KO’PAYISH

KO'PAYISH

Ko’payish a’zolarining tuzilishi
Organizmning nasi qoldirish va irsiy belgilarni avloddan¬avlodga o’tkazishni ta’minlaydigan barcha belgi va xususiyatlarijins deb ataladi. Od am ayrim jinsli organizmdir. Erkak va ayol organizmida o’ziga xos maxsus jinsiy a’zolar bo’lib, ular mazkurjinsga taaJluqli maxsus erkak va ayol jinsiy hujayralari (spermatozoid va tuxum hujayra)ni isWab chiqaradi. Bu hujayralaming bir-biriga qo’shiIishi yangi organizm bunyod bo’lishiga olib keladi.
Jinsiy a’zolar – ko’payish a’zolari ichki va tashqi qismga bo’linadi. Ichki jinsiy a’zolarga jinsiy bezlar kirib, ularda ishlab chiqariladigan gormonlar bevosita qonga quyilib, muayyan jinsga xos ikkilamchi jinsiy belgilar o’z vaqtida namoyon bo’lishini ta’¬minlaydi.
Erkaklamingjinsiy a ‘zolari. ErkakIarning ichki jinsiy a’zolariga yorg’oqqa joylashgan moyak va uning ortig’i, urug’ yo’/i, urug’ pujakchasi, prostata bezi kiradi. MoyakIar bir juft bo’lib, ular erkakIik jinsiy bezi hisoblanadi. U nda erkak jinsiy hujayralari spermatozoidlar va jinsiy gormonlar (testosteron, androsteron)
ishlab chiqariladi. Spermatozoidlar, ya’ni erkak jinsiy hujayralari ayolning tuxum hujayrasi bilan qo’shilib, yangi organizm hosil qiladi. Erkak jinsiy gormonlari esa bevosita qonga quyilib, ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo’lishini ta’minlaydi.
Ayo//arning jinsiy a ‘zolari. Ayollarning ichki jinsiy a’zolariga tuxumdon, tuxum yo’li (bachadon nayi), bachadon va qin kiradi (1-rasm). Tuxumdon bir juft bo’lib, ayol jinsiy bezi hisoblanadi. Unda ayol jinsiy hujayralari (tuxum hujayralar) va jinsiy gormon – esterogen ish lab chiqariladi.

Boshqalar o'qimoqda