QUSHLAR SINFI

QUSHLAR SINFI
Qushlar  sinfi.  Qushlar  tana  tuzilishi  jixatidan  sudralib  yuruvchilarga  juda  yaqin  bo’lib,
gavdasining  xarorati  doimiy  va  uchishga  layoqatlangan.  Qushlarning  gavdasi      xam  xuddi  sudralib
yuruvchilarniki  kabi  bosh, bo’yin, tana va oyoqlarga bo’linadi. Qushlar tarixiy taraqqiyot natijasida sudralib
yuruvchilarga  nisbatan  ancha  rivojlangan  va  ularda  progressiv    belgilar  paydo  bo’lgan.  Bu  belgilar
quyidagilardir:  1)  ko’ruv  va  eshituv  organlarining  progressiv    ravishda  taraqqiy  etganligi,  2)  gavda
haroratining  doimo  bir  xil  bo’lib  turishi,  3)  qushlarning  havoda  uchishga  nisbatan  murakkab  kompleks
moslamalarining mavjudligi.

Qushlar boshqa tip hayvonlardan farqi xam shundaki, ular uchishga moslashgan. Qushlarning
havoda  uchishga  yordam  beradigan  eng  asosiy  moslanishlari  bor.  Ular  quyidagicha:  1)  gavdasining  suyri
shaklda va oyoqlarining yengil bo’lishi; 2) oldingi oyoqlarining qanotga aylanishi, ikki oyoqda yurish layoqati
bilan  murakkab  dumg’aza  paydo  bo’lishi;  3)  havoda  oson  harakatlanishini  tamin  etadigan  va
differensiyalangan murakkab pat  qoplag’ichining yuzaga kelishi; 4) suyaklari yengil bo’lib, ichi havoga to’lib
turishi; 5) tishlarining shox tumshuq bilan almashinganligi va boshqalar. Hozirgi paytda qushlarning 8600 gaa
yaqin turi bor. Ular umurtqalilar ichida baliqlardan keyin eng ko’p sinfi tashkil etadi. Qushlar ko’p bo’lsa-da,
lekin ularning umumiy belgilari bir biriga o’xshab ketadi. Bu sinf uchta katta turkumga: 1) ko’krak tojsizlar, 2)
ko’krak tojlilar va  3) pingvinlarga bo’linadi.
 
Ko’krak tojsizlarga tuyaqushlar kiradi. Ular uchish layoqatini yo’qotgan va tamomila yugurib
yurishga  o’tib  olgan    primitiv  guruhdir.  Bu  guruhga  amerika  va  avstraliya  tuyaqushlari  kiradi.  Pingvinlar
turkumiga  pingvinlar  misol  bo’ladi.  U  uchmaydi,  lekin  juda  yaxshi  suzadi  va  sho’ng’iydi.  Pingvinlar
antarktidada  yashaydigan  va  qutb  sovuqlariga  moslashgan  qushlardir.  Lekin  sovuq  oqimi  bilan  birga  ular
ancha janubga, bazi joylarda esa ekvatorgacha boradi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda