O’ZBEKISTONDA PARAZITOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI

O'ZBEKISTONDA PARAZITOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI

O’zbekistonda  parazitologiya  fanining  qisqacha  rivojlanish  tarixi.  O„rta

Osiyoda,  shu  jumladan,  O„zbekistonda  parazit  organizmlar  to„g„risidagi  dastlabki

ma‟lumotlar  980–1037-yillarda  yashab  ijod  etgan  vatando-shimiz  buyuk  tabib  va

mutafakkir Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi.

Abu  Ali  al-Husayn  ibn  Abdulloh  ibn  al-Hasan  ibn  Ali  980-yil  avgust  oyida

Buxoroning Afshona qishlog„ida tug„ilgan.

Ibn  Sino  17  yoshidayoq  Buxoro  xalqi  orasida  mohir  tabib  sifatida  taniladi.  Abu

Ali  ibn  Sino  o„sha  zamonlardagi  taxt  uchun  kurashlar,  davlatlar  o„rtasidagi  urush  va

mojarolar  orqasidan  shaharma-shahar,  davlatma-davlat  darbadarlikda,  sarsonu-

sargardonlikda yurib, juda ko„p azobu-uqubatlarni boshidan kechiradi.

Ibn  Sino  1012–1014-yillarda  Jurjonda  yashab  «Tib  qonunlari»  ning  dastlabki

qismlarini shu yerda yaratadi. Jurjondagi notinchliklar tufayli Ibn Sino Rayga keladi va u

yerdan Hamadonga o„tadi. Hamadonda «Tib qonunulari» ning birinchi kitobini tugatib,

o„zining mashhur falsafiy qomusi «Kitob ash-shifo» ni ham shu yerda yozishga kirishadi.

«Tib qonunlari» ning qolgan qismlarini ham Hamadonda yozib bitiradi.

Abu  Ali  ibn  Sino  o„zining  «Kitob  ash-shifo»  asarida  odamlarning  ichagida

parazitlik  qiluvchi  tasmasimon  chuvalchanglar  (sestodalar),  askarida,  ostritsa,  rishta

to„g„risida yozib, ularni tuzilishi, ko„payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari, diyetasi,

davosi,  oldini  olish  chora-tadbirlari  to„g„risida  ko„plab  ma‟lumotlar  keltirgan.  Alloma

parazitlarga qarshi qo„llaniladigan dori-darmonlar haqida ham yozib qoldirgan.

Ko„p  asrlar  davomida  olimlar  faqat  ko„zga  ko„rinadigan  parazit  chuvalchanglar

va  tashqi  parazitlarni  ta‟riflash  bilan  chegaralanib  kelganlar.  Ko„zga  ko„rinmas

parazitlar  to„g„risidagi  ilk  ma‟lumotlar  bobokalonimiz  Abu  Ali  ibn  Sino  asarlarida

uchraydi. Abu Ali ibn Sino o„zining «Kitob ash-shifo» asarida odamlarning ichagida va

jigarida  parazitlik  qiladigan  chuvalchanglar  (parazitlarni)  ni  yirik  va  uzun,  yumaloq,

yassi, mayda guruhlarga bo„lib, ular xom go„sht, sut, baliq go„shti, yaxshi yuvilmagan

sabzavot  va  ho„l  mevalar,  iflos  va  qaynatilmagan  suvlarni  iste‟mol  qilganda,

shuningdek, ariq va hovuzlarda  cho„milganda  suv  og„iz  orqali  oshqozon-ichakka ketib

qolganda yuqishi mumkinligini ko„rsatib o„tgan.

Ibn Sino odamlarda parazitlik qiladigan har bir gijja turiga alohida tavsif bergan.

Misol  uchun  odam  ichagida  parazitlik  qiladigan  qoramol  va  cho„chqa  tasmasimon

chuvalchanglari hamda serbar tasmasimon chuvalchanglarga  «katta va uzun qurt», jigar

va  o„t  yo„llarida  parazitlik  qiladigan  jigar  qurtiga  «qovoq  urug„iga  o„xshash  qurt»

odamning,  xususan  yosh  bolalarning  ichagida  parazitlik  qiladigan  pakana  gijja  yoki

kichik  zanjirsimon  gijjaga    «mitti  qurt»  va  boshqa  gijjalar  to„g„risida  ham  tavsiflar

berib, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida ham ko„plab ma‟lumotlar

qoldirgan.  Uning  ushbu  asari  XV  asrda  16  marta,  XVI  asrda  20  marta  qayta  nashr

qilingan, o„sha davrda bibliya bilan raqobat qila olgan yagona asar hisoblangan.

Ibn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablargako„ra  1023-yilda  Hamadondan  Isfaxonga  jo„nab  ketadi  va  umrining  qolgan  14  yilini

Isfaxonda o„tkazadi. Buyuk qomusiy olim ibn Sino 1037-yil 18 iyunda 57 yoshida vafot

etadi va Hamadonda dafn etiladi.

Turli manbalarda  ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi, lekin bizgacha 241 tasi

yetib kelganligi ta‟kidlanadi.

Keyinchalik  O„rta  Osiyoda,  shu  jumladan,  O„zbekistonda  parazitologiya  faniga

oid ma‟lumotlar XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o„lkasi bo„ylab sayohat qilgan

mashhur rus tabiatshunos olimi A.P. Fedchenko asarlarida ham uchraydi.

Aleksey  Pavlovich  Fedchenko  (1844–1873)  rus  tabiatshunosi,  O„rta  Osiyoni

tadqiq  qilgan  olim.  Moskva  universitetini  tugatgan.  U  zoologiyaga  oid  to„plamlar  va

o„simliklardan gerbariylar to„plagan. Antropologiya va etnografiya bilan shug„ullangan.

A.P.  Fedchenko  1868–1871-yillarda  Oloy  vodiysiga sayohat qilgan va  Oloy  orti

tizmasini o„rgangan. Hisor-Oloy tog„ sistemasining 1-orografik sxemasini tuzgan.

U  Alp  tog„laridagi  Monblan  cho„qqisiga  chiqishda  halok  bo„lgan.  A.P.

Fedchenkoning to„plagan materiallari geograf olimlar tomonidan qayta ishlanib, «A.P.

Fedchenkoning  Turkistonga  sayohati»  nomli  rus  tilidagi  kitobi  nashr  qilingan.  Pomir

tog„idagi  muzlik  Fedchenko  nomi  bilan  atalgan.  A.P.  Fedchenko  Oloy  va  Zarafshon

vodiysiga  uyushtirilgan  ekspeditsiya  davrida  4  mingga  yaqin  hayvon  turlari  (asosan

hasharotlar) ni o„z ichiga olgan 20 mingga yaqin kolleksiyalar to’plagan.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda