ORGANIZM RIVOJLANISHI VA MUHIT

ORGANIZM RIVOJLANISHI VA MUHIT

Bolaning  o‘sish  va  rivojlanish  qonuniyatlari.  O‘sish  va  rivojlanish  barcha  organizmlar,

jumladan,  odam  organizmi  uchun  ham  xos  xususiyatdir.  I.  M.  Sechenov  «Organizm

tushunchasiga tashqi muhit tushunchasi ham kiradi» degan edi. Chunki organizm tashqi muhitsiz

yashay olmaydi.

O‘sish  deganda,  tana  hujayralarining  ko‘payishi  natijasida  tirik  organizm  hajmining,

moddalar  massasining  ortishi  tushuniladi.  Umumiy  usish  tana  skeletining  o‘sishi  va

rivojlanishiga bog‘liq.

Organizm  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lgan  qonuniyat  asosi-da  o‘sadi  va  rivojlanadi.  Shunga

qaramasdan, bola ba’zan tez o‘sishi yoki rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Tuxum hujayra

urug‘langandan  boshlab  odam  rivojlana  boshlaydi,  bu  jarayon  to  umrining  oxirigacha  davom

etadi.

Embrionning  rivojlanishini  embriologiya,  turli  yosh  davrlarini  esa  gerantologiya  fani

o‘rganadi. Bolaning rivojlanishi deganda, embrionning yetuk organizmga aylanishi tushuniladi.

O‘sib  kelayotgan  organizmni  to‘g‘ri  tarbiyalash  uchun  bola  organizmini  o‘sish  va

rivojlanish kabi asosiy hususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar

kabi,  odam  organizmiga  xos  hususiyatdir.  Organizmning  har  tomonlama  o‘sish  va  rivojlanishi

uning  paydo  bo‘lgan  vaqtidan  boshlanadi.  Bu  ikki  protsess  murakkab  jarayon  hisoblanib,  bir

butun va bir-biriga bog‘langandir.

Bolalar  qanchalik  erta  salomatligi  haqida  tushunchaga  ega  bo’lsalar  ular  shunchalik

o’chmas  iz  qoldiradi.  Yosh  bolalarga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatish  ularning  salomatligiga  ham  ta’sir

ko’rsatishdir.  Ularga  zaxira  ma’lumotlarini  to’plashlariga  yordam  berish  ularning  butun

umrlarida  foyda  berishi  mumkin,  shu  bilan  birga  zarar  ham  keltirishi  mumkin.  Agar  Anna  va

Damiana  iqtisodiy  qiyinchlikda,  ota-onalari  bilan  munosabatdagi  kuchsizlik  ya’ni  kam

munosabat qilish ularning  hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yetkazadi. Bu o’z navbatida

ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib qoladi1

O‘sish  deganda  o‘z  tuzilishini  saqlagan  holda  miqdor  jihatdan  ko‘payishdir.  Unda  tana

vazni,  undagi  hujayra  va  to‘qimalarning  ko‘payishi  hisobiga  o‘lchamining  kattalashuvi

tushiniladi.  Hujayralarining  ko‘payishi  natijasida  tirik    organizm  o‘lchamlarining  ortishi,  ya’ni

bo‘yning  chizilishi, og‘irlikning ortishi  tushuniladi.  Bola ma’lum  yoshgacha to‘xtovsiz, ammo

o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o‘sishi (bosh, oyoq, va qo‘l suyaklari, ko‘krak

qafasi va qorin bo‘shlig‘i va ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo‘lib bunda o‘sish

prosesi  barcha  organizmlarda  bir  xil  kechmaydi,  uning  yoshga  oid  chegaralari  mavjud  bo‘lib,

qizlar  18  yoshda  o‘g‘il  bolalar  esa  20  yoshga  kelib  o‘sishdan  to‘xtaydi.  Ba’zi  hollarda  xotin-

qizlar 21-22 yoshgacha, erkaklar esa 24-25 yoshga davr o‘sish mumkin.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda