NEODERMATA TAKSONI SO’RG’ICHLILAR TREMATODA ORTHONECTIDA DICEMIDA VA NEMERTEA TIPLARI

NEODERMATA TAKSONI SO'RG'ICHLILAR TREMATODA ORTHONECTIDA DICEMIDA VA NEMERTEA TIPLARI

Yassi chuvalchnglar-Neodermata (Plathelminthes) tipi. Yassi
chuvalchanglar dengiz va okeanlaming suv ostida hayot kechirishga
o4tgan kovakichlilardan kelib chiqqan.
Yassi chuvalchanglar tipi uchun quyidagi belgilar eng
xarakterlidir: 1) embrional taraqqiyotida ekto-, ento- va mezoderma
qavatlaming rivojlanishi va shu tufayli tananing uch qavatga ega
bo4lishi, 2) muskul, nerv, ayirish, jinsiy sistemalar, ko’pchiligida
hazm organlarining rivojlanishi va murakkablashishi, 3) teri-muskul
xaltaning paydo bo‘lishi, 4) tana shaklining ikki tomonlama
simmetriyaga o4tishi, 5) tana bo4shlig4ining boimasligi
(parenchima).
Yassi chuvalchanglaming dastlabki vakillarini asosan erkin,
yirtqich holda yashovchi kiprikli chuvalchanglar yoki
turbellyariyalar tashkil qiladi.
Yassi chuvalchanglar tipi vakillari gavdasining uzunligi 0,3 mm
dan 15-20 metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metrgacha
(kashalotlaming ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon
chuvalchanglardan – Polygonoponis giganticus) boradi. Bu tipga 15
mingga yaqin tur kiradi.
Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar
o’rtasida dengiz va chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiruvchi
kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar bilan bir qatorda turli
hayvonlar va odamlaming har xil organlarida parazitlik qiluvchi juda
ко4 plab turlari mavjud.
Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar
tuzilishi va biologiyasida yashash sharoiti ta’sirida vujudga kelgan
juda ko4p o4ziga xos xususiyatlari bor. Ulaming ayrimlarining
rivojlanish sikli ancha murakkab kechadi.
Yassi chuvalchanglar tipi o4z navbatida bir nechta sinflarga
bo4lib o4rganiladi, asosiylari quyidagilar: 1. Kiprikli chuvalchanglar
yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2. So4rg4ichlilar yoki
trematodalar (Trematoda) sinfi. 3. Monogeneyalar (Monogenea)
sinfi. 4. Tasmasimon chuvalchanglar yoki Cestodalar (Cestoda)
sinfi.
Yassi chuvalchanglar tipidan faqat kiprikli chuvalchanglar sinfi
vakillari erkin holda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda
yashaydi. Ulaming deyarli barcha vakillari yirtqichlar bo4lib, bir
59
hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar va
hasharotlar bilan oziqlanadi. Qolgan sinflarining vakillari parazitlar
hisoblanadi.
So^gMchlilar (Trematoda) sinfl. Trematodalar sinfi vakillari
kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ular barcha um urtqalilarbaliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar, shu
jumladan odamlaming hamda umurtqasizlaming ichki parazitlari
hisoblanadi. Bu sinf haqidagi dastlabki ma’lumotlar 17-asrning
o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Taniqli italiyalik olim Redi birinchi marta
qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o’rganadi.
Shved olimi K. Linney trematodalaming 40 dan ortiq turini o‘rganib,
birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan. 1819-yili mashhur
gelmintolog olim K.A. Rudolphi 220 dan ortiq trematodalar turini
o‘rganadi. Trematodalarni har tomonlama o‘rganishda rus olimlari
yetakchi rol o‘ynaydi. Akademik K.I. Skryabin o’z shogirdlari bilan
trematodalar bo‘yicha 26 tomlik kapital asarlar yozib qoldirgan.
Hozirgi vaqtda trematodalar, ya’ni so‘rg‘ichlilar sinfiga 5000 dan
ortiq tur kiradi, shulardan qariyb 50% baliqlarda qolganlari esa
boshqa umurtqalilarda parazitlik qiladi. Odamlarda ularning 30 ga
yaqin turi uchraydi. Trematodalar o‘z xo‘jayinlarining hazm
organlarida, jigar va jigar o‘t yo‘llarida, qon tomirlarida va boshqa
ichki organlarda parazit holda yashaydi. Bu sinfga kiruvchi laming
hammasi endoparazitlar hisoblanadi.
Trematodalaming ko‘pchiligi bargsimon shaklga ega. Ammo
ular orasida noksimon, ipsimon shaklga ega boMganlari ham
uchraydi. Trematodalaming tana uzunligi 0,1 mm dan 10-15 sm
gacha yetadi. Akulalaming og‘iz bo‘shlig‘ida parazitlik qiladigan
ayrim so‘rg‘ichlilaming uzunligi 1,5 m ga yetadi (Didymozoidae
oilasi turlari).
Trematodalar tana qoplag’ichi ko‘p yillar tashqi tomondan
kuchli rivojlangan kutikula bilan qoplangan deb hisoblangan.
Keyinchalik 1873-yilda Shnayder trematodalar parazitlikka
o‘tgandan keyin ular tashqi kiprikli epiteliy qavatini yoqotib,
kutikulaga ega bo‘lgan va bu kiprikli chuvalchanglarni (Turbellaria)
ni bazal membranasiga mos keladi deb hisoblagan. Keyinchalik
trematodalaming maritalari elektron mikroskoplar orqali o‘rganilib,
ulami tashqi qavati o‘zgargan epidermis emas, balki ichki, tashqi
60
qavatga ega sitoplazmatik tegument dan iborat ekanligi isbotlandi
(Thredgold, 1963). Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik
plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralari juda ko‘p mitoxondriylar
va vakuolalarga ega bo‘lib, chuvalchang rivojlangan sari hujayralar
o‘rtasida chegara yo‘qolib boradi (sinsitial xususiyatga ega). Epiteliy
sirtidagi har xil pixlar qo’shimcha yopishuv organi hisoblanadi.
Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavati sitoplazmaning
parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog‘langan.
Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqali-bo‘ylama
muskullar j oy lashad i.
Trematodalar muskul sistemasi ikki xil bo‘lib, birinchisi
periferik-tana muskulaturasi (teri-muskul xaltasi muskullari) va
maxsus muskulaturaga ajratilgan (so‘rglichlar, jinsiy bursalar, jinsiy
bezlar devori). Tana bo^hlig^i parenchima (g‘ovak to‘qima) bilan
to‘lgan bo’lib, u nafaqat tayanch vazifasini bajaradi, modda
almashinuv jarayonlarida ham muhim o‘rin tutadi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda