NAMLIK VA YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI

NAMLIK VA YOG'INLARNING HASHAROTLARGA TASIRIЭтот файл можно использовать бесплатно

Harorat  va  namlikning  birgalikdagi  ta’siri

Harorat  va  namlik  tutash  birlikda  harakat  qilib,  muayyan
hududda iqlimning o‘ziga xos «sifatini» keltirib chiqaradi: quyosh
nuri va havoning quruqligi harorat o‘zgarishiga — materik iqlimi
shakllanishiga  imkoniyat  yaratadi.  O‘zbekiston  kengliklaridagi
iqlim o‘zgarishlari  turli  xil ekologik sharoitlarni  vujudga keltir-
ganki, mamlakatimiz florasi va faunasi o‘ziga xos biologik xilma-
xillik bilan ajralib turadi.
Organizmlarda  hayot  davomiyligi,  ya’ni  uzoq  yoki  qisqa
hayot  kechirishi  asosan  harorat  va  namlik  omilining  o‘zaro
ta’sirida  shakllanadi.  Shu  sababli,  chivin,  pilla  qurti  g‘umbagi
kabi  hasharotlarning  ekogramma  modelida  uch  ko‘rsatkich:
harorat, nisbiy namlik va o‘lim miqdori o‘z aksini topadi, ya’ni
1°C  dan 50°C gacha bo‘lgan harorat va 1 % dan 100 % gacha
bo‘lgan  nisbiy  namlikning  o‘zaro  gorizontal  va  vertikal  tutash
nuqtalarida  hosil  bo‘ladigan  egri  chiziqlar  organizmning  hayot
kechirish davomiyligi chegaralarini foizlarda topish va ifodalashga
imkon beradi. Bunday ekogrammalar tuzish orqali  organizmlar
faolligini aniqlash va hasharotlarga qarshi kurashish mumkin.

Suv  muhiti

Suv  muhitining  asosiy  ekologik  omillari  —  daryolar,
dengizlar  va  okeanlardagi  doimiy  harakatdagi  oqimlar  va
to‘lqinlar  hisoblanadi.  Ular  suvning  mineral  moddalarga  to‘yi-
nishi  va  ion  tarkibini  o‘zgartirib,  organizmlarga  bilvosita  ta’sir
ko‘rsatishi,  shuningdek,  o‘simlik  va  hayvonlarning  oqimga
moslashishini  ta’minlovchi  bevosita  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.
Masalan,  tinch  oqar  daryo  baliqlarining  tanasi  asosan  yalpoq,
tez oqar daryoniki  esa yumaloq bo‘ladi; suvo‘tlari ham oqimga
morfologik  moslashib,  muhitdagi  asosga  mustahkam  yopishib
oladi.

