ERGONOMIKA ASOSLARI

ERGONOMIKA ASOSLARI

Ergonomika-(grekcha so’z bo’lib, “ergon’-ish va “nomos”-
qonun degan ma’noni anglatadi.) ilmiy fan bo’lib, ishda insonning
mehnat faoliyati imkoniyatini o‘rganadi hamda inson mehnati uchun
qulay shart-sharoit va kerakli o’ng’ayliklarning qonuniyati va uni
ro’vobga chiqarishni ma’lum qiladi.
Ergonomika insonning maqsadga muvofiq aniq ko’rinishdagi
faoliyatini yangi texnikaga bog’lagan holda loyihalashtiradi.
Ergonomika fan sifatida bir necha o’n yilliklar oldin paydo
bo‘ldi, lekin uning manbai ibtidoiyjamoa tuzumi davriga borib taqaladi, o‘shadavrdagi mehnat qurollarini insonning tabiiv o’lchamli
a ’zolariga moslab, sifatini o’zgartirish asosiy maqsad qilib olingan
edi.Qurollarning inson ehtivojiga mosligi hayot-mamot masalasi
bo’lib, agar u qurol yaratib, uni o’z o’rnida ishlata olmasa, tez orada hayotda bitta yomon konstruktor kam bo’lib. qolardi.
Maxsus tanlangan toshlar, suyak qoshiqlar. sodda qurollar va
idish-tovoqlarni inson va muhit o’zaro aioqasi orqali maxsus bilib
qilgan harakat natijasi deb hisoblash mumkin.
Ibtidoiy davr bilan hozirgi vaqtning o’zaro farqi asosan uning
murakkablik darajasidadir. Bu murakkablik ergonomika mavjudligining asosi hisoblanishi ham shundandir.
Qadimiy asboblarning konstruksiyasi va shakli hozirgi zamon
talablariga javob berishi lozim. Mehnat quroli ko’p avlodlarning
amaliy faoliyati jarayonida savqallanib. mukammallashgan.

O’tgan XIX asr 70-yillarining o’rtasida dastgoh yaratish uchun
an’ana. tajriba va chama. taxminlarga asoslanar edi.
Bug’ dvigatelining texnikasi uning nazariyasidan yarim asrga
ilgarilab ketdi.
Nafaqat uzoq o‘tmishdagi mohir hunarmandlar, balki hozirgi
kundagi muhandis konstruktorlar ham fahm-farosat va tajriba bilan olgan bilimlari bilan ruhiy-fiziologik qonunlarga asoslangan
holda yengil boshqariladigan, ishlatishga qulay mashinalarni loyihalashtirdilar.
Qo’l bilan boshqariladigan birinchi konstruktiv tomondan takomillashmagan uchuvchi apparatlarda, qiyin holatlarda xatolardan kafolatlanish uchun ular uchuvchining mantiqiy harakatiga
moslashtirilgan edi.
Uchuvchi yuqoriga. balandlikka ko’tarilishi uchun dastakni
“o ‘ziga”, quyiga tushirmoqchi bo’lsa, “o ‘zidan” tortishi kerak edi.
Murakkab texnik tizimi bilan qurollangan zamonaviy ishlab
chiqarishi insondan g’ayritabiiy holatlarda hamda ruhiy-fiziologik
imkoniyat chegarasida ishlashga majbur qiladi. Bunda inson mazkur tizimning samarali ishlashiga javob berishi kerak.
Insonning imkoniyati qurollarining rivojlanishi natijasida kengayadi, lekin ba’zi paytlarda u murakkablashib ketganligi (tuzilishi
va ishlashi) va oqilona loyihalashtirilmaganligi sababli undan foydalanish qiyinlashadi. Natijada ruhiy-fiziologik xususiyatli ishlovchi odam uchun mashinaning konstruksiyasi va uning ishlash sharoitini aniq ishlab chiqarishda muvofiqlashtirish masalasi turadi.
Boshqacha aytganda, mashina inson uchun har tomonlama qulay
boiishi kerak. Bu yerda dizayner o’zining ruhiy-fiziologik xususiyatlari-mayli. nafratiga tayanib emas. balki u inson bo‘la turib, bor
obyektiv ergonomik tadqiqotlarga asoslanib, hamma odamlar uchun
mos boigan asbob-uskunalar yaratishi kerak (shundan b o isa kerak. ba’zi bir stol, stullarning bo’yi baland yoki juda tor samolyot
kabinalari paydo bo4adi).

“Ergonomiya” atamasi 1857-yilda polshalik tabiatshunos Voytex
Yastshembovski tomonidan “Ergonomiyadan ocherklar yoki tabiat
bo’yicha fan qonunivatlariga asoslangan, ish to’g’risidagi fan”
nomi bilan e ’lon qilgan maqolasida birinchi bor tilga olindi.
Ilmiy ish nazariy tadqiqot bo’lib, unda inson ish faoliyati modelini tuzishga harakat qilinib. tabiat qonunlariga suyangan holda
taqdim etilgan.
Mehnat faoliyati bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqot birinchi qadam bo’lib, uni Tevlor nomi bilan bog’lashadi va u yirik mashina
ishlab chiqarish davriga to’g’ri keladi.
Teylor ishlovchilarning sodda operatsiva va standart harakatlar
bilan bog’liq ish vazifalarini taqsimlash kerak ekanligini dalillar
bilan isbotlavdi.
Teylor boshlab bergan ishni F.GiTbert davom ettiradi va universal mikroharakatlar (“terbliglar”) ya’ni, turli harakat va har qanaqa
operatsiya ketma-ketlikdan iborat bo’lishi kerak degan g’oyani ilgari suradi.
Ford zavodida esa ish faoliyati nihoyatda soddalashtirildi.
Teylor tizimi doirasida “injenerlik loyihalash” konsepsivasi tug’ilib
u amaliyotga tatbiq etilishi, ish usulini ish boshlamasdan oldinloyihalashjarayonida o’rganishga o’tish kerakligini isbotlab beradi.
Birinchi jahon urushi va unga bog’liq harbiy sanoatning
to’xtovsiz rivojlanishi natijasida ish kunining 13-14 soatga uzaytirilishi unda ishlovchi ishchilarning nihoyatda horishi jarayonini
tezlashtirdi.
Charchoq orqasidan jarohatlanish xavfi ham nihoyatda kuchaydi.
Holat juda jiddiylashganligi sababli 1915-yilda Angliyada harbiy sanoatda band ishchilar sog’lig’ini o’rganuvchi Qo’m itatuzildi.
Urushdan keyin esa qo’m ita sanoat ishchilarining sog’lig’ini
o’rganuvchi Kengash bilan almashinib. unda fiziologlar, ruhshunoslar, vrachlar va muhandislar faoliyat ko’rsatdilar.

Ular ishchi gavdasining turish vaziyatidan tortib, to ishlab
chiqarishda xizmat musiqalarigacha bo’lgan keng muammo doirasini o’rgandilar.
1920—1930-yillarda fiziologiya, ruhshunoslik va mehnat gigiyenasi jadallik bilan rivojlanib, industrial ruhshunoslik paydo bo‘ldi.
1920-yilda M.V.
Bexterevning shogirdi V.N.Myasishchev boshqacha fan
– !’Ergologiva”ni yaratish fikri bilan chiqdi.
“Boshqacha fan” deb ajratilishini asoslash uchun, birinchidanumuman bironta mavjud fanlarda mehnat faoliyati o’rganilmaydi.
ikkinchidan, birorta mavjud fanlar chegarasi, hadiga sig’maydi,
uchinchidan esa, bu kerakli, muhim fan hisoblanadi.1
Ikkinchi Jahon urushi fanlararo tadqiqot olib borish uchun katta
turtki hisoblandi.
Armiyaga kelib tushgan murakkab harbiv texnikadan foydalanish samara bermav qo‘ydi, chunonchi. xizmat qiluv chi xodimlarga
shunday talablar qo’yildi-ki, u insonga qo’yilgan ruhiy-fiziologik
talablardan ham oshib ketdi, natijada insonning qobiliyat chegaralarini hisobga olgan holda ‘‘ishni insonga” moslashtirish lozim
bo‘lib qoldi (radar texnikasi, yuqori tezlikli aviatsiya).
Yaponiyada ergonomikaning yuqori darajada rivojlanishi ayniqsa, Ikkinchi Jahon urushidan so’ng sodir bo’lib, sanoatning gurkirab o’sishi, ishlab chiqarishni yuqori texnik darajada qurollantirish
orqali amalga oshirildi.
1961-yilda xalqaro ergonomik tashkilot tuzilib, u 30 dan ortiq
mamlakatlarni o’z atrofiga birlashtirdi.
Mamlakatimizda alohida fan sifatida u 1950-yillardan boshlab
rivojlana boshladi va hozirgi paytda birorta dizavn yechimi aniq
ergonomik dalillarga asoslanmasdan hayotga tatbiq etilmaydi.
Mehnatga qulay sharoit varatish faqat texnikaga bog’liq
bo’lmasdan. insonning ish jarayoniga bosimning ko‘tarilishi va
tushishi. shovqin. tebranish-titrash. havodagi kimyoviv zarralar
ham ta’sir qiladi. Shuning uchun varatilayotgan mashina nafaqat
unga. balki ‘‘inson mashina atrof-muhit” tizimiga bo’lgan talabni
e’tiborga olishi lozim.
Bunday yondashish texnik sohalar hamda inson va uning melinat
faoliyati haqida fan bilan uzluksiz aloqa qilish shartini qo’yadi.
Ergonomika: ruhshunoslik. tibbiyot. fiziologiya, antropometriya. biologiya. nevrofiziologiya. optika. kimyo. fizika, termodi –
namika. yorug’lik texnikasi. pedagogika. sotsiologiva, iqtisod va
dizayn. ya’ni “inson omili” kabi fanlarga bevosita suyanadi va
o’zaro ta’sirda bo’lib. sanoat va turmush jihozlarini loyihalashda
hamda sanoat estetikasi masalalarini hal qilayotganda hamisha hisobga oladi.
O ‘ziga xos ayrim insonlar va sanoat mahsuloti sifati orasida 3 ta
asosiy uyg’unlik, moslik mavjud:
1. Antropometrik uyg‘unlik, moslik (anatomik xususivatlarni hisobga olish-o’lcham i. massasi, fizik kuchi, harakat imkoniyati va
boshq.)
2. Fiziologik uyg’unlik. moslik (ko’rish, eshitish, ta’m bilish xususiyati-taktli-vaznli. temperaturali. og’riq sezuvchanligi va insonning hid bilishi).
3. Estetik uyg’unlik, moslik (garm oniya-uyg‘unlashtirish. proporsiva-mutanosiblik, rang, masshtab-nisbat)
Ergonomik loyihalashtirish 2 xildan iborat.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda