CHORVA MOLLARINI URCHITISH FANINING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

CHORVA MOLLARINI URCHITISH FANINING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Chorvachilik  –  xalq  xo`jaligining  muhim,  ajralmas  tarmog`idir.  Chunkichorvachilik mahsulotlari aholining go`sht, sut, tuxum, asal mahsulotlariga bo`lgan talabini,  sanoatning  esa  jun,  teri,  parranda  patiga,  dehqonchilikning  o`g`itga bo`lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Agar  O`rta  Osiyoda  chorvachilikning  rivojlanish  tarixiga  nazar  tashlasak, unda  qadim  zamonlardan  buyon,  ya`ni  bronza  davrida  qoramollar  urchitib kelinganligi ta`kidlanadi.  Masalan:  XVIII  asrda  Qoraqalpoq  o`lkasida  qoramolchilik  rivojlangan. Кeyinchalik  1927-30  yillarda  sovxoz  kolxozlarning  tashkil  qilinishi, chorvachilikda  keskin  o`zgarishlarga  olib  kelgan.  1930  yilda  O`zbekistonda birinchi chorvadorlar s`ezdi bo`lib o`tgan.  Xozirgi  vaqtda  O`zbekiston  chorvadorlari  oldida  turgan  muhim  vazifa

o`zimizda  ishlab  chiqarilayotgan  chorva mahsulotlarining samaradorligi, iqtisodiy

ko`rsatkichlarini yaxshilab xalqimizni ta`minlashdir.

Dehqon  xayotini  mustaxkamlash,  mustaqil  erkin  –  dehqon  (fermer)  xo`jaligidagi

yirik  saloxiyotini  O`zbekiston  aholisini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  to`liq

ta`minlay  olishga  yo`naltirish  –  bugungi  kunda  tadbirkorlik  faoliyatining  bir

ko`rinishi bo`lgan dehqon (fermer) xo`jaliklarini rivojlantirish siyosatining asosini

tashkil etadi.

Respublikamizda  faoliyat  ko`rsatayotgan  dehqon  (fermer)  xo`jaliklarining

soni  120  mingdan  oshib  ketdi.  Prezidentimiz  va  hukumatimiz  tomonidan  dehqon

(fermer)  xo`jaliklarini  rivojlantirish  bo`yicha  ko`pgina  farmon  va  qarorlar  qabul

qilingan.

Ma`lumki,  chorvachilikning  nazariy  asoslarini  –  zootexniya  fani  hal  qilib  beradi.

Zootexniya  atamasini  birinchi  marta  fransuz  olimi  J.Bolsman  1768  yilda

adabiyotda  qo`llagan.  Zootexniya  so`zi  lotincha  «Zoo  »  –  hayvonot  ,  «texniya»  –

mahorat  ma`nosini  anglatadi.  Demak,  zootexniya  fani  hayvonlardan  yuqori

mahsulot  olish  maxoratini  o`rgatadi.  Zootexniya  fani  o`z  navbatida  iqtisodiyot,

veterinariya, agronomiya, biologiya fanlari bilan chambarchas bog`liqdir.

 


 

Shunday  qilib,  chorva  mollarini  urchitish,  hayvonlarning  mavjud  zotlarinitakomillashtirish,  yangi  sharoitga  moslashgan  iqtisodiy  samara  beradigan  yangi

tiplarini  barpo  etish  haqidagi  ta`limotlarini  o`rgatuvchi  fandir.  Fanning  tarixiga

nazar  tashlaganimizda  A.G.Orlov,  V.I.Shashkin,  S.P.Bestujev,  P.D.Mazoev,

V.Bekvel,  M.M.Bushuev  kabi  seleksionerlarning  tug`ma  mahoratiga,  sezgirligiga

tayangan  «zavod  san`ati»  va  davr  taqozosi  bilan    rivojlanib  borib  genetika,

fiziologiya,  bioximiya,  sitalogiya  fanlariga  asoslangan  «Chorva  mollarini

urchitish» degan mustaqil fanga aylandi.

Fanning  asosiy  maqsadi  hayvonlarning  mahsuldorlik  va  irsiy  belgilarini

yaxshilashdan iboratdir. Bu  esa o`z  navbatida tanlash, juftlash  va olingan  avlodni

maqsadga muvofiq ravishda o`stirish orqali amalga oshiriladi.

Hayvonlarning  individual  rivojlanishini,  eksterer,  interer,  konstitusiyasini,

mahsuldorligini  va  uni  hisobga  olishni,  nasldor  mollarni  kelib  chiqishiga  qarab,

avlodning  sifatiga  qarab  baholashni,  zot  haqidagi  ta`limotni,  mollarni  urchitish

usullarini  o`rganish  ham  mazkur  fanning  maqsadiga  kiradi.  Bundan  tashqari

mollarning  mahsuldorlik  ko`rsatkichlarini  oshirishdan  tashqari  ulardan  olinadigan

mahsulot sifatini yaxshilash ham muhim ahamiyatga ega.

Chorva mollarining serpushtligini oshirish, konstitusiyasini mustahkamlash, sanoat

texnologiyasi  asosida  mahsulot  ishlab  chiqarishga  moslashtirish,  ulardan  uzoq

muddatga  foydalanish  ham  asosiy  vazifalar  qatoriga  kiradi.  Hozirgi  zamonda

seleksionerlar  EHM  lardan  foydalanishni,  keng  ko`lamda  seleksiya  ishlarini  olib

borishni  ham  bilishi  kerak.  Chorva  mollarini  urchitish  fanini  bilish  uchun

genetikaning  irsiyat  va  o`zgaruvchanlik  ta`limotiga,  biotexnologiya  fanining

hujayralar injeneriyasi, embrionlarni ko`chirish usullarini ham yaxshi bilishi kerak.

Uy  hayvonlarini  takomillashtirishni  o`rganish  o`sha  hayvonning  belgilarini,

alomatlarini  takomillashtirish,  o`zgartirishga  va  boshqarishga  yordam  beradi.

Qishloq  xo`jalik  hayvonlarining  kelib  chiqishi  va  ularni  xonakilashtirish

ta`limotiga  E.A.Bogdanov,  S.N.Bogolyubskiy,  E.F.Liskun,  V.V.Кovalskiy  va

boshqalar katta hissa qo`shdilar.

 


 

Ibtidoiy jamoa tuzumidagi odamlarning yashash sharoiti, hayvonlarni qo`lgao`rgatishga  majbur  qildi.  Barcha  turdagi  hayvonlar  ham  tezda  qo`lga

o`rganavermagan.  Xonakilashtirish  uzoq  davom  etgan  murakkab  jarayondir.

Masalan,  mavjud  8  mingdan  ortiq  turdagi  sut  emizuvchilardan  faqatgina  60  tasi

xonakilashtirilgan.  Hayvonlarning  kelib  chiqishini  va  evolyusiyasini  o`rganish

uchun quyidagilarni aniqlash lozim:

1.  Uy  hayvonlarining  zoologik  tizimda  tutgan  o`rni.  Buning  uchun  anatomik  va

genetik taqqoslash usuli qo`llaniladi.

2.  Xonakilashtirish  davrida  va  keyingi  yaxshilanish  jarayonida    kechgan

o`zgarishlarning sabablari;

3. Xonakilashtirish makoni va  zamoni. Buning uchun poleonalogik va  arxeologik

qazilmalardan, g`orlardan, xalq og`zaki ijodidan foydalaniladi.

4. Uy hayvonlarini tarqatish jarayonini o`rgatish.

5. Uy hayvonlarining yovvoyi ajdodlarini izlab topish.

Taxminlarga  ko`ra  hayvonlarni  xonakilashtirish  eramizdan  8  –  10  ming  yil  ilgari

boshlanib,  tosh  asriga  to`g`ri  keladi.  Hayvonlarni  xonakilashtirish,  ovchilik

manbalarining kamayishi, odamlarning qabila va elat bo`lib yashash sharoiti bilan

bog`liq.

Olimlar hayvonlarni xonakilashtirishning 6 ta o`chog`ini aniqlaganlar:

1.  Hindi-Xitoy  yarim  oroli  cho`chqalarni,  buyvollarni,  o`rdaklarni,  tovuqlarni,

g`ozlarni xonakilashtirish makoni hisoblanadi.

2.  Hindistonda  esa  buyvollar,  gayallar,  zebular,  asalarilar  xonakilashtirilgan  deb

taxmin qilinadi.

3. Кichik Osiyo, Кavkaz, Eronda yirik shoxli mollar, yilqilar, qo`ylar, cho`chqalar,

tuyalar xonakilashtirilgan.

4. O`rtaer dengizi atrofida qoramollar, otlar, qo`ylar, echkilar, quyonlar, g`ozlar.

5.  Janubiy Amerikada kurkalar.

6. Afrikada eshaklar, cho`chqalar, itlar, mushuklar xonakilashtirilgan.

 


Xonakilashtirish  jarayoni  o`z  navbatida  ikki  bosqichga  bo`linadi.  Birinchi 

bosqichda qo`lga o`rgatish va  ikkinchi bosqichda xonakilashtirish.

Inson  nazorati  ostida  urchitilib,  ularning  go`shtidan,  sutidan,  junidan,  tuxumidan

kundalik  hayotda  foydalanilsa,  uy  hayvonlari  deyiladi.  Uy  hayvonlarini

takomillashtirish  jarayonida  inson  mehnati  asosiy  rol  o`ynaydi.  Lekin  hamma

qo`lga  o`rgatilgan  hayvonlar  ham  uy  hayvoni  bo`lavermaydi.  Qo`lga  o`rgatilgan

hayvon  uy  sharoitida  ko`paymaydi.  (Masalan:  Xindiston  fili.).  Qo`lga  o`rgatilgan

hayvonlarda yovvoyilik alomatlari to`liq saqlanib qoladi.

Hozirgi davrda ham qo`lga o`rgatib, uni qo`ylar bilan chatishtirish natijasida

qozoqi  arharo-merinos  keltirib  chiqarildi.  O`zbekistonning  ot  zavodlarida

qulonlarni  qo`lga  o`rgatish  tajribasi  ijobiy  natija  bergan.  Eng  birinchi  qo`lga

o`rgatilgan hayvon itdir.

Undan  keyin  qo`ylar,  echkilar,  cho`chqalar  qo`lga  o`rgatilgan.  Qishloq  xo`jalik

hayvonlari deganimizda, qishloq xo`jaligining biron tarmog`ini tashkil etib, uning

mahsulotidan inson ehtiyoji uchun foydalaniladigan uy hayvonlari tushuniladi.

Qishloq xo`jalik hayvonlarining kelib chiqishi.

Qoramollar:  Кelib  chiqishiga  qarab  ikkita  turga  bo`linadi.  Buqasimonlar

(BOS)  va  buyvollar  (Bibalis).  Buqasimonlar  o`z  navbatida  4  ta  turga  bo`linadi.

Xususiy qoramollar (Bostaurus), yaklar (Bospoefgus), bizonlar (Bosbison).

Xususiy qoramollarning yovvoyi ajdodi deb ko`pchilik olimlar turni hisoblaydilar.

Turning  asosiy  vatani  Evropadir.  Bundan  tashqari  tur  Sibir,  Xitoy,  Shimoliy

Afrika,  Suriya,  Falastinda  ham  uchragan.  Turlar  8-10  tadan  botqoqliklarda,

cho`llarda,  daryo  irmoqlarida  yashagan.  Turning  eng  so`nggi  vakili  1927  yilda

Polsha qo`riqxonasida halok bo`lgan.

Turlar 800-1200 kg keladigan, qarchig`ay balandligi 200 sm, muskuldor, shoxdor,

qora  qo`ng`ir  tusli  hayvon.  U  juda  baquvvat  bo`lganligi  uchun  xalq  o`z

qaxramonlarini tur deb ulug`laganlar.

Zebu  (Bostaurus  indicns).  Zebularning  ikkita  tipi  (Xindiston  va  ariviy)

mavjud.  Uning  eng  harakterli  xususiyati  qarchi-g`ayida  o`rkachning  borligidadir.


Shu  o`rkachda  ozuqa  moddalari  zaxira  holda  saqlanadi.  Zebu  issiq  sharoitga 

moslashgan, suti quyuq.

Hindiston peshonador buqalari (banteng, gaur, gayal). Banteng o`rta bo`yli,

keng peshonali, yo`g`on shoxli, tojdor, muskuldor hayvon Hind-Xitoy, indoneziya

sho`rxok  erlarida  yashaydi.  Gaur  –  jungli  o`rmonlarida  yashab  tirik  vazni  1000

kggacha, qarchig`ay balandligi 200 smgacha keladi. Gayallar Vetnamda yashaydi,

suti yog`dor.

Yak-Qo`toslar. Baland tog`larda yashaydi. Vatani Tibet tog`lari, yovvoyi va

qo`lga  o`rgatilganlari  bor.  Uning  asosiy  xususiyatlaridan  biri  tanasining  pastki

qismi  qalin  jun  bilan  qoplangan.  Qoplovchi  junlar  uzunligi  70-90  sm.  Bundan

tashqari, yaklarga ko`krak umurtqalari juda yaxshi rivojlangan. Erkaklari 340-400

kg,  urg`ochilari  230-280  kg,  sutdorligi  500  kg,  yog`dorligi  7-9%.  Transport

vositasi uchun foydalaniladi. Qoramol bilan chatishtirishdan olingan erkaklari nasl

bermaydi, urg`ochilari nasl beradi.

Buyvollar (Bubalus dadelus) – ikki ko`rinishi mavjud – a) Osiyo buyvoli, b) Aziya

buyvoli.

Yilqilar asosan Prjevalskiy otlaridan tarpanlardan kelib chiqqan.

Qo`ylar  muflonlar,  arharlar,  argalidan  kelib  chiqqan.  Cho`chqalar  yovvoyi

kabanlardan kelib chiqqan.

Tuyalar. Ikki o`rkachlisi baktrianlarga, bir o`rkachlisi promeparlarga bo`linadi.

Xonakilashtirish jarayonida hayvonlarning tashqi qiyofasi, tusi, jussasi, tirik vazni,

mahsuldorligi chidamliligi o`zgardi. Masalan, otlarda xo`jalik tipiga qarab ularning

ekstererida o`zgarishlar kuzatiladi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda