QUSHLAR SINFI

QUSHLAR SINFI

Qushlar  sinfi.  Qushlar  tana  tuzilishi  jixatidan  sudralib  yuruvchilarga  juda  yaqin  bo’lib,
gavdasining  xarorati  doimiy  va  uchishga  layoqatlangan.  Qushlarning  gavdasi      xam  xuddi  sudralib
yuruvchilarniki  kabi  bosh, bo’yin, tana va oyoqlarga bo’linadi. Qushlar tarixiy taraqqiyot natijasida sudralib
yuruvchilarga  nisbatan  ancha  rivojlangan  va  ularda  progressiv    belgilar  paydo  bo’lgan.  Bu  belgilar
quyidagilardir:  1)  ko’ruv  va  eshituv  organlarining  progressiv    ravishda  taraqqiy  etganligi,  2)  gavda
haroratining  doimo  bir  xil  bo’lib  turishi,  3)  qushlarning  havoda  uchishga  nisbatan  murakkab  kompleks
moslamalarining mavjudligi.

Qushlar boshqa tip hayvonlardan farqi xam shundaki, ular uchishga moslashgan. Qushlarning
havoda  uchishga  yordam  beradigan  eng  asosiy  moslanishlari  bor.  Ular  quyidagicha:  1)  gavdasining  suyri
shaklda va oyoqlarining yengil bo’lishi; 2) oldingi oyoqlarining qanotga aylanishi, ikki oyoqda yurish layoqati
bilan  murakkab  dumg’aza  paydo  bo’lishi;  3)  havoda  oson  harakatlanishini  tamin  etadigan  va
differensiyalangan murakkab pat  qoplag’ichining yuzaga kelishi; 4) suyaklari yengil bo’lib, ichi havoga to’lib
turishi; 5) tishlarining shox tumshuq bilan almashinganligi va boshqalar. Hozirgi paytda qushlarning 8600 gaa
yaqin turi bor. Ular umurtqalilar ichida baliqlardan keyin eng ko’p sinfi tashkil etadi. Qushlar ko’p bo’lsa-da,
lekin ularning umumiy belgilari bir biriga o’xshab ketadi. Bu sinf uchta katta turkumga: 1) ko’krak tojsizlar, 2)
ko’krak tojlilar va  3) pingvinlarga bo’linadi.
 
Ko’krak tojsizlarga tuyaqushlar kiradi. Ular uchish layoqatini yo’qotgan va tamomila yugurib
yurishga  o’tib  olgan    primitiv  guruhdir.  Bu  guruhga  amerika  va  avstraliya  tuyaqushlari  kiradi.  Pingvinlar
turkumiga  pingvinlar  misol  bo’ladi.  U  uchmaydi,  lekin  juda  yaxshi  suzadi  va  sho’ng’iydi.  Pingvinlar
antarktidada  yashaydigan  va  qutb  sovuqlariga  moslashgan  qushlardir.  Lekin  sovuq  oqimi  bilan  birga  ular
ancha janubga, bazi joylarda esa ekvatorgacha boradi.

Pingvinlar  tukumiga  pingvinlar  misol  bo’ladi.  U  uchmaydi,  lekin  juda  yaxshi  suzadi
vasho’ng’iydi. Pingvinlar Antarktidada yashaydigan va qutb sovuqlariga moslashgan qushlardir. Lekin sovuq
oqimi bilan birga ular ancha janubga, ba’zi joylarda esa ekvatorgacha boradi.
Ko’krak  tojlilar  turkumi  ham  keng  tarqalgan  qushlardan  hisoblanadi.  Ulardan  eng  harakterlilari
tovuqsimonlar,  kaptarlar,  turnalar,  kakkular,  chumchuqsimonlar,  tuvaloqlar,  to’tilar,  ko’kqarg’alar  va
boshqalardir.

Kaptarlar  turkumi.  Bu  turkumga  atrofimizda  ko’p  uchraydigan,  kaptarlar  kiradi.  Uning  tipi
vakillardan  yovvoyi  ko’kkaptar,  govkaptar  va  g’urraklarni  ko’rsatish  mumkin.Ular  misolida  butun  qushlar
sinifiga umumiy xarakteristika bersa bo’ladi, uning keng tarqalgan vakili ko’kkaptardir.
Ko’kkaptar misolida qushlarning tashqi tuzilishi bilan tanishish mumkin. Uning gavdasi patlar bilan
qoplangan,  bu  patlar  gavdasini  yopib  turadi  va  unga  suyri  shakl  beradi.  Tanasi  barcha  qushlardagidek
tuxumsimon  shaklda  bo’ladi.  Boshi  kichik,  yumaloqshaklda.  Boshining  uchida  tumshug’i  joylashgan.
Tumshug’i  ikki  qismdan:  yuqorigi  –  tumshuq  usti  va  pastki  tumshuq  ostidan  iborat.  Ustki  tumshug’ining
asosida  burun teshiklari bor. Boshining  ikki  yonida yirik  yumaloq  ko’zlari bor. Oldingi oyoqlari  – qanotlari
uchish uchun xizmat qiladi. Kaptar yerda orqa oyoqlarining barmoqlariga tayanib yuradi. Uchib ketayotganida


yig’ishtirib  oladi,  dumi  –  rul  vazifasini,  qanotlari-  parvoz  qilish  va  qushni  havoda  bir  tekis  olib  yurish
vazifasini  bajaradi.  Qushlar  terisining  yupqaligi,  patlardan  tashkil  topgan  o’ziga  xos  shox  qoplag’ichning
borligi  va  bezlar  bo’lmasligi  bilan  harakterlanadi.  Lekin  bundan  dum  ustidagi  bezi  mustasnodir.  Dum  bezi
o’zidan  yog’  ajratadi,  qush  tumshug’I  yordamida  patlarini  shu  yog’  bilan  yog’laydi.  Natijada  patlarga  suv
yuqmaydi. Patning ingichka qattiq o’zagi bo’ladi. Uning ikki tomonida keng, birmuncha yumshoq yelpig’ich
patlar bor. Ularning ichi havo bilan to’la bo’ladi. Qush ana shu qanotlari yordamida uchadi.
Qushlar  tuxumlarini  uyaga  qo’yadi,  uyani  ko’pincha  urg’ochilari,  bazan  erkaklari  quradi,  ko’p
vaqtlarda ular birga bo’lishadi. Kaptarlar oddiy uya quradi. Qizilto’sh va  savalarning uyasi yarim sharsimon
bo’lib,  tashqi  tomondan  shox  va  lishayniklar  bilan  qoplangan  bo’ladi.  Qushlar  har  xil  miqdorda  tuxum
qo’yadi.  Yirtqich  qushlar  (  masalan,  bulutlar,  pingvinlar,  )  bitta,  kaptar,  musicha  ikkita,  chumchuq  7-8  ta,
chittak, kaklik 30 tagacha, tovuqlar 60 tagacha tuxum qo’yadi. Ularning tuxum bosishi xam turlicha. Bazan ota
– onalari tuxumini galma galdan bosadi, tovuqlar bilan o’rdaklarda faqat urg’ochisi bosadi. Qushlar – deyarli
uchib  yuruvchi  xayvonlardir.  U  ovqatni  uchib  yurib  topadi  yoki  yerga  qarab  ovqat  izlaydi.  Qushlarning
uchishga bo’lgan  layoqati ularni dengiz, okean, tog’larga, cho’llargacha taeqalishiga imkon yaratgan. U ucha
olishi tufayli dushmanidan qutiladi, tez ovqat topadi, uzoq  – uzoqlarga, qish paytlari issiq o’lkalarga uchib keta
oladi.  SHuningdek,  qushlar  o’troq  qushlar,  ko’chib  yuruvchi  qushlar  va  uchib  ketuvchi  qushlarga  bo’linadi.
O’troq  qushlar  yil  bo’yi  butun  hayoti  davomida  bir  joyda  yashaydi.  Bazilari  yozda  qish  g’amini  yeb,  ovqat
to’playdi. Masalan, o’rmon to’rg’ayi yong’oqlarni yerga ko’mib qo’yadi. CHittaklar esa urug’ va hasharotlarni
po’stloq  yoriqlariga  xamda  daraxt  shoxlaridagi  lishayniklar  orasiga  yashiradi  va  qishda  yeydi.  O’troq
qushlarga  qizilishton,  qarqur,  kaklik,  qarg’a  va  boshqalar  kiradi.  Ko’chib  yuruvchi  qushlar  gala  –gala
bo’lishib,  yilning  turli  fasllarida  ko’chishadi,  qishda  keng  tarqalishadi  va  baxorga  kelib  janubga  ko’chib
o’tishadi. Ular o’zlariga mos  mo’tadil  iqlimni topib  yashaydilar. Bularga qaldirg’ochlar, laylaklar, o’rdaklar,
oqqushlar va boshqalar kiradi.

Boshqalar o'qimoqda