HASHAROTLARNING EKOLOGIK YASHASH MAKONI VA HAYOTIY SHAKLI QIYOFASI

HASHAROTLARNING EKOLOGIK YASHASH MAKONIЭтот файл можно использовать бесплатно

HASHAROTLARNING EKOLOGIK YASHASH MAKONI VA HAYOTIY SHAKLI QIYOFASI haqida.

Entomologiya (lotincha: — hasharotlar va …logiya) — hasharotlar toʻgʻrisidagi fan. Hasharotlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ularning individual va tarixiy rivojlanishi, xilmaxilligi, yer yuzida tarqalishi, yashash muhiti bilan munosabatlari va boshqalarni oʻrganadi. Vazifasiga binoan, nazariy, yaʼni umumiy E. va amaliy E. farq qilinadi. Umumiy E. hasharotlar morfologiyasi, embriologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi, etologiyasi, entomogeografiyasi, paleontologiyasi, sistematikasi va boshqalar fanlarga ajratiladi. Bu fanlarni oʻrganish obʼyektiga binoan, yanada kichikroq boʻlimlarga ajratish mumkin. Mas, sistematika tarkibida koleopterologiya — qattiq qanotlilarni, lepidopterologiya — kapalaklarni, mirmikologiya — chumolilarni oʻrganadi.

Amaliy E.ning oʻrganish obʼyekti — qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari va mahsulotlari zararkunandalari, odam, hayvonlar va oʻsimliklarning parazitlari hamda xalq xoʻjaligida va tabiatda foydali ahamiyatga ega boʻlgan hasharotlar. Amaliy E. ham oʻz vazifasiga binoan, oʻrmon zararkunandalari (oʻrmon E.si), qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari (qishloq xoʻjaligi E.si), xonaki va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar (veterinariya E.si), odamda parazitlik qiluvchi (tibbiyot E.si) hamda odam foydalanadigan mahsulot beradigan tut va dub ipak qurti (ipakchilik), asalarni (asalarichilik) oʻrganadigan fanlarga ajratiladi.

E. fani faqat 17-asrda gollandiya olimi Ya. Svammerdamning asalari anatomiyasi va rivojlanishi (1669), italiya olimlari M. Malpigining ipak qurti anatomiyasi va rivojlanishi (1686) va F. Buonannining hasharotlar ogʻiz organlarining tuzilishi, nemis olimi I. Gedartning hasharotlar metamorfozi toʻgʻrisidagi ishlari asosida shakllandi. Shved olimi K. Linney hasharotlarning zamonaviy sistematikasiga asos soldi. U hasharotlarning 1936 turiga tavsif berib, qanotlarining tuzilishi asosida ularni 9 turkumga ajratadi va binar nomenklaturani asoslab beradi. 19-asrda ingliz entomologlari U. Kyorbi, J. Uestvud va J. Lebbok yana bir necha turkumlarni tavsiflab berishdi. Franiiya entomologi P. Laterl hasharotlarning sinf hajmidagi sistematikasini taklif etdi. 1831. Ch. Darvinnit “Turlarning kelib chiqishi” (1859) asarining yuzaga kelishi bilan hasharotlar sistematikasi filogenetik asosda tuzila boshlandi. 19-asrning 2-yarmida hasharotlar anatomiyasi va metamorfozi toʻgʻrisida yirik ishlar paydo boʻladi. Rus olimlari N.P.Vagner pedogenezni (1862), A.A.Tixomirov ipak qurtida sunʼiy partenogenezni (1886), A.O.Kovalevskiy hasharotlarda murtak varaqdarini (1869—71), P. Marshal poliembrioniyani (1898) kashf etishdi.

20-asr davomida dunyo entomofaunasi boʻyicha juda katta material toʻplandi; nazariy va amaliy E. sohasida koʻplab kashfiyotlar qilindi. 20-asr oxirlariga kelib hasharotlarning 1 mln.dan ortiq turi aniqlandi; turkumlar soni 40 ga yaqinlashdi, hasharotlar sistematikasi qayta koʻrib chiqildi va takomillashtirildi. E.da yangi va ancha nozik metodlar (elektron mikroskopiya, kariosistematika) va kompyuter texnologiyasi, sistematikada sonli taksonomiya va taksonomik taxlil qoʻllanila boshlandi (amerika olimi R. Sokal, rus olimi Ye.S.Smirnov va boshqalar). Hasharotlar fiziologiyasi, nafas olishi (daniyalik olim A.Krog), ayirish (ingliz olimi V.B.Unglsuort), sezgi organlari, qutblashgan nurni qabul qilish va unda moʻljal olish (nemis olimi K. Frish) va boshqalar masalalar keng miqyosda oʻrganila boshlandi. Hasharotlar markaziy nerv sistemasining gormon ajratishi (polyak olimi S. Kopets, 1917), tullash gormonlari—ekdizonlar (A.Butenand, 1954), hasharotlar rivojlanishini boshqaruvchi yuvenil gormon (K. Uilyams, 1956) kashf qilindi.

20-asrning 2-yarmiga kelib hasharotlar ajratadigan va ular xattiharakatini boshqaradigan feromonlarning kashf etilishi (nemis olimi A. Butenand va boshqalar) hasharotlar xattiharakatini oʻrganishga qiziqishni kuchaytirdi. 20-asr oʻrtalarida asalarilar tilining kashf etilishi (nemis zoologi K. Frish) bilan etologiya E.ning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi.

Hasharotlar ekologiyasi sohasidagi dastlabki yirik tadqiqotlar amerika olimlari V.Shelford (1913) va R. Chempen (1931) nomi bilan bogʻliq. Nemis olimi G. Blunk (1922) hasharotlarning yashash muhiti bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganadi va ularning rivojlanishi harorat bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Norvegiya biologi K. Fegri (1975) hasharotlar bilan entomofil oʻsimliklar oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni umumlashtiradi.

HASHAROTLARNING EKOLOGIK YASHASH MAKONI VA HAYOTIY SHAKLI QIYOFASI haqida.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda