QISHLOQ XO’JALIK HAYVONLARINI KONSTITUSIYASI VA EKSTERERI HAMDA KONDISIYASI VA INTERERI

QISHLOQ XO'JALIK HAYVONLARINI KONSTITUSIYASI VA EKSTERERI HAMDA KONDISIYASI VA INTERERI

Qadim zamonlardan buyon kishilar xonaki hayvonlarni tana tuzilishiga
qarab baholanganlar, asosan shu ko‘rsatkich bo‘yicha hayvonlarni urchitishga
qoldirganlar. Tana va uning qismlari yaxshi rivojlangan, kelishgan hayvonlarni
urchitishga qoldirish, ularning mahsuldorligini oshirishga sabab bo‘lgan, ya’ni
yelini mo‘tanosib rivojlangan, hajmdor bo‘lsa sersutlikka sabab bo‘lgan, yoki
juni o‘sgan va mayin bo‘lsa serjunlikni ta’minlagan va hokazo. Lekin bu
jarayon ongli kechmagan. Bejiz mashhur turkman shoiri: “… bir bedovni saylab
olar bo‘lsangiz siynasi, sag‘rini kelishin ko‘ring”, dYemagan.
Keyinchalik hayvonlarni tana tuzilishi maqsadli tanlash orqali amalga
oshirilib o‘zi uchun kerakli tana tuzilishiga mos mahsulot yo‘nalishidagi
hayvonlarni shakllantirishga erishadilar, sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar;
salt miniluvchi va og‘ir yuk tortuvchi otlar; jun, barra teri, po‘stinbop teri,
go‘sht-yog‘ beruvchi qo‘ylar; go‘sht va yog‘ yo‘nalishidagi cho‘chqalar; tuxum
va go‘sht yo‘nalishidagi parrandalar va hokazo.

Hayvonlar tashqi tuzilishini baholash nazariy va amaliy ahamiyatga ega,
ya’ni ajdodlari tana tuzilishi tahlili asosida avlod ko‘rsatkichlarini faraz qilish,
tana qism va a’zolarnini mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Eksterer – tashqi tuzilishi (tashqi shakl) bo‘lib, hayvonlarda ma’lum
sharoitda irsiyat ta’sirida shakllanib, yosh ulg‘ayishi bilan o‘zgardi.
Eksterer to‘g‘risida fan qishloq xo‘jalik hayvonlarini ularning tashqi
tuzilishiga qarab xo‘jalik va nasl qiymatini aniqlashni ta’minlaydi.
Hayvonning tashqi tuzilishi, uning tanasining ayrim qismlarini
rivojlanishiga qarab qaysi mahsuldorlik yo‘nalishiga mansubligini aniqlash
imkonini beradi. Masalan :
A) sut yo‘nalishidagi qoramollarda go‘shtdor qoramollarga nisbatan
muskul va yog‘ to‘qimalari yaxshi rivojlangan. Tanasi uchburchak, ba’zi
suyaklari bo‘rtib turadi, teri yupqa burmali, egiluvchan, oson tortiladi. Ularda
sut hosil qilish a’zolari va qorni juda yaxshi rivojlangan. Boshi uzun va tor.
Kuragi unchalik yaxshi rivojlanmagan (eni torroq). Oyoqlari mustahkam,
to‘g‘ri qo‘yilgan, go‘shtdor qoramollarga nisbatan biroz uzunroq bo‘ladi.
B) go‘shtdor qoramollar tanasi chuqur va keng, kuchli rivojlangan muskul
va teri osti qatlamiga ega. Terisi yumshoq, nozik. Boshi yengil, kalta, keng.
Buyni kalta, yo‘g‘on. Ko‘kragi keng va chuqur. Yag‘rini, beli, biqini uzun, keng
va go‘shtdor. Orqa qismi uzun, keng, tekis bo‘lib muskullar bilan to‘lishgan.
Oyoqlari kaltaroq bo‘lib, keng qo‘yilgan, ko‘pincha biroz egilgan bo‘ladi.
Tashqi tana tuzilishi hayvonlarning jinsiga qarab ham farqlanadi. Qishloq
xo‘jalik hayvonlarining ba’zi tana a’zolari jinsiy belgi bo‘lib hisoblanadi.
1.1-rasm. Sut yo‘nalishidagi sigir tana qismlari.
1.-ensa; 2-peshona; 3-tumshuq; 4-pastki jag‘; 5-bo‘yin; 6-bo‘yin usti; 7-ko‘krak oldi;
8-to‘sh; 9-yag‘rin; 10-kurak; 11-yelka kurak bo‘g‘ini; 12-tirsak; 13-bilak; 14-
bilakuzuk; 15-kaft; 16-tuyoq; 17-bel; 18-biqin; 19-paypastlab ko‘rish nuqtasi; 20-«sut
qudug‘i»; 21-«Sut venasi»; 22-yelin; 23-yonbosh do‘ngliklari; 24-dumg‘oza; 25-
o‘tirg‘ich do‘ngliklari; 26-son; 27-tizza; 28-sakrash bo‘g‘ini; 29-dum popigi; 30-
boldir.

Shuningdek, tashqi tana tuzilishi hayvonning yoshiga; mustahkamligi va
sog‘ligi; rivojlanganligi; zoti; muayyan xo‘jalikda oziqlantirish va saqlash
usullari; tirik vazniga bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlar tashqi tuzilishi faqat uning
mahsuldorlik yo‘nalishini aniqlab berishi mumkin, lekin mahsulot miqdori va
sifatini belgilab bera olmaydi.
Hayvonlar tashqi tuzilishi hayvonlarni baholashda va tanlashda alohida
o‘rin to‘tadi. Nasldor hayvonlar yaxshi rivojlangan, mustahkam va sog‘lom
tanaga, ikkilamchi jinsiy belgilar bo‘rtib turishi, tanasining alohida qismlari
mo‘tanosib bo‘lib mahsulot yo‘nalishiga mos bo‘lishi kerak.
Hayvonlar ekstereri ularning yoshi, jinsi asosida alohida tana qismlarining
rivojlanishiga qarab qo‘yidagi usullar yordamida aniqlanadi: ko‘z bilan
chamalab, o‘lchash, tana indekslarini hisoblash, grafik va rasmga tushirish bilan
o‘rganiladi.
Ko‘z bilan chamalab baholashda tananing mo‘tanosibligi va alohida tana
qismlarining rivojlanishi, umumiy ko‘rinishi aniqlanadi. Bu yo‘l bilan
hayvonning o‘z mahsulot yo‘nalishiga mosligi va foydalanish imkoniyatlari
belgilanadi. Ushbu usulning kamchiligi uning sub’yektivligida, ya’ni
hayvonning barcha ijobiy va salbiy belgilarini aniq baholash imkoniyati yo‘q.
Ko‘z bilan chamalab baholashda punktir yoki ball tizimi ancha aniq
hisoblanadi. Sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi buqalarning 5 yoshgacha har yili, 1
va 3 laktatsiya yoshidagi sigirlarni laktatsiyasining 2-3 oylarida baholanadi.
Agar hayvon hayoti davomida ekstereri bo‘yicha baholanmagan bo‘lsa,
navbatdagi bonitirovka davomida baholanishi mumkin.
Buqalarni ekstereri bo‘yicha 30 ballik, sigirlar 10 ballik shkala asosida
baholanadi. Yosh qoramollar ham 10 ballik shkala bo‘yicha baholanadi.
Tanani alohida qismlarga bo‘lib o‘rganish ko‘z bilan chamalab baholash
samaradorligini oshiradi. Qoramol tanasi qo‘yidagi tana qismlariga bo‘linadi:
boshi va bo‘yni, ko‘kragi, yag‘rin va beli, tananing o‘rta qismi, orqasi, yelin va
so‘rg‘ichlar, oyoqlar. Shu qismlarning ijobiy ko‘rsatkichlari va nuqsonlarini
jamlash natijasida ekstererga bus-butun baho berish mumkin.
Qoramollarning ekstererini o‘rganishda ularning tana qismlarini o‘lchash
bilan aniq ma’lumotlar olish mumkin.
Asosiy o‘lchamlar: yag‘rin balandligi, bel balandligi, dumg‘oza balandligi,
o‘tirg‘ich do‘ngliklari balandligi, ko‘krak kengligi, ko‘krak chuqurligi, tananing
to‘g‘ri uzunligi, tananing qiya uzunligi, yonbosh suyaklari kengligi, ko‘krak va
kaft aylanasi. Ushbu o‘lchamlar Lidtin tayog‘i, Vilkens sirkuli va o‘lchov
lentasi yordamida olinadi. O‘lchamlarni to‘g‘ri olish ularning o‘lchash
nuqtalarini aniq bilish va asbobdan oqilona foydalanishga bog‘liq.
Hayvon to‘g‘ri, xolis, erkin tekis joyga qo‘yilib o‘lchanadi, uning asosida u
yoki bu tana qismining rivojlanishi haqida fikr yuritiladi.
Tana indekslarini hisoblash asosida uning xususiyatlarining yaqqol
foizlarda ifodalanadi. Tana indeksi deb – bir yoki bir necha o‘lchamning boshqa

o‘lchamga nisbatini foizlarda ifodalanishiga aytiladi. Indeks ko‘rsatkichiga
qarab har bir tana qismining rivojlanishiga xolis baho berishi mumkin.
Qoramollarda 10 tana indekslari hisoblab chiqarildi.
Grafik usulda hayvonlarning tana o‘lchamlari ko‘rsatkichlari bir-biriga
solishtirib chizgida ifodalanadi. Ushbu usul ayrim hayvonlar, guruh, poda,
yo‘nalish, qator, oila, zot hayvonlarning eksterer xususiyatlarini solishtirib
ko‘rib xulosa chiqarish imkonini beradi.
Rasmga tushurish asosida hayvonning tana tuzilishi xususiyatlarini
xohlagan mahalda o‘rganish mumkin. Ayniqsa, buqalarni avlodlarining
mahsuldorligi bo‘yicha baholashda yosh buqachalar katta miqdorda urug‘ olib
muzlatilib o‘zlari go‘shtga topshirilib yuboriladi. Qizlarning mahsuldorligi
hisoblangandan keyin buqa yaxshilovchi deb tan olinsa, sigirlarga juftlashda
rasm asqotadi.
Ekstererning o‘zgarishi hayvonning yoshiga, jinsiga, oziqlantirish va
saqlash sharoitiga bog‘liq.
Chirvinskiy-Maligonov qonuniyati-ma’lum davrda yetarli oziqlantirmaslik
shu davrda jadal o‘sadigan a’zo va qismlarning rivojlanishga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Interer – hayvonlarni tanasining tuzilishi (ularning ichki morfofiziologik
xususiyatlari).
Tana tashqi tuzilishi va a’zo, to‘qimalar faoliyati bir biri bilan uzviy
bog‘langandir, shu boisdan hayvonlarning interer farqi mahsuldorlik
yo‘nalishini aks ettirib, ularning sog‘ligini belgilaydi.
Bir zotga mansub (qora-ola) go‘shtdorlik tomonga og‘gan sigirlarning
vazni 719 kg, oylik suti 304 kg bo‘lgani holda, sutdor tip sigirlarning vazni 664
kg oylik suti 571 kg ni tashkil qilib, qoni eritrotsitlar bilan ko‘proq to‘yingan
(7,46 mln/mm³ I guruhda esa 6,75 mln/mm³) bo‘lgan. Sermahsul sigirlarda
eritrotsitlar va gYemoglobin miqdorining kamligiga qaramasdan yurak urishi va
nafas olishining tezligi ularda modda almashuvining yuqoriligidan dalolat
beradi.
L.V. Bogdanov tanada aylanayotgan qon miqdori bilan sut mahsuldorigini
ijobiy korrelyativ bog‘lanish isbotlangan.
Muhim interer ko‘rsatkichlardan yelindagi to‘qimalar nisbati hisoblanadi,
sersut sigirlarda yelin 75-80% bez to‘qimalaridan, faqat 20-25% biriktiruvchi va
yog‘ to‘qimalardan tashkil topadi.
Sut yo‘nalishidagi sigirlar terisi yupqa bo‘lib, teri osti yog‘ qatlami kam
bo‘ladi, bu ko‘rsatkich go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarda qalin bo‘ladi.
Ovqat hazm qilish a’zolarining hajmi va faoliyati sut yo‘nalishidagi
qoramollarda yaxshiroq rivojlanganligi aniqlangan.
Go‘shtning sifati uning morfologik, kimyoviy tarkibi va gistologik
tuzilishiga bog‘liq. Muskul, yog‘, suyak va biriktiruvchi to‘qimalar nisbatiga
qarab go‘shtning sifati belgilanadi.

Go‘sht tolalarining ingichkaligiga, ular orasida yog‘ pardalarining borligini
gistologik usul bilan aniqlash go‘sht sifati haqida fikr yuritish imkoniyatini
beradi.QISHLOQ XO’JALIK HAYVONLARINI KONSTITUSIYASI VA EKSTERERI HAMDA KONDISIYASI VA INTERERI
Chopqir otlarda, serjun qo‘ylarda, go‘shtdor cho‘chqalarda, sertuxum
tovuqlarda qon oqsilining yuqoriligi, eritrotsitlar sonini ko‘pligi, qonning
gYemoglobin bilan yaxshi tuyinganligi ularda modda almashuvining tez
kechishidan dalolat beradi.
Interer ko‘rsatkichlari hayvonlarni baholashda, mahsulot yo‘nalishini
belgilashda, sog‘ligi sharoitga moslashuvini aniqlashda muhim o‘rin to‘tadi.
Konstitutsiya – hayvonlarni tashqi tuzilishi, ularning ichki a’zolari va
to‘qimalarining tuzilishi va faoliyatining majmuasidir.
Ye.A.Borisenko bo‘yicha hayvonlarni morfofiziologik va bioximik
xususiyatlari bo‘lib, irsiyat va tashqi muhit ta’sirida shakllanib, mahsuldorlik va
tashqi muhitga javob bilan belgilanadi.( Fenotin = genotip+ muhit).
Zootexniyada konstitutsiyaning turli tasniflari ta’rif qilingan, ularning ichida
asoslangan va ahamiyatga ega P.N.Kuleshov tomonidan tavsiya qilingan tasnif
hisoblanadi. U tananing asosiy qismlari va a’zolarining mahsulot yo‘nalishiga
qarab farq qilishni isbotlagan.
Sut yo‘nalishidagi qoramollar, sutdor qo‘ylar terisi yupqa, pishiq,
egiluvchan; muskullari zich, yog‘i kam; suyagi qattiq va ingichka; sut bezlari
yaxshi rivojlangan, ichki a’zolari (ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish)
kuchli rivojlangan. Go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarda esa terisi yupqa, bo‘sh,
yog‘ qatlami qalin, muskullari yaxshi rivojlangan; suyagi ingichka, lekin bo‘sh;
ichki a’zolari, ayniqsa ovqat hazm qilish va sut ishlab chiqarish a’zolari kuchli
rivojlanmagan.

QISHLOQ XO’JALIK HAYVONLARINI KONSTITUSIYASI

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda