turga mansub bo‘lgan hayvonlarning o‘zaro
munosabatlarini ko‘rib chiqamiz. Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar
oziqlanishiga ko‘ra ikkita guruhga bo’lib o‘rganiladi: 1. Avtotrof
organizmlar. 2. Geterotrof organizmlar.
Avtotrof organizmlar – anorganik moddalardan organik
moddalami sintez qiladi. Bularga yashil o‘simliklar kiradi.
Geterotrof organizmlar esa, tayyor organik moddalar hisobiga
oziqlamivchilardir. 0 ‘z navbatida bulami o‘simlikxo‘r, hamaxo‘r va hokazolarga boclish mumkin. Hamaxo‘rlar o‘z navbatida parazit, yirtqich
va saprofitlarga boMinadi. Parazitlami esa odam, hayvon va o’simlik parazitlariga bo‘lib o‘rganiladi. Barcha tirik organizmlar bir-biri bilan
bevosita va bilvosita munosabatda boMadi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida organizmlaming bunday bogManishi u yoki bu darajada murakkablashib borib, biologik jihatdan turli kategoriyalarga boclinadi, ya’ni
hayvonlar har xil guruhlami tashkil etib, birgalikda hayot kechirish
jarayonida betaraf (indifferent), do‘stlik va antogonistik munosabatlarda
yashaydi.
I. Indefferent – betaraf munosabatlar. Ular bir xil sharoitda, bitta
niuhitda (hududda) yashaydi, bir-biriga zarar ham foyda ham keltirmaydi. Bularga korall poliplar, ignaterililardan-dcngiz yulduzlari va dengiz
nilufarlari misol boMadi.
II. Antogonistik – qarama-qarshi munosabatlar. Bunday munosabatda birga yashovchilami bittasi ikkinchisiga zarar keltiradi. Bularga
yirtqichlik hamda parazitlik misol bo‘ladi.
Parazitlar parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi.
Yirtqich bilan parazit bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt
o‘z o4ljalaridan kuchli boMib, ulami o‘ldirib to‘liq yoki qisman iste’mol
qiladi (masalan, bo‘ri bilan qo‘y). Parazit esa o‘z xo‘jayiniga nisbatan
kuchsiz, shuning uchun uni o‘ldirishga kuchi yetmaydi, faqatgina

kasallantiradi. U o‘z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha yashab,
uning hisobiga hayot kechiradi.
Щ. Simbios — o‘zaro foydali munosabatlar. Simbiozning ma’nosi
«sim»-birga, «bios»-hayot (tirik), birgalikda yashovchilami ikkalasi
ham bir-biridan ma’lum darajada foydalanadi. Simbios juda murakkab
boMib, bir nechta ko’rinishi mavjud. Hatto bin ikkinchisisiz yashay
olmaydi. Boshida bunday birga yashash faqat birga yashovchilaming
bittasi uchungina zarur bo‘lib qoladi, chunki uni o‘zi mustaqil ravishda
tashqi muhit bilan aloqa bog‘lay olmaydi.
Simbioz ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlai* o‘rtasidagi juda murakkab bogUanishlami ifodalaydi. Masalan, termitlarning
icha-gida xivchinlilardan – gipermastiginalar yashaydi. Termitlar
laboratoriya sharoitida xivchinlilardan tozalanganda parazitlar darhol
o‘lgan. Parazitlari bor termitlar va parazitlardan tozalangan termitlar bir
xil sharoitda kuzatilganda, oziqa yetarli, sharoit qulay bo‘lganda
parazitlari bor termitlar 1,5 yilgacha yashagan, parazitlardan tozalangan
termitlar esa atigi 10-14 kungina yashab, keyin ular o‘la boshlagan.
Tirik qolganlarini olib, suniy parazitlar bilan zararlantirilganda ular
yashab ketgan. Shu yo‘l bilan termitlami, xivchinlilar bilan tabiiy
sharoitda simbioz holda yashashi isbotlangan, ya’ni termitlar yog‘och
mahsulotlari bilan oziqlanadi, xivchinlilar esa klechatkani parchalaydi.
Simbiozning yana bir ko- nnishi sinoykiya (sin-birga, oikos-uyjoy). Bu shunday birga yashashki, ikkala birga yashovchi hayvonlar birbiriga nisbatan betaraf bo6lishi mumkin, yoki ulardan biri ikkinchisidan
foydalanadi, lekin unga hech qanday zarar keltirmaydi. Shunday qilib
birga yashovchilardan biri ikkinchisiga sust ravishda xizmat qilib, o‘zi
uchun bunday birga yashashdan hech qanday manfaat ko‘rmaydi.
Ba’zan birga yashovchilami biri o‘zini tanasini kichikligi tufayli
yoki juda sust harakatchanligi tufayli ikkinchi birga yashovchining tanasi ustiga chiqib olib, uni yo Idoshi sifatida yashaydi. Bunday murtosabat
kocrinishlarini umumiy termin bilan «ijara (kvartirant)» deb ifodalash
mumkin. Ijara yashashni bir nechta ko‘rinishlari mavjud.
1. Oddiy ijara — xo‘jayin tanasida yoki uning ta’sir doirasida
yashaydi. Ijarada birga yashaganda bir organizm ikkinchisidan uy sifatida foydalanadi. Masalan, gorchak balig‘i o‘z ikralarini ikki pallali
mollyuskalardan-tishsizlaming mantiyasi ichig’a qo‘yib, dushmanlaridan
himoya qiladi yoki juda kichik Fiyerasfer baliqlari, biron bir xavf
tugMlganda meduzalaming soyabonlari ostiga yashirinadi.

2. Epioykiya – ijaraga yashovchi xo‘jayin tanasi ustiga o‘tirib olib,
undan transport vositasi sifatida foydalanadi. Masalan, Sirripeda
nvlodiga mansub qisqichbaqasimonlar kit va akulalaming tanasi ustiga
yopishib olib ulardan transport sifatida foydalanadi, o‘zlari esa
planktonlar bilan oziqlanadi yoki yopishqoq baliq orqa suzgichi bilan
akulaga yopishib passiv harakat qiladi va akulalardan qolgan oziqlar
hisobiga yashaydi. Bunda yopishqoq baliq akulalar hisobiga boshqa
joylarga tarqaladi, bunga epioykiya deb ataladi.
3. Entoykiya – xo‘jayinga o‘tirib olish bilan birga, uni hisobiga
oziqlanishga o‘tadi. Masalan, Ammotidae oilasiga mansub baliqlar
goloturiyalarning suvli o‘pkalarida yashaydilar, lekin ular ba’zida suvga
chiqib mayda qisqichbaqasimonlar bilan ham oziqlanishi mumkin.
Sinoykiyaning asosiy ko‘rinishlaridan yana biri bu kommensalizmdir. Kommensalizm ko‘rinishdagi munosabatda bir organizm ikkinchi organizmdan qolgan keraksiz oziq hisobiga yashab unga zarar qilmaydi. Bunga sinoykiya deyiladi, ya’ni synoikia yunoncha yashash joyi
demakdir. Masalan, kichkina halqali chuvalchang zohid qisqichbaqa
joylashib olgan molluska chig‘anoqlarida yashab, qisqichbaqadan
qolgan ozuqa hisobiga oziqlanadi. Sutemizuvchilar ichagida yashovchi
bir hujayralilar (kipriklilar), ichakdagi bakteriyalar, zamburug‘lami yeb
hayot kechiradi.
Mutualistik munosabatlarda ikki xil’turga mansub boMgan birga
yashovchilar, ikkalasi ham bir-biridan foyda ko‘rib yashaydi. Masalan,
krablar qisqichli oyoqlariga aktiniyalarni yopishtirib oladi. Aktiniyalarning otiluvchi hujayralaridan himoya sifatida foydalanadi. Aktiniyalar
esa o‘troq hayot kechiradi va krab yordamida bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chib oMadi.
Parazitlam i xo‘jayinlari bilan bog‘lanish shakllari. Ba’zi erkin
yashovchi organizmlar turli tasodiflarga ko‘ra boshqa organizmlarga
tushib qolib, yashab ketish hodisasiga fakultativ parazitizm deyiladi.
Fakultativ parazitizm parazitlami kelib chiqishini o‘rganishda muhimdir.
Erkin yashovchi organizmlar parazitlikka o‘tishida ulaming tuzilishi va fiziologiyasida o‘ziga xos xususiyatlar hamda ma’lum sharoitlar
mavjud boMishi shart. Masalan, xo‘jayinlami hazm shirasi ta’sir
qilmaydigan mustahkam teri qoplamiga ega bo‘lishi, anaerob sharoitda
yashay olishi kerak.
K.I. Skryabin tajribalarida shaxtyorlarni kaproanaliz qilish natijasida ulardan erkin yashovchi nematodalar (Rhabditis) ni topgan. Nematodalaming rhabditis avlodida ana shu xususiyatlar mavjud. Natijada,

shu xususiyati ulami erkin formalarini (Rhabditis) odam parazitiga
aylanish imkonini beradi. Demak, parazitlar fakultativ yo‘I bilan ham
paydo bo‘ladi.
Kamdan-kam hollarda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda
ayrim organizmlar evolyutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi
organizm tanasiga tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida
yashayolmaydi (masalan, yomg‘ir chuvalchangi umurtqali hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin), turli pashsha, chivinlaming lichinka
yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib qolsa, turli kasallik
belgilarini keltirib chiqaradi (ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va
hokazo).
Chuchuk suvda yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun
yirtqich, lekin sutemizuvchilar uchun esa parazit hisoblanadi.
Parazitlar xo‘jayin organizmida yashash muddatlariga qarab vaqtinchaiik va statsionar (doimiy) parazitlarga bo’linadi. Vaqtinchaiik
parazitizmda – parazit xo‘jayin organizmida vaqtinchaiik yashaydi,
normal oziqlanadi, lekin rivojlanib ko’paymaydi. Bunda parazit va
xo‘jayin o’rtasida garmonik bog’lanishlar bo’lmaydi. Parazit faqat oziqlanish vaqtida xo’jayinga tashlanadi. Bularga ko‘pgina qon so’ruvchi
ektoparazitlami misol qilib ko‘rsatish mumkin(chivinlar, pashshalar,
kanalar, qandalalar, zuluklar va boshqalar). Statsionar parazitizm ikkiga
bo‘lib o’rganiladi. Davriy va doimiy. Davriy parazitizmda – organizmlaming rivojlanish sikllarida parazitizm gallanadi. Ayrim organizmlar
lichinkalik davrida parazit (larval parazitizm, m: mermitidalar). Ayrimlari esa voyaga yetgan davrida(imaginal) parazitlik qiladi (M: nematodalardan-Strongilidalar).
Doimiy parazitizmda parazit tashqi muhitga chiqmaydi. Rivojlanishning hamma bosqichlarini xo‘jayin tanasida o‘tkazadi (bitlar,
junxo‘rlar, parxo‘rlar, qichima kanalari va boshqalar).
Shuningdek, obligat hamda fakultativ xo’jayinlar ham uchraydi.
Rivojlanishi uchun qulay sharoit bo‘lgan organizm parazitning obligat
yoki haqiqiy xo’jayini hisoblanadi. Jigar qurtining haqiqiy xo’jayini
qo‘y), aksincha parazitning rivojlanishi uchun qulay sharoit yetarli
boMmagan organizm fakultativ xo’jayin deyiladi (o‘rdaklarda drepanidoteniylar).

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda