IPSIMON CHUVALCHANGLAR YOKI YUMALOQ CHUVALCHANGLAR TIPI

IPSIMON CHUVALCHANGLAR YOKI YUMALOQ CHUVALCHANGLAR TIPI

Yumaloq yoki  to`garak  chuvalchanglar xilma xil muhitda hayot kеchiradigan 12
mingdan ortiq
turlarini  o`z  ichiga  oladi.  Ular  orasida  tuproqda  yoki    suv  havzalarida  erkin
yashaydigan,  hamda  odam,  hayvonlar    va  o`simliklar  tanasida  parazitlik  qiladigan
turlari bor.
To`garak chuvalchanglar  uchun xos  bo`lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat.
1.Tanasi ipsimon yoki duksimon, bo`g`imlarga bo`linmaydi.
2.Tana bo`shlig`i birlamchi bo`lib, u suyuqlik bilan to`lgan.
3.Ko`pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan.
4.Qon aylanish va nafas olish sistеmasi bo`lmaydi.
5.Ayrish  sistеmasi    o`zgargan  tеri  bеzlaridan  iborat  yoki  protonеfridiy  tipida
tuzilgan.
6.Hazm qilish sistеmasida orqa ichak va anal tеshigi paydo bo`lgan.
7.Nеrv sistеmasi ortogon tipida tuzilgan, sеzgi organlari yaxshi rivojlanmagan.
To`garak
chuvalchanglar
qorin
kipriklilar,
nеmatodalar,
kinoxrinxlar,
qilchuvalchanglar,
kolovratkalar kabi sinflarga bo`linadi.
To‘garak chuvalchanglar tanasi ko‘ndalang kesimi to‘garak shaklda, tana shakli iðsimon, ichki organlari tana boshlig‘ida joylashgan.
Dengiz, chuchuk suv va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon
va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu tiðga odam askaridasi misol
bo‘ladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka
ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda. Urg‘ochisining uzunligi 20–40 sm, erkagi
15–25 sm bo‘ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o‘xshash
egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po‘st –
kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning
elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga
chiqib ketmaydi.
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Askaridaning hazm qilish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga o‘xshaydi. Bu nay og‘iz
teshigidan boshlanib, qisqa halqum, qizilo‘ngach, o‘rta ichak hamda
keyingi ichak orqali orqa chiqaruv (anal) teshigi bilan tamom bo‘ladi. Tanasi oldingi uchida joylashgan og‘iz teshigi uchta lab bilan
o‘ralgan (21-rasm). Askarida ingichka ichakda hazm bo‘layotgan
oziqni so‘rib oladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi uning anal
teshigi orqali chiqib ketadi.

Ayirish va nerv sistemasi. Askaridaning ayirish sistemasi tana
bo‘ylab o‘tgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tananing oldingi tomonida birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi. Gavdasining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni o‘rab
olgan. Bu halqadan tana bo‘ylab keyingi va oldingi tomonga
nervlar ketadi.
Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi. Askaridaning jinsiy
sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga o‘xshash bo‘lib, tana
bo‘shlig‘ida buralib joylashgan. Urg‘ochisining jinsiy organi ikkita
tuxumdondan, erkaginiki esa bitta urug‘dondan iborat. Askarida juda serpusht: bir kecha-kunduzda 240 000 tagacha tuxum
qo‘yadi. Urug‘langan va qattiq po‘st bilan qoplangan tuxumlarini
xo‘jayini ichagiga qo‘yadi. Tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqariladi (22-rasm). Nam joyda tuxumlar ichida lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar iflos qo‘l yoki yuvilmagan sabzavot va mevalar
orqali odamning ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi.
Lichinkalar qon orqali o‘pkaga boradi; so‘ngra balg‘am bilan askaridalar maxsus dorilar yordamida haydaladi. Askaridani yuqtirmaslik uchun sabzavot, meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib iste’mol qilish hamda shaxsiy gigiyena qoyidalariga qat’iy rioya
qilish zarur.
To‘garak chuvalchanglarning kelib chiqishi. To‘garak chuvalchanglar tana bo‘shlig‘i va anal teshigining bo‘lishi, ichki organlarining
ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jarayonida qadimgi yassi
chuvalchanglar tanasida tana bo‘shlig‘i va orqa chiqaruv teshigi
paydo bo‘lgan; ulardan to‘garak chuvalchanglar kelib chiqqan.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda