ODAM VA HAYVONLARDA PARAZITLIK QILUVCHI HASHAROTLAR

Hasharotlar (Insecta) sinfi vakillari yer yuzida juda keng tarqalgan bo’lib, xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan.

Hasharotlar – umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxеyalilar (Tracheata) kеnja tipi, hasharotlar (Insecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) sinfiga mansubdir.

Hasharot turlari tabiatda juda kеng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda yer yuzida hasharotlarning 1,5-2 mln. atrofida turlari borligi ma’lum. Mutaxassislarning fikricha yer yuzida hasharotlarning 3-4 mln. va hatto 8- 10 mln. ga yaqin turlari bor deb faraz qilinadi. Chunki kam o‘rganilgan tropik mamlakatlardan har yili hasharotlarning 7-8 mingga yaqin yangi turlari topilib turadi.

MDH da hasharotlarning 100 ming turi, O‘zbekistonda esa ularning 23 ming-dan ortiq turi aniqlangan.

Umuman hasharotlarning turlari va soni qolgan hamma hayvon va o‘simlik turlarini qo‘shib hisoblagandan ham ko‘p.

Hashoratlarning shakli, rangi, katta kichikligi turli tuman bo’lib, kattaligi 0,2 mm. dan 30 sm. gacha boradi. Tanasi aniq bosh, ko’krak va qorin qismlarga ajralgan. Bosh qismi 5-6 ta bo’g’imlarning qo’shilishidan, ko’krak qismi 3 ta bo’g’imlardan, qorin qismi esa 6-11 ta bo’g’imlardan tashkil topgan. Bosh qismida bir juft mo’ylovi, bir juft fasetkali, bir yoki bir necha oddiy ko’zlari va og’iz apparati joylashgan. Ko’krak qismida uch juft oyoqlar, ikki yoki bir juft qanotlar joylashgan.

Hasharotlar juda xilma-xil va ko’p sonli bo’lishi tufayli tabiatda sodir bo’lib turadigan moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Ular orasida erkin yashovchilari ham, o’simlik zararkunandalari ham, odam va hayvonlarning parazitlari ham, har xil infektsion va invazion kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtiruvchilari ham, insonga va xalq xo’jaligiga foyda keltiruvchi turlari ham mavjud.

Hashoratlarning ko’pchiliga gulli o’simliklarni changlatuvchi, bir qancha hayvonlarning asosiy ozig’i, hayvonlarning murdalari bilan oziqlanuvchi nekrofaglari (o’laksaxo’rlar) va go’ngxo’r-kaprofaglari bo’lib, tabiiy sanitarlar vazifasini bajaradi. Go’ngxo’r hasharotlar hayvonlarning go’ngini parchalab, uning chirishiga, ya’ni tuproq hosil bo’lishiga yordam beradi.

Hasharotlardan olinadigan mahsulotlar inson uchun oziq va kiyim-kechak, farmatsevtika va bo’yoqchilik sanoati uchun zarur xomashyo hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda, hasharotlar orasida tirik o’simlik to’qimalari bilan oziqlanib, qishloq xo’jalik ekinlari va bog’larga katta zarar keltiruvchi turlari ham anchagina.

Hasharotlardan burgalar, bitlar, ko’pchilik ikki qanotlilar (chivinlar, iskabtoparlar, pashshalar) va ayrim qadalalar qon so’rib, odam va hayvonlarni bezovta qiladi; hayvonlarning mahsuldorligini keskin kamayib ketishiga sabab bo’ladi.

Parazit hasharotlar kasallik tarqatuvchilar sifatida ayniqsa katta ziyon yetkazadi. Ulardan bir guruhi (chivinlar, moshkarlar, iskabtoparlar, qonso’ruvchi pashshalar) kasallik ko’zg’atuvchi mikroorganizmlarni og’iz organlari orqali yuqtirsa, boshqalari (bitlar, burgalar, pashshalar) so’lagi, axlati yoki boshqa iflosliklari orqali yuqtiradi. Bezgak chivinlari odamlarga bezgak parazitini qon so’rayotganida yuqtiradi. Toshmali terlama kasah’ ko’zg’atuvchisi bitlarning axlati bilan odam terisiga tushib qoladi va keyin jarohatlangan teri orqali qonga o’tadi. Pashshalar bakteriyalar va gelmintlarning tuxumlarini oyoqlari, xartumi yoki ichagidan chiqadigan axlati orqali yuqtiradi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdi-ki, hasharotlarning ko’pchiliga tabiatda, inson hayotida va qishloq xo’jaligida muhim ijobiy ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda, hasharotlar sinfiga kiruvchi bir qancha turlari parazitlar hisoblanib, mahsuldor hayvonlarga va odamlar sog’ligiga jiddiy ziyon yetkazadi.

Shu sababli hashoratlarni o’rganish nazariy va amaliy jihatidan muhim ahamiyatga ega. Zoologiyaning hashoratlarni o’rganuvchi bo’limi – entomologiya deb ataladi.

Quyida mahsuldor hayvonlar va odamlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.

Parxo’rlar (Mallophaga) turkumi vakillari qanotsiz, mayda yassi hashoratlar bo’lib, parrandalar va sut emizuvchilarda parazitlik qilib hayot kechiradi. Parxo’rlarning boshi yirik, ko’krak qismi juda keng, ko’zlari o’z navbatida reduksiyaga uchragan. Og’iz apparati kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2 bo’g’imdan iborat bo’lib, bitta yoki ikkita “tirnoqcha” bilan tugallanadi. Parxo’rlar o’zlarining tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo’rlarga o’xshasa, ikkinchi tomondan bitlarga o’xshab ketadi.

Parxo’rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib hayot kechiradi. Teri epidermisi, jun, momiq va par bilan oziqlanadi. Ularning ayrim turlari hatto yirik qushlarning og’iz bo’shlig’ida uchrab, ularning endoparazitlariga ayiangan. Tuxumlari qopqoqchali bo’lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishib turadi. Shunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar paydo bo’ladi. Lichinkalar o’z tuzilishiga ko’ra voyaga yetganlariga o’xshab ketadi, faqat o’lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi. Parxo’rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 haftani o’z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan ajraladigan moddalar hisobiga oziqlanadi. Natijada hayvonlarning jun va parlari to’kilib ketadi, qattiq qichish paydo qiladi.

Ular o’zlari yashayotgan organizmni juda ham bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi.

It va mushuklarning junxo’rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, ba’zan ayrim turlari tasmasimon chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi.

Parxo’rlarning 2600 ga yaqin turi ma’lum, shulardan 300 ga yaqin turi sutemizuvchilarda, qolganlari esa qushlarda parazitlik qiladi. Ulardan taxminan 400 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan.

Parxo’rlar turkumi o’z navbatida 2 ta kenja turkumga va bir nechta oilaga bo’linadi. Haqiqiy parxo’rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo’rini misol qilib olish mumkin. Pat va junxo’rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo’ri va kaptar parxo’rini ko’rsatish mumkin. Shuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o’rdak parxo’ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan junxo’rlarni ham ko’rsatish mumkin (98-rasm).

Parxo’rlar va junxo’rlar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar mallofagozlar deb yuritiladi. Kimyoviy preparatlardan foydalanib, parxo’rlarga qarshi kurash olib boriladi.

Bitlar (Anoplura) turkumining vakillari faqat sutemizuvchilarda parazitlik qilib yashaydigan qon so’ruvchi ektoparazitlardir. Bitlarning 300 ga yaqin turi bor. MDH mamlakatlarida 40 ga yaqin turi uchraydi. O’zbekiston hududida 19 turga oid bitlar turli sut emizuvchilarda parazitlik qiladi.

Bitlarning tanasi dorzoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida og’iz apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko’zlari oddiy, aynmlarida esa ko’zlari umuman bo’lmaydi. Bir juft 3-5 bo’g’imli kalta mo’ylovlari sezgi a’zolari vazifasini bajaradi.

Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar, gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo’lib, xartumchaning ichida joylashgan. Bit chaqqanda og’iz a’zolari xartumchadan tashqariga chiqib, terini jarohatlaydi va qon so’radi. So’lak bezlarining mahsuloti qon ivishiga qarshilik ko’rsatadi. Tananing ko’krak qismi bir-biriga qo’shilib ketgan 3 ta segmentdan tuzilgan bo’lib, 3 juft yu-rish oyoqlariga ega. Qanotlari bo’lmaydi. Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi. Hasha-rotning jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo’ladi. Urg’ochi bit qornining oxirida o’roqqa o’xshagan 1 juft o’simtasi bo’ladi. Jinsiy teshigi sak-kizinchi qorin segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi to’qqizinchi seg-mentda joylashgan. Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko’rinadi. Urug’lanishi ichki, rivojlanishi chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 3 marta tullab, imagoga aylanadi. Bitlarning tuxumi sirka deyiladi.

Bitlar ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o’ziga xos biti bo’ladi. Bu turkumga 3 ta oila kiradi:

  1. Gematopidlar (Heamatopidael) oilasi vakillarining ko’zi yo’q, tanasi tukcha-lar bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan tashqari) parazitlik qiladi. Fil, ot, cho’chqa, qoramol, quyon va bug’u bitlari shular jumla-siga kiradi (99-rasm).

Bu bitlar parazitlik qilish bilan birga kuydirgi, cho’chqalarda o’lat kasalligini ham tarqatadi.

  1. Tikanli bitlar (Echinophthiridael) oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Ularning tanasi tikanchalarga o’xshagan tukchalar bilan qoplangan bo’ladi. Tulenlar burun teshiklarining old qismida tulen biti parazitlik qiladi.
  2. Pedikulidlar (Pediculidae) oilasiga faqat odam va odamsimon maymunlarda parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Odamda bitlarning 3 turi yashaydi, ya’ni bosh biti, kiyim biti va qov biti uchraydi (100-rasm).

Qov biti (Phthirus pubis) odam badanining tukli joylarida (qovda, qo’ltiq tagi junlarida, soqolda va hatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi.

Qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko’rinib turadi. Ko’krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi (erkagi – 1 mm, urg’ochisi – 1,5 mm) hisoblanadi. Qov biti 26 kungacha yashaydi.

 

 

Qov biti ftirioz kasalligini qo’zg’atadi. U o’zining yassi tanasi bilan odam terisiga mahkam yopishib oladi, xartumini teriga sanchib, bitta joy da qimirlamasdan uzoq vaqt davomida qon so’radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu-kunduz qichiydi va ko’karib qoladi. Uning so’lagi gemoglobinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan joyi ko’karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, umumiy o’rin-ko’rpadan foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa odaniga o’tadi. Qov bitining kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan. Aksincha, odamda yashaydigan bitlarning boshqa turlari – bosh biti va kiyim biti turli kasalliklarni tarqatuvchilar sifatida xavflidir.

Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pediculus humanus ca-pitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasl beradi, shuning uchun ular bitta tur­ning (Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi.

Bosh biti sochlarda bo’lib, o’z tuxumini (sirkalarini) sochga yopishtirib qo’yadi. Tanasining kattaligi erkaginiki 2-3 mm, urg’ochisiniki esa 4 mm atrofida bo’ladi. Rangi to’q kulrang.

Kiyim biti kiyim-kechaklarning choklarida yashaydi va shu joylarga tuxum qo’yadi. Uning tanasi och kulrang bo’lib, urg’ochisining kattaligi 4—5 mm ga boradi.

Qorin segmentlarining ikki yonidagi pigment dog’lar och rangda, tanasini qoplab turgan xitinli qoplamasi juda yupqa bo’lib, hatto so’rilgan qon ko’rinib turadi. Bit-lar hayotining hamma rivojlanish davrida odam qoni bilan ovqatlanadigan, doimiy ektoparazitdir. Bir kunda 2-3 marta 3-10 daqiqa davomida qon so’radi, ovqatsiz 10 kungacha yashashi mumkin.

Kiyim biti harakatchan, 27° C li haroratda 1 daqiqada 35 sm masofagacha harakat qiladi. Otalangan urg’ochilari bir kunda 6-14 tadan tuxum (sirka) qo’yadi. Kiyim biti umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumdan bir haftada yosh bitchalar chiqadi. Umuman, tuxum qo’yishidan boshlab, voyaga yetgan bitga aylanguncha rivojlanish davri 16-20 kunga to’g’ri keladi. Voyaga yetgan bitlar 1,5-2 oy yashaydi. Ancha tez rivojlanadigan bo’lgani uchun parazitlarning soni qisqa vaqt ichida ko’payib ketishi mumkin. Bitlar qon bilan ovqatlanganda, odam terisiga o’z so’lagini tushiradi. Chaqqan joylar qichishadi, qashiganda terida jarohatlar paydo bo’ladi. Bitlab ketgan odam (qarovsiz qolgan bolalar. qariyalar) pedikullyoz kasalligiga uchrashi mumkin. Pedikullyoz avj olishi natijasida organizmni umuman quvvatsizlantirib, koltun degan kasallikka sabab bo’lishi mumkin. Bu kasallikda jarohatlangan teridan qon chiqib, jarohatlar yallig’lanadi, yiringlaydi va sochlar bir-biriga yopishib qoladi.

Bitlar, shuningdek, og’ir kasalliklar – toshmali va qaytalama terlama (tif) tarqatuvchilari hisoblanadi. Toshmali tif bilan og’rigan bemorning tana harorati ko’tariladi, badanida shu kasallikka xos bo’lgan toshmalar paydo bo’ladi, boshi og’riydi, hatto hushidan ketishi mumkin. Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jahon urushlarida qanchadan-qancha odamlar qirilib ketgan.

Toshmali terlama kasalligining qo’zg’atuvchisi Provachek rikketsiyalari bo’lib, bemorlarning qonida bo’ladi. Birinchi marta 1910-yilda amerikalik olim G.T. Rikkets tomonidan kasallikning qo’zg’atuvchilari toshmali tif bilan og’rigan bemorlar­ning qonida va ularda parazitlik qilayotgan bitlar ichagida aniqlangan. Lekin olim o’zining bu tajribasini oxiriga yetkaza olmay o’ziga yuqqan toshmali tifdan o’ladi. Kasallik qo’zg’atuvchisini aniqlashda va yuqish yo’llarini o’rganishda chex olimi S.Provachekning hissasi katta bo’ldi, ammo u ham o’z tajribalarini nihoyasiga yet­kaza olmadi, chunki u rikketsiyalar bilan zararlangan bitlar ustida ish olib borib, tajriba uchun o’ziga kasallikni yuqtiradi va bu kasallikdan 1915-yilda o’ladi. Bir yildan keyin kasallik qo’zg’atuvchilari to’liq o’rganilib, ikkala olim sharafiga Pro­vachek rikketsiyasi deb nomlanadi.

Toshmali tif qo’zg’atuvchilarining bemor qonida bo’lishini aniqlashda rus shifokori O.O. Mochutkovskiy (1845-1903) fidoiylik ko’rsatadi. U toshmali tif bilan og’rigan bemor qonini o’ziga inyeksiya qiladi va 18 kundan keyin ushbu kasallikning og’ir ko’rinishiga uchraydi. Bit bemor qonini so’rar ekan, o’ziga kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirib oladi. Rikketsiyalar bitlar oshqozonida ko’payadi va axlati bilan birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar bit orqali ikki yo’l bilan sog’lom odamga o’tishi mumkin:

  1. Qonni so’rganda, ya’ni rikketsiyalar bilan ifloslangan bitning og’iz apparati orqali (ayrim ma’lumotlar asosida xulosa qilingan, lekin zararlangan bitlarning so’lak bezlarida kasallik qo’zg’atuvchilari topilmagan);
  2. Badanning bit axlati qolib ketgan joyi qashilganda.

Ma’lumki, bit qon so’rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar axlatida rikketsiyalar bo’lib, chaqqan joylar qashlanganda, jarohatlangan teri orqali yuqadi.

Qaytalama terlama kasalligining tarqatuvchisi ham bitlardir. Qaytalama terlama kasalligining meyer spiroxetasi bo’lib, bemor qoni bilan birga bit oshqozoniga va u yerdan bit tanasi bo’shlig’iga tushadi. Spiroxetali bitlar odamni chaqqanda, unga kasallik yuqtirmaydi. Bit ezilganda uning tanasidagi suyuqlik (gemolimfa) qashlan-gan joyga tushgan taqdirdagina odamga kasallik o’tadi. Bitning bitta mo’ylovi ezilsa kifoya, bir tomchi gemolimfa tushgan joyidagi teri orqali spiroxetalar yuqadi.

Bitlar og’ir sharoitda, odamlar bir joyda to’planib antisanitar holatda yashashlari natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklarni almashtirish imkoniyati bo’lmaganda ko’plab uchraydi. Ayniqsa, ocharchilik va urush yillarida bitlar keng tarqalgan. Hozirgi sharoitda ham, odamlar g’uj bo’lib yashaydigan joylar, ya’ni bog’cha, maktab, harbiy xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning tarqalishi uchun qulay joylardir.

Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo’qotishdan iborat. Ichki kiyim va o’rin-ko’rpalarga issiqlik yoki bug’ bilan ishlaydigan kameralar yordamida (100°C da) ishlov berilsa, bitlar tamomila qirilib ketadi. Shu bilan birga, shaxsiy gigiyena qoidalariga ham qat’iy rioya qilish kerak. Yana shuni ham eslatib o’tish kerakki, rikketsiyalar o’lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham ancha vaqt tirik holda saqlanishi mumkin, hatto qurib ketgan bitlaming axlatida ham uzoq vaqtgacha o’zining yuqumliligini yo’qotmaydi. Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar tirik bo’lishi shart emas, balki bemor kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning axlati yoki o’ligi ham kasallik yuqishiga sababchi bo’lishi mumkin.

Qandalalar (Hemiptera) turkumiga 40 mingga yaqin tur kiradi. Ular orasida o’simlik zararkunandalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham uchraydi. 100 dan ortiq turlari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qilib yashaydi.

Shularning ichida to’shak qandalasi (Cimex lectularius) muhim o’rin tutadi (101-rasm). To’shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, yer yuzida keng tarqalgan. Uning kattaligi 4,5-8,4 mm keladi.

Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik hayotiga moslashishi tufayli ularning qanotlari qisqarib, tanasi yassilashgan. Oyoqlari yuruvchi tipda bo’lib, tez harakatlanadi. 1 daqiqada 1 metr masofani bosib o’tadi To’shak qandalasimng tanasi 3 qismdan, yani bosh, ko’krak va qorin bo’limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida 1 juft mo’ylov, 1 juft ko’z va sanchib-so’ruvchi og’iz apparati joylashgan. Ko’krak qismi 3 ta bo’g’imdan iborat. Har bir bo’g’imdan 1 juftdan oyoq chiqqan. 10 ta segmentdan iborat qorin qismi shaklan bargga o’xshaydi. Ularda hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Qandalalar uzoq masofada turib o’z xo’jayinining hidini sezadi.

101-rаsm. To‘shаk qаndаlаsi (Cimex lectularius): А-jinsiy vоyagа еtgаn qаndаlа;

B-to‘shаk qаndаlаsining оg‘iz аppаrаti; V-tuхumi: 1-tuхum qоpqоg‘i, 2-еlim sеkrеti,

3-yuqоri lаbi, 4-mаndibulаlаri, 5-mаksillаlаri, 6-pаstki lаbi.

To’shak qandalasi, asosan, tunda hayot kechiradi, kunduzi devor, pollarning yoriqlarida, uy biirchaklarida, mebel, uy-ro’zg’or buyumlarining ostida yashirinib yotadi. Uzoq vaqt och qolgan qandalalargina kunduzi yoki sun’iy yorug’lik paytida odamga hujum qilishi mumkin. Qon so’rish paytida terini teshishi va suyuqlik yu-borishi tufayli qattiq og’riq paydo bo’ladi. Ular ommaviy hulda urchishidan odam-lar qattiq bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi mumkin.

To’shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo’yadi. Bitta urg’ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha yuzlab tuxum qo’yadi. Tuxumdagi embrionning rivojlanish muddati tashqi muhit haroratiga bog’liq. 35-37° C da 4-6 kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. Agar tashqi muhit harorati 10° C gacha bo’lsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6°C dan past bo’lsa, ular 1,5 oygina tirik saqlanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 5 marta po’st tashlab, imagoga aylanadi. Har bir tullaganda lichinkalar 1 marta qon so’radi. Lichinkalar 1,5 yilgacha och yashay oladi. Jinsiy voyaga yetgan qandala 14 oygacha yashashi mumkin.

To’shak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli hayvonlar va odam qoni bilan oziqlanadi. Ayrim odamlar to’shak qandalasining chaqishiga juda sezgir bo’ladi, bunday odamlaraing terisida har xil toshma paydo bo’lib, unga mikroblar tushishi natijasida yiringli yallig’lanish yuzaga keladi. To’shak qandalasi har xil yuqumli kasallik mikroblarini mexanik ravishda tashib yuradi. Uyda, jamoat muassasalarida, transport vositalarida to’shak qandalasining tarqalishi sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishi oqibatidir. Ularga qarshi kimyoviy vositalar orqali kurash olib boriladi.

Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDH da 400 dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to’liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz hasharotlar bo’lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so’rib parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan.

Burgalar mayda ektoparazit bo’lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yonidan siqilgan bo’lib, to’q sariqdan to jigarranggacha bo’lishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo’ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan bo’ladi. Tukchalar burgaga xo’jayinningjun vapatlari orasida erkin harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi.

Бургалар иссиқ қонли ҳайвонларнинг ва одамларнинг эктопаразитлари бўлиб, уларнинг қони билан озиқланади. Burgalarning ko’zlari va sanchib-so’ruvchi og’iz apparati boshida joylashadi. Og’iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jag’lar uzun ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo’lib, terini teshish uchun xizmat qiladi. Ular asosida so’lak bez-lari nayi va 1 juft kalta pastki jag’ paypaslagichlari joylashgan. Yuqori labi o’zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan, shunday bo’lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon bo’lib, bir-biriga zich taqalib turadi, natijada, sanchuvchi apparat qanotlari g’ilofini hosil qiladi. Ko’krak qismida 3 juft oyoqlari bo’lib, keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bo’g’imdan tashkil topgan bo’lib, orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida stigmalar ko’rinadi.

Burgalar ayrim jinsli, ular jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin bo’limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo’ladi, shu joyda murakkab kopulyativ apparati joylashgan. Urg’ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar urug’ qabul qiluvchi pufakcha ko’rinishida tuzilgan. Urg’ochilari hayoti davomida 450 tadan 2500 tagacha tuxum qo’yadi, bir qo’yganda tuxumiar soni 6-10 tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo’lgan joylarga, ya’ni pol tirqishlariga, to’shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qo’yadi.

Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan 15 kungacha davom yetadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga, ayniqsa, harorat va namlikka bog’liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz bo’lib, ikki qanotlilar lichinkasiga o’xshash bo’ladi. Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida g’umbakka aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalarning rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha davom etadi. G’umbakdan chiqqan voyaga yetgan davri -imago – faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil umr ko’radi.

Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so’radi. Ular asosan (95 %) sutemizuv-chilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan turdagi xo’jayin bilan juda mahkam bog’lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga va odamga o’tishi mumkin. Sunday gematofag hayvonlarga polifaglar deyiladi. Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo’lsa ham ilonda, ba’zilari esa hasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda mushuk burgasi (Ctenocephalides felis), itlarda it burgasi (Ctenocephalides canis), odamlarda odam burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi (Xenopsylla cheopis) parazitlik qiladi. Lekin, ular odamga ham hujum qiladi.

ODAM VA HAYVONLARDA PARAZITLIK QILUVCHI HASHAROTLAR

++
Manba.

Boshqalar o'qimoqda