IGNATERILILAR TIPI

IGNATERILILAR TIPI

Ignaterililar tuzilishining xilma-xilligi ulaming kelib chiqishini tushuntirishni qiyinlashtiradi. Anal tesliigining blastopor o ‘mida paydo bo’lishi, mezodermaning kelib chiqishi va nihoyat uch bo‘g‘imli lichinkasi ulami ikkilamchi og’izli hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi.
Ignaterililaming kelib chiqishini ulaming hammasi” uchun umumiy bo‘lgan diplevrula lichinkasi orqali tushuntirish mumkin. Diplevrulaning tuzilishi ignaterililaming ajdodlari ikki tomonlama simmetriyali oligomer (kam bo‘g‘imli) erkin harakatlanadigan hayvon bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ulaming og‘iz teshigi tanasining oldingi tomoniga, anal teshigi keyingi tomoniga yaqinroq joylashgan; selom bo‘shlig‘i 3 juft xaltachalarga ajralgan. Bunday gipotetik organizm faqat ignatanlilamigina emas, balki hamma ikkilamchi og’izlilaming ham ajdodi bo‘lishi mumkin.

Chunki Chalaxordalilar va Pogonoforalar voyaga yetgan davrida ham tanasi uchta bo‘g‘imdan iborat. Ayrim chalaxordalilar lichinkasi ignatanlilaming diplevrula lichinkasiga о ‘xshash bo ‘lib, selomi uchga bo‘lingan. Xordalilar, xususan lansetnikning embrional rivojlanishida ham selom uchta bo‘limdan iborat bo‘lgan davmi o ‘tadi. Voyaga yetgan hayvondan tana bo’limlari oxirgi juft selomni ikkilamchi tarzda bo ‘linishi natijasida kelib chiqadi. Bilateral erkin yashovchi ajdodlarning o ‘troq yashashga o‘tishi bilan dastlabki radial simmetriyali ignaterililar kelib chiqqan. Dastlabki hayvonlar oldingi og‘iz tomoni bilan suv tubiga yopishganligi tufayli og‘iz teshigi orqaga, ya’ni substratdan uzoqroq tomonga asta-sekin ко‘chib o‘tib, orqa tomoni oral qutbiga aylangan. Selom xaltalari ham o ‘z joyini o’zgartirib, organlarning bilaterial joylashishi o ‘miga asimmetrik joylashish kelib chiqqan.

Terida ohak plastinkalardan iborat himoya skeletining paydo bo‘lishi bilan qirilib ketgan dastlabki ignaterililardan karpoidlar(Carpoidea ) va keyinroq sharsimon ignaterililar – sistoidlar(Cystoidea)kelib chiqqan. Haqiqatan ham silur davrida keng tarqalgan sistoidlar asimmetrik tuzilishga ega bo’lgan. Ulaming oral tomoni markazida og‘iz teshigi, og‘izdan chetroqda asimmetrik tarzda anal, jinsiy va madreopor teshiklari joylashgan.

O’troq yashashga о ‘tgan hayvonlar og‘iz teshigi atrofida keyinchalik suvdan oziq zarralarini yig‘ishga moslashgan kiprikli radial ambulakral egatchalar paydo bo‘lgan. Tabiiy tanlash tufayli bu egatchalar eng qulay holatni egallagan va ulaming soni doimiy 5 ta bo‘lib qolgan. Evolyutsiya 447 jarayonida skelet plastinkalari va ichki organlaming joylashishi ham egatchalaming joylashishiga, ya’ni radial simmetriyaga moslasha borib, besh nurli simmetriya kelib chiqqan. Eng so’nggi navbatda ovqat hazm qilish va jinsiy sistemasi radial simmetriya holatiga ega bo‘lgan. Chunki hozirgi ignaterililar orasida goloturiyalar, dengiz tipritikanlari va nilufarlaming ichagi naysimon tuzilgan, goloturiyalaming jinsiy bezlari esa bitta bo‘ladi. Hozirgi ignaterililar tuzilishining bir qancha xususiyati, xususan tosh kanali, o ‘q organi va madreopor plastinkasining ekssentrik joylashishi nurli simmetriyaga mos kelmaydi.

Ignatеrililar – dеngiz va okеanlarda hayot kеchiradigan umurtqasizlar. Ko`pchiligi erkin, ayrim turlari suv tubiga Yopishib yashaydi. Ularning ko`pchiligibеsh nurli simmеtriyali. Lеkin ularning nurli simmеtriyasi ikkilamchi bo`lib, erkin suzib yuradigan lichinka ikki tomonlama simmеtriyaga ega.

Ignatеrililar tеri qoplami tuzilishi boshqa umurtqasizlarga o`xshamaydi. Chunki ko`pchilik umurtqasizlar tana qoplag`ichi bir qavat epitеliy va kutikuladan iborat. Ignatеrililar esa birinchi epitеliy qavati ostida biriktiruvchi to`qima rivojlangan. Ohakdan iborat skеlеti mеzodеrmadan hosil bo`ladi. Bu jihatdan ular xordalilarga yaqin turadi. Ignatеrililar tanasi markaziy disk va undan turli tomonga tarqalgan radial nurlardan iborat. Qorin tomonida og`iz tеshigi, orqa tomonida esa chiqaruv tеshigi va plastinkalari joylashgan.Hazm qilish sistеmasi qorin tomonida joylashgan og`iz tеshigidan boshlanadi. Oziq qisqa qizilo`ngach orqali ikki bo`lmali oshqozonga o`tadi. Oshqozondan radial nurlar bo`ylab uzun o`simtalar chiqadi. Ular hazm qiluvchi suyuqlik ishlab chiqaradigan jigar vazifasini bajaradi. Ignatеrililarning ko`pchiligi yirtqich bo`lib, har xil dеngiz umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ignatеrililar tipi dеngiz yulduzlari, dеngiz tipratikanlari, dеngiz bodringlari , dеngiz nilufarlari dеb ataladigan 4 ta sinfga bo`linadi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda