HALQALI CHUVALCHANGLAR (ANNELIDES) TIPI 1

HALQALI CHUVALCHANGLAR

Этот файл можно использовать бесплатно. HALQALI CHUVALCHANGLAR ANNELIDES haqida.

Nerv  sistemasi  tanasining  oldingi  qismidagi  nerv  hujayralari  aylanib  halqumusti  va

halqumosti  yirik  nerv  tugunlarini  hosil  qiladi.  Bu  nerv  tugunlarini  halqumni  ikki  tomondan

aylanib  o’tadigan  halqa  nerv  tolalari  birlashtirib  turadi.  Halqumosti  nerv  tuguni  qorin  bo’ylab

ketadigan qorin nerv zanjiri bilan to`tashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo’g’imi to’g’risida

bittadan  kichikroq  nerv  tugunlari  joylashgan.  Hamma  nerv  to’gunlaridan  teriga  va  ichki

organlarga nervlar chiqadi. Shunday qilib, yomg’ir chuvalchangining nerv sistemasi oq planariya

va  askaridanikiga  nisbatan  ancha  murakkab  tuzilgan  bo’lib,  halqumusti    va  halqumosti  nerv

tugunlaridan,  qorin  nerv  zanjiridan  hamda  ulardan  chiqadigan  nerv  tolalaridan  iborat.

Sezgi organlari va refleksi – maxsus sezgi organlari bo’lmaydi, lekin u yorug’lik, hid, harorat, kimyoviy

va  ta’sirlarni  yaxshi  sezadigan  sezuv  hujayralari  bo’lib,  asosan  tananing  oldingi  tomonida

joylashgan.  Uning  teri  hujayralarida  sezuvchi  tolalari  bo’ladi.  Bu  nervlar  nerv  tugunlari  bilan

bog’langan.  Yomg’ir  chuvalchangining  refleksi  gidra  va  oq  planariyaga  ancha  murakkab  va

xilma-xil bo’ladi. Gidra yoki planariya tanasining qaysi qismiga ta’sir etsak ham tanasini bir xil

qisqartirish  bilan  javob  beradi.  Bunda  aksicha,  yomg’ir  chuvalchangi  tanasining  qaysi  qismiga

ta’sir qilsak o’sha tomoni ta’sirlanadi va u har xil harakat qiladi. Masalan, oldingi tomoniga biror

narsani  tekkizganimizda  bosh  qismini  tortib  oladi  va  boshqa  tomonga  burilib,  harakat  qiladi.

Reflekslar  yordamida  chuvalchang  o’z  ozig’ini  qidirib  topadi,  dushmanlaridan  saqlanadi,  kuchli

yorug’lik va issiqlikdan yashirinadi.

Ko’payishi –  yomg’ir chuvalchangi  germafrodit (ikki jinsli) hayvon. Juda kichik ikki jufttuxumdoni  13-  segmentda  joylashib,  14-segmentdagi  1  juft  voronkasimon  tuxum  yo’li  –

yetishgan (otalanmagan) tuxumlarini tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Ikki juft urug’doni –

urug’ qopchiqlarining ichida joylashgan. 9-13 segmentlardagi  kattagina pufaksimon qopchiqlar

uch juft katta o’simta hosil qiladi. Mazkur qopchiqlarga ajralib chiqqan urug’ (spermatozoidlar)

shu yerda yetiladi va ma’lum vaqt saqlanib, urug’ yo’li naychalari orqali tashqariga chiqadi. Ikki

juft urug’ yo’li “voronka” lari urug’ qopchiqlarini ichida joylashgan bo’lib ularning birlashtirgan

bir  juft  naychalari  15  segmentning  qorin  tomonida  tashqariga  ochilgan.  9-10-  segmentlarda

joylashgan 2 juft “urug’ qabul qiluvchi qopchiqlar” joylashgan. Bu qopchiqlar qo’shilish vaqtida

boshqa chuvalchangdan spermatozoid olish va uni saqlashga xizmat qiladi.

HALQALI CHUVALCHANGLAR ANNELIDES. Bahorda  yomg’ir  chuvalchanglari  bosh  tomoni  bilan  qo’shilib  spermalarini  almashtirib oladi  (ularda  tuxumlardan  ancha  vaqt  ilgari  spermalar  yetiladi).  Bir  necha  kun  o’tgach,  kamar segmentlarining  atrofida,  (belbog’chasidan)  ulardan  ajraluvchi  shilimshiq  moddadan  bug’doy donasidek maxsus pilla hosil bo’ladi. “Kamar” dagi bezlar pillaning ichiga oziqli suyuqlik ajratib o’tkazadi.  Har  qaysi  pillaga  2-3  dona,  ba’zan  6-20  donagacha  tuxum  qo’yadi.  Ular  pillalarini yaxshi havo o’tkazadigan zaxroq yerga qo’yadi. Chuvalchang pilla ichiga bir qancha tuxum va ilgari  boshqa  chuvalchangdan  olgan  spermalarini  ajratib  chiqaradi.  Pilla  chuvalchang  tanasidan sirg’alib  tuproqqa  tushadi.  Tuxumlar  pillaning  ichida  otalanib  rivojlangach,  dastlab  shu  yerda ya’ni  troxoforasimon  kipriklilichinka  davrini  o’tadi  va  bir  oydan  keyin  yosh  chuvalchangga aylanadi. (odatda 1 ta pillada faqat 12 ta chuvalchang  yetishadi.) Chuvalchanglar bir necha  yil yashaydi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda