HASHAROTLAR KLASSIFIKATSIYASI

HASHAROTLAR KLASSIFIKATSIYASIЭтот файл можно использовать бесплатно

Barcha tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishining o‘xshashligi
va farqiga qarab ma’lum bir guruhlarga birlashtiriladi. Shuningdek,
hayvonot olamining vakillari ham ma’lum bir sistematik guruhlarga
bo‘lib o‘rganiladi. Hozirgi kunda ular quyidagi sistematik birliklardan:
tur, urug‘ (avlod),  oila, turkum, sinf (ajdod) va tipdan iborat.
Hayvonot olamining eng kichik sistematik birligi tur hisoblanadi.
Bir turga mansub hayvonlar tashqi va ichki tuzilishi jihatdan
o‘xshash, ma’lum bir hududda tarqalgan, yashash tarzi  bir xil,
o‘zaro chatishib serpusht nasl beradi. Har xil turga mansub hayvonlar
guruhi esa o‘zaro chatisha olmaydi yoki chatishsa ham ularning nasli
pushtsiz bo‘ladi.
Sistematikada tur ikkita (tur va urug‘ ) nom bilan, turdan yuqori
sistematik birliklar esa bitta nom bilan nomlanadi.
Hasharotlar umurtqasiz hayvonot olamining bo‘g‘imoyoqlilar
ti piga  mansub sinf hisoblanadi va  o‘z navbatida    ma’lum  sistematik
guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Hasharotlarning katta guruhi turli o‘simliklarni changlantirib,
hosildorlikni oshiradi, ayrim foydali hasharotlar zararkunanda
hasharot va kanalarning miqdorini kamaytirib turadi. O‘simlik va
hayvonlarning qoldiqlarini chirindiga aylantirib tuproq hosil
bo‘lishida  ham  hasharotlar   katta   ahamiyatga   ega.   Shuningdek,i pak
tolasi, asal kabi mahsulotlar va ayrim kasalliklarni davolashda
dori-darmonlar hasharotlardan olinadi. Ammo bir qancha
hasharotlar qishloq xo‘jalik ekinlariga, yovvoyi o‘simliklarga  va
ularning mahsulotlariga turli darajada zarar yetkazadi. Zararli
hasharotlarga qarshi kurash olib borish va foydali hasharotlarni
ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish uchun hasharotlarning
sistematikasini, turkum, oila, avlod va boshqa guruhlarini aniqlash
muhim ahamiyatga ega.
Hasharotlar bosh sinfi quyidagi ikkita kenja sinfga bo‘linadi: 1.
Tuban yoki boshlang‘ich qanotsiz hasharotlar kenja sinfi. 2. Oliy
yoki qanotli hasharotlar kenja sinfi.  Mazkur kenja sinflar o‘z
navbatida  turkumlarga bo‘linadi.

Tuban yoki boshlang‘ich  qanotsiz hasharotlar kenja sinfi o‘ziga:
mo‘ylovsizlar yoki proturalar, oyoqdumlilar yoki poduralar, ikki
dumlilar  yoki di pluralar,  qildumlilar  yoki tizanurlar  turkumlarini
birlashtiradi.
Savollar
Hayvonot olamining sistematikasi qanday tartibda tuzilgan?
Hasharotlar  hayvonot olamining qaysi ti piga    mansub?
Hasharotlar bosh sinfi qanday kenja sinflarga bo‘linadi?

 

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda