INDIVIDUAL RIVOJLANISH BIOLOGIYASI FANI PREDMETI VA USLUBLARI

INDIVIDUAL RIVOJLANISH BIOLOGIYASI FANI PREDMETI VA USLUBLARI
Individual rivojianish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy
o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.
Embriologiya fani zigotadan embrion rivojlanib tug’ilguncha bo’lgan davrda sodir
bo ladigan biologik jarayonlarni o’rganadi. Embriologiya grekcha embryo – kurtak,
murtak, embrion, logos – fan, ta’limot degan ma’noni bildiradi. Zigota grekcha
zygotes – birga qo’shilgan, degan ma’noni bildiradi. Jinsiy hujayralarning o’zaro
qo’shilib, bitta hujayra hosil qilishi zigota hisoblanadi.
Ontogenez zigota hosil bo’lishidan tabiiy o’Umgacha bo’lgan davrni o’rganadi.
Demak, embriologiya fani organizm rivojlanishining bir qismini, ya’ni
embrional rivojianish qismini o’rgansa, individual rivojianish biologiyasi fani
ontogenezning hamma qisrnini o’rganadi. Shunga ko’ra, individual rivojianish
biologiyasi fani embriologiya faniga nisbatan ancha keng ma’nodagi fandir.
Individual rivojianish biologiyasi fani 1975 yildanboshlab universitetiarning
biologiya ixtisosligida alohida fan sifatida o’qitila boshlandi. Bu nom esa yaqinda
paydo bo’ldi. Ilgarilari bu fan “Umumiy embriologiya”, “Hayvonlar
embriologiyasi”, “Solishtirma embriologiya” deb nomlanar edi.
Keying! yillarda bu fanni “Ontogenez biologiyasi”, “Ontogenetika”,
“Individual rivojianish biologiyasi”, “Rivojianish fiziologiyasi”, “Rivojianish
biologiyasi”, “Taraqqiyot biologiyasi” nomlari bilan atash tavsiya etilmoqda. Bu
nomlarriing ko’pchiligi individual rivojlanishning ayrim tomonlarini o’z ichiga
olganligi uchun hozircha “individual rivojianish biologiyasi” atamasi ko’pchilik
o’quvchilarga tushunarli bo’lmoqda.
Bu fan eksperimental embriologiya, molekulyar biologiya, genetika, sitologiya
fanlarining yutuqlari asosida paydo bo’ldi. Individual rivojianish biologiyasi
fanining vazifasi organizmlarda sodir bo’ladigan morfologik, fiziologik,
biokimyoviy, genetik jarayonlarni o’rganish, taraqqiyotni boshqarish omillari va
mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Chunki bu fan sintetik xarakterga ega bo’Ub,
ana shu fanlar yutuqlari asosida ontogenezning umumiy qonuniyatini yaratadi va
uni boshqarish yo’llarini ishlab chiqadi. 0 ltogenezni boshqarish veterinariya,
tibbiyot fanlari uchun muhim ab imiyatga ega bo’lib, yangi nav, zot va shtammlar
yaratish uchun muhim manba hisoblanadi. Bundan tashqari, gen va hujayra
injeneriyasi asosida irsiy materialni o’zgartirish va yangi formalar yaratish
mumkin. Boiimlari. Bu fan ikkita bo’limdan iborat.
I. Embriologiya, embrion taraqqiyotini o’rganadi. Bu bo’lim ham ikkita
sohagabo’linadi.
1. Umumiy embriologiya– embrion nvojlanishining umumiy qonuniyatlarini
o’rganadi va bir qancha tarmoqlarga bo’linadi:
a. Tasviriy embriologiya. U qadimdan ma’lum bo’lib, embrionning tuzilishini
o’rganadi, ya’ni tasvirlaydi.
b. Solishtirma
embriologiya

turli
sistematik
guruhlar
embrional
rivojlanishini bir-biriga solishtirib o’rganadi va tegishli umumbiologik
qonuniyatlarni yaratadi.
v. Eksperimental embriologiya – embrion rivojlanishini yoki uning ma’lum
davrlarini tajribalar asosida o’rganadi.
g. Teratologiya embrion – rivojlanish davrida sodir bo’ladigan buzilishlarni
o’rganadi.
d. Biokimyoviy embriologiya – embrion rivojlanish davrida sodir bo’ladigan
biokimyoviy jarayonlarni o’rganadi.
e. Evolyusion embriologiya – embrionning kelib chiqishi va evolyusiyasini
o’rganadi.
yo. Ko’payish biologiyasi – gametalar hosil bo’lishi, ko’payish mexanizmi kabi
jarayonlarni o’rganadi.
2. Xususiy embriologiya- ma’lum bir sistematik guruhga mansub hayvonlar yoki
o’simliklarning embrion rivojlanishini o’rganadi, odam embriologiyasi, sut
emizuvchilar embriologiyasi, qushlar embriologiyasi shular jumlasidandir.
II. Individual rivojlanish biologiyasi fanining ikkinchi bo’limi embrionning
tug’ilishidan tabiiy o’limgacha boigan davrini sitologiya, gistologiya, anatomiya,
fiziologiya va boshqa biologiya fanlari nuqtai nazaridan o’rganadi.

 

+
Manba.

 

Boshqalar o'qimoqda