37
Suvning  to‘lqinlanishi,  ya’ni  kuch  bilan  qirg‘oqqa  urilishi
qirg‘oqbo‘yida  yopishib  hayot  kechiradigan  organizmlarga
(mo‘ylovoyoqli  qisqichbaqa,  qorinoyoqli  molluska)  ta’sir
ko‘rsatadi.
Suv  —  hayvonlarining  erkin  harakatlanishiga  qarshilik
ko‘rsatuvchi  yetarlicha  quyuq  muhit.  Shu  sababli  suv  hayvon-
lari, asosan, suyri shaklida bo‘ladi. Suvli muhitga eng mukammal
morfologik moslashish delfinlarda shakllangan.
Atmosfera  gazlari  ekologik  omil  sifatida
Havo  muhiti  kichik  zichlik  va  ko‘tarish  kuchiga,  shuning-
dek,  ko‘zga  tashlanmaydigan  tutib  (ko‘tarib)  turuvchi  xusu-
siyatga  ega.  Shu  sababli  havo  muhitida  doimiy  yashaydigan
organizmlar  yo‘q  va  uning  barcha  jonzotlari  yer  yuzasi  bilan
bog‘langan. Biroq havo muhiti organizmlarga nafaqat fizik, balki
nafas olish va fotosintezni ta’minlab, kimyoviy ta’sir ko‘rsatadi.
Havo  muhitining  fizik  omillari
Bu  omilga  havo  massalari  harakati  va  atmosfera  bosimi
mansub.
Havo  massalarining  harakati  sust  ko‘chish,  ya’ni  atmosfe-
rada  yuqorigi  va  pastki  havo  qatlamlarining  almashinib  turishi
yoki shamol, ya’ni atmosferada siklonlar faoliyati tufayli paydo
bo‘ladigan havo oqimlari ko‘rinishida ro‘y beradi.
Havoning  sust  ko‘chish  jarayonida  sporalar,  gul  changlari,
urug‘lar,  mikroorganizmlar  va  mayda  hasharotlar  anemoxo-
ralar,  ya’ni  juda  kichik  o‘lchamli,  qanotchali,  zontiksimon  va
parashutsimon  maxsus  moslamalari  bilan  shamol  yordamida
turli  joylarga  tarqalib  o‘rnashadilar  (qamish,  ilono‘t,  oqbosh,
bo‘ztikan,  qushqo‘nmas  urug‘lari).  Organizmlarning  mazkur
majmuyiga aeroplankton deyiladi.
Shamol,  sust  ko‘chish  jarayonidan  farq  qilgan  holda,
aeroplanktonni birmuncha uzoq masofaga eltadi, bunda ifloslan-
tiruvchi  moddalar  ham  ko‘chishi  mumkin.  Shamol  o‘simlik-
38
larning  o‘sishiga  (masalan,  bayroq  shaklida  o‘sishiga)  ta’sir
ko‘rsatishi  mumkin.
Havoda qarshilikning kamligi tufayli ko‘pchilik (taxminan
75 %) quruqlik hayvonlari evolutsiya davomida turli  xil usullar
bilan  uchishga  moslashganlar.  Qushlar,  ko‘rshapalak  kabi
hayvonlar  uchun uchish  —  o‘lja izlash  deganidir.
Atmosfera  bosimi,  ayniqsa,  umurtqali  hayvonlarga  jiddiy
ekologik ta’sir ko‘rsatadi, shu tufayli ular dengiz sathidan 6000 m
balandlikda yashay olmaydilar.

Havo  muhitining  kimyoviy  omillari

Atmosferaning  kimyoviy  tarkibi  hajmiga  ko‘ra  g‘oyat  bir
jinsli:  azot  —  78,8  %,  kislorod  —  21  %,  argon  —  0,9  %,
karbonat angidrid — 0,03 %. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, yerusti
sharoitida  kislorod  va  karbonat  angidrid  miqdori  muayyan
darajada  cheklovchi  omil  hisoblanadi:  o‘simliklar  havodagi
karbonat  angidrid  miqdoriga  eng  past,  kislorod  miqdoriga  eng
yuqori chidamlilik chegarasida bo‘ladi.
Òuproqlarda karbonat angidrid yerosti suvlari sathiga qadar
10  %  ni  tashkil  qilgani  holda  kislorod  aerob-redutsent  orga-
nizmlar uchun cheklovchi omilga aylanganki, bu nobud bo‘lgan
organik moddalarning parchalanishini sekinlashtiradi.
Suvda kislorod miqdori atmosferaga nisbatan 20 marta kam
bo‘lib,  u  muhim  cheklovchi  omilga  aylanadi.  Kislorod  suvda
atmosfera havosidan shimilish va suvo‘tlari fotosintezi hisobiga
mavjud bo‘ladi, shamol va to‘lqinlar esa uni suvga qorishtiradi.
Suvda  karbonat  angidrid  hisobiga  kuchsiz  ko‘mir  kislotasi
tuzlari  —  karbonat  va  bikarbonatlar  hosil  bo‘ladi.  Ular  suv
muhiti  vodorod  ko‘rsatkichini  (pH)  neytral  darajada  saqlashga
xizmat qiladi.

Yong‘inlar

Quruqlik-havo  muhitidagi  biotaga  fizikaviy  va  kimyoviy
ta’sir  ko‘rsatadigan  muhim  omillardan  biri  yong‘inlar  hisob-
lanadi.  Ular  azaldan  iqlimning  ajralmas  tarkibiy  qismi  hisob-
lanadi.  Shu  sababli,  ularni  harorat,  atmosfera  yog‘inlari  va
tuproq kabi eng muhim ekologik omillar sirasiga kiritish lozim.
Ekologik ta’siriga ko‘ra yuqori va quyi yong‘inlar farqlanadi.
Yuqori yong‘inlar  tegishli hududdagi  deyarli barcha o‘sim-
liklar  va  aksariyat  hayvonlarni  nobud  qiladi.  Bu  yong‘in  sodir
bo‘lgan hududda biotaning qayta tiklanishi uchun bir necha o‘n
yillar kerak bo‘ladi.
NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI
Quyi yong‘inlar organizmlarda olovga nisbatan moslashishni
rivojlantiradi,  bakteriyalar  faoliyatini  (chirish  jarayonini)  rag‘-
batlantirib,  o‘simliklar  oziqlanishi  mumkin  bo‘lgan  mineral
moddalar  hosil  qiladi.  Odam  o‘rmon  va  to‘qayzorlarni  sun’iy
kuydirib,  yerlar  ochadi.  Bu  mo‘tadil  mintaqada  o‘rmon  va
to‘qaylarni yangilash va sog‘lomlashtirishda o‘ziga xos ahamiyat
kasb etadi. NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI

Biogen moddalar ekologik omil sifatida

Biogen  moddalar  —  tirik  moddalar,  organizmlarning  hayo-
tiy  faoliyati  mahsulotlari,  shuningdek,  nobud  bo‘lgan  orga-
nizmlar qoldiqlaridan paydo bo‘lgan organik cho‘kindi modda-
lar  (ohaktosh,  chig‘anoqli  jinslar,  yonuvchi  slanes,  ko‘mir,
neft, torf).
Biogen elementlar — tirik organizmdagi hayotiy jarayonlarda
bevosita  ishtirok  etuvchi  yoki  shu  moddalar  tarkibiga  kiruvchi
biologik faol elementlar bo‘lib, ular organizmlar  uchun muhit-
ning cheklovchi omillari va resurslari hisoblanadi. Organizmlarga
ko‘p  talab  etiladigan  elementlar  makroelementlar,  kam  talab
etiladiganlari  mikroelementlar  deyiladi.  Ularni  o‘simliklar  tuproq
va suvdan, hayvonlar va odam oziq-ovqatdan oladi.
Biogen  makroelementlar  ichida  fosfor  va  azot  muhim
ahamiyatga  ega.  Fosfor  —  hujayra  protoplazmasiga  eng  zarur
element,  azot  esa  oqsil  molekulalari  tarkibiga  kiradi.  Azotning
asosiy  manbayi  —  atmosfera  havosi,  fosforniki  qisman  tog‘
jinslari  va  nobud  bo‘lgan  organizmlar  qoldiqlari  hisoblanadi.
Azot  aksariyat  o‘simlik  va  geterotrof  organizmlar  tomonidan
to‘planadi va moddalarning biologik aylanma harakatiga qo‘shiladi.
Fosfor organizmlarda salmog‘i bo‘yicha ko‘proq to‘planadi.
Keyingi  o‘rinlarda  o‘z  ahamiyatiga  ko‘ra  kaliy,  kalsiy,
oltingugurt va magniy turadi. Kaliy hujayra tarkibiga kirib, osmos
jarayonida,  hayvonlar  va  odamning  asab  tizimi  ishida  muhim
o‘rin  tutadi  hamda  o‘simliklarning  o‘sishiga  yordam  beradi.
Kalsiy  hayvonlar  suyagi  va  chig‘anog‘ining  tarkibiy  qismi
bo‘lib,  o‘simliklarga  zarur  hisoblanadi.  Oltingugurt  ayrim
aminokislotalar,  kofermentlar,  vitaminlar  tarkibiga  kiradi  va
xemosintezni  ta’minlaydi.  Magniy  xlorofill  molekulasining
zaruriy qismi  bo‘lib, o‘simliklar va hayvonlar  ribosomalari  tar-
kibiga kiradi.
Bi og en  mikroelementlar  fermentlar  tarki big a  ki ri b,
ko‘pincha cheklovchi omil bo‘ladi. O‘simliklar uchun, birin-
chi  navbatda,  temir,  marganes,  mis,  qalay,  bor,  kremniy,
molibden,  xlor,  vanadiy  va  kobalt  zarur  bo‘ladi.  Agar  temir,
marganes,  xlor,  vanadiy  yetishmasa,  fotosintez  jarayoni  to‘liq
amalga  oshmaydi,  agar  temir,  bor,  molibden,  kobalt  yetish-
masa,  azot  almashinuvi  buziladi.  Usbu  elementlar  hayvonlar
va odamga ham zarur, ularning yetishmasligi yoki ifloslanish
tufayli  ortiqcha  to‘planishi  turli  kasalliklarni  keltirib  chi-
qaradi.
Edafik omillar (yunon. edaphos 
tuproq)  —  o‘simliklar  o‘sishining  tup-
roq  sharoitlari.  Ularning  bir  necha
turi ajratib ko‘rsatiladi:
  edafik  kimyoviy  omil  —  tuproq
reaksiyasi,  tuproqning  tuz  rejimi,  tuproqning  kimyoviy  tarkibi,
kationlar  almashinish  qobiliyati  va  almashuvchi  kationlar  tar-
kibi va h.k.;
 edafik fizik omil — tuproqning suv, havo va issiqlik rejimi,
zichligi, donadorligi, tuzilishi va h.k.;
  edafik  biologik  omil  —  tuproqda  yashaydigan  o‘simlik  va
hayvon organizmlari.
Òuproq muhitining namligi, harorati, tuzilishi va g‘ovakligi,
reaksiyasi,  sho‘rlanishi  kabilar  eng  muhim  edafik  ekologik
omillar hisoblanadi.
O‘simliklar va tuproq
biotasi hayotida
edafik  omillar

NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI

Tuproqning  tarkibi  va  tuzilishi

Òuproq  —  suv,  havo  va  tirik  organizmlarning  birgalikdagi
ta’sirida  litosferaning  ustki  qismi  o‘zgarishi  natijasida  paydo
bo‘lgan o‘ziga xos tabiiy-tarixiy hosila. Òuproq hosil bo‘lgan jins
(tog‘  jinsi)  ona  jins  deyiladi.  Ona  jinslar  turli  xil  ta’sirlar
majmuyida  muttasil  qayta  o‘zgarishlarga  uchrab,  yangi
tuzilmalar va minerallar vujudga keladi. Natijada botqoqlik yoki
qumli  joylardan  farq  qiladigan,  unumdorlik  xususiyatiga  ega
bo‘lgan,  o‘simliklarga  hayot  bag‘ishlaydigan,  hayvonlar  va
odamga oziq beradigan geologik jins — tuproq shakllanadi.
Òuproq  unumdorligi  —  o‘simliklarning  oziq  moddalarga,
havoga,  issiqlik  rejimini  o‘z  ichiga  olgan  fizikaviy-kimyoviy
omillar va  biotik  muhitga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish xusu-
siyati  bo‘lib,  shu  asosda  qishloq  xo‘jaligi  ekinlarining  hosili,
shuningdek,  yovvoyi  o‘simliklarning  biogen  mahsuldorligi
ta’minlanadi.
Òuproqning sun’iy va tabiiy unumdorligi farqlanadi. Sun’iy
unumdorlik  —  tuproqqa  agronomik  ta’sir  ko‘rsatish  natijasi
bo‘lsa,  tabiiy  unumdorlik  (yoki  oddiy  tuproq  unumdorligi)
tuproqning tabiiy-ekologik omillari bilan shartlangan bo‘ladi.
Òuproq  qattiq,  suyuq  va  gazsimon  tarkibiy  qismlardan
iborat  bo‘lib,  makro  va  mikroorganizmlar  (o‘simlik  va  hay-
vonlar)ni o‘z ichiga oladi.
NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI
Òuproqda qattiq tarkibiy qism ustunlik qiladi va u mineral va
organik bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Ona jinsdan qolgan birlamchi
minerallar  ko‘p bo‘lib, ularning  parchalanishidan hosil bo‘lgan
ikkilamchi  minerallar  (gilli  minerallar,  karbonatlar,  sulfatlar,
galoidlar  va  h.k.)  kam  bo‘ladi.  Suvda  oson  eriydigan  mineral
tuzlarning  tuproqdagi  salmog‘i  (foizi)  uning  sho‘rlanish  dara-
jasini  tavsiflaydi.  Nobud  bo‘lgan  organik  qoldiqlarning  fizik-
kimyoviy  parchalanishi  natijasida  tuproqda  murakkab  organik
moddalar  —  gumus  (chirindi)  hosil  bo‘ladi.
Chirindi  —  tuproq  unumdorligini  ta’minlashda  eng  asosiy
o‘rin  tutadi.  Òuproqda  chirindi  miqdori  ko‘pi  bilan  20—22  %
gacha  bo‘lishi  mumkin.  Chirindiga  eng  boy  tuproq  —  qora
tuproqlar  (Rossiya,  Ukraina,  Xitoy,  Yevropadagi  ayrim  mam-
lakatlar  hududlarida)  bo‘lib,  ular  eng  unumdor  hisoblanadi.
O‘zbekiston tuproqlarida chirindi miqdori nisbatan kam bo‘lib,
sug‘oriladigan o‘tloqi-soz tuproqlarda 6 % gacha bo‘ladi.
Òuproqning  suyuq  tarkibiy  qismi,  suv  —  erkin,  bog‘lan-
gan, kapillar va bug‘simon holatda bo‘lishi mumkin. Erkin suv
og‘irlik kuchi ta’sirida fursati bilan o‘z joyini egallaydi; bog‘lan-
gan  suv  zarrachalar  yuzasida  yupqa  qatlam  hosil  qilib,  shimi-
ladi; kapillar suv ayirish kuchi  ta’sirida nozik, ingichka kovak-
chalarda  ushlab  qolinadi;  bug‘simon  suv  kovakchalarning
suvdan  xoli  bo‘lgan  orqa  tomonida  joylashadi.  O‘simliklarning
ildiz tizimi asosan erkin va kapillar shakldagi suvdan foydalanadi.
Bog‘langan  va  bug‘simon  suvlarning  ahamiyati  katta  emas.
Òuproqdagi  barcha  shakldagi  suv  miqdorining  qattiq  tarkibiy
qismlar  miqdoriga  nisbati  foizlarda  ifodalanib,  tuproq  namligi
deyiladi.
Òuproqning  suyuq  tarkibiy  qismi  tuproq  eritmasi  deb
ataladi. U nitratlar, bikarbonatlar, fosfatlar, sulfatlar va boshqa
tuzlardan,  shuningdek,  suvda  eruvchi  organik  kislotalar,  ular-
ning tuzlari va shakardan iborat bo‘lishi mumkin.
Òuproq  eritmasining  tarkibi  va  miqdori  (pH)  ko‘rsatkichli
muhit reaksiyasi bilan aniqlanadi. Òuproqlarda kislotali, neytral
(betaraf) va ishqorli muhit farqlanadi. O‘simliklar va hayvonlar
uchun neytral muhit (pH=7) eng maqbul hisoblanadi.
Òuproqning tuzilishi va g‘ovakligi o‘simlik va hayvonlarga oziq
moddalarning yetib borishini ta’minlaydi. Òabiatning molekular
kuchlari ta’sirida bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan tuproq zarra-
chalari tuproq tuzilishini hosil qiladi. Òuproq zarrachalari orasida
kovakcha deb ataladigan bo‘shliqlar bo‘ladi. G‘ovaklik — tuproq
hajmida kovakchalar hajmining ulushi bo‘lib, u 50 % va undan
yuqori bo‘lishi mumkin.
Tuproqning  qalinligi  va  bo‘ylama  kesimi
Òuproqning hosil bo‘lishi jarayoni yuqoridan pastga jadalligi
kamaygan, so‘ngan holda kechadi. Mo‘tadil mintaqada 1,5—2 m
chuqurlikda  tuproq  hosil  bo‘lish  jarayoni  so‘nadi.  Bu  ko‘rsat-
43
kich  orqali  tuproq  qalinligi  aniqlanadi.  Òuproq  qalinligi  uning
bo‘ylama kesimida namoyon bo‘ladi.
Òuproqning  bo‘ylama  kesimida  to‘rtta  shartli  sathlar  farq-
lanadi.
  chirindili  sath  —  tuproqning  unumdor  qatlami  bo‘lib,
unda  o‘simliklar  ildiz  tizimi  va  tuproq  biotasi  uchun  oziq
bo‘ladigan  chirigan  organik  moddalar  to‘planadi;  qalinligi  bir
necha o‘n santimetr bo‘lishi mumkin;
  yuvilish-nurash  sathi  —  tuproqning  yuqori  qismida
joylashgan  bo‘lib, tez eruvchi tuzlar, giðs, karbonatlar, organik
kolloidlar  (serbalchiq  zarralar),  metall  oksidlari  va  shu  kabilar
yuvilib,  chuqur  sathga  ko‘chiriladi;
  to‘planish-cho‘kish  sathi    —  tuproqning  yuqori  sathlari-
dan  yuvib  keltirilgan  moddalar  yig‘iladi;  bu  yerda  organik
moddalar redutsentlar tomonidan qayta ishlanib, mineral mod-
dalarga aylantiriladi va giðs, karbonatlar, gilli minerallar to‘pla-
nishi ro‘y  beradi;
 ona jins — tuproq tagi, zaminidagi turli xil tog‘ jinslari.

Tuproqning  eng  muhim  ekologik  omillari

Bu omillarni fizik va kimyoviy omillarga ajratish mumkin.
Fizik  omillarga  tuproqning  namligi,  harorati,  tuzilishi  va
g‘ovakligi tegishlidir.
Òuproq  namligi  suvning  fizik  holati  va  o‘simliklar  ildiz
tizimining suvni so‘rish kuchiga bog‘liq. Yupqa parda hosil qilib,
tuproq zarrachalari yuzasi bilan mustahkam bog‘langan suvning
bir qismidan o‘simlik ildizi, amalda foydalanmaydi. O‘simliklar
ildizi  asosan  erkin  suvni  o‘zlashtiradi,  biroq  ular  g‘ovaklar
orqali chuqur  sathlarga tezda o‘tib ketadi.  Namning  foydaliligi
tuproqning  suvni  tutib  qolish  xususiyatiga  bog‘liqdir.  Òuproq-
ning  suvni  tutib  qolish  kuchi,  sathlarining  tuzilishi  va  g‘ovak-
ligiga bog‘liq holda loyli va quruq tuproqlar farqlanadi. Òuproqda
namlik  juda  kam  bo‘lsa,  o‘simliklar  nobud  bo‘ladi,  gigrofil
organizmlar  (yomg‘ir  chuvalchangi)  esa  namli  chuqur  sath-
larga ko‘chib o‘tadi.
NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI

Òuproq  harorati  tashqi  haroratga  bog‘liq,  biroq  tuproqning
issiqlik  o‘tkazuvchanligi  pastligi  tufayli  harorat  rejimi  yetarli
darajada barqaror  bo‘ladi  va  33—35 santimetr  chuqurlikda 2°C
dan kam bo‘lmagan harorat saqlanadi. Bu esa tuproq hayvonlari
uchun juda muhim.
Òuproqning tuzilishi va g‘ovakligi uning havoga to‘yinishini
ta’minlaydi.  Bunda  turli  chuvalchanglar  faol  harakat  qilib,  bir
joydan  ikkinchi  joyga  ko‘chib,  uning  g‘ovakligini  oshiradi.
Zichlashgan tuproqlar havoga yetarlicha to‘yina olmaydi va bunda
kislorod cheklovchi omilga aylanishi mumkin.
Kimyoviy  omillarga  tuproqdagi  muhit  reaksiyasi  va  sho‘rla-
nish  mansubdir.

Muhit reaksiyasi — aksariyat o‘simliklar va hayvonlar uchun
muhim omildir. Quruq iqlim sharoitida neytral va ishqorli tup-
roqlar,  sernam  mintaqalarda  kislotali  tuproqlar  ko‘p  uchraydi.
Aksariyat  boshoqli  o‘simliklar  neytral  (pH=7)  va  kuchsiz
ishqorli (pH>7) tuproqlarda yaxshi hosil beradi (bug‘doy, arpa).
Òuproq  sho‘rlanishi  —  suvda  eriydigan  tuzlar  (xloridlar,
sulfatlar,  karbonatlar)  salmog‘ining  ortiqchaligi  bilan  tavsifla-
nadi.  Sho‘rlanish  yerosti  suvlarining  bug‘lanishi,  shamol  va
sun’iy sug‘orish natijasida paydo bo‘ladi. Sho‘rlangan tuproqlar
ishqorli  (pH=8—9)  bo‘lib,  tarkibida  tez  eruvchi  tuzlar,  karbo-
natlar va giðs miqdori me’yoridan ortiq bo‘ladi.
Òuproqdagi  tuzlarning  tarkibiga  qarab,  sho‘rlanish  turlari
ham  har  xil  bo‘ladi.  Sho‘rlanish  turlari  xlor  ionining  sulfat
ioniga nisbati orqali ajratiladi. Agar bu nisbat 2 dan katta bo‘lsa,
xlorli sho‘rlanish; 1—2 bo‘lsa, sulfatli-xlorli sho‘rlanish; 0,2—1
bo‘lsa, xlorli-sulfatli sho‘rlanish; 0,2 dan kichik bo‘lsa — sulfatli
sho‘rlanish  deyiladi.  Sho‘rlanish  turlariga  muvofiq  sho‘rlanish
darajalari (sho‘rlanmagan,  kam sho‘rlangan,  o‘rtacha sho‘rlan-
gan,  kuchli  sho‘rlangan)  aniqlanadi.
Sho‘rlangan  tuproqlar  florasi  va  faunasi  g‘oyat  o‘ziga  xos
bo‘lib,  o‘simliklari  tuproqdagi  tuzlar  tarkibi  va  miqdoriga  chi-
damli bo‘ladi. Biroq turli o‘simliklar tuzlarga turlicha moslashgan.
Òuzga chidamli o‘simliklar galofitlar deb ataladi. Galofitlarning
ayrim  turlari  20  %  dan  ortiq  tuzga  to‘yinganlik  darajasiga
chidaydi.
Ayni paytda yomg‘ir chuvalchangi sho‘rlanishning eng
kam darajasiga ham  chiday olmaydi. Òuproq sho‘rlanishi qishloq
xo‘jaligi  ekinlari  (g‘o‘za,  kartoshka,  pomidor)  hosildorligiga
salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.

Ekologik  indikatorlar

Atrofdagi  muhit  holatini  o‘sib  rivojlanayotgan  jonzotlar
orqali  aniqlash  mumkin  bo‘lgan  organizmlar  muhit  indika-
torlari deb ataladi. Indikator organizmlar — muayyan hududdagi
ekologik  sharoit  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  o‘simliklar  yoki
hayvonlar  (ularning  guruhi)  bo‘lib,  ularning  o‘sishi,  belgi  va
xususiyatlariga qarab o‘sha joyga tavsif berish mumkin. Indikator
o‘simliklar va hayvonlar  farqlanadi.
Masalan, galofitlar sho‘rlanishga moslasha borib, o‘zida aniq
morfologik  belgilarni  hosil  qiladi,  shu  asosda  tuproq  sho‘rlan-
ganligini aniqlash mumkin.
Yantoq  —  yer  ostida  chuchuk
suvlar  borligidan  darak  beradi.  Iflos-
langan  tuproqlarda  yomg‘ir  chuval-
changi  butunlay  yo‘qolib  ketadi.
Daraxtlar  tanasidan  lishayniklarning
g‘oyib bo‘lishi havoda oltingugurtli gaz miqdorining ko‘payishini
bildiradi.  Shuningdek,  o‘zida  ayrim  kimyoviy  elementlarni
to‘plash  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  indikator-o‘simliklar  orqali
foydali qazilma konlarini ham aniqlash mumkin.
Òirik mavjudotlarni oziqa resursi sifatida shartli ravishda uch
qismga  ajratish  mumkin:  organizm  tanasidagi  moddalar;
organizmlar  hayotiy  faoliyati  jarayoniga  jalb  etilgan  energiya;
organizmlar hayoti kechayotgan joy.
Organizmlar  o‘rtasida  moddalar  va  energiyaning  qayta
taqsimoti  oziqa  resurslari  uchun  o‘zaro  raqobat  kurashida  ro‘y
beradi. Shuningdek, organizmlar ko‘payadigan, o‘sib-rivojlana-
digan  hududlar  ham  ayrim  organizmlar,  populatsiyalar  va
biosenozlar uchun muhit resurslari  hisoblanadi.
O‘simliklar  —  o‘txo‘r  hayvonlarga,  o‘txo‘r  hayvonlar  —
yirtqichlarga,  o‘txo‘r  hayvonlar  va  yirtqichlar  —  parazitlarga,
Tirik  mavjudotlar
resurslari — ekologik
omil sifatida
NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI

nobud  bo‘lganidan  keyin  —  destrukturlarga  oziqa  resursi
hisoblanadi.
Òirik  mavjudotlar  resurslarini  almashtirib  bo‘lmaydigan  va
o‘zaro almashiniladigan turlarga ajratish mumkin.
Almashtirib  bo‘lmaydigan  resurslar  deyilganda  bir  resursni
boshqasiga almashtirish imkoniyatiga ega emaslik tushuniladi va
bu holatda ular qattiq cheklovchi omilga aylanadi.
Almashtirib  bo‘lmaydigan  resurslarning  ekologik  ahamiyati
juda katta. Masalan, yashil  o‘simliklar uchun almashtirib bo‘l-
maydigan yagona energiya resursi — quyosh radiatsiyasi hisobla-
nadi. Shu tufayli landshaftlarda oftobsevar va soyasevar o‘simlik-
larni  o‘z  ichiga  olgan  bir  necha  pog‘onalar  paydo  bo‘ladi.
Shuningdek, karbonat angidrid — fotosintez jarayonida almashtirib
bo‘lmaydigan  resurs  hisoblanadi,  biroq  uning  yetishmasligi
bo‘yicha  muammo  tug‘ilgan  emas.  Suv  —  nafaqat  fotosintez-
ning, balki hujayra protoplazmasining almashtirib bo‘lmaydigan
tarkibiy  qismi,  agar  tuproqda  o‘simliklar  uchun  yetarli  miq-
dorda bo‘lmasa, u cheklovchi omilga aylanadi. Kislorod — suv
muhitida  cheklovchi  omil,  anaeroblardan  boshqa  barcha
jonzotlar  uchun  almashtirib  bo‘lmaydigan  resurs.
O‘zaro almashiniladigan resurslar deyilganda ikki resursdan
birining boshqasiga almashtirish imkoniyatiga egalik tushuniladi.
Bunday  resurslar  bir-birini  to‘ldiradi.  Masalan,  yirtqich  hay-
vonlar  oziqasi  (o‘ljasi)ni  shu  hajmdagi  istalgan  o‘xshash  ozi-
qaga, ya’ni: bitta kiyikni — bir necha quyonga; bitta quyonni —
bir necha kichik kemiruvchiga almashtirish mumkin.
Organizmlarning  o‘zi  oziq  resurslari  bo‘lib,  ular  oziq
zanjirida  ishtirok  etadi  va  avtotrof  organizmlar  geterotrof
organizmlar  uchun  oziqa  resursi  hisoblanadi.  Iste’molchi
(yirtqich)  o‘z  o‘ljasini  izlab  topadi,  ushlaydi,  o‘ldiradi  va  yeb
qo‘yadi.  Biroq  bu  ish  oson  emas,  chunki  oziq  resurslari,
ko‘pincha, iste’molchidan himoyalangan bo‘ladi.
Òirik organizmlar o‘zlarini o‘z iste’molchilaridan saqlashga
intiladi. Bu «himoya vositasi» o‘simliklarga ham, hayvonlarga ham
xosdir. Ularni shartli ravishda mexanik, kimyoviy, morfologik va
xulqiy himoya vositalariga bo‘lish mumkin.

NAMLIK YOG’INLARNING HASHAROTLARGA TASIRI.
«Iste’molchi  —  oziqa»  munosabatlari  jarayonida  bir  orga-
nizmning ikkinchi organizmga ekologik bosimi vujudga keladi va
har  bir  organizm  evolutsiyasi  ikkinchi  organizm  evolutsiyasi
bilan qisman bog‘liq bo‘ladi. Bu hodisa koevolutsiya deb ataladi.
O‘simliklar  o‘rtasida  koevolutsiya  bo‘lmaydi.  Shu  sababli
ularda mexanik himoya (tikan, tikanak, po‘choq, po‘st, changal
va h.k.) vositalari yaxshi rivojlangan. Ona o‘simlikda joylashgan
urug‘lar  ko‘pincha  yaxshi  himoyalanmagan  bo‘ladi,  agar  ular
uvalanib sochilib ketsa, saqlanishi yaxshi ta’minlanadi. Yovvoyi
tabiatda urug‘lar  saqlanishining bu usuli keng  tarqalgan. Orga-
nizmlarda kimyoviy himoya ham shakllangan. Biror organizmda
ishlab  chiqilgan  zaharli  modda  ikkinchi  organizmni  zararlashi
(bo‘g‘ishi,  o‘ldirishi),  qo‘rqitishi  yoki  ovqatning  hazm  qilini-
shiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Hayvonlarga  «aldamchi»  xatti-harakatlar,  muhitdan  ajratib
bo‘lmaydigan shakl va tusga kirishi kabi morfologik himoya ham
xosdir. Hayvonlarda xulqiy himoya usuli ham yetarlicha shakl-
langan:  uyasiga  yashirinish,  o‘lik  holatga  o‘xshash,  joyidan
qo‘zg‘alish,  o‘zini  «qo‘rqinchli»  ko‘rsatish  va  h.k.  Hayvon-
larning eng oddiy xulqiy himoyasiga yirtqichdan qochish misol
bo‘ladi.

Boshqalar o'qimoqda