HUJAYRA DIFFERENSIASIYASI MEXANIZMI

HUJAYRA DIFFERENSIASIYASI MEXANIZMI

Hujayralarning differensiallanishi. Hujayralarning differensiallanishi bu ularning orasidagi keskin sifat farqlaridir. Hujayralar orasidagi farqlar ularning bajaradigan vazifasiga bog`liqdir. Bu esa o`z navbatida hujayralarning bajaradigan fiziologik funksiyasi yoki boshqa hayotiy mahim vazifalarni bajarishga qaratilgan biokimyoviy va tuzilma xususiyatlari bilan ifodalanadi. Ularning barchasi o`simlikning u yo bu organining yoki uning o`zining ontogeneziga bog`liqdir. Masalan meristema hujayralarning ksilema to`qimalariga aylanishi hujayra sitoplazmasining ulishi va ikkilamchi devorning qalinilashishi va ligninlanishi bilan boradi

Ayrim hujayralar juda erta differensiallashadi. Masalan apikal meristemalar epidermis hujayralari. Meristemaning boshqa ko`pchilik hujayralari masalan novda va ildiz uchlari hujayralari bo`linadi va tashqi tomondan bir-biridan juda kam farqlanadi. Ammo ularning qaysi to`qimalarga ta’lluqliligi oldindan, hattoki bo`linish zonasidayoq ma’lum bo`ladi. Masalan antigenlarning immuni kimyoviy uslubida makkajo`xori murtak ildizi meristemalarida yetuk o`simlik markaziy silindri hujayralariga uxshash hujayralar kuzatilgari:

Binobarin, meristemalardagi to`qimalarga xos maxsuslik floema va ksilema elementlari shakllangunicha paydo bo`ladi. Hujayralarning bir-biridan sifatiy farqlanishida genlar faolligi differensiasiyasi jarayonlari yotadi.

O`simlik organizmining har bir vegetativ hujayrasi o`zida butun bir organizmning rivojlanishi haqidagi informatsiya`ni tutadi va ma’lum bir sharoitda u yoki bu organning, ayrim hollarda esa butun bir o`simlik organizmining shakllanishiga turtki beradi (totepotentlik xususiyati). Ammo organizm tarkibida u faqat o`z genetik xossalarining faqatgina bir qismini namoyon qiladi. U yoki bu genetik programmaning ekspressiyasining signali bo`lib fitogormonlarning bir-biriga nisbati, metabolitlar va fizik-kimyoviy omillar xizmat qiladi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